Mualliflar

  • Timur Mirzaboev
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110281

Kalit so‘zlar:

Ta’lim tarbiya tabiat o‘quv tajriba uchastkasi biologiya dorivor o‘simliklar kognitiv faoliyat.

Annotasiya

Ushbu maqolada o‘quvchilarning biologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda dorivor o‘simliklarning roli haqidagi fikrlar bayon etilgan. Shu bilan birga o‘quv tajriba uchastkasida dorivor o‘simliklarni yetishtirish orqali o‘quvchilarda tabiatni asrash bo‘yicha ma’suliyat va tabiatni muxofaza qilishga javobgarlik xissi kabi fazilatlarni tarbiyalash kabi fikrlar yoritilgan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

779

MAKTAB O‘QUV TAJRIBA UCHASTKASIDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI

O‘RGANISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING BILISH FAOLLIGINI OSHIRISH

METODIKASI

Mirzaboev Timur Bisenboy o‘g‘li

Qoraqalpoq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi

mirzaboeytimur@gamil.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15612769

Annatotsiya:

Ushbu maqolada o‘quvchilarning biologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini

oshirishda dorivor o‘simliklarning roli haqidagi fikrlar bayon etilgan. Shu bilan birga o‘quv tajriba
uchastkasida dorivor o‘simliklarni yetishtirish orqali o‘quvchilarda tabiatni asrash bo‘yicha
ma’suliyat va tabiatni muxofaza qilishga javobgarlik xissi kabi fazilatlarni tarbiyalash kabi fikrlar
yoritilgan.

Kalit so‘zlar

: Ta’lim, tarbiya, tabiat, o‘quv tajriba uchastkasi, biologiya, dorivor o‘simliklar,

kognitiv faoliyat.

Аннотация

:

В

данной

статье

изложены

идеи

о

роли

лекарственных

растений

в

повишении

интереса

учащихся

к

предмету

биологии

.

Наряду

с

этим

освещаются

мысли

о

воспитании

у

школьников

таких

качеств

,

как

ответственность

и

бережное

отношение

лекасртвенных

растений

на

учебно

опытном

участке

.

Ключевые

слова

: O

бразование

,

воспитание

,

природа

,

учебно

-

опытный

участок

,

биология

,

лекарственные

растения

,

когнитивная

деятельность

Abstract:

This article presents ideas about the role of medicinal plants in increasing students'

interest in biology. Along with this, it highlights thoughts about nurturing such qualities in
schoolchildren as responsibility and careful handling of medicinal plants in the educational and
experimental area

Key words:

Education, upbringing, nature, educational and experimental site, biology,

medicinal plants, cognitive activity.

Kirish:Ta’limning bola huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi konventsiyasiga muvofiq,

o'quvchining qiziqishi erkin va o'zini o'zi belgilaydigan shaxs sifatidagi manfaatlari, bilim olishga
bo‘lgan intilishi va ehtiyojlariga javob beradigan ta'lim fan va texnikaning yuqori sur'atlarda
rivojlanishi, ilmili va ziyoli insonlarga bo‘lgan jamiyatning talabi va jamiyatni boshqarishda tez
fikrlaydigan va boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bilimli
odamlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish alohida ahamiyatga ega.

Bu muammolar yechimini topishda maktab biologiya ta’limini roli nihoyatda katta. Xozirgi

vaqtda fan va texnikani jadal rivojlanish jarayonida insoniyat tabiat byuilan qarama qarshilikka
uchramoqda, buning natijasida tabiatda ekologik krizislarni vujudga kelishiga olib kelmoqda

Buning to‘g‘ridan to‘g‘ri sababi tabiat xaqidagi bilimlarni chuqur egallamaganlik, tabiat

muhofazasiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lmaslik, insonlardagi tabiatga nisbatan beparvolik, ayrim
xollarda tabiatga nisbatan vaxshiyona munosabatda bo‘lishdir. Bundan ko‘rinib turibdiki inson bilan
tabiat o‘rtasida o‘zaro uyg‘unlashagan munosabatlarni shakllantirish zaruoiyati kelib chiqadi.

Ta’limni takomillashtirish ilmiy asoslangan qarashlar asosida shakllangan metodlar va

o‘qitish vositalarini tanlash asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish to‘g‘ri yondashuv xisoblanadi,
ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik
asosida tashkil etilgan jaarayon xisoblanadi. Bunday yo‘nalishdagi ta’lim jarayoni ta’lim
oluvchilarning ilmiy dunyoqarashi bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini shakllanishiga olib keladi[1.
5].

Pedagogik psixologiyada ta’kidlanishicha o‘zalshtirishning asosiy qonunlari sifatida: idrok

etish-fikrlash-eslab qolish-qo‘llash- natijalarni tekshirish kabilar qabal qilingan, bu bosqichlar


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

780

asosida o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikmalar shaxsan har bir o‘quvchi tomonidan o‘qituvchi
raxbarligida o‘quvchining aqliy faoliyati va mehnati orqali amalga oshiriladi[2.3].

Maktab o‘quvchilarining kognitiv faoliyati bilim olishga intilishda, bu jarayon davomida hosil

bo‘lgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishda, aqliy faoliyati davomida ihtiyoriy harakatlari va bor
energiyalarini maksimal darjada safarbar etish orqali ifodalanadi. V.A. Suxomilinskiy: “Tabiat – bu
bola tarbiyasiga ta’sir etuvchi kuchli vosita bo‘lib, ta’lim olishning ajoyib usuli xisoblanadi, biz faqat
buning foydali ta’siridan deyarli foydalanmaymiz, biz uni o‘zlashtirimiz kerak” deb ta’kidlagan[1].

Tabiat – o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtiruvchi eng kuchli vositadir. Birorta,

xattoki eng muvaffaqiyatli dars ham tabiat bilan bevosita muloqatni almashtira olmaydi [4].

O‘quv tajriba uchaskasida dorivor o‘simliklarni parvarish qilish maktab o‘quvchilarini

o‘simliklarni turli oila vakillari va ekologik guruh, dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish sharoitlari,
dorivor o‘simliklarni foydali tomonlari bilan tanishtirish imkoniyatini beradi va o‘quvchilarda
tabiatni asrash bo‘yicha ma’suliyat va tabiatni muxofaza qilishga javobgarlik xissini tarbiyalaydi va
tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

Shuningdek o‘simliklarni parvarish qilish o‘quvchilar tomonidan o‘simliklarni o‘sishi va

rivojlanishi bo‘yicha fenologik kuzatishlarni tashkil etish va bu jarayon nimaga bog‘liq ekanligi
tushunish, o‘simlikni qaysi qismi dorivorlik xususiyatiga ega ekanligi to‘g‘risida mustahkam
bilimlarga ega bo‘lish bilan birga ayrim dorivor o‘simliklar: burgun (qizil tasma), romashka, jag‘-
jag‘ kabilar bir yillik o‘t o‘simliklar ekanligi, zubturum, shalfey, yalpiz, qoqio‘t kabilar ko‘p yillik
o‘t o‘simliklarga mansub ekanligi xaqidagi xayotiy shakllarga oid bilimlarga ham ega bo‘lishadi[2].

O‘quv tajriba uchastkalarida “dorivor o‘simlik bog‘lari” ni yaratish bo‘yicha olib boriladigan

ishlar o‘quvchilarda mahalliy xududda o‘sadigan o‘simliklarni yaxshi o‘rganish va fitotsenozlar
xaqida yaxshiroq bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi.

Dorivor o‘simliklarni o‘rganish davomida o‘quvchilar o‘quv tajriba uchastkasiga ekilgan

o‘simliklarni kartotekasini (kompyuterda ma’lumotlar bazasini) tuzadilar va bu bazaga turlar
to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni kiritadilar: sistematik o‘rni, turning morfologik tasnifi
gerabariylarni ilova qilgan xolda va shuningdek ko‘payishi, turning tarqalishi areallarini ko‘rsatgan
xolda (buning uchun dorivor o‘simliklar atlasidan foydalanish mumkin): dorivor o‘simliklarni
o‘quvchi yashaydigan xududdagi soni (ayniqsa muhofaza qilinadigan va kamyob turlarni); turli
mamlakatlarda tibbiyotda bu o‘simlikdan foydalanish tarixi; o‘simlikni qaysi qismi dorivorligi va
qaysi vaqtlarda terish kerakligi; o‘simlikning tibbiyotda va xalq tabaobatida dorivor sifatida
foydalanilishi; foydalanishning boshqa imkoniyatlarini (manzarali, oziq ovqat sifatida) ham; bu
o‘simlik to‘g‘risidagi afsona va ertaklarni kiritish mumkin.

O‘quvchilar qo‘shimcha adabiyotlarni o‘zlashtirish natijasida xosil qilgan ko‘nikmalari

asosida “O‘simliklar”ning turli bo‘limlari jumladan dorivor o‘simliklar xaqida referatlar
tayyorlashadi. Maktab o‘quv tajriba uchastkasining dorivor o‘simliklar bo‘limida olib borilgan
tadqiqotlar asosida o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, tabiatni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, tabiat
bo‘lgan munosabatda bo‘lganda qanday ijobiy xis tuyg‘ular shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.I.T. Azimov. Biologiya o‘qitish metodikasi. Darslik. Toshkent – «Afzalzoda books» nashriyoti. 2024.
2.T.B. M

ы

rzaboev

.

Dorivor o‘simliklarni o‘rganish tarixi mavzusini o‘qitish metodikasi va ta’lim – tarbiviy

ahamiyati. Maktabgacha va maktab ta’limijurnali. 2025y.

1. 652-655 b.

3.I.T. Azimov, N.I.Toshpo‘latova, M.I. Toshpo‘latova Biologiya o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari va
metodlarning takomillashib borishi. Maktabgacha va maktab ta’limijurnali. 2025y.

1. 17-22 b.

4.Zayniyev Suxrobjon Islombek o‘g‘li. (2023). CONTENT AND ANALYSIS OF THE ORGANIZATION
OF THE OLYMPIAD IN BIOLOGICAL SCIENCES IN THE 2023-2024 ACADEMIC YEAR (III stage).
American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 23, 125–131. Retrieved from
https://www.ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/875
5. OMONQULOV, U. B. (2024). BO ‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHILAR-INING IQTIDORLI O
‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHGA METODIK TAYYORLASHNING KONSEPTUAL ASOSLARI.
News of UzMU journal, 1(1.2), 177-180.

Bibliografik manbalar

I.T. Azimov. Biologiya o‘qitish metodikasi. Darslik. Toshkent – «Afzalzoda books» nashriyoti. 2024.

T.B. Mыrzaboev. Dorivor o‘simliklarni o‘rganish tarixi mavzusini o‘qitish metodikasi va ta’lim – tarbiviy ahamiyati. Maktabgacha va maktab ta’limijurnali. 2025y. №1. 652-655 b.

I.T. Azimov, N.I.Toshpo‘latova, M.I. Toshpo‘latova Biologiya o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari va metodlarning takomillashib borishi. Maktabgacha va maktab ta’limijurnali. 2025y. №1. 17-22 b.

Zayniyev Suxrobjon Islombek o‘g‘li. (2023). CONTENT AND ANALYSIS OF THE ORGANIZATION OF THE OLYMPIAD IN BIOLOGICAL SCIENCES IN THE 2023-2024 ACADEMIC YEAR (III stage). American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 23, 125–131. Retrieved from https://www.ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/875

OMONQULOV, U. B. (2024). BO ‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHILAR-INING IQTIDORLI O ‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHGA METODIK TAYYORLASHNING KONSEPTUAL ASOSLARI. News of UzMU journal, 1(1.2), 177-180.