“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
713
MAKKAJO‘XORI POYA PARVONASINING TUR VA RASALARINI JINSIY
FERAMONLARGA SEZGIRLIGI
Yuldashev Farruxbek Ergashboyevich
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsenti, q.x.f.f.d.
farruh.uz1983@mail.ru
Xafizova Odinaxon Tuxtasinovna
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15589217
Annotatsiya:
Maqolada O‘zbekistonda uchraydigan makkajo‘xori poya parvonasining
Ostrinia nubilalis persica
kenja turi ekani, uning jinsiy feromonlarga sezgirligi, morfologik va
genetik xususiyatlari o‘rganilgan. Tur va rasalarni feromon tarkibidagi sis-(Z)-11-TDA va trans-(E)-
11-TDA nisbatiga asosan ajratish mumkinligi ko‘rsatilgan. Biologik kurash vositalari sifatida
Trichogramma pintoi
tuxumlarga qarshi 67,8% va
Bracon hebetor
qurtlarga qarshi 100% samara
bergan. Biroq, parvonaning yashirin hayot tarzi tufayli biologik kurashning dala sharoitida
samaradorligi cheklangan. Tadqiqot natijalari samarali kurash choralarini ishlab chiqishda muhim
ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
Makkajo‘xori poya parvonasi, tur, rasalar, biologik kurash usuli,
Trichogramma
,
Bracon
.
Аннотация
:
В
статье
установлено
,
что
на
территории
Узбекистана
встречается
подвид
кукурузной
стеблевой
моли
—
Ostrinia nubilalis persica
.
Изучена
её
чувствительность
к
половым
феромонам
,
а
также
морфологические
и
генетические
особенности
.
Показано
,
что
виды
и
расы
можно
различать
на
основе
соотношения
компонентов
феромона
:
цис
-(Z)-11-
ТДА
и
транс
-(E)-11-
ТДА
.
В
качестве
средств
биологической
борьбы
в
лабораторных
и
полевых
условиях
использовались
энтомофаги
Trichogramma pintoi
(
эффективность
против
яиц
до
67,8%)
и
Bracon hebetor
(
против
гусениц
—
до
100%).
Однако
из
-
за
скрытого
образа
жизни
моли
эффективность
биометодов
в
полевых
условиях
ограничена
.
Полученные
результаты
имеют
важное
значение
для
разработки
эффективных
методов
борьбы
с
вредителем
в
условиях
Узбекистана
.
Ключевые
слова
:
кукурузная
стеблевая
совка
,
вид
,
расы
,
метод
биологической
,
бракон
,
Trichogramma
,
Bracon
.
Abstract:
The article establishes that the subspecies of the European corn borer found in
Uzbekistan is
Ostrinia nubilalis persica
. Its sensitivity to sex pheromones, as well as morphological
and genetic characteristics, were studied. It was shown that species and races can be distinguished
based on the ratio of pheromone components: cis-(Z)-11-TDA and trans-(E)-11-TDA. As biological
control agents, the entomophages
Trichogramma pintoi
(with effectiveness against eggs up to 67.8%)
and
Bracon hebetor
(against larvae up to 100%) were used under laboratory and field conditions.
However, due to the moth's concealed lifestyle, the effectiveness of biological methods in field
conditions is limited. The results obtained are of great importance for developing effective pest
control strategies in the conditions of Uzbekistan.
Keywords:
Corn stem borer, species, races, biological control method,
Trichogramma, Bracon.
Makkajo‘xori poya parvonasi
(
Ostrinia (Pyrausta) nubilalis
Hb.). Deyarli barcha
makkajo‘xori ekib o‘stiradigan mamlakatlar xududlarida keng tarqalgan, murakkab biologik
xususiyatlarga hamda zararlilikga ega hasharot hisoblanadi [1]. Odatda, YEvropa mamlakatlarida
mavsumda 1-2 avlod berib rivojlanadigan bu hasharotning dunyoda bir necha o‘zgargan turlari bor.
Bu hasharotni chuqur o‘rgangan Rossiyalik L.N. Frolovning [9] ta’kidlashicha, makkajo‘xori poya
parvonasining 8 xil o‘zaro morfologiya hamda genetik farq qiluvchi turlari mavjud. Bularning orasida
eng asosiysi va negizini tashkil qiluvchisi
O. nubilalis
dir. U yana, YEvropa makkajo‘xori poya
parvonasi deb ham yuritiladi. Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqalarida MPP ning uchta o‘zgargan turi
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
714
mavjud ekan (
O.furnacalis, O.curentzovi, O.sp.perpacifica
) hamda Ukraina, shimoliy Kavkaz va
Qozog‘iston populyatsiyalari mavjud. O‘zbekistonda uchraydigan makkajo‘xori poya parvonasini
Kanadalik sistematik – olimlarning [4] xulosalariga tayanib mahsus guruhga ajratgan va uni “persiya”
kenja turi qatoriga qo‘shib
O.n.persica
Mutuura et Munroe deb atagan.
Keyinchalik o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarda aniqlandiki [10, 14, 15, 16] MPP ning kenja
turlari va rasalari o‘zaro jinsiy feromoni (JF) jixatidan ajralib turadi.
1-rasm. Makkajo‘xori poya parvonasi:
a – kapalaklari, v – qurti, s – g‘umbagi, l – qurti poya ichida (Kapustina va b., 1967 dan
olindi)
boshqa so‘z bilan: YEvropa turi bo‘lmish O.nubilalis ning JF ga Uzoq Sharq, yoki Persiya
(O‘zbekiston) populyatsiyalari harakat qilmaydi (uchmaydi) va aksincha [11].Umuman, MPP ning
JF haqida alohida izohlab o‘tish kerak bo‘ladi. Ilk bor bunday modda [18] A.N. Sparks tomonidan
aniqlangan edi.
Bu moddaning tarkibi quyidagi 2 ta moddadan iborat deb topilgan: sis-(z)-11-tetradesen-1-ol
atsetat (11-TDA) hamda trans (YE)-11 TDA (Klin, Brindley, 1970). MPP ning JF-ni tarkibidagi 2 ta
moddani turli nisbatda sinab ko‘rish shuni ko‘rsatdiki (VIZR, 1978-1983 yy.) birinchidan, bu
hasharot turli tur va rasalarga ega bo‘lib, barchasi JF ning turli nisbatli tarkibiga javob beradi.
Ikkinchidan, O‘zbekistondagi MPP ning turi birorta sinalgan JF ga javob bermagan [2].
MPP ning JF tarkibidagi moddalar: sis-(Z)-11-TDA va trans (YE)-11-TDA quyidagi nisbatlarda
sinovlardan o‘tgan (100 va 0; 97 va 3; 50 va 50; 3 va 97; 0 va 100). Shunday qilib, MPP ning tur va
rasalarini JF ga nisbatan bo‘lgan munosabatiga qarab aniqlash imkoniyati vujudga kelgan [3].
Poya parvonasining zararlilik darajasi yuqori bo‘lib, u tarqalgan davlat va dalalarda 60-80%
makkajo‘xori o‘simliklarini zararlab, hosil-dorlikni 30-40%gacha ozaytirish mumkin [1, 7].
O‘zbekistonda F.Yuldashev va boshqalarning ta’kidlashicha, makkajo‘xori poya parvonasi ayrim
dalalarda makkajo‘xorini 100% zararlab, hosildorlikni 25-35% ga kamaytirishi mumkin [12].
Rossiya va Belorussiyaning shimoliy mintaqalarida makkajo‘xori poya parvonasi mavsumda 1 ta
avlod berib rivojlanadi, ammo janubiy mintaqa-larida 2 hatto qisman 3 avlod berish mumkin [4, 5, 6].
Poya parvonasi hammaxo‘r (polifag) hisoblanib, ayrim olimlarning fikricha 100 dan ortiq
o‘simlik turlarini shikastlashi mumkin. Eng ko‘p u makkajo‘xori, sorgo, tariq, xmel, kungaboqar kabi
o‘simliklarini, hatto g‘o‘zani ham zararlaydi deyilgan, ammo biror-bir mahsus adabiyotda hamda
o‘zimizning kuzatuvlarimizda bunday shikastlashni uchratgan emasmiz [8].
Makkajo‘xorida zararkunanda qurtlari o‘simlik barglarini, tana va ro‘vagini (sultonini) hamda
so‘taning o‘rami, o‘zagi va donlarini shikastlab zararlaydi. Agarda poya so‘tadan past qismida
zararlangan bo‘lsa, u ko‘pincha sal shamolda sinib tushadi. Bunday tupdan hosil kutishning xojati
qolmaydi: don va poyaning miqdori va sifati yo‘qoladi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
715
MPP ning qurtlari o‘z umrining ko‘p qismini yopiq sharoitlarda o‘tkazgani uchun biologik
usulning kushandalaridan himoyalangan bo‘lgani uchun, biousul agentlarining samaradorligini
laboratoriya sharoitida o‘rganishdan boshladik. Bu borada zararkunandaning tuxum va qurtlariga
qarshi quyidagi tajribalar o‘tkazildi.
1. MPP ning tuxumlariga qarshi trixogrammaning samarali ta’sirini aniqlash
. Buning
uchun laboratoriya sharoitida qishlab chiqqan populyatsiya kapalaklaridan bankalarda tuxum olindi
va ularga qarshi tri-xogrammaning (
Tr. rintoi
) yangi avlod zotlarini 1:1 nisbatda joylashtirildi. Tajriba
2023 yili o‘tkazilgan edi. Nazorat variantida makkajo‘xori poya parvonasining tuxumlari kushandasiz
qoldirildi. Tajribada quyidagi natijalar olindi (1-jadvalga qarang).
1-jadval
Laboratoriya sharoitida trixogrammaning poya parvonasi tuxumlariga nisbatan
biologik samaradorligi
Tr. rintoi, 4 qaytarishda, 2023-2024 yillar
№
Variantlar
Umumiy
tuxum
soni,
dona
Nechta qurt ochib
chiqdi, kunlarga:
Necha %
tuxumdan
tabiiy
qurt
ochib
chiqdi
Trixogram-
maning bio-
logik
samaradorli-
gi, %
3
6
1.
Tajriba: trixogramma 1:1
nisbatda qo‘yildi
134
18,7
23,4
-
67,8
2.
Nazorat (kushandasiz)
125
44,3
67,9
54,3
-
Oltinchi kundan keyin nazorat variantida yangi qurtlar ochib chiqma-gani uchun shu kungacha
bo‘lgan dalillar ko‘rsatildi. Nazoratda (kushandasiz) olingan barcha tuxumlar soniga nisbatan 54,3%
dangina qurt ochib chiqdi, qolganlari puch bo‘lib qolaverdi.
Shu songa nisbatan Abbot [13] formulasi yordamida tajriba variantida trixogrammaning
biologik samaradorligi 67,8% tashkil etdi. Kushandani bundan yuqori samara ko‘rsatmaganini
tushunsa bo‘ladi. Birinchidan, trixogrammaning
Tr. pintoi
turini MPP ga qarshi sinab ko‘rilganligi
to‘g‘risida ahborotni uchratmadik, ikkinchidan, ilmiy adabiyotlaridan ma’lumki, poya parvonasiga
qarshi yuqori samarani trixogrammalarning boshqa turi –
Tr. europtidis
ko‘rsatadi [8].
Uchinchidan, poya parvonasi tuxumini oddiy bo‘lmagan tarzda qo‘yadi, ya’ni u to‘p qilib (bir
qavat) qo‘ygan tuxumlarini mahsus suyuqliq bilan “yopishtirib” qo‘yishi, trixogramma tuxumlarni
samarali chaqishga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Izohimizning tasdig‘i sifatida qayd qilib o‘tish
mumkinki, keyinchalik (2023 va 2024 yillarda) o‘tkazgan dala tajriba-larimizda ham
trixogramma+brakon tizimidagi biologik kurashda yuqori (qoniqarli) samara olinmadi.
2. Makkajo‘xori poya parvonasi qurtlariga qarshi brakon kushandasining samarasi.
Albatta, biologik kurashning samarali bo‘lishi uchun qurtlarga qarshi laboratoriyalarda
ko‘paytiriladigan brakon (
Bracon hebetor
Say.) kushandasini ishlatib ko‘rmoq kerak edi. Buning
uchun dastlab-ki laboratoriya tajribasiga tayyorgarlik ko‘rib, zararkunandaning poya parvonasi
qurtlarini daladan (makkajo‘xoridan) ko‘plab yig‘ib kelindi. Brakon esa, tuman biolaboratoriyasidan
shartnoma asosida olib kelindi. Laboratoriya va dala tajribalari 2 marta takrorlanib 2022-2023 yillari
o‘tkazildi.
Dastlab 2023 yilda laboratoriya sharoitida o‘tkazgan tadqiqotimizda poya parvonasi qurtlariga
qarshi (bankalarda) brakon kushandasi yuqori samara ko‘rsatdi. Bunda eng yuqori ko‘rsatkichlar
kushandaning urg‘ochi zotlariga nisbatan qurtlar (o‘rta va katta yoshlari) birga-birdan (1:1), birga-
20-25 (1:20-25) gacha bo‘lgan nisbatlarda ko‘rsatdi. Shundan keyin 2024 yili tadqiqot yani bir
qaytarildi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
716
Bu iyun oyida, zararkunanda erta ekilgan makka va oq jo‘xorida ko‘plab uchragan paytda,
qurtlari daladan yig‘ib kelinib tajriba takrorlandi. Uch litrlik shisha bankalarga belgilangan nisbatda
qurt (ozuqa bilan) joylashtirilib, ichiga brakonning urg‘ochi va erkak zotlari solindi. Variantlar va
olingan natijalar 2-jadvalda keltirildi.
Ko‘rinib turganidek, poya parvonasining qurtlarini brakon kushandasi samarali falajlantirar
ekan. Eng yuqori samara, kushandaning (urg‘ochi zotining) qurtlarga nisbati 1:15 gacha bo‘lib 100%
samara olindi, 1:25 bo‘lganida – 76% gacha, 1:50 bo‘lganida esa – 54% gacha. Oxirgi variantda
tajribadagi umumiy qurtlar orasida 27 tasi(54%) falajlangan bo‘lib, ularning orasida 8 tasigagina
tuxum qo‘yilgan edi.
2-jadval
Ochiq sharoitda yashayotgan poya parvonasi qurtlariga qarshi brakon kushandasining
samaradorligi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani laboratoriya tajribasi, 2023-2024 y.
Variantlar
Kushanda
qaysi
nisbatda
ishlatildi
Necha % samara olindi, kunlarga
Nechta
qurt
falaj-
landi,
dona
Necht
a-siga
tuxum
qo‘ydi,
dona
3
6
9
15
Tajriba:
Brakonning
urg‘ochi zotini
ishlatish
1:1
100
-
-
-
1
1
1:5
100
-
-
-
5
5
1:15
73
100
-
-
15
6
1:25
51
68
72
76
19
9
1:50
33
44
52
54
27
8
Nazorat (kushan-
dasiz, 20 ta qurt)
-
Tabiiy rivojlanishi
18
18
13/4
*)
8/9
-
-
Belgilar: *) – 13-qurt, 4-g‘umbak soni
Ya’ni brakon kushandasi barcha “chaqib” falajlagan qurt ustiga tuxum qo‘yavermaydi, qancha
qurt ko‘p bo‘lsa, shuncha ozroq qurt ustiga o‘z belgisini qo‘yib ketadi. Har 1 zot jami 18 tadan 175
tagacha tuxum qo‘ydi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan tajriba bilan birga yana bir tajriba o‘tkazildi. Uning maqsadi va
amaliy ahamiyati shundaki, poya va so‘ta ichida yashirin yashayotgan qurtlarga nisbatan brakonning
faolligini o‘rganish edi. Buning uchun MPP zararlagan makkajo‘xori poyasi (20-30 sm) qurti bilan
kesib olinib, mayda ko‘zli kapron setkalarga joylandi va ichiga kushanda ham kerakli nisbatda qo‘yib
yuborildi, ketidan kuzatuv olib borildi. Natijada, faqatgina 1:1 nisbatda joylangan variantdagina
yuqori natija olindi (2-jadvalga qarang). Qolgan variantlarda ko‘pi bilan 40,0% samaraga erishildi.
Bu tajriba natijalaridan xulosa qilish mumkinki, dala sharoit-larida qaysiki MPP ning qurtlari
poya va so‘ta ichiga kirib ketganidan keyin, brakondan yuqori samara kutish qiyin. Bu kushandaning
o‘lja qidirish qobiliyatini ko‘rsatadi.
ФОЙДАЛАНИЛГАН
АДАБИЁТЛАР
1.
Берес
П
.
К
.
Кукурузный
мотылёк
в
Польше
//
Ж
.
Защита
и
карантин
растений
. –
Москва
, 2008. –
С
. 20-22.
2.
Вилкова
Н
.
А
.,
Фролов
А
.
Н
.,
Шапиро
И
.
Д
.
и
др
.
Результаты
испытаний
синтетических
половых
феромонов
кукурузного
мотылька
в
СССР
//
Тез
.
докл
.
н
.-
произв
.
сов
.,
Тарту
, 2-5.02.1981
г
. –
Ленинград
, 1981. –
С
.110-113.
3.
Войняк
В
.
И
.,
Ковалёв
Б
.
Г
.
Эффективность
половых
феромонов
вредителей
кукурузы
//
Ж
.
Защита
и
карантин
растений
. –
Москва
, 2010. -
№
7. –
С
. 25-26.
4.
Макеев
И
.
М
.
Биологические
особенности
стеблевого
мотылька
(Ostrinia nubilalis Hbn.)
в
различных
вертикальных
зонах
Кабардино
-
Балкарской
АССР
и
меры
борьбы
с
ним
:
Автореф
.
дисс
…
канд
.
с
/
х
наук
. –
Л
., 1972. – 25
с
.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
717
5.
Половинчикова
А
.
М
.
О
распространении
стеблевого
кукурузного
мотылька
(Ostrinia nubilalis
Hbn.)
в
Приморском
крае
//
Бюллетень
ВИЗР
, 1971. -
№
17. –
С
. 3-7.
6.
Половинчикова
А
.
М
.
Пищевые
растения
стеблевого
(
кукурузного
)
мотылька
в
Приморье
//
Тр
.
Дальневосточного
НИИСХ
, 1975. –
Т
.18. –
ч
.2. –
С
. 24-28., 141.
7.
Трепашко
Л
.
И
.
и
др
.
Стеблевой
мотылёк
(Ostrinia nubilalis Hbn.) –
новый
вредитель
кукурузы
в
Беларуси
//
Ж
.
Белорусское
сельское
хозяйство
. – 2010
б
. -
№
11. –
С
. 24-28.
8.
Трепашко
Л
.
И
.,
Надточаева
С
.
В
.
Стеблевой
кукурузный
мотылёк
в
Белоруссии
//
Электронный
ресурс
. – 2015. – 20.01.2015.
9.
Фролов
А
.
Н
.
Изменчивость
кукурузного
мотылька
и
устойчивость
к
нему
кукурузы
:
Автореф
.
докт
.
дисс
.(
ВИЗР
). –
Санкт
-
Петербург
, 1993. – 40
с
.
10.
Фролов
А
.
Н
.,
Вилкова
Н
.
А
.
Особенности
этологической
репро
-
дуктивной
изоляции
между
видами
рода
Ostrinia Hbn.
как
критерии
их
дифференциации
//
Тез
.
докл
.
Всес
.
конф
. –
Минск
, 1981. –
С
. 242-246.
11.
Шапиро
И
.
Д
.,
Фролов
А
.
Н
.,
Вилкова
Н
.
А
.
Анализ
структуры
популяций
стеблевого
мотылька
(genus Ostrinia)
с
помощью
синтетических
половых
феромонов
//
В
кн
.: «
Поведение
насекомых
как
основа
разработки
мер
борьбы
с
вредителями
сельского
и
лесного
хозяйства
». –
Тез
.
док
.
Всесоюз
.
конф
. –
Минск
, 1981. –
С
. 262-267.
12.
Юлдошев
Ф
.
Э
.,
Юсупова
М
.
Н
.,
Хўжаев
Ш
.
Т
.
Ғалладан
кейин
экиладиган
ўсимликларни
ҳимоя
қилиш
/
Халқаро
и
.-
амалий
конф
.
материаллари
. –
Тошкент
:
ЎзПИТИ
, 2010. – 303-305
б
.
13.Abbot W.S. A method of computing the effectiveness of an insectide //J.Econ.Entomol.-1925. -
Vol.18. -
№
3. - P.265-267.
14.Klun J.A. Isolation of sex pheromone of European corn borer //J. Econ. Entomol. – 1968. – vol.61. -
#2. – P. 484.
15.Klun J.A., Brindley T.A. Cis-11-tetradecenyl acetate a sex stimuland ot European corn borer //J. Econ.
Entomol. – 1970. – vol.63. - #3. – P.779-780.
16.Klun J.A., Robinson J. F. European corn borer moth: sex attractant and sex attraction inhibitors //Ann.
Entomol. Soc. Amer. – 1971. – vol. 64. - #5.–P. 1083-1086.
17.Mutuura A., Munroe E. Taxonomy and distribution of the European corn borer and allied species:
genus Ostrinia (Lepidoptera: Pyralidae). – Entomol. Soc. Canada Mem.. – 1970. – vol.71. – P.1-112.
18.Sparks A.N. Preliminary studies of factors influencing mating of the European corn borer. – Proc.
North. Centr. Br. Entomol. Soc. Amer. – 1963. – vol.18. – P.95.
