Mualliflar

  • Bashoratxon Nizomova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110300

Kalit so‘zlar:

ta’lim pedagogika tabiiy fanlar biologiya zamonaviy texnologiya biologik eksperimental o‘quv-tadqiqotchilik axborot-kommunikatsiya interfaol.

Annotasiya

Maqolada biologik eksperimentlar asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilarida o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilingan. Biologiya fanining zamonaviy rivojlanish bosqichida hisoblash-matematik modellashtirish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi, fanlararo yondashuv asosidagi ilmiy izlanishlar, tajriba bazasining texnik va texnologik jihatdan murakkablashuvi hamda biologik tadqiqotlarning globallashuvi sharoitida yuqori malakali, kompetentli tadqiqotchilarni tayyorlash zarurati asoslab berilgan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

735

UMUMTA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARIDA BIOLOGIK EKSPERIMENTLAR

ASOSIDA O‘QUV-TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING

PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI VA METODIK YONDASHUVLARI.

Nizomova Bashoratxon Begaliyevna

Andijon davlat pedagogika institute assisent o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15589471

Annotatsiya:

Maqolada biologik eksperimentlar asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilarida

o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar tahlil
qilingan. Biologiya fanining zamonaviy rivojlanish bosqichida hisoblash-matematik modellashtirish
usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi, fanlararo yondashuv
asosidagi ilmiy izlanishlar, tajriba bazasining texnik va texnologik jihatdan murakkablashuvi hamda
biologik tadqiqotlarning globallashuvi sharoitida yuqori malakali, kompetentli tadqiqotchilarni
tayyorlash zarurati asoslab berilgan.

Аннотация

:

В

статье

проанализированы

педагогические

условия

,

способствующие

формированию

учебно

-

исследовательских

навыков

у

учащихся

общеобразовательных

школ

на

основе

биологических

экспериментов

.

Обоснована

необходимость

подготовки

высококвалифицированных

,

компетентных

исследователей

в

условиях

современного

этапа

развития

биологической

науки

,

характеризующегося

широким

внедрением

вычислительных

и

математических

методов

моделирования

,

информационно

-

коммуникационных

технологий

,

междисциплинарного

подхода

в

научных

исследованиях

,

усложнением

технической

и

технологической

экспериментальной

базы

,

а

также

глобализацией

биологических

исследований

.

Abstract:

The article analyzes the pedagogical conditions that contribute to the development

of research skills in general education school students through biological experiments. It substantiates
the necessity of preparing highly qualified, competent researchers in the context of the modern stage
of biological science development, which is characterized by the wide implementation of
computational and mathematical modeling methods, information and communication technologies,
interdisciplinary approaches in scientific research, increasing complexity of technical and
technological experimental infrastructure, and the globalization of biological studies.

Kalit so‘z:

ta’lim, pedagogika, tabiiy fanlar, biologiya, zamonaviy texnologiya, biologik

eksperimental, o‘quv-tadqiqotchilik, axborot-kommunikatsiya, interfaol.

Ключевые

слова

:

образование

,

педагогика

,

естественные

науки

,

биология

,

современные

технологии

,

биологический

эксперимент

,

учебно

-

исследовательская

деятельность

,

информационно

-

коммуникационные

технологии

,

интерактивный

.

Keywords:

education, pedagogy, natural sciences, biology, modern technologies, biological

experiment, research-based learning, information and communication technologies, interactive.

Jahon ta’limining rivojlanishi, ilmiy bilish va uning paradigmalari o‘zgarishi sharoitida tabiiy

fanlar, jumladan, biologiya fani shaxs intellektual salohiyati rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p
omilli fenomen sifatida qaralmoqda. Zamonaviy biologik tadqiqot ishlarida hisoblash matematik
modellashtirish usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng qo‘llanilishi, fanlararo
ilmiy izlanishlar, texnik, biologik eksperimental bazaning murakkablashuvi, biologik tadqiqot
ishlarining globallashuvi kabi dolzarb fundamental muammolarda o‘zaro hamkorlikda ishlaydigan
zamonaviy kompetentli tadqiqotchilarni tayyorlashni taqozo etmoqda.

Respublikamizda biologiya o‘qitish metodikasini takomillashtirish va optimallashtirish, ta’lim

jarayoniga interfaol pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

736

ettirish” muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan [1]. Bu borada ta’limning axborotlashuvi va
globallashuvi, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi sharoitida natijalarni taqqoslash, tahlil
qilish, umumlashtirish va xulosa chiqarish, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror chiqarish, tizimli
tadqiqot ishlari olib borish va ijobiy natijalarni amaliyotga joriy etishga qodir kompetentli kadrlarni
tayyorlash zaruriyatga aylanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’lim jarayoniga

zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning zamonaviy usullari va vositalarni keng qo‘llash
lozimligi alohida ta’kidlab o‘tilgan [2]. Pedagog olimlar va tajribali o‘qituvchilarimiz rivojlangan
mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib kelinayotgan ta’lim texnologiyalarini o‘rganib,
xalqimizning tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan pedagogik an’analar va zamon talabidan
kelib chiqqan holda, respublikamizda ta’limning zamonaviy texnologiyalarini tizimlashtirish asosida
izchil amaliy va ilmiy izlanishlar olib bormoqda [3;192-b; 5;275-b].

Yuqoridgi fikrlardan kelib chiqib rivojlanayotgan ta’lim tizimida tadqiqot ishlariga e’tibor

qaratilmoqda. “Tadqiqotchilik faoliyati” tushunchasi falsafa, psixologiya va pedagogikada ko‘p
qirrali ma’nogo ega. B.G.Me

щ

yeryakov, V.P.Zinchenkolarning “

Большой

психологический

словарь

” kitobida tadqiqotchilik faoliyati insonning bilish faoliyati turlaridan biridir, deb

tavsiflangan [4;816-b]. Bir qator ilmiy-metodik ishlar va dissertatsiyalar ta’lim muassasalarida o‘quv-
tadqiqodchilik faoliyatini tashkil etish muammosiga bag‘ishlangan. Jumladan, A.V. Leontovich, A.I.
Savenkov, T.V. Avgustmonova, O.G. Prokozova, O.L. Bayzulayeva, Ye.S. Kodikova, Ye.Yu.
Kravsova, V.A. Kotlyarov, A.Ye. Boykova, V. Yu. Gruk va boshqalarning ishlarini ta’kidlash
mumkin. Respublikamiz, hamdo‘stlik mamlakatlari va xorijiy davlatlarda ta’lim tizimini
takomillashtirish, o‘quvchilarda ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stirish borasida qator ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borilgan. Respublikamiz olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida biologiya
o‘qitishni biologik eksperimentlar asosida takomillashtirish, biologik eksperiment orqali ta’lim
mazmuni va umumiy sifatlarini ko‘tarishga bag‘ishlangan. Ammo respublikamiz olimlarining
tadqiqot ishlarida o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
muommolar yetarlicha o‘rganilmagan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ixtisoslashtirilgan hamda
akademik liseylarning aniq fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan yo‘nalishlardagi bitiruvchilarning
ilmiy nazariy tayyorgarligiga talablarning o‘zgarishi, texnika, fan va ishlab chiqarish
munosabatlarining shakllanish shart-sharoitlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu ta’lim va o‘qitish
texnologiyalarining yangi tashkiliy – metodik shakllarini izlab topishni taqozo etadi.

Biologiya o‘qitish sohasida olib borilgan pedagogik ilmiy-tadqiqot ishlarining tahlili shuni

ko‘rsatadiki, fanlarni chuqurlashtirib o‘tiladigan umumta’lim muassasalari o‘quvchilarida biologik
eksperimentlar asosida o‘quv-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish masalasi pedagogik muammo
sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. Shu bois tabiiy fanlarni o‘qitishda, amaliy eksperimental
mashg‘ulotlar asosida o‘quvchilarida o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik
tizimini shakllantirish masalasi dolzarb pedagogik muammolardan hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Ўзбекистон

Республикаси

Президентининг

2017

йил

7

февралдаги

«

Ўзбекистон

Республикасини

янада

ривожлантириш

бўйича

Ҳаракатлар

стратегияси

тўғрисида

»

ги

ПФ

-

4947-

сонли

Фармони

//

Ўзбекистон

Республикаси

Қонун

ҳужжатлари

тўплами

. –

Т

., 2017. 6-

сон

, 70

модда

.

2.

Ўзбекистон

Республикаси

Олий

Мажлисининг

1997

йил

29

августдаги

463I-

сон

Кадрлар

тайёрлаш

миллий

дастури

тўғрисида

»

ги

Қарори

//

Ўзбекистон

Республикаси

Олий

Мажлисининг

Ахборотномаси

. –

Тошкент

, 1997. - 11-12-

сон

, 295-

модда

.

3.

Азизходжаева

Н

.

Н

.

Педагогик

технологиялар

ва

педагогик

маҳорат

. -

Тошкент

,

«

Молия

», 2003. – 192

б

.

4.

Мещеряков

Б

.

Г

.,

Зинченко

В

.

П

.

Большой

психологический

словарь

М

.:

АСТ

. –

2009. – 816

с

.

5.

Олимов

Қ

.

Т

.

Педагогик

технологиялар

. –

Тошкент

, «

Фан

ва

технология

, 2011. - 275

б

.

Bibliografik manbalar

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сонли Фармони // Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2017. 6-сон, 70 модда.

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1997 йил 29 августдаги 463I-сон “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури тўғрисида»ги Қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – Тошкент, 1997. - 11-12-сон, 295-модда.

Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. - Тошкент, «Молия», 2003. – 192 б.

Мещеряков Б.Г., Зинченко В.П. Большой психологический словарь – М.: АСТ. – 2009. – 816 с.

Олимов Қ.Т. Педагогик технологиялар. – Тошкент, «Фан ва технология, 2011. - 275 б.