“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
702
REGENERANTLARNING ILDIZLANISH JARAYONINI ENDOGEN
STIMULYATOR TA’SIRIDA O‘STIRISH SHAROITLARI
Xalilova Sevara Abdumannobovna.,
Dushanova Gavhar Abdukarimovna.
Sharof Rashidov nomidagi Smarqand davlat universiteti
sevara.khalilova.88@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15572670
Annotatsiya:
azkur tadqiqotda
Capparis spinosa
L. o‘simligi regenerantlarining ildiz hosil
qilish bosqichini tezlashtirish va uning samaradorligini oshirish uchun BERES UNIVERSAL o‘g‘iti
va IAA1 fitogormoni bilan boyitilgan ozuqa muhitlarining ta’siri o‘rganildi.
Kalit so‘zlar: Capparis spinosa
L., mikroklonal ko‘paytirish, ildizlanish, BERES
UNIVERSAL, endogen stimulyatorlar, IAA1.
Аннотация
:
В
настоящем
исследовании
изучено
влияние
питательных
сред
,
обогащённых
удобрением
BERES UNIVERSAL
и
фитогормоном
IAA1,
на
ускорение
и
повышение
эффективности
корнеобразования
у
регенерантов
Capparis spinosa
L.
Ключевые
слова
:
Capparis
spinosa
L.,
микроклональное
размножение
,
корнеобразование
, BERES UNIVERSAL,
эндогенные
стимуляторы
, IAA1.
Abstract:
This study examined the effect of nutrient media supplemented with BERES
UNIVERSAL fertilizer and the phytohormone IAA1 on enhancing the efficiency and accelerating
the rooting stage of
Capparis spinosa
L. regenerants.
Keywords
:
Capparis spinosa
L., microclonal propagation, rooting, BERES UNIVERSAL,
endogenous stimulators, IAA1.
Kirish
Capparis spinosa
L. boy biofaol moddalarga ega bo‘lgan, qadimdan xalq tabobatida keng
qo‘llaniladigan va zamonaviy farmatsevtika sanoatida yuqori baholanuvchi dorivor o‘simliklardan
biridir. Mazkur o‘simlik asosan quruq va toshloq hududlarda o‘sadi, vegetativ ko‘payish sur’ati past
bo‘lib, uning tabiiy populyatsiyalaridan keng miqyosda xomashyo yig‘ib olish ekotizimga jiddiy
zarar yetkazishi, biologik xilma-xillikning kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli,
Capparis spinosa L
. o‘simligini barqaror va ekologik xavfsiz usulda ko‘paytirish va dorivor
xomashyo bilan ta’minlash masalasi dolzarb ilmiy va amaliy yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof
etilmoqda [1].
Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan dorivor o‘simliklar
resurslarini tiklash, ularni madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash hamda biologik resurslardan
oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Jumladan: 2016-
yil 16-sentabrdagi PQ-2595-sonli qarorda 2016–2020-yillarda respublika farmatsevtika sanoatini
yanada rivojlantirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish va
ularning xom ashyolarini yetishtirish vazifalari belgilandi; 2017-yil 3-sentyabrdagi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 991-F-sonli farmoyishida
Capparis spinosa L
. o‘simligi
plantatsiyalarini tashkil etish, ularni yetishtirish va eksport qilishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi
[6].
Yuqorida keltirilgan me’yoriy-huquqiy asoslar, shuningdek, dorivor o‘simliklarga nisbatan
ortib borayotgan xalqaro va mahalliy talablar, ushbu tadqiqotning amaliy ahamiyatini yanada
oshiradi. Shunday qilib,
Capparis spinosa
L. o‘simligini in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish
texnologiyasi — dorivor xomashyoni barqaror, takrorlanadigan va ekologik xavfsiz shaklda olish,
milliy farmatsevtika sanoatini xomashyo bilan ta’minlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish
yo‘lidagi muhim yechimlardan biri sifatida e’tirof etiladi [4].
Mikroklonal ko‘paytirish sharoitlarini optimallashtirish va ildizlanish vaqtini qisqartirish
jarayoni hozirgi zamon o‘simlikshunosligi va biotexnologiyasida dolzarb yo‘nalishlardan biri
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
703
hisoblanadi. Ayniqsa, noyob, muhofaza ostidagi va seleksiya ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘simlik
turlarini tez va sifatli ko‘paytirish uchun ushbu usullar katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Mikroklonal ko‘paytirishda asosiy muammo kurtaklarning ildizlanish darajasi pastligi va ildiz hosil
bo‘lishining sekin kechishidir. Shu sababli o‘simliklarning o‘zida tabiiy tarzda hosil bo‘ladigan yoki
tashqi muhitdan qo‘shimcha beriladigan endogen stimulyatorlar gumin va fulvo kislotalar,
fitogormonlar qo‘llanilishi orqali bu muammoni samarali hal qilish mumkin. [2,3].
Bu stimulyatorlar hujayra bo‘linishini faollashtiradi, mitoz jarayonini kuchaytiradi va o‘simlik
organizmidagi fiziologik jarayonlarni jadallashtiradi, shu jumladan ildiz to‘qimalarining
differensiallanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu o‘g‘it mikroklonal ko‘paytirish tizimida ildiz
hosil bo‘lishini faollashtirishda samarali vosita sifatida foydalanilishi mumkin. BERES
UNIVERSAL tarkibiga kiruvchi torf va ko‘mirdan olingan gumin kislotalar hamda fulvo kislotalar
quyidagi jihatlar bilan ajralib turadi, o‘simlik hujayralarining nafas olish faoliyatini oshiradi, ozuqa
elementlarini o‘zlashtirish darajasini yaxshilaydi, ildizlarning hosil bo‘lishini tezlashtiradi va
ularning tarmoqlanishini rag‘batlantiradi, o‘ta past molekulyar og‘irlikka ega bo‘lib, hujayra
devoridan oson o‘tadi, metabolik faollikni oshiradi va o‘simlik stressga bardoshliligini kuchaytiradi.
O‘simlik gormonlariga o‘xshash ta’sir ko‘rsatib, ildizlanish bosqichini tezlashtiradi. Mikroklonal
ko‘paytirish jarayonlarida BERES UNIVERSAL o‘g‘itlaridan foydalanish o‘simliklarning ildiz hosil
qiluvchi qobiliyatini oshirish, regeneratsiyani tezlashtirish va umumiy ko‘payish samaradorligini
orttirishda istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. U tarkibidagi tabiiy endogen stimulyatorlar o‘simlik
organizmida muvozanatli fiziologik muhitni shakllantiradi, bu esa ilmiy va amaliy jihatdan katta
ahamiyatga ega [5].
Bizning tadqiqotimizda
Capparis spinosa
L o‘simligining mikroklonal ko‘paytirish
amaliyotida BERES UNIVERSAL qo‘shimcha sifatida ozuqa muhitida ishlatilishi eksplantlarda 55-
60 kun ichida ildiz hosil qilishi mumkinligini kuzatildi (jadval 1 Rasm 1,2).
Jadval 1
Vaqt davomiyligining ildiz hosil bo‘lish ko‘rsatkichlariga ta’siri
Ozuqa muhiti
Muddat (kun)
Ildizlangan
kurtaklar %
O‘rtacha ildiz
soni
O‘rtacha ildiz
uzunligi
GM
75
68±3,6
2,5±0,5
2,4±0,4
MS+BERES
universal
55
73±3,1
3,7±0,2
2,7±0,3
MS
IAA1+BERES
universal
50
78±3,1
4,1±0,4
3,0±0,3
Quyidagi jadvalda turli xil ozuqa muhitlarining ildizlangan kurtaklar foizi, o‘rtacha ildiz soni
va o‘rtacha ildiz uzunligiga ta’siri ko‘rsatilgan. Ozuqa muhitlariga GM, MS+BERES Universal,
hamda MS IAA1+BERES Universal kiradi.
Rasm
.
1
.
Capparis spinosa L
o‘simligining ildizlarishiga endogen stimulyator Beris universal
ta’siri
GM (standart ozuqa muhiti) sharoitida ildizlanish muddati eng uzoq (75 kun), ko‘rsatkichlar
esa nisbatan past bo‘ldi. MS + BERES Universal muhiti ildiz hosil bo‘lishni sezilarli darajada
tezlashtirdi va ko‘rsatkichlar yaxshilandi. MS IAA1 + BERES Universal kombinatsiyasi esa eng
yaxshi natijalarni berdi: eng yuqori ildizlanish foizi (78%), ko‘proq ildiz soni (4,1 ta) va uzunroq
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
704
ildizlar (3,0 sm), shuningdek, muddat eng qisqa (50 kun) bo‘ldi. Bu natijalar BERES Universal va
ayniqsa IAA1 (indolil-3-sirka kislotasi) qo‘shilishi ildizlanish jarayonini tezlashtirib, o‘simlik
ko‘payishini samaraliroq qilishini ko‘rsatadi.
Rasm
.
2
.
Capparis spinosa L
o‘simligining ildizlarishiga endogen stimulyator Beris universal
ta’siri
Mikroklonal ko‘paytirish sharoitlarini takomillashtirish va ildiz hosil bo‘lish jarayonini
tezlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, BERES UNIVERSAL o‘g‘iti va
uning fitogormonlar bilan kombinatsiyasi (ayniqsa, IAA1) eksplantlarning ildizlanish
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu preparat tarkibidagi gumin va fulvo kislotalar,
shuningdek makro- va mikroelementlar o‘simlik hujayralarining bo‘linishini faollashtirib, ildiz
to‘qimalarining differensiallanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda o‘simlik organizmida fiziologik
muvozanatni ta’minlaydi.
Xulosa
Jadval 1 ma’lumotlariga ko‘ra, GM (standart) muhitiga nisbatan MS+BERES Universal va
ayniqsa MS IAA1+BERES Universal muhitlarida ildiz hosil bo‘lish muddati 25 kun gacha qisqargan,
ildizlangan kurtaklar foizi, ildizlar soni va uzunligi esa oshgan. Bu esa BERES UNIVERSAL
o‘g‘itining mikroklonal ko‘paytirish tizimlarida qo‘llanishi ilmiy-amaliy jihatdan istiqbolli ekanini
tasdiqlaydi.
Shunday qilib, BERES UNIVERSAL ozuqa muhitini qo‘llash mikroklonal ko‘paytirish
texnologiyalarida regeneratsiya jarayonlarini tezlashtirish, ildiz hosil bo‘lish ko‘rsatkichlarini
yaxshilash va o‘simliklarning umumiy ko‘payish samaradorligini oshirishda samarali yechim sifatida
tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Akhmedov, S. ZH. (2021).
Biotechnological Methods of Medicinal Plant Propagation
.
Tashkent: Fan.
2. Rashidova, N. (2022). The effects of humic acid and auxins on rooting of
Capparis spinosa
explants in vitro.
Uzbek Journal of Biology
, 4(2), 42–47.
3. Mirzayeva, D. (2023). Optimization of rooting conditions for
Capparis spinosa
in vitro using
natural stimulators.
Central Asian Scientific Bulletin
, 1(13), 55–60.
4. Nazarova, Z. K. (2022). The use of humic substances in plant micropropagation.
Modern
Problems of Biology
, 3, 70–76.
5. BERES Universal – Application Guidelines. Retrieved from https://www.beres.hu/ru/beres-
universal on May 13, 2025.
6. https://lex.uz
