Mualliflar

  • Erkin Zuftarov
    Andijon davlat universiteti
  • Murodjon Shadiyev
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110357

Kalit so‘zlar:

bodom payvandtag nav bir yillik novda barg suv tanqislik qurg‘oqchilik

Annotasiya

Ushbu maqolada bodom uchun Oq shaftoli urug‘ payvandtagi, GF 677, Garnem va SG-1 payvandtaglarida suvga bo‘lgan talabi yuqori bo‘lgan yozning iyun, iyul, avgust oylarida bir yillik novdalaridan olingan barglari orqali suv tanqisligi o‘rganilib, payvandtaglarning qurg‘oqchilikka chidamliligi baholangan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

666

BODOM PAYVANDTAGLARIDA SUV TANQISLIGINI O‘RGANISH

Zuftarov Erkin Aybekovich

Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot

instituti katta ilmiy xodimi, q.x.f.f.d

erkin.zuftarov@gmail.com

Shadiyev Murodjon Ismatullayevich

Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot

instituti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15588615

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bodom uchun Oq shaftoli urug‘ payvandtagi, GF 677, Garnem

va SG-1 payvandtaglarida suvga bo‘lgan talabi yuqori bo‘lgan yozning iyun, iyul, avgust oylarida bir
yillik novdalaridan olingan barglari orqali suv tanqisligi o‘rganilib, payvandtaglarning
qurg‘oqchilikka chidamliligi baholangan.

Kalit so‘zlar:

bodom, payvandtag, nav, bir yillik novda, barg, suv tanqislik, qurg‘oqchilik.

Аннот

a

ция

:

В

данной

статье

изучен

дефицит

воды

у

сеянцев

Ак

шафталю

для

подвоев

миндаля

, GF 677, Garnem

и

SG-1,

с

использованием

дефицита

волы

в

листьях

,

взятых

с

однолетних

побегов

в

летние

месяцы

июня

,

июля

и

августа

,

когда

потребность

в

воде

высока

,

а

также

оценена

засухоустойчивость

подвоев

.

Ключевые

слова

:

миндаль

,

подвой

,

сорт

,

однолетний

побег

,

лист

,

дефицит

воды

,

засуха

.

Annotation:

In this article, water deficit in Ak shaftalu seedlings, GF 677, Garnem and SG-1

rootstocks for almond was studied using water deficit in leaves taken from one-year-old shoots during
the summer months of June, July and August when water demand is high and drought resistance of
the rootstocks was assessed.

Keywords:

almond, rootstock, variety, annual shoot, leaf, water deficiency, drought.

Kirish.

O‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi uzoq muddat suvsizlikka qarshi turish

qobiliyatidir. Eng muhim fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning borishi o‘simliklarning suv bilan
ta’minlanishiga bog‘liqdir. Suv tanqisligi natijasida metabolizm buziladi va bu o‘simliklarning
o‘sishi, rivojlanishiga hamda ularning hosildorligiga ta’sir ko‘rsatadi.

Respublikamizda ob-havo iqlim sharoitining o‘zgarib borishi, yoz mavsumida suv tanqisligi

tez-tez kuzatilishi natijasida o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish bosqichlari qiyin o‘tmoqda. Ushbu
muammodan kelib chiqib bugungi kunda abiotik omillarga hususan qurg‘oqchilikka yuqori darajada
chidamli respublikamiz iqlim sharoitiga mos payvandtaglarni o‘rganish va tanlash, ularni yetishtirish
texnologiyalarini takomillashtirish muhimdir.

Tadqiqotlarimiz davomida bodom payvandtaglarining qurg‘oqchilikka chidamliligini

baholashda, barglar tarkibidagi suv tanqisligi o‘rganildi.

O‘simliklarning suv tanqisligini baholash mevalar pishib yetilish bosqichida barglarni sun’iy

usulda quritishga asoslangan laboratoriya tajribalari yordamida amalga oshiriladi va bu
o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligini baholash imkonini beradi [1,2,4].

Tadqiqot uslublari.

Bodom payvandtaglarining barg to‘qimalarida suv tanqisligi sug‘orishdan

oldin uch muddatda ya’ni o‘simlikning suvga bo‘lgan talabi yuqori bo‘lgan yozning iyun, iyul, avgust
oylarida bir yillik novdalaridan ertalabki soat 6

00

da va kunduzi soat 13

00

da va kechki 18

00

da har bir

navdan 20 donadan barglar olinib maxsus formulalar yordamida aniqlandi.

Tadqiqot davomida bodom payvandtaglarining qurg‘oqchilikka chidamliligi baholash

maqsadida barglardagi suv tanqisligini o‘rganish E.A.Goncharova “

Оценка

устойчивости

к

разным

стрессам

плодо

-

ягодных

и

овощных

(

сочноплодных

)

культур

” (1988) uslubi yordamida

aniqlandi. Barglardagi suv tanqisligi (%) quyidagi formula yordamida aniqlandi:

СТ

=

(

ТС

× 100)

МС


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

667

Bunda:

СТ

– suv tanqisligi;

ТС

– to‘yingan suv miqdori, bargni to‘yinishdan oldin va

to‘yingandan so‘ngi orasidagi vazni bo‘yicha farqi;

МС

– mavjud suv, barglarning quruq vazni bilan

suv to‘yingandan so‘ngi barglarning vazni orasidagi farqi

Tadqiqot natijalari.

Iyun oyida ertalab soat 6

00

da bodom payvandtaglarida eng past suv

tanqisligi GF 677 payvandtagida 13,4% ni, eng yuqori suv tanqisligi SG-1 payvandtagida 15,8% ni
tashkil qildi. Kunduzi soat 13

00

ga borib havo harorati eng yuqori darajaga ko‘tarilganda barcha

payvandtaglarida suv tanqisligi ortib, eng yuqori suv tanqisligi SG-1 payvandtagida 27,5% ni tashkil
qilgan bo‘lsa, shu vaqtda eng past suv tanqisligi GF 677 payvandtagida 23,3% ni tashkil qildi. Kechki
payt 18

00

da eng yuqori suv tanqisligi Oq shaftoli urug‘ payvandtagida 20,6% ni tashkil qilgan bo‘lsa,

shu vaqtda eng past suv tanqisligi Garnem payvandtagida 19,2% ni tashkil qildi (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Bodom payvandtaglari barglarida suv tanqisligi, % (2024-yil)

Payvandtaglar

Iyun

Iyul

Avgust

6

00

13

00

18

00

6

00

13

00

18

00

6

00

13

00

18

00

Oq shaftoli

urug‘
payvandtagi-
nazorat

14,4

26,8

20,6

18,5

27,9

21,4

15,7

26,7

20,4

GF 677

13,4

23,3

19,4

15,6

26,2

19,7

12,6

24,4

17,5

Garnem

13,7

25,2

19,2

19,2

27,5

20,5

15,2

27,2

19,2

SG-1

15,8

27,5

20,5

23,4

30,3

23,3

16,4

29,5

24,2

Iyul oyida havoning harorati ko‘tarilishi hisobiga boshqa oylarga nisbatan barglarda eng yuqori

suv tanqisligi kuzatildi. Ertalab soat 6

00

da payvandtaglar orasida eng past suv tanqisligi GF 677

payvandtagida 15,6%, eng yuqori suv tanqisligi SG-1 payvandtagida 23,4% ni tashkil qildi. Kunduzi
soat 13

00

ga borib havo harorati eng yuqori darajaga ko‘tarilganda barcha payvandtaglarda suv

tanqisligi ortib, eng yuqori suv tanqisligi SG-1 payvandtagida 30,3% ni tashkil qilgan bo‘lsa, shu
vaqtda eng past suv tanqisligi GF 677 payvandtagida 26,2% ni tashkil qildi. Kechki payt 18

00

da eng

yuqori suv tanqisligi SG-1 payvandtagida 23,3% ni tashkil qilgan bo‘lsa, shu vaqtda eng past suv
tanqisligi GF 677 payvandtagida 19,7% ni tashkil qildi.

Avgust oyida payvandtaglardagi eng yuqori suv tanqisligi boshqa oylardagi kabi havoning

harorati eng yuqori ko‘tarilgan vaqtda ya’ni 13

00

da kuzatildi. Bodom payvandtaglari orasida eng past

suv tanqisligi GF 677 payvandtagida 24,4% ni tashkil etgan bo‘lsa, tadqiq qilingan navlar orasida eng
yuqori suv tanqisligi SG-1 payvandtagida 29,5% tashkil qildi. Eng past suv tanqisligi ertalab soat 6

00

da kuzatilib, payvandtaglar orasida eng past suv tanqisligi GF 677 payvandtagida 12,6%, eng yuqori
suv tanqisligi SG-1 payvandtagida 16,4% ni tashkil qildi.

Xulosa.

Bodom payvandtaglari barglaridagi suv tanqisligini o‘rganish orqali qurg‘oqchilikka

chidamliligi baholandi. Iyun oyida eng yuqori suv tanqisligi kunduzi soat 13

00

da yuqori darajada

bo‘lib, payvandtaglar orasida eng yuqori suv tanqisligi SG-1 payvandtagida 27,5% ni tashkil qilgan
bo‘lsa, shu vaqtda eng past suv tanqisligi GF 677 payvandtagida 23,3% ni tashkil qildi.

Iyul oyida ham eng yuqori suv tanqisligi kunduzi soat 13

00

da yuqori bo‘lib, eng yuqori suv

tanqisligi SG-1 payvandtagida 30,3% ni tashkil qilgan bo‘lsa, shu vaqtda eng past suv tanqisligi GF
677 payvandtagida 26,2% ni tashkil qildi.

Avgust oyida eng yuqori suv tanqisligi boshqa oylardagi kabi kunduzi soat 13

00

da yuqori

darajada bo‘lib, payvandtaglar orasida eng yuqori suv tanqisligi GF 677 payvandtagida 24,4% ni
tashkil etgan bo‘lsa, tadqiq qilingan navlar orasida eng yuqori suv tanqisligi SG-1 payvandtagida
29,5% tashkil qildi.

Tadqiqot natijasiga ko‘ra GF 677 payvandtagi boshqa payvandtaglarga nisbatan

qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib chiqdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Añon S., Fernández J.A., Franco J.A., Torrecillas A., Alarcón J.J., Sánchez Blanco M.J..


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

668

Effects of water stress and night temperature preconditioning on water relations and morphological
and anatomical changes of Lotus creticus plants // Scientia Horticulturae. – Elsevier Science
Publishing Company, Netherlands, 2004. – N101. – pp. 333-342.

2.

Галашева

А

.

М

.,

Ожерельева

З

.

Е

.,

Красова

Н

.

Г

.,

Павел

А

.

Р

.

Оценка

засухоустойчивости

летних

сортов

яблони

на

различных

слаборослых

подвоях

//

Плодоводство

и

ягодоводство

России

. –

Москва

, 2016. –

Т

.

ХХХХ

VII. –

С

. 82-86.

3.

Гончарева

Э

.

А

.

Оценка

устойчивости

к

разным

стрессам

плодо

-

ягодных

и

овощных

(

сочноплодных

)

культур

.

Методические

указания

по

засухоустойчивости

. –

Ленинград

: 1988.

С

. 46-62.

4.

Гончарова

Э

.

А

.

Водный

статус

культурных

растений

и

его

диагностика

.

под

ред

.

Акад

.

В

.

А

.

Драгавцева

. –

СПб

.:

ВИР

, 2005. – 112

с

.

Bibliografik manbalar

Añon S., Fernández J.A., Franco J.A., Torrecillas A., Alarcón J.J., Sánchez Blanco M.J.. Effects of water stress and night temperature preconditioning on water relations and morphological and anatomical changes of Lotus creticus plants // Scientia Horticulturae. – Elsevier Science Publishing Company, Netherlands, 2004. – N101. – pp. 333-342.

Галашева А.М., Ожерельева З.Е., Красова Н.Г., Павел А. Р. Оценка засухоустойчивости летних сортов яблони на различных слаборослых подвоях // Плодоводство и ягодоводство России. – Москва, 2016. – Т. ХХХХVII. – С. 82-86.

Гончарева Э.А. Оценка устойчивости к разным стрессам плодо-ягодных и овощных (сочноплодных) культур. Методические указания по засухоустойчивости. – Ленинград: 1988. – С. 46-62.

Гончарова Э.А. Водный статус культурных растений и его диагностика. под ред. Акад. В.А. Драгавцева. – СПб.: ВИР, 2005. – 112 с.