“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
726
9- YO’NALISH. BIOLOGIK FANLARNI O’QITISHNING
DOLZARB MASALALARI
MAKTAB BIOLOGIYA DARSLARIDA FUNKSIONAL TOPSHIRIQLAR
Isag‘aliyeva Sadafxon Muxammadaminovna
Farg‘ona davlat universiteti, Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi o‘qituvchisi
sadafxonisagalieva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15589251
Annotatsiya:
Maqolada
PISA
dasturi
asosida
maktabdagi
biologiya
darslarida
o‘quvchilarining funksional savodxonliklarini oshirish uchun ishlab chiqilgan topshiriqlardan
namunalar keltirilgan. Bu topshiriqlar asosida 15 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilarining ijodiy
fikrlashi, aqliy faoliyati, tezkor fikr yurita olishlariga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
savodxonlik, maktab ta‘limi, funksional topshiriqlar, PISA kontekstlari, tabiiy-
ilmiy savodxonlik.
Аннотация
:
В
статье
представлены
примеры
заданий
,
разработанных
для
повышения
функциональной
грамотности
учащихся
на
уроках
биологии
в
школе
на
основе
программы
PISA.
Эти
задания
способствуют
развитию
творческого
мышления
,
умственной
активности
и
быстроты
мышления
у
школьников
до
15
лет
.
Ключевые
слова
:
грамотность
,
школьное
образование
,
функциональные
задачи
,
контексты
PISA,
естественнонаучная
грамотность
.
Annotation:
The article presents examples of tasks developed to improve the functional
literacy of students in biology lessons at school based on the PISA program. These tasks contribute
to the development of creative thinking, mental activity and speed of thinking in schoolchildren under
15 years old.
Key words:
literacy, school education, functional tasks, PISA contexts, scientific literacy
.
Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha asosiy yo‘nalish maktab o‘quvchilarining funksional
savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha 2021–2030-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar
strategiyasi va unda “davlat umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari fan bo‘yicha kuchli bilim
beradilar, lekin olgan bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qanday qo‘llash mumkinligi haqida bilim
bermaydilar” [1].
Maktablarda o‘quvchilarning funksional savodxonligini shakllantirish va rivojlantirish ustuvor
vazifa sifatida belgilangan.
Funksional savodxonlik – bu shaxs va jamiyatning tashqi muhit bilan munosabatlarga kirishish
va o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslashish va ishlash qobiliyati [2]. U bilimlarni egallash, bilish va
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, ilmiy bilimlarni doimiy boyitish va uni amaliyotga tatbiq etishni
o‘z ichiga oladi, ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxsning normal yashashi va faoliyat yuritishini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Funksional savodxonlikni shakllantirishning turli bosqichlarida o‘qituvchi va o‘quvchining
faoliyati o‘rtasidagi munosabatlar darsning turli bosqichlarida sodir bo‘ladi: maqsadni belgilash,
rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, natijalarni baholash [3, 4].
Umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi, dunyoning ilmiy manzarasini shakllantirish
uchun biologik bilimlar asos hisoblanadi. Biologik bilimlarning ahamiyatini, sog‘liqini saqlash va
atrof-muhit bilan adekvat munosabatda bo‘lish uchun hayotda qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rsatish
muhimdir. Hayotda salomatlikni saqlash uchun, atrof-muhit bilan yetarli darajada o‘zaro ta’sir qilish
uchun biologik bilimlarning ahamiyati, qo‘llash imkoniyatini muhimligini ko‘rsatib mumkin.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
727
O‘quvchilarning funksional savodxonligini kompetensiyaviy-mo‘ljallangan topshiriqlar,
integratsiyalashgan topshiriqlar va axborot texnologiyalari yordamida rivojlantirish mumkin.
Biologiyani o‘rganishda o‘quvchilarning funksional savodxonligini shakllantirish bo‘yicha
o‘quv va kognitiv kompetentsiyani shakllantirish mezoni sifatida turli xil vazifalar taklif etiladi.
O‘quvchilar uchun taklif qilingan vazifalar axborot, aloqa, kundalik hayot va kognitivlik kabi
kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradi. Vazifalar maktab o‘quvchilarining o‘quv-
tarbiyaviy ishlarini kuchaytirish, ularning tashkilotchiligini rivojlantirish, mustaqil o‘rganish, kerakli
ma’lumotlarni topish va ulardan foydalanish, guruhlarda, juftlikda, yakka tartibda ishlashga,
nostandart vaziyatlarda yechim topishga qaratilgan.
Bu o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirishga, shaxsning o‘zini-o‘zi rivojlanishini
ta’minlashga, bilim olishda mustaqillikni, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga, axborot
texnologiyalardan foydalanish, muammolarni hal etish, tadbirkorlik va ijodkorlikni rivojlantirishga
qaratilgan axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Biologik savodxonlik – bu insonni o‘zi yashayotgan dunyoda biologiyaning rolini aniqlash va
tushunish, biologik asosli xulosalar chiqarish va biologiyadan ijodiy faoliyatga xos bo‘lgan hozirgi
va kelajak ehtiyojlarini qondiradigan tarzda foydalana olish qobiliyatini mujassamlashtirgan ijodkor,
qiziquvchan va mulohazali o‘quvchilar tayyorlashni nazarda tutadi.
Funksional savodxonlik asosida tayyorlangan topshiriqlardan namunalar:
1. Suhbat nima haqida bo‘lishini iloji boricha kamroq maslahatlardan foydalangan holda
taxmin qilishingiz kerak:
1. Bu organ yuksak o‘simliklar evolyutsiyasidagi eng muhim yutuqdir.
2. Bu o‘simlikning hayotiy organidir.
3. Bu organ o‘simlik hayotining ma’lum bir davrida paydo bo‘ladi.
4. Bu organ o‘simlikning embrioni deyiladi.
5. Uning yordami bilan o‘simliklar butun yer yuzasi bo‘ylab tarqalishi mumkin.
6. O‘simliklar “shajarasi”ning asosiy bosh bo‘g‘ini.
Javob:
urug‘
2. Urug‘lar zargarlik buyumlari sifatida ishlatiladi. Ma’lum bir massaga ega bo‘lganligi uchun
vazn jihatidan standart sifatida ishlatiladi. Karob dukkaklilar oilasiga tegishli bo‘lib, uning
po‘stlog‘ida bitta ajoyib xususiyatga ega bo‘lgan urug‘lar bor. Aynan shu xossalari tufayli qadim
zamonlarda zukko zargarlar va farmatsevtlar karob urug‘ini og‘irlik moli tarzida ishlata boshlagan.
Savol: 1. Qanday o‘lchov birliklari haqida gapiramiz?
2. Karab bo‘yoqlar qanday ajoyib xususiyatga ega?
Javob:
Karat-karob po‘sti bo‘lib, uning urug‘lari massa o‘lchovi, shuningdek, oltinning tozalik
o‘lchovi bo‘lib xizmat qilgan.
Karob poyalari bir xil vaznga ega, ya’ni 200 milligramm.
3.
Tasavvur qiling, siz ko‘l bo‘yida turibsiz. Suvda o‘simliklar ko‘rinmaydi. Ammo ko‘lning
suvi yashil rangda. Bu ko‘lni Yashil deb atashlari ajablanarli emas. Siz bir hovuch suv olasiz va u
butunlay shaffof. Faqat chuqur suvga milliardlab ko‘rinmas o‘simliklar yashil rang beradi. Ular
shunchalik kichikki, ularni faqat mikroskop ostida ko‘rish mumkin.
Biz qanday ko‘rinmas o‘simliklar haqida gapirmoqdamiz?
Javob:
bir hujayrali yashil suv o‘tlari.
4. Yangi kun ma’nosini bildiruvchi bahor ayyomining go‘zal bayrami Navro‘zda bayramning
eng shoh taomi hisoblanmish – sumalak tayyorlanadi.Tayyorlanadigan massaning qaysi o‘simlikdan
olinishi, qaysi holatda sumlakka soladigan darajada yetilishi, o‘simlikning qaysi oila vakili ekanligini
hamda sumalakning mazasini, shirinligini ta’minlab beradigan uning qaysi qismi ekanligi haqida
mulohaza yuriting, savollarga javoblar toping.
Javob:
Sumalak tayyorlanadigan o‘simlik-bug‘doy, boshoqdoshlar oilasining vakili
hisoblanadi.Bug‘doy massasining pastki qismidagi uru’lardan chiqqan ildizlar yahshi chimlashgan
bo‘lishi, ustki qismidagi nishlari esa 0,5-0,7 mm holatda bo‘lishi kerak.Shunda bug‘doy yetilgan
hisoblanadi.Taomning mazali bo‘lishi esa bug‘doy endospermiga bog‘liq. Endospermi(zahira oziq
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
728
to‘plovchi qismi) qancha yetilgan, to‘liq(semiz) bo‘lsa, sumalak shunchalik shirin ta’mga ega bo‘ladi.
Sumalakning qanchalik shirin bo‘lishi bug‘doy donining yetilishiga bog‘liq.
5. Qayin haqidagi she‘r:
Qayin dedi-ariga kel bo‘lamiz do‘st-o‘rtoq,
Buni eshitgan shamol, qilibdi labin do‘rdoq.
Javob:
qayin o‘simligi shamol yordamida changlanadi.
She‘rda keltirilgan hato: ari yordamida changlanishi (hashoratlar yordamida changlanish
nazarda tutilgan).
6. Iloji boricha kamroq maslahatlardan foydalanib, qaysi hayvon haqida
gapirayotganimizni taxmin qilishingiz kerak:
- biologiyada o‘quvchilar bilan tuzilishni o‘rganib, turli sinf vakillaridan ajrata olish va
o‘rganish uchun organizmlarni ko‘proq o‘rganish talab etiladi;
- baliqchilar undan baliq ovlashda o‘lja sifatida foydalanadi;
- oddiy odam uchun bu oddiygina tuproqda yashaydigan, tuproq aholisi;
- tuproqda yashab, tarkibini boyitadi, uni yumshatadi;
- o‘simlik qoldiqlarini chirishini tezlashtiradi;
- tuproq hosil bo‘lishida qatnashadi;
- terisi orqali nafas oladi;
- tanasidagi halqalar soni 80 tadan 450 tagacha;
- hujayralari regeneratsiya qila olish hususiyatiga ega.
Javob:
yomg‘ir chuvalchangi.
7. Biz qaysi hayvon haqida gapirmoqdamiz?
Barcha umurtqasizlar orasida eng “aqlli”: mashg‘ulotga yaroqli, yaxshi xotiraga ega, geometrik
shakllarni ajrata oladi. Odamlarni taniydi, ularni boqadiganlarga ko‘nikadi. Agar siz u bilan yetarlicha
vaqt o‘tkazsangiz, u uyatchan bo‘lib qoladi.
Javob:
sakkizoyoq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Азимов
Э
.
Г
.,
Щукин
А
.
Н
.
Новый
словарь
методических
терминов
и
понятий
(
теория
и
практика
обучения
языкам
).
М
.:
Икар
, 2009. 448
с
.
2. Incheon declaration/ Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and
lifelong learning for all (Word Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea). - 48
p.
3. Isag‘aliyeva S.M.
Ta‘lim tizimi samaradorligini oshirishning zamonaviy yo‘llari
//Ijodkor o‘qituvchi jurnali. 2022.
№
23, 427-431 b.
4. Isag‘aliyeva S. Functional literacy as a factor of formation of practical competences. / I
International Scientifics and Practical Conference «Challenges and problems of modern science»,
October 13-14, 2022, London, United Kingdom. 127 p. https://doi.org/10.5281/zenodo.7226182.
