Mualliflar

  • Mashxura Qo‘chqarova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110335

Kalit so‘zlar:

mevali daraxtlar intensive bog`dorchilik nok kasalliklari agrotexnika fermer xo`jaliklari meva-sabzavotchilik ekologik barqarorlik

Annotasiya

Maqolada Namangan viloyati Chortoq tumanida o`stirilayotgan mevali daraxtlarning turlari, ularning agrotexnik xususiyatlari, kasalliklari va parvarish usullari tahlil qilinadi. Xususan, nok, behi va boshqa mevali daraxtlarni yetishtirish texnologiyalari, ularning hosildorligini oshirish choralari, zamonaviy intensiv bog`dorchilik usullari va kasalliklarga qarshi kurashish strategiyalari muhokama qilinadi. Maqolada Chortoq tumanida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, fermer xo`jaliklarini qo`llab-quvvatlash dasturlari va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumotlar keltiriladi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

692

NAMANGAN VILOYATI CHORTOQ TUMANI AYRIM MEVALI DARAXTLAR

KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI

Qo‘chqarova Mashxura Qodirjon qizi

Namangan davlat universiteti magistr talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15589098

Annotatsiya:

Maqolada Namangan viloyati Chortoq tumanida o`stirilayotgan mevali

daraxtlarning turlari, ularning agrotexnik xususiyatlari, kasalliklari va parvarish usullari tahlil
qilinadi. Xususan, nok, behi va boshqa mevali daraxtlarni yetishtirish texnologiyalari, ularning
hosildorligini oshirish choralari, zamonaviy intensiv bog`dorchilik usullari va kasalliklarga qarshi
kurashish strategiyalari muhokama qilinadi. Maqolada Chortoq tumanida meva-sabzavotchilikni
rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, fermer xo`jaliklarini qo`llab-
quvvatlash dasturlari va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumotlar
keltiriladi.

Kalit so‘zi:

mevali daraxtlar, intensive bog`dorchilik, nok kasalliklari, agrotexnika, fermer

xo`jaliklari, meva-sabzavotchilik, ekologik barqarorlik.

O‘zbekiston Respublikasi agrar sohasi taraqqiyotida bog‘dorchilik yo‘nalishi muhim o‘rin

tutadi. Mevali daraxtlar inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar va mikroelementlarga boy
bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda, atrof-muhitni obodonlashtirishda va aholi daromad
manbalarini oshirishda alohida ahamiyatga ega. Meva mahsulotlarining eksportbopligi esa ularni
iqtisodiy jihatdan yanada qadrlashga undaydi. Shu sababli, mevali daraxtlarni kasalliklardan himoya
qilish, ularning salomatligini saqlash va hosildorligini oshirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan
biri hisoblanadi.

Chortoq tumanidagi bog‘larda yetishtirilayotgan mevali daraxtlar – nok, behi kabi navlar o‘ziga

xos biologik xususiyatlarga ega. Ularning har biri turli xil mikroorganizmlar, ayniqsa zamburug‘lar,
bakteriyalar va viruslar ta’sirida kasallanishi mumkin.Farg‘ona vodiysi hududlarida, jumladan
Namangan viloyatining Chortoq tumanida mevali daraxtlar keng miqyosda yetishtiriladi. Bu hududda
issiq va quyoshli kunlar ko‘p bo‘lishi, vegetatsiya davrining uzunligi va unumdor bo‘z tuproqlar
mavjudligi tufayli bog‘dorchilik istiqbollari yuqori hisoblanadi. Ammo qishloq xo‘jaligi sohasida
hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri bu – o‘simlik kasalliklari hisoblanadi.

Daraxtlarning kasallik bilan zararlanishi faqat mevaning sifati va miqdorini kamaytiribgina

qolmay, balki daraxtning vegetativ rivojlanishini, kelgusi mavsumdagi meva tugish imkoniyatini ham
izdan chiqaradi. Kasalliklar erta aniqlanmasa, butun bog‘ni zararlashi, hatto daraxtlarning nobud
bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p uchraydigan
kasalliklarni o‘rganish, ularning tarqalish sabablari, alomatlari va samarali kurash choralari
aniqlanishi lozim.

Nok o‘simligiga botanik tavsif: Nok daraxti o‘simliklar olamining yopiq urug’lilar bo‘limi,

ikki urug’pallalilar sinfi, atirguldoshlar turkumi,atirgullar oilasi,spireylar Kenja oilasi, Pyrea tribasic,
Pyrinae Kenja tribasi nok urug’iga mansub. Bo‘yi 5-25 m, tanasining po‘stlog‘i qalin, qo‘ng‘ir
rangda, bo‘yiga chuqur yorilgan, po‘st tashlab turadi. Shoxlari ko‘pincha tikanli bo‘ladi. Novdasi
to‘g‘ri, tuksiz, sariq-qo‘ng‘ir, yaltiroq. Barglari yumaloq yoki ovalsimon, uchi o‘tkir, cheti tekis,
bandi uzun, orqa tomoni tukli. Nok mart-aprel oyida gullaydi va shu bilan bir vaqtda barg yozadi.
Gullari oq, nektarli. Mevasi avgust-sentabr oylarida yetiladi, uzunligi 3-4 sm, eni 1,5 sm, yashil
bo‘lib, yetilish oldidan sarg‘ayadi. Urug‘i yirik, cho‘ziq, tubi uchli, uchi yumaloq, qora. Nok
urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Noklarning har xil navlari manzara sifatida yoki mevali daraxtlar sifatida
foydalaniladi. Shuningdek nok daraxtlarini kasalliklardan himoya qilishning o‘ziga xos nozik
tomonlari bor, chunki mevalarning, ayniqsa ertapishar navlarida zararkunandalarga qarshi uzluksiz
insektisidlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Chortoq tumani sharoitida nokzorlarga nok kanasi va nok shira
bitlari zarar keltiradi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

693

Nokning kalmaraz (qo‘tir, parsha) kasalligi – nok daraxtlarining barg, gulkosachabarglari va

mevalarini, barg va meva bandlarini, novda va kurtak tangachalarini (qobiqlarini) zararlaydi. Bu
kasallik bilan madaniy (Pyrus communis, P.serotina, P.ussuriensis) va boshqa nok turlari zararlanadi.
Nok mevalari kuchli shikastlanadi, ularning ustida (oldin gul bo‘lgan tomonda, keyin yonlarida ham)
dog’lar paydo bo‘ladi,ular o‘sib kattalashadi va qo‘shilib, to‘q-qo‘ng’ir yoki qora tusli yaralar hosil
qiladi, meva xunuk shakl oladi, chatnab ketadi. Agrotexnik va sanitariya tadbirlari va kimyoviy
kurash choralari olmadagi kalmarazga qarshi ishlatiladiganlari bilan bir xil. Chidamli navlar ekish
choralari ko‘riladi.

Kasallik qo‘zg'atuvchisining fiziologik irqlari mavjud bo‘lib (hozirgacha Isroilda 5 ta,

Angliyada 4 ta irq ajratilgan), nok navlarining ularga chidamliligi har xil. Bartlett, Bere Bosk, Komis,
Danjuy, Paxams Triumf, Spadana Estiva, Vinter Nelis, Lesnaya krasavitsa, Talgarskaya krasavitsa,
Lyubimitsa Krappa va ko‘p boshqa navlar qattiq shikastlanadi. Nisbatan chidamli navlar qatoriga
Kongress, Maslovka Klappa, Bessemyanka, Bergamot, Vassa, Bere Ligelya, Bere Klerjo, Bere Bosk
va Bere Bor navlari kiradi. Koskiya navi yuqori chidamlilikga ega.

Un shudring kasalligi – nok daraxtlarining barg, gulkosachabarglari va mevalarini, barg va

meva bandlarini, novda va kurtaklarini zararlaydi. Oldin barglarining oldingi tomonida oq yoki och-
kulrang, unsimon g’ubor paydo bo‘ladi. Barglar buralib, qayiqsimon, usti g’adir-budur shakl oladi,
kichik bo‘lib qoladi ( kattaligi sog’lom barglarning 1/3 qismiga teng bo‘lishi mumkin). Bu dog’lar
novdalarni va mevalarni ham qoplaydi va zararlaydi, mevalari ustida oq g’ubor paydo bo‘ladi, iyun
oyida g’ubor yo‘qoladi, uning o‘rnida to‘rsimon dog’lar va nobud bo‘lgan hujayralari qoladi. Meva
o‘sishi bilan bu dog’lar ham kattalashadi. Yosh o‘simliklar ayniqsa kuchli zararlanadi yakunida
o‘simlik nobud bo‘lishiga olib keladi. Qo‘zg’atuvchisi Podosphaera ieucotricha askomitset
zamburug’i. Un-shudringga qarshi fungitsid (Bayleton 25%n. kuk. , 0, 4kg/ga, Vektra 10% sus. k. ,
0, 3 l/ga, Impakt 25%sus. k. 0, 1 l/ga, OOQ, 0, 5-1, 0%, Saprol 20%em. k. , 1, 0 i/ga, tuyilgan
oltingugurt, 15-30kg/ga va b. )purkashni erta bahorda boshlab, gulkosachabarglar to‘kilishigacha har
7 kunda, so‘ngra va yoz o‘rtasigacha har 12-14 kunda takrorlash lozim. Nokka un-shudring faqat
olmadan o‘tishi taxmin qilinadi. Noknng Danjuy, Lui Bonne navlari un-shudringga juda chidamsiz,
Barlett, Flemish Byuti va Uinter Nelis navlari chidamli. Umuman bargi tuk bilan qalin qoplangan va
usti yaltiroq bargli nok navlari un-shudringga chidamlilikni namoyon etadi.

Shish qo‘zg'atuvchi nok kanasi - Erophyespyri Pogst. Nok kanasi yetuk zot shaklida

kurtaklar yonida yki po‘stlog'i ostida to‘planib-qishlab chiqdi. Mart-aprel oylarida havo harorati 10
dan oshganda chiqib oziqlana boshlaydi. Yangi una boshlagan kurtak barglarini to‘kish natijasida
barglarning yuqori tomoni qavarib, ostki tomonida 2-3 mm li gall(shish) hosil bo‘ladi. Shishlarning
ichi kovak bo‘lib, bargning ichki tomonidagi kichkina yumaloq teshik yordamida tashqariga
tutashadi. Kanalar gallning ichida oziqlanib ko‘payadi.

Kelgusida mayda galllar qo‘shilib, o‘ziga xos qora dog'lar hosil qiladi. Nok kanasi mavsumda

4-5 ta bo‘g'in berib ko‘payadi. Shish hosil qiluvchi nok kanasi tufayli daraxt barglari va mevalarning
ko‘p qismiyetilmasdan to‘kilib ketadi. hosildorlik ba'zan 50% gacha kamayib ketishi mumkin. Nok
kanasi Osiyo, Yevropa va Amerikada keng tarqalgan. Nok kanasi juda mayda bo‘lib, oddiy ko‘zga
ko‘rinmaydi. Kana tanasi cho‘ziq, chuvalchangsimon, qornida ko‘ndalang egatlar, orqa tomonida
do‘mboqchalar bor. Rostrum (tumshug'i) katta, oyoqlari faqat 2 juft, kattaligi 230 mikronga boradi.
Kanalar (Acorina)-o‘rgimchaksimonlar sinfiga mansub. Tanasi 2 qism:og'iz apparati joylashgan
oldingi-giotosoma va oyoqlar joylashgan oqa qismi-diosomadan iborat. Barchasi ayrim jinsli,
ko‘ochiligi tuxum qo‘yib ko‘payadi. Oziqlanishiga ko‘ra: o‘simlikxo‘r, yirtqich, parazit guruhlarga
bo‘linadi. Nok shira burgasiga qarshi erta bahorda sepimetrin 25% em. h(10 lsuvga 20 g) purkaladi.
Ushbu preparatlar bo‘maganda tamaki qaynatmasidan foydalanish mumkin. Meva kanasiga qarshi
Perfekta 17, 5% sus. k (10 sotixga 15-20ml)purkaladi.

Behining botanik tavsifi: Behi (Cydonia oblonga Mill.) — ra

ʼ

nodoshlar oilasiga mansub mevali

daraxt yoki buta. Behining Ozarbayjon, Dog

ʻ

iston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi,

turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshg

ʻ

ariyning "Devonu lug

ʻ

otit turk" asarida "avya"

shaklida tilga olingan. Behi Kavkaz, O

ʻ

rta Osiyo, Qrim, Ukrainaning jan. hamda Astraxon viloyatida


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

694

keng tarqalgan. O

ʻ

zbekistondagi Behizorlarning 80% Farg

ʻ

ona vodiysida. Balandligi 5–6 m,

shoxshabbalari piramida shaklida, ba

ʼ

zan tarvaqaylab o

ʻ

sadi. Bargi oddiy, yashil, cheti butun. Gullari

yakka holda, oq yoki och pushti, aprelda gullaydi. Ko

ʻ

chati o

ʻ

tqazilgach, 3—4 yili hosilga kiradi,

30—40 yil yashaydi. Katta yoshdagi daraxtlari o

ʻ

rtacha 60— 70 kghosil beradi. Mevasi sentabr—

oktyabr oylarida uzib olinadi; vazni, naviga qarab 150—500 g. Behi mevalari limon rangda yoki to

ʻ

q

sariq, tuk bilan qoplangan; yetilganda tuki to

ʻ

kilib ketadi, xushbo

ʻ

y. Yangi uzilgan mevasi kam

iste

ʼ

mol qilinadi. Behi entomofil (hasharotlar bilan changlanadigan) o

ʻ

simlik. Behi tarkibida 74,7—

83,5% suv, 8,5— 15,2% qand, 0,2—1,5% kislota bor, shuningdek oshlovchi moddalar va tosh
hujayralar bo

ʻ

ladi. Mevasi dag

ʻ

al bo

ʻ

lib, uzoq saqlangandan keyin tosh hujayralar yumshab qoladi.

Behidan murabbo, kompot, marmelad, sukat, qiyom, jem tayyorlanadi, ovqatga (ko

ʻ

pincha palovga

bosiladi) ishlatiladi. Behi, asosan, payvandlab ko

ʻ

paytiriladi, ko

ʻ

chati 6×6 yoki 5×5 m sxemada

o

ʻ

tqaziladi. Behining ko

ʻ

pchilik navlari nokka payvandtag bo

ʻ

la oladi; unga ulangan nok pakana

bo

ʻ

ladi. Behi issiklik va namlikka talabchan. Sug

ʻ

oriladigan unumdor tuproqlarda, shuningdek sho

ʻ

ri

kam yerlarda yaxshi o

ʻ

sadi. O

ʻ

suv davrida tuproq sharoitiga qarab 3—8-marta sug

ʻ

oriladi.

Behining monilioz (meva chirishi) kasalligi Yevropaning ko‘p mamlakatlarida, Suriyada,

Rossiyada (Krasnodar o‘lkasi), Kavkaz orti davlatlarida (Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon) va
Moldaviyada tarqalgan. Oxirgi yillarda monilioz O‘zbekistonda deyarli barcha viloyatlarda keng
tarqalib, Chortoq tumanidagi behi daraxtlarini 70 foizgachasini zararlamoqda. Monilioz bilan
behining faqat fiziologik yosh to‘qimalari, jumladan barglari, gullari va novdalari zararlanadi,
yetilgan mevalari kam hollarda zararlanadi. Barglarda oldin kichik, nuqtasimon qizg’ish dog’chalar
paydo bo‘ladi. Ular o‘sib, sarg’ish yoki to‘q-qo‘ng’ir, deyarli qora tusli dog’larga aylanadi, barg
qo‘ng’ir tus oladi. Keyinchalik asosan bargning ustki tomonidagi katta tomirlari bo‘ylab, dog’lar
ustida kulrang mog’or rivojlanadi. Kuchli zararlangan barglar to‘kiladi va novdalar yalang’och
bo‘lib qoladi.Kasallikning eng xavfli shakli – daraxtlarning gul va meva tugunchalari zararlanishidir.
Gullar zararlanganida meva tugunchalari va ularning atrofidagi yaproqchalar butunlay chiriydi,
qo‘ng’ir tus oladi, kuyganga o‘xshab, daraxtlarda osilib qoladi. Yosh novdalar ustida qo‘ng’ir dog’lar
va yaralar paydo bo‘ladi. Daraxt uchlari sovuq urganga yoki kuyganga o‘xshab qoladi. Barcha
zararlangan organlarda yoqimli yertut hidini chiqaruvchi kulrang mog’or rivojlanadi. Kuzda
zararlangan tugunchalarda, kamroq hollarda barglarda sklerotsiylar paydo bo‘ladi. Monilioz ko‘p
mamlakatlarda behining eng zararli kasalligi hisoblanadi. Zararlangan shona, tuguncha, barg va
novda bo‘g’inlari nobud bo‘ladi, novdalar yalang’och va daraxlar kuchsiz bo‘lib qoladi. Umuman
hosil pasayishi shonalar va tugunchalar kasallik tufayli nobud bo‘lishiga mutanosibdir.
Qo‘zg’atuvchi zamburug’ tor ixtisoslashgan va faqat behini zararlaydi. Monilnia cydonia zamburug’i
biologiyasi va zararini chuqur o‘rganish va zamburug’ga qarshi Bionergiya -M preparatini qo‘llash
tavsiya etiladi.

Kurash choralari: agrotexnik, biologik va kimyoviy usullar.

Kasalliklar bilan kurashda

profilaktika, ya’ni oldini olish muhim o‘rin tutadi. Kurash choralarini quyidagi guruhlarga bo‘lish
mumkin:

Agrotexnik usullar

• Daraxtlar orasidagi optimal masofani saqlash;
• Vaqtida sug‘orish va o‘g‘itlash;
• Bahor va kuz mavsumlarida quruq, zararlangan novdalarni kesish;
• Tuproqni chuqur yumshatish va begona o‘tlarni yo‘q qilish.

Biologik usullar

• Zararkunandalarning tabiiy dushmanlarini jalb qilish (masalan, entomofaglar – hasharotlarni

yeydigan boshqa foydali hasharotlar);

• Biologik preparatlar: “Trichodermin”, “Gamair”, “Planriz” va boshqalar bilan purkash.

Kimyoviy usullar

• Fungitsidlar (mis sulfat, bordo suyuqligi, “Skor”, “Topaz”) bilan barg yozilishidan oldin va

keyin purkash;

• Bakterial kasalliklar uchun antibiotik asosidagi dorilarni ishlatish;


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

695

• Virusli kasalliklar uchun esa sog‘lom ekish materiallarini tanlash va virus tashuvchi

hasharotlarga qarshi kurash.

Kasalliklarga qarshi kurash choralari davriy, rejali va bir necha bosqichda olib borilsa,

samaradorlik yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, biologik va kimyoviy vositalarni birgalikda ishlatish, o‘simlik
immunitetini oshirishga qaratilgan ishlovlar muhimdir.

Namangan viloyati Chortoq tumani hududida o‘rganilgan mevali daraxtlar – nok va behi –

qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning salomatligi va hosildorligi bevosita
agroiqlimiy sharoitlar hamda kasalliklarga qarshi kurash choralari bilan bog‘liq. Ushbu hududda
kuzatilgan asosiy kasalliklar zamburug‘li, bakterial va virusli tabiatga ega bo‘lib, ularning har biri
daraxtlarning vegetativ rivojlanishiga, meva hosilining sifati va miqdoriga sezilarli salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.

Tadqiqot davomida aniqlanishicha, zamburug‘li kasalliklar, xususan, qora dog‘, un shudring va

monilioz tuman bog‘larida keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa bahor va yoz oylarida namlikning
yuqoriligi sababli tez tarqaladi. Bakterial kuyish va dog‘ kasalliklari esa sovuqdan keyingi davrda
yoki yomg‘irli mavsumlarda kuchayadi. Virusli kasalliklar esa ko‘proq yashirin shaklda kechadi va
mevali daraxtlarning umumiy zaiflashuviga olib keladi.

Kasalliklarning belgilari, tarqalish yo‘llari va zarar darajasini o‘rganish natijasida

aniqlanishicha, ularga qarshi kompleks agrotexnik va biologik choralar ko‘rish, profilaktika va
sog‘lom ko‘chat materiallaridan foydalanish muhim hisoblanadi. Ayniqsa, karantin qoidalariga qat’iy
rioya qilish, zararkunandalarni nazorat qilish, daraxtlarni muntazam kuzatish va sog‘lom agrofon
yaratish orqali kasalliklar xavfini kamaytirish mumkin.

Umuman olganda, Chortoq tumanidagi mevali daraxtlarda uchraydigan kasalliklar

bog‘dorchilik sohasida dolzarb muammo bo‘lib, ularni o‘z vaqtida aniqlash va samarali boshqarish
orqali barqaror hosildorlikka erishish mumkin. Shu bois, ushbu yo‘nalishda doimiy kuzatuv, ilmiy-
amaliy tadqiqotlar va zamonaviy yondashuvlar asosida ish olib borish zarur.

Adabiyotlar ro‘yxati

1. Abdukarimov A. va boshq. (2018). O‘simliklar patologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi

nashriyoti.

2. Karimov R.X., Qodirov A.A. (2020). Mevali daraxtlar kasalliklari va ularga qarshi kurashish

usullari. – Samarqand: Zarafshon nashriyoti.

3. Matkarimov D. (2019). Bog‘dorchilik asoslari va kasalliklar ekologiyasi. – Toshkent: Fan

va texnologiya.

4. Mavlonov Q. (2017). Qishloq xo‘jaligi entomologiyasi va fitopatologiyasi. – Namangan:

NamDU nashriyoti.

5.

Ўзбекистон

Республикаси

Вазирлар

Маҳкамасининг

2021

йил

9

мартдаги

111-

сон

қарори

. “

Ўсимликларни

ҳимоя

қилиш

ва

карантини

тўғрисидаги

низом

”.

6. Soliev A.S., Yusupova G.A. (2021). O‘simliklarni himoya qilish va biologik usullar. –

Toshkent: Iqtisodiyot va innovatsiya.

7. Nazirxo‘jaeva M., Ro‘ziyev Sh. (2022). Fitopatologiyaning nazariy asoslari. – Buxoro:

BuxDU nashriyoti.

8. www.agro.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy axborot

sayti.

9. www.fao.org – BMT Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti (FAO) sayti: mevali

daraxtlar va ularning kasalliklari haqidagi ma’lumotlar.

10. Dasturiy ma’lumotlar: Chortoq tumani qishloq xo‘jalik bo‘limi statistikasi va kuzatuv

ma’lumotlari, 2023–2024 yillar.

Bibliografik manbalar

Abdukarimov A. va boshq. (2018). O‘simliklar patologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.

Karimov R.X., Qodirov A.A. (2020). Mevali daraxtlar kasalliklari va ularga qarshi kurashish usullari. – Samarqand: Zarafshon nashriyoti.

Matkarimov D. (2019). Bog‘dorchilik asoslari va kasalliklar ekologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya.

Mavlonov Q. (2017). Qishloq xo‘jaligi entomologiyasi va fitopatologiyasi. – Namangan: NamDU nashriyoti.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 9 мартдаги 111-сон қарори. “Ўсимликларни ҳимоя қилиш ва карантини тўғрисидаги низом”.

Soliev A.S., Yusupova G.A. (2021). O‘simliklarni himoya qilish va biologik usullar. – Toshkent: Iqtisodiyot va innovatsiya.

Nazirxo‘jaeva M., Ro‘ziyev Sh. (2022). Fitopatologiyaning nazariy asoslari. – Buxoro: BuxDU nashriyoti.

www.agro.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy axborot sayti.

www.fao.org – BMT Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti (FAO) sayti: mevali daraxtlar va ularning kasalliklari haqidagi ma’lumotlar.

Dasturiy ma’lumotlar: Chortoq tumani qishloq xo‘jalik bo‘limi statistikasi va kuzatuv ma’lumotlari, 2023–2024 yillar.