Mualliflar

  • Nilufar Aytmuratova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110355

Kalit so‘zlar:

Dorivor gulxayri parvarishi agrotexnik omillar dorivor gulxayri morfologiyasi dorivor gulxayrini ekish.

Annotasiya

Maqolada dorivor gulxayri o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari, biologiyasi, morfologiyasi va еtishtirish texnologiyasi haqida bayon etilgan. Dorivor gulxayri o‘simligini tashqi ko‘rinishi va agrotexnik tadbirlari o‘rganildi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

669

DORIVOR GULXAYRI O‘SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI VA

ETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Aytmuratova Nilufar Abilseyt qizi

Qoraqalpoq davlat universiteti Dorivor o‘simliklar agroekologiyasi va introduksiyasi

kafedrasi magistranti

aytmuratovalily@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15588812

Annotatsiya:

Maqolada dorivor gulxayri o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari, biologiyasi,

morfologiyasi va

е

tishtirish texnologiyasi haqida bayon etilgan. Dorivor gulxayri o‘simligini tashqi

ko‘rinishi va agrotexnik tadbirlari o‘rganildi.

Kalit so‘z:

Dorivor gulxayri parvarishi, agrotexnik omillar, dorivor gulxayri morfologiyasi,

dorivor gulxayrini ekish.

Аннот

a

ция

:

В

статье

описываются

лечебные

свойства

,

биология

,

морфология

и

технология

выращивания

лекарственного

алтея

.

Изучены

внешний

вид

и

агротехнические

методы

выращивания

лекарственного

алтея

.

Ключевое

слово

:

Уход

за

лекарственной

алтей

,

агротехнические

методы

,

морфология

лекарственной

алтей

,

посадка

лекарственной

алтей

.

Annotation:

The article describes the medicinal properties, biology, morphology and

cultivation technology of

Althaea Officinalis

. The appearance and agronomic methods of cultivation

of medicinal

althaea officinalis

are studied.

Key word:

Care of

althaea officinalis

, agrotechnical factors, morphology of althaea, planting

of a

lthaea officinalis

.

Dorivor gulxayri

- Althaea Officinalis L

, Gulxayridoshlar Malvaceae oilasiga mansub ko‘p

yillik o‘t-o‘simlik. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik o‘suvchi, shoxlanmagan yoki yuqori qismi
shoxlangan, bo‘yi 1,5 m gacha

е

tadi. Barglari uch yoki besh bo‘lakli poyasining yuqori qismidagilari

butun, tuxumsimon bo‘lib, bandi yordamida poyasida ketma-ket joylashgan, pushti yoki oq rangli
gullari barg qo‘ltig‘ida, poya va shoxlari uchida to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi. Mevasi yassi, yumaloq,
ko‘p urug‘li tup pista. Iyun-sentabr oylarida gullaydi, mevasi iyuldan boshlab

е

tiladi. Tibbiyotda

gulxayrining ikki turidan foydalaniladi.

Qo‘llaniladigan qismi: Ildizi va ildizpoyasi, ba’zi hollarda barglari bilan gullari ishlatiladi.
Ishlatilishi: Ildiz preparatlari (kukuni, damlamasi, quruq ekstrakti, sharbati) va mukaltin

balg‘am ko‘chiruvchi, ko‘krakni yumshatuvchi, o‘rab oluvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita
sifatida nafas yo‘llari hamda me’da-ichak (gastrit, enterokolit va boshqa) kasalliklarni davolashda
ishlatiladi. Maydalangan ildizi nafas yo‘llari shamollaganda ishlatiladigan yig‘malar-choylar
tarkibiga kiradi. Ildizidan tayyorlangan sharbati farmasevtika amaliyotida suyuq dorilar ta’mini
yaxshilash uchun, kukuni hapdori tayyorlashda qo‘llaniladi. [3]

Agrotexnik tadbirlar: Dorivor gulxayri ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 3-4 yilda 2-2,5 m

ga

е

tadigan, ildizpoyasi yo‘g‘on, ildizi qalin e t l i , 1-2 metr chuqurlikgacha

е

tadi. Ildizpoyasi va o‘q

ildizi birinchi yili oxirlaridayoq yog‘ochga aylanadi. [1]

Olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, gulxayri havoning yozgi quruqligiga,

tuproqning qisqa muddatli qurishiga (ildiz tarmoqlari yaxshi rivojlanganligi tufayli) bardosh beradi,
shamolga chidamli, qishki sovuqlardan talofat ko‘rmaydi. O‘simlikka xos maxsus zararkunanda va
kasalliklar aniqlanmagan.

Dorivor gulxayri tuproqning unumdorligi va tarkibiga befarq o‘simlikdir. Respublikamizdagi

barcha turdagi tuproqlarda o‘stirish mumkin. Faqat sho‘r tuproqli va botqoq

е

rlarni yoqtirmaydi.

Ildizi 2- va 3-yili yig‘ib olinadi, urug‘i olinadigan dalalarda ekin 6-8-yil saqlanadi. Shu boisdan

gulxayri poliz-sabzavot ekinlaridan bo‘shagan, begona o‘tlardan tozalangan maydonlarga ekiladi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

670

Kuzgi shudgorlash vaqtida har gektar maydonga 90 kg dan superfosfat yoki 40 kg dan go‘ng

solinadi. Maydon 25-30 sm chuqurlikda haydaladi.

Gulxayri urug‘i erta bahorda (mart) yoki kech kuzda (noyabr) ekiladi. Kuzda ekilganda urug‘

unuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Bahorgi ekishda qiyg‘os unishi uchun urug‘ 2-3 soatcha 20-25 daraja
iliq suvda ivitib qo‘yiladi, keyin to‘shalgan brezent yoki bo‘z ustiga yupqa qilib yoyiladi, tez qurishi
uchun dam-badam aralashtirib turiladi. Sochiluvchanlik xususiyatga ega bo‘lgandan keyin ekishga
kirishiladi. Urug‘ qadash chuqurligi 1 sm atrofida, qatorlar oralig‘i 60-70 sm, gektariga 8-10 kg urug‘
sarflanadi. Sabzavot urug‘i ekish uskunasi yordamida bahyalab ekiladi.

Maysalarida 3-5 tadan chin barg hosil bo‘lgach, egat olinadi va ketma-ket suv quyiladi.

Birinchi sug‘orishdan 7-10 kundan keyin yagana qilinadi va har 1 metr masofada 5-7 tadan baravj
nihollar qoldiriladi. Nihollarning bu darajada siyraklantirilishi o‘simlikning durkun bo‘lishini
ta’minlaydi. [2]

Ikkinchi va keyingi yillarda esa o‘simlikning bo‘yi 200-230 sm dan oshadi. Dorivor gulxayri

ekilgan maydonlar birinchi yili 5-6 marta o‘toq qilinadi va oralari kultivatsiya yordamida
yumshatiladi. Zaruratga ko‘ra o‘simliklar orasidagi begona o‘tlar qo‘l kuchi bilan tozalanadi. [1]

Gulxayri ekilgan maydon birinchi yili 4-5 marta yumshatiladi (may-avgust), 8-10 marta

sug‘oriladi (may-1, iyun-2-3, iyul-3, avgust-2, sentyabr-1). Ikkinchi va keyingi yillarda 6-8 marta
sug‘oriladi (iyun -2, iyul -3, avgust-2, sentyabr-1), 2-3 marta o‘toq qilinadi (may, iyun). Zaruratga
qarab o‘simliklar orasidagi begona o‘tlar qo‘l kuchi bilan o‘taladi.

Gulxayri to‘plarining shox-shabbalari bir-biriga tutashib ketganidan keyin mayda begona o‘tlar

o‘simlik soyasida qolib qurib ketadi, o‘sib ketgan begona o‘tlargina qo‘lda yulib tashlanadi. [2]

Gulxayrining poyalari qirqilmay dalada qishda qoldiriladi. U qorni tutib qolishda yordam

beradi. Ayniqsa eroziyaga uchraydigan

е

rlarga ekilgan dorivor gulxayri tuproqni yuvilishdan

saqlaydi. [1]

Yoxud 10-15 sm qoldirib, o‘roq mashinada o‘rib olinadi va molga ozuqa sifatida beriladi.

O‘rilgan poyalar daladan yig‘ib olingach, bahorda qator oralari kultivatorda yumshatiladi, ayni
vaqtda har gektar

е

rga 60 kg dan azotli o‘g‘itlar solinadi (aprel - may boshlarida). Shonalash oldidan

(iyun boshlari), lekin o‘simlik shox-shabbalari tutashib ketguniga qadar, ikkinchi marta azotli o‘g‘it
solinadi. [2]

Erta bahorda qurigan poyalar daladan yig‘ ib olingach, o‘simlik oralari kultivatorda ayni

vaqtda har gektar

е

rga 50-60 kg dan azotli va fosforli o‘g‘itlar bilan (aprel oyining oxirlarida)

oziqlantiriladi. Ikkinchi marta shonalash fazasida gulxayrining shox-shabbalari tutashib ketguniga
qadar (iyun oxiri) 40 kg dan azot va 30 kg dan kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Mineral o‘g‘itlarni
sug‘orishdan oldin amalga oshirishni tavsiya qilinadi. Gulxayri

hayotining ikkinchi yili (avgust

oylarining boshlarida) meva tugadi. Urug‘lari poyasining 10 sm dan 230 sm gacha balandligida,
asosiy qismi 60-80 sm oralig‘ida joylashadi. [1]

Mevasi pishganidan keyin uzoq vaqt to‘kilmay turadi, bu esa to avgust oyigacha urug‘ yig‘ish

imkonini beradi. Buning uchun gulxayri poyasining meva joylashgan qismlari o‘roq bilan qirqiladi,
bog‘-bog‘ qilib, xirmonga olib boriladi. Xirmonda g‘alla yanchiydigan to‘qmokda yanchiladi.
Urug‘lari don sovurgichda tozalanib, elangach, qoplarga joylanadi.

Ildizi ikkinchi yili, oktyabr oyida yoki erta bahorda, poyalari daladan mola, lavlagi yig‘adigan

yoki kartoshka kovlaydigan mashina yordamida yig‘ib olinganidan keyin qaziladi. Qurigan ildiz 20-
25 kg dan qilib qopga, 50 kg dan qilib qutilarga joylanadi va quruq, havo almashib turadigan xonada
3 yilgacha saqlanadi. Hosildorlik gektar hisobiga 20-22 sentnerni tashkil etadi. [2]

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘.Ahmedov, A.Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, D.Mustafakulov “Dorivor

o‘simliklar

е

tishtirish texnologiyasi va ekologiya” Toshkent - 2020. b-202-205;

2. B.Yo. To‘xtaev, E.T. Ahmedov, E.T. Berdiev, U.F. Fayzullaev, M. S. Hayitboev, G.A.

Chorshanbieva “Dorivor o‘simliklarni o‘stirish va

е

tishtirish” – 2021. b-10-13;

3. M.A. Jo‘raeva “Dorivor o‘simliklar atlasi”

Bibliografik manbalar

O‘.Ahmedov, A.Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, D.Mustafakulov “Dorivor o‘simliklar еtishtirish texnologiyasi va ekologiya” Toshkent - 2020. b-202-205;

B.Yo. To‘xtaev, E.T. Ahmedov, E.T. Berdiev, U.F. Fayzullaev, M. S. Hayitboev, G.A. Chorshanbieva “Dorivor o‘simliklarni o‘stirish va еtishtirish” – 2021. b-10-13;

M.A. Jo‘raeva “Dorivor o‘simliklar atlasi”