“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
626
SHAHAR VA QISHLOQ HUDUDLARIDA YASHOVCHI 6 - 8 YOSHLI
BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHI VA KICHIK MOTORIKASI
O‘RTASIDAGI FARQLAR
Mahmudova Saidaxon Zuhriddin qizi
Andijon davlat universiteti Biologiya yo‘nalishi 1-kurs magistranti
mahmudova_2004@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15580181
Annotatsiya:
Ushbu maqolada 6–8 yoshli bolalarning yashash joyiga qarab (shahar va qishloq
hududlari) jismoniy rivojlanishi va kichik motorika ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqlar o‘rganiladi.
Tadqiqot davomida bolalarning antropometrik o‘lchovlari (bo‘y, vazn, ko‘krak qafasining aylana
hajmi) hamda nozik harakatlarga oid ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Kalit so‘zlar:
Jismoniy rivojlanish, kichik motorika, shahar hududi, qishloq hududi, 6–8 yosh,
antropometrik o‘lchovlar, nozik harakatlar, ko‘z–qo‘l koordinatsiyasi
Annotation:
This article examines the differences in physical development and fine motor
skills of 6–8-year-old children based on their place of residence (urban and rural areas). During the
study, the children's anthropometric measurements (height, weight, chest circumference) and fine
motor skills (such as contour tracing and threading beads) were tested.
Keywords:
Physical development, fine motor skills, urban area, rural area, 6–8 years old
anthropometric measurements, fine motor tasks, hand-eye coordination
Аннотация
:
В
данной
статье
рассматриваются
различия
в
физическом
развитии
и
показателях
мелкой
моторики
детей
в
возрасте
6–8
лет
в
зависимости
от
места
их
проживания
(
городская
и
сельская
местность
).
В
ходе
исследования
были
проведены
измерения
антропометрических
данных
детей
(
рост
,
вес
,
окружность
грудной
клетки
),
а
также
оценены
навыки
мелкой
моторики
(
обведение
контуров
,
нанизывание
бусин
на
нить
).
Ключевые
слова
:
Физическое
развитие
,
мелкая
моторика
,
городская
местность
,
сельская
местность
, 6–8
лет
,
антропометрические
измерения
,
навыки
мелкой
моторики
,
координация
рук
и
глаз
KIRISH
So‘nggi yillarda bolalarning sog‘lom rivojlanishi masalasi nafaqat jismoniy tarbiya, balki
ta’lim, sog‘liqni saqlash va psixologiya sohalarining dolzarb mavzularidan biriga aylandi. Xususan,
6–8 yoshli bolalar hayotida jismoniy rivojlanish va motorik salohiyat ularning kelajakdagi o‘qish
samaradorligi, mustaqil faoliyat olib borish qobiliyati hamda psixik barqarorlik darajasiga bevosita
ta’sir qiladi.
Shahar va qishloq hududlarida yashovchi bolalar rivojlanishida bir qator omillar – ijtimoiy-
iqtisodiy sharoit, harakat imkoniyatlari, ta’lim resurslari va dam olish faoliyati – sezilarli farq qiladi.
Ushbu maqolada shahar va qishloqda yashovchi 6–8 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanish
ko‘rsatkichlari va kichik motorika qobiliyatlari o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinadi.
Tadqiqotning maqsadi
- turli yashash joyidagi bolalarning harakat salohiyatlari va kichik
motorika rivojlanish darajasini aniqlash, shuningdek, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholashdir.
Nazariy asoslar
Jismoniy rivojlanish – bu bolaning umumiy tana o‘lchamlari (bo‘y, tana vazni), mushak kuchi,
chidamlilik va harakat koordinatsiyasi kabi ko‘rsatkichlar asosida baholanadigan jarayondir. Kichik
motorika esa asosan qo‘l va barmoqlarning mayda harakatlarini anglatadi va u yozish, rasm chizish,
tugmalarni taqish kabi kundalik faoliyatlarda muhim ahamiyatga ega.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, motorik rivojlanish darajasi bolaning maktabga tayyorlik
darajasi, o‘qish tezligi va yozish qobiliyati bilan chambarchas bog‘liq (Gallahue & Ozmun, 2006).
Bundan tashqari, kichik motorikaning yetarli rivojlanmagani o‘qishdagi qiyinchiliklar, o‘ziga
ishonchsizlik va psixologik muammolarga olib kelishi mumkin.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
627
Shahar bolalari odatda axborot texnologiyalariga, mashg‘ulot kurslariga kengroq kirish
imkoniga ega bo‘lishsa, qishloq bolalarida esa ochiq havoda harakat faolligi ko‘proq bo‘ladi. Ushbu
farqlar bolaning jismoniy va motorik salohiyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqot metodikasi
Tadqiqot Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati qishloq hududlaridagi 6–8 yoshdagi maktab
o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi. Har bir hududdan 30 nafardan bola tanlab olindi (jami 60 nafar).
Jismoniy rivojlanish mezonlari:
Bo‘y va tana vazni (standart antropometrik o‘lchovlar);
20 metrga yugurish va uzunlikka sakrash testi.
Kichik motorika testlari:
1- Qalam bilan shaklni kontur bo‘ylab chizish;
2- Boncuklarni ipga sanash;
3- “Mozaika to‘plash” topshirig‘i (5 daqiqada nechta to‘g‘ri joylashtira olganligi).
Natijalar oddiy arifmetik o‘rtacha (M), standart og‘ish (SD) va t-test orqali solishtirildi.
Topshiriqni bajarish tartibi:
1. Bola stolda o‘tirgan holda chizishga tayyorlanadi.
2. Har bir bola uchun bir xil shakl va sharoitda bajariladi.
3. Bolaga “kontur ichidan chiqmasdan chizishga harakat qil” deb aytiladi.
4. Harakat vaqt chegarasisiz yoki 3–5 daqiqa ichida bajarilishi mumkin (sinov maqsadiga
qarab).
1- testni baholash mezonlari (misol):
Ko‘rsatkich
Bahosi
Izoh
Juda aniq (1–2 ta xato) 5 ball Chiziq deyarli to‘g‘ri, konturdan chiqmagan
O‘rtacha aniqlik (3–5 ta xato) 4 ball Ba’zi joylarda konturdan chiqqan
Ko‘plab xatolar (6–10 ta)
3 ball
Ko‘p joylarda chiziq beqaror
Juda noaniq (10+ xato) 2 ball
Konturni deyarli e’tiborsiz qoldirgan
Harakatni tugatmagan 1 ball
Topshiriq bajarilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan
Bajarish tartibi:
1. Har bir bolaning oldiga taxminan 20–30 dona boncuk va 1 dona ip qo‘yiladi.
2. “Ildizlaringni ishlatib, boncuklarni ipga sanab o‘tkaz” deb aytiladi.
3. 5 daqiqa vaqt beriladi yoki “necha daqiqa ichida nechta sanay oladi” degan o‘lchov bilan
baholansa ham bo‘ladi.
4. Bola ikki qo‘l emas, asosan o‘ng yoki chap bir qo‘l bilan bajaradi (dominant qo‘lga qarab).
2- testni baholash mezonlari (namunaviy):
Ko‘rsatkich
Bahosi
Izoh
25+ dona to‘g‘ri o‘tkazgan
5 ball
Juda yaxshi motorika
20–24 dona
4 ball
Yetarli darajada
15–19 dona
3 ball
O‘rtacha
10–14 dona
2 ball
Past daraja
10 dan kam yoki ko‘p xatolik 1 ball
Motorika past yoki e’tibor sustligi
Tadqiqot natijalari va tahlil
Jismoniy rivojlanish:
Shahar bolalarining o‘rtacha bo‘yi 124 sm va vazni 24,5 kg bo‘lsa, qishloq bolalarida bo‘y 121
sm, vazn esa 23,2 kg ni tashkil etdi. Yugurish va sakrash testlarida qishloq bolalari bir oz ustunlik
ko‘rsatdi (masalan, sakrashda o‘rtacha 145 sm, shaharda esa 138 sm).
Kichik motorika:
Shahar bolalari qalam bilan chizishda kamroq xato qilgan (o‘rtacha 4 xato, qishloq – 7 xato).
Boncuk sanashda shahar bolalari o‘rtacha 25 dona, qishloq bolalari esa 18 dona sanashgan. Mozaika
topshirig‘ida ham shahar bolalari yuqori natijalarni ko‘rsatdi.
Tahlil:
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
628
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, qishloq bolalari jismoniy harakatlarda (yugurish, sakrash) bir oz
ustunroq, ammo kichik motorikada shahar bolalari ancha yuqori natijaga ega. Bu esa shahar muhitida
barmoqlarni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar, qulay sharoitlar va vizual faoliyatlar ko‘proq ekanligini
anglatadi.
Xulosa
O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shahar va qishloq hududlarida yashovchi 6–8 yoshli
bolalarning jismoniy rivojlanishi va kichik motorika ko‘rsatkichlari o‘rtasida muayyan farqlar
mavjud. Qishloq hududidagi bolalar jismoniy faollik darajasi yuqoriligi sababli antropometrik
ko‘rsatkichlarda nisbatan yaxshi natijalarga ega bo‘lishgan. Biroq shahar bolalari kichik motorikani
talab qiladigan topshiriqlarda – kontur bo‘ylab chizish va boncuklarni ipga sanashda ancha aniqlik va
koordinatsiya ko‘rsatishgan. Bu esa muhit, yashash sharoiti, texnologik vositalarga kirish imkoniyati,
o‘yin va mashg‘ulotlarning turlicha tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Tadqiqot natijalari maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalarning rivojlanish
ehtiyojlariga qarab individual yondashuvni shakllantirish zarurligini ta’kidlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Bolalar Anatomiyasi va Fiziologiyasi" – T., 2022
2. "Bolalar Psixologiyasi va Jismoniy Rivojlanishi" – T., 2023
3. "Kichik va Katta Motorika: Bolalar Rivojlanishida Rol"-Pediatriya Jurnali, 2021
4. WHO Motor Development Guidelines (2022)
