Mualliflar

  • Navbaxor Yunusova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110370

Kalit so‘zlar:

Immun rezistentlik leykotsitlar CD16 fagotsitar faollik C-reaktiv oqsil KonA leykotsitlar migratsiyasi yoshga xos immun javob

Annotasiya

Mazkur tadqiqotda turli yoshdagi sog‘lom insonlarda organizmning tabiiy immun rezistentligi ko‘rsatkichlari va ularning funksional holati o‘rganildi


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

615

TURLI YOSHDAGI SOG‘LOM INSONLARDA ORGANIZMNING TABIIY IMMUN

REZISTENTLIGI KO‘RSATKICHLARI

Yunusova Navbaxor Axmadjonovna

Samarqand viloyat pedagogik mahorat markazi o‘qituvchisi

sevara.khalilova.88@mail.ru

Annotatsiya:

Mazkur tadqiqotda turli yoshdagi sog‘lom insonlarda organizmning tabiiy

immun rezistentligi ko‘rsatkichlari va ularning funksional holati o‘rganildi.

Kalit so‘zlar:

Immun rezistentlik, leykotsitlar, CD16+, fagotsitar faollik, C-reaktiv oqsil,

KonA, leykotsitlar migratsiyasi, yoshga xos immun javob

Аннотация

:

В

данном

исследовании

изучены

показатели

естественной

иммунной

резистентности

организма

и

их

функциональное

состояние

у

здоровых

людей

разных

возрастных

групп

.

Ключевые

слова

:

иммунная

резистентность

,

лейкоциты

, CD16+,

фагоцитарная

активность

,

С

-

реактивный

белок

,

КонА

,

миграция

лейкоцитов

,

возраст

-

специфический

иммунный

ответ

.

Abstract:

This study investigates the indicators of the div's natural immune resistance and

their functional status in healthy individuals of different age groups.

Key words:

immune resistance, leukocytes, CD16+, phagocytic activity, C-reactive protein,

ConA, leukocyte migration, age-specific immune response.

Kirish:

Zamonaviy immunologiya organizmning tabiiy rezistentlik tizimini o‘rganishda keng

ko‘lamli yondashuvlarni talab etmoqda[1,3,6,8]. Inson salomatligining barqarorligini ta’minlovchi
asosiy omillardan biri bu — tug‘ma immun javob mexanizmlarining samaradorligidir. Turli yosh
davrlarida immun tizimining faolligi va uning tarkibiy qismlarining funksional holati o‘zgarib boradi
[1,2,5]. Ayniqsa, periferik qondagi leykotsitlar, ularning turlari, fagotsitar faollik va sitokinlarga
javob reaksiyasi yoshi bilan sezilarli darajada farqlanishi mumkin. Shu munosabat bilan, ushbu
tadqiqotning dolzarbligi yoshga bog‘liq immunologik o‘zgarishlarni aniqlash orqali sog‘lom
insonlarda tug‘ma immunitetning biologik dinamikasini tushunishga xizmat qilishidadir. Tadqiqot
davomida CD16+ tabiiy killer hujayralari miqdori, leykotsitlarning fagotsitar faolligi va migratsion
xatti-harakatlari mitogenlar (KonA) ta’sirida baholanib, yoshga xos o‘ziga xos immun javob
xususiyatlari aniqlanadi. Bu esa nafaqat fundamental immunologiya uchun, balki amaliy tibbiyotda
— immunodiagnostika va profilaktik choralarni ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat
qiladi.

Material va uslubiy qism:

Tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida

Samarqand shahri hamda Toyloq tumanining Davlatobod va Ravot mahallalarida istiqomat qiluvchi,
17 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom insonlarning periferik qonida immunologik uslublar
asosida tabiiy rezistentlik ko‘rsatkichlari va ularning funksional holati o‘rganildi. Tabiiy rezistentlik
holatini baholash uchun bir qator immun tizimga oid ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Xususan, periferik
qondagi asosiy hujayra elementlari — leykotsitlar va ularning turlaridan: tayyoqchasimon va segment
yadroli neytrofillar, eozinofillar, bazofillar, monotsitlar foiz miqdori (BC-6200 Mindray gematologik
analizatori) orqali aniqlangan bo‘lsa, C-reaktiv oqsil miqdori (BC-380 Mindray biokimyoviy
analizatori) yordamida belgilandi. Shuningdek, tabiiy killer hujayralarning (CD16+) absolyut va foiz
miqdori RF Immunologiya ITI tomonidan ishlab chiqilgan in vitro sharoitda o‘tkazilgan maxsus
sensibilizatsiyalangan monoklonal antikorlar uslubi asosida o‘rganildi. Leykotsitlar fagositar faolligi
— ya’ni ularning melamin lateksi zarrachalarini (o‘rtacha diametri 1,2–1,5 mkm) yutish qobiliyati
orqali baholandi[7,8]. Bundan tashqari, immun tizimning funksional imkoniyatlarini baholash
maqsadida leykotsitlar migratsiyasining tormozlanish reaksiyasi mikrometodi qo‘llanildi [9,10].
Ushbu usul asosida quyidagi funksional holatlar o‘rganildi. Periferik qondagi leykotsitlarning
spontan migratsiyasi, konkanavalin A (KonA) mitogeni ta’sirida sitokinlar hosil bo‘lishi va uning


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

616

leykotsitlar migratsiyasiga ta’siri, KonA mitogenining optimal dozasi sharoitida leykotsitlarning
migratsiyasini tormozlovchi omil – L-MPO, KonA mitogenining suboptimal (2,5 mkg/ml) dozasi
sharoitida esa migratsiyani stimullovchi omil – L-MSO aniqlandi. Mazkur yondashuvlar yordamida
organizmning tabiiy immun rezistentligining holati hamda uning yoshi bilan bog‘liq funksional
o‘zgarishlari chuqur tahlil qilindi.

Tadqiqot keyingi qismida Samarqand viloyati aholisida yoshga nisbatan tug‘ma immunitet

ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tabiiy immunitetning yosh xususiyatlari erkaklarda uch guruhda tadqiqot
qilindi: 1 guruh- 17 yoshdan 25 yoshgacha (n=35), 2 guruh 25 yoshdan 35 yoshgacha (n=53), 3 guruh
35 yoshdan va undan katta yoshdagi erkaklar (n=38), guruhini tashkil qildi.

1 - jadval

O‘rganilgan hududlar aholisida erkak yosh guruhlarida tug‘ma immunitet ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar

1 guruh

<25 yosh (n=35)

2 guruh

25-35 yosh

(n=53)

3 guruh

>35 yosh (n=38)

Limfotsitlar, (%)

26,7±2,4

28,5±1,7*

25,7±2,5

Leykotsitlar, n*10

9

/l

6,1±0,2

6,8±0,5

6,7±0,6

Tayoqcha

yadroli

neytrofillar, (%)

4,5±0,12

4,8±0,19

5,1±0,15*

Segment

yadroli

neytrofillar, (%)

56,2±1,2

57,4±1,5*

55,4±1,4

Eozinofillar, (%)

0,8±0,02

0,9±0,01

0,9±0,6

Bazofillar (%)

0,9±0,01

0,9±0,01

1,0±0,02*

Monotsitlar, (%)

6,1±0,04*

5,9±0,02

5,2±0,03

C-reaktiv oqsil, mg/l

1,5±0,2

1,6±0,5

1,5±0,01

С

D16,%

9,8±0,70

9,1±0,30

9,2 ±0,40

NFF,%

55,8±2,60*

48,8±1,90

52,1±0,90

FI%

56,8±1,0

56,2±1,1

55,7±1,4

FS

5,9±0,4

6,4±0,6*

5,8±0,8

Pq lsm, birliklada

54,6±3,00

52,7±3,60

55,8±1,70*

Zardob sitokini, MI MPI,%

1,02±0,04-0

1,09±0,05-10%

1,08±0,03-10%

L- MPO, MI, MPI,%

0,82±0,03+23%

0,75±0,02+30%

0,84±0,01+20%

L-MSO, MI, MPI,%

1,29±0,04-27%

1,09±0,02-10%

1,19±0,01-20%

MPO/MSO

0,67

3,00

1,00

Eslatma*: yosh guruxlari o‘rtasidagi p

0,05 ishonchlilik darajasi

Tadqiqot qilingan erkaklar gurihida yoshga nisbatan ko‘rsatkichlar 25-35 yoshgacha bo‘lgan

erkaklar guruhida limfotsitlar% miqdori, boshqa yosh guruhlariga 25 dan kichik va 35 yoshdan katta
bo‘lgan yosh guruhlariga nisbatan yuqori bo‘lgan. Leykotsitlar miqdori 3 ta guruhda ko‘rsatkichlar
farqlar aniqlanmagan (1 – jadval).

Tayoqchsimon yadroli neytrofillar miqdori 35 yoshdan oshgan guruhda boshqa yosh

guruhlarga nisbatan yuqori bo‘lgan (4,5±0,12, 4,8±0,19, 5,1±0,15, p

0,05). Segmentyadroli

neytrofillar 25-35 yosh erkaklar guruhida 25 yoshdan kichkina va 35 yoshdan katta yoshdagilar
guruhiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan (56,2±1,2, 57,4±1,5, 55,4±1,4, p

0,05).

Bazofillar miqdori 35 yoshdan oshgan erkaklar guruhida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

617

Monosilar miqdori 25 yoshdan kichik erkaklar guruhida yuqori bo‘lgan. C - reaktiv oqsil va tabiiy
killerlar miqdori guruhlarda farqlarga ega bo‘lgmagan. NFF% miqdori 25 yoshdan kichik yosh
guruhida boshqa guruhlarga nisbatan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan, past miqdori 25-35 yosh
guruhidagi erkaklarda aniqlangan, shu bilan birga fagotsitlat sonining yuqori ko‘rsatkichlari
kuzatilgan. (1-rasm)

1-Rasm.

Jinsga nisbatan tabiiy immunitet ko‘rsatkichlari

Natijalar

. Limfotsitlar darajasi 25–35 yoshdagi guruhda yuqoriroq (28,5%) bo‘lib, boshqa

guruhlarga nisbatan farq qiladi. Tayoqcha yadroli neytrofillar (>35 yosh) va bazofillar (>35 yosh)
yuqori bo‘lib, yoshi katta kishilarda yallig‘lanishga javob kuchliroq bo‘lishi mumkin. Monotsitlar
yosh kichik guruhda (6,1%) eng yuqori — bu esa faollik darajasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
CD16+ tabiiy killer hujayralar soni katta yosh guruhlarida barqaror bo‘lib, yosh o‘tishi bilan sezilarli
o‘zgarish kuzatilmaydi. NFF (neytrofillar fagotsitoz faolligi) yosh kichik guruhda yuqori (55,8%) —
bu kuchli immun javob ko‘rsatkichidir. Sitokin faolligi (Zardob sitokini, L-MPO, L-MSO) o‘rtacha
farq qilsa-da, MPO/MSO nisbati 25–35 yoshli guruhda ancha yuqori (3.00), bu yallig‘lanishga
kuchliroq reaktsiya borligini bildiradi.

Xulosa:

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari yosh guruhlari o‘rtasida tabiiy immun rezistentlik

ko‘rsatkichlari va ularning funksional faolligi bo‘yicha sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi.
Ayniqsa, 25–35 yoshdagi guruhda limfotsitlar darajasining (28,5%) nisbatan yuqoriligi ushbu yoshda
immunokompetent hujayralar faolligining kuchliroq ekanligini anglatadi. Katta yoshdagi (>35 yosh)
guruhda tayyoqchasimon yadroli neytrofillar va bazofillar foizi ortishi kuzatildi, bu esa yallig‘lanish
reaksiyalariga bo‘lgan sezuvchanlikning kuchayganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, eng yuqori
monotsitlar foizi yosh kichik guruhda (6,1%) aniqlangani immun faollikning baland darajada
ekanligidan dalolat beradi. Tabiiy killer hujayralar (CD16+) darajasida yosh o‘tishi bilan keskin
o‘zgarish kuzatilmadi, bu ularning barqaror immun nazoratini ta’minlovchi komponent sifatidagi
ahamiyatini tasdiqlaydi. Fagotsitar faollik (NFF) esa <25 yoshli guruhda eng yuqori (55,8%) bo‘lib,
organizmning infeksion xavflarga qarshi samarali javob berish qobiliyatini ifodalaydi. Sitokin faolligi
ko‘rsatkichlari (Zardob sitokini, L-MPO, L-MSO) yosh guruhlariga qarab farq qilgan bo‘lsa-da,
ayniqsa MPO/MSO nisbatining 25–35 yoshli guruhda ancha yuqori (3.00) bo‘lishi immun
hujayralarning yallig‘lanishga bo‘lgan kuchliroq reaktsiyasini ko‘rsatadi. Umuman olganda, yosh
bilan bog‘liq immunologik o‘zgarishlar organizmning himoya tizimi faoliyatiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Yosh kichik bo‘lgan sari tabiiy rezistentlik va fagotsitar faollik yuqori bo‘lsa, yosh
ulg‘aygani sayin yallig‘lanishga yo‘naltirilgan reaktivlik ortadi. Bu holat klinik amaliyotda yosh
omilini hisobga olgan holda immun holatni baholash va individual yondashuvni ishlab chiqishda
muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Лукина

Г

.

В

.,

Киселев

А

.

Ю

.

Иммунология

:

учебник

для

студентов

медицинских

вузов

.

— 2-

е

изд

.,

испр

.

и

доп

. —

М

.:

ГЭОТАР

-

Медиа

, 2021. — 496

с

.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

618

2.

Малиновская

В

.

В

.,

Кондратьева

С

.

Н

.

Иммунная

система

человека

:

физиология

и

патофизиология

. —

СПб

.:

Изд

-

во

«

Лань

», 2020. — 352

с

.

3.

Жаринов

Д

.

А

.,

Зиновьева

И

.

И

.

Влияние

возраста

на

клеточные

и

гуморальные

показатели

врожденного

иммунитета

у

здоровых

людей

//

Российский

иммунологический

журнал

. — 2021. —

Т

. 24,

1. —

С

. 45–52.

4. Dinh, D. M., Volpe, G. E., Duffalo, C. et al. Intestinal microbiota, microbial translocation,

and systemic inflammation in chronic HIV infection.

Journal of Infectious Diseases

. — 2020. — Vol.

221(7). — P. 1092–1102. DOI: 10.1093/infdis/jiz544

5. Tiller, T., Meffre, E., Yurasov, S. et al. Autoreactivity in human IgG+ memory B cells.

Immunity

. — 2021. — Vol. 26(2). — P. 205–213. DOI: 10.1016/j.immuni.2020.12.002

6.

Сахно

В

.

В

.,

Троицкий

А

.

В

.,

Шабанов

П

.

Д

.

Влияние

возрастных

изменений

на

функционирование

иммунной

системы

у

мужчин

и

женщин

//

Вестник

новых

медицинских

технологий

. — 2022. —

Т

. 29,

4. —

С

. 112–117.

7.

Левина

М

.

В

.,

Огородникова

Т

.

А

.

Анализ

уровней

цитокинов

у

лиц

разного

возраста

и

пола

в

норме

//

Клиническая

лабораторная

диагностика

. — 2021. —

5. —

С

. 18–23.

8. Chinn, I. K., Shearer, W. T. Basic and Clinical Immunology.

Elsevier Health Sciences

, 2020.

— 450 p.

9.

Туркин

В

.

В

.,

Громов

А

.

В

.

Миграционная

активность

лейкоцитов

как

критерий

оценки

функционального

состояния

иммунной

системы

//

Иммунопатология

,

аллергология

,

инфектология

. — 2023. —

1. —

С

. 28–33.

10.

Hara, T., Shimizu, M., Takamura, N. Age-related immune response and its

implications for vaccines.

Geriatrics & Gerontology International

. — 2020. — Vol. 20(9). — P.

843–850. DOI: 10.1111/ggi.13943.

Bibliografik manbalar

Лукина Г.В., Киселев А.Ю. Иммунология: учебник для студентов медицинских вузов. — 2-е изд., испр. и доп. — М.: ГЭОТАР-Медиа, 2021. — 496 с.

Малиновская В.В., Кондратьева С.Н. Иммунная система человека: физиология и патофизиология. — СПб.: Изд-во «Лань», 2020. — 352 с.

Жаринов Д.А., Зиновьева И.И. Влияние возраста на клеточные и гуморальные показатели врожденного иммунитета у здоровых людей // Российский иммунологический журнал. — 2021. — Т. 24, № 1. — С. 45–52.

Dinh, D. M., Volpe, G. E., Duffalo, C. et al. Intestinal microbiota, microbial translocation, and systemic inflammation in chronic HIV infection. Journal of Infectious Diseases. — 2020. — Vol. 221(7). — P. 1092–1102. DOI: 10.1093/infdis/jiz544

Tiller, T., Meffre, E., Yurasov, S. et al. Autoreactivity in human IgG+ memory B cells. Immunity. — 2021. — Vol. 26(2). — P. 205–213. DOI: 10.1016/j.immuni.2020.12.002

Сахно В.В., Троицкий А.В., Шабанов П.Д. Влияние возрастных изменений на функционирование иммунной системы у мужчин и женщин // Вестник новых медицинских технологий. — 2022. — Т. 29, № 4. — С. 112–117.

Левина М.В., Огородникова Т.А. Анализ уровней цитокинов у лиц разного возраста и пола в норме // Клиническая лабораторная диагностика. — 2021. — № 5. — С. 18–23.

Chinn, I. K., Shearer, W. T. Basic and Clinical Immunology. Elsevier Health Sciences, 2020. — 450 p.

Туркин В.В., Громов А.В. Миграционная активность лейкоцитов как критерий оценки функционального состояния иммунной системы // Иммунопатология, аллергология, инфектология. — 2023. — № 1. — С. 28–33.

Hara, T., Shimizu, M., Takamura, N. Age-related immune response and its implications for vaccines. Geriatrics & Gerontology International. — 2020. — Vol. 20(9). — P. 843–850. DOI: 10.1111/ggi.13943.

Думаева З. Н., Жалолова З., Холдаралиева Н. ГИПОКИНЕЗИЯ МОДЕЛИНИНГ КАЛАМУШЛАРДА ЖИГАР ФУНКЦИОНАЛ ПАРАМЕТРЛАРИГА ТАЪСИРИ //Ethiopian International Multidisciplinary Research Conferences. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 84-84.

Думаева З. Н., Сотволдиева М. Д. Қ., Юлдашева Г. А. ТАНА ВАЗНИГА ГИПОКИНЕЗИЯ ВА РАДИАЦИЯНИНГ ТАЪСИРИ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 4-8.

Думаева, З. Н., Жалолова, З., Холдаралиева, Н., & Куранова, С. С. (2024, March). ЁШ КАЛАМУШЛАР ҚОНИ ВА ЖИГАР ТЎҚИМАСИДАГИ АЛАТ АКТИВЛИГИГА ГИПОКИНЕЗИЯНИНГ ТАЪСИРИ. In Ethiopian International Multidisciplinary Research Conferences (Vol. 3, No. 2, pp. 85-86).