“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
597
O‘SMIR YOSHDAGI QIZLARNING MORFOFUNKSIONAL KO‘RSATKICHLARI
Mirzabekova Feruzaxon Nasriddinovna dots.
Faxrriddinova Gulira’no Zulpiddinova
Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi 1-kurs magistri
Andijon davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15580051
Anotatsiya:
Mazkur maqolada o’smir yoshdagi qizlarning rivojlanish jarayonlari taxlil
qilinadi. O’smir qizlarning bo’y uzunligi, tana og’irligi, ko’krak qafasi aylanasi aniqlangan va olingan
natijalar taxlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
O‘sish, rivojlanish, urug‘, yosh, bashorat, odam organizmi, suyaklar, o‘pka,
muskullar.
Abstract:
The article analyzes the processes of organization of all systems observed in the
developing human organism. Development is yours.It covers three main factors: growth,
differentiation of organs and tissues, formation (acquisition of a form characteristic and uniform for
the organism). These factors are interconnected and complement each other.
Key words:
Growth, development, seed, age, prediction, human organism, bones, lungs,
muscles.
Аннотация
:
В
статье
анализируются
процессы
организации
всех
систем
,
наблюдаемые
в
развивающемся
организме
человека
.
Развитие
за
вами
.
Он
охватывает
три
основных
фактора
:
рост
,
дифференциация
органов
и
тканей
,
формирование
(
приобретение
формы
,
характерной
и
единообразной
для
организма
).
Эти
факторы
взаимосвязаны
и
дополняют
друг
друга
.
Ключевые
слова
:
Рост
,
развитие
,
семя
,
возраст
,
предсказание
,
организм
человека
,
кости
,
легкие
,
мышцы
.
O‘sish va rivojlanish jarayonlari tirik materiyaning umumbiologik xususiyatlari hisoblanadi.
Tuxum hujayrasining urug‘lanishidan boshlanadigan odamning o‘sish va rivojlanishi, uning butun
umri davomida kechadigan uzluksiz bajaraluvchi jarayon namoyon qiladi. U yoki bu fiziologik
tizimlarni tuzilishi yoki faoliyatidagi yoshga oid xususiyatlarning mavjudligi yoshlik davrining ayrim
bosqichlaridagi bola organizmining to‘la qimmatli yoki qimmatli emasligi haqidagi, bashorat yoki
aniq ma’lumot bo‘lib hisoblanmaydi.
Aynan shu xildagi kompleks xususiyatlargina u yoki bu yoshni tavsiflab beradi. Rivojlanish
deganda, tom ma’noda odam organizmida kuzatiladigan, uning barcha tizimlarining tashkillanish
darajalarini murakkablashishini oshishini chaqiruvchi miqdoriy va sifatiy o‘zgarish jarayonlari
tushuniladi. Rivojlanish o‘z ichiga uchta asosiy omilni qamrab oladi; o‘sish organ va to‘qimalarning
tabaqalanishi, shakllanish (organizmga xos va monand bo‘lgan shaklni olishi). Ushbu omillar bir-biri
bilan uzviy bog‘ liq va bir-birini to‘ldirib turadi.
O‘sish jarayonida hujayralar soni, gavda vaznini va antropometrik ko‘rsatkichlari ortadi.
Suyaklar, o‘pka kabi ayrim organlarda o‘sish asosan hujayralar sonini ortishi hisobiga ko‘payishi,
boshqa organlarda (muskullar, asab to‘qimalarda) hujayralarning o‘lchamlarini ortishi jarayoni
ustunlik qiladi. O‘sish jarayoniga bunday aniqlik berilishi yog‘larni o‘tirishi yoki suvning ushlab
qolinishi bilan ta’minlanuvchi gavda vazni va o‘lchamlarini o‘zgarishlarini hisobga olmaydi.
Organizmni o‘sishini ko‘rsatuvchi aniq ko‘rsatkich – bu undagi oqsillarning umumiy miqdorini
oshishi va suyaklar o‘lchamlarning kattalashishidir. Bola o‘sishini ancha jadallashgan davri
hayotining birinchi yilida va jinsiy yetilish davrida, ya’ni 11-15 yoshlik bo‘lgan paytlarga to‘g‘ ri
keladi. Endi tug‘ilgan bolaning bo‘yi 50 sm bo‘lgan bo‘lsa, bir yoshning oxiriga kelib 75-80 sm. ga
yetadi, ya’ni 50% dan ortishi kuzatiladi, gavda og‘ irligi esa uch martaga – ya’ni yangi tug‘ilgan bola
bor yo‘g‘I 3,0-3,2 kg bo‘lsa, birinchi yil oxiriga kelib 9,5-10,0 kg gacha yetadi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
598
Keyingi yillarda jinsiy voyaga yetish davrigacha o‘sish tempi pasayadi va o‘rtacha yiliga 1,5-
2,0 kg qo‘shilsa, bo‘y uzunligi 4,0-5,0 sm. ga o‘sadi. O‘sish tempining ikkinchi marta sakrashi jinsiy
yetilish davrining boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bo‘y uzunligi bir yilda 7-8 sm.ga hatto 10 sm gacha
ortadi. Vaholanki 11-12 yoshda qizlar o‘sish bo‘yicha o‘g‘il bolalardan bo‘ydorroq bo‘ladilar. 13-14
yoshda ularning bo‘ylari deyarlik bir xil bo‘lsa, 14-15 yoshga borib esa bo‘yi bo‘yicha o‘g‘il bolalar
qizlardan o‘tib ketadilar va bu ortiqlik butun hayot davomida saqlanib qoladi.
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari oilada va hamda maktabgacha va
maktab muassasalarida tarbiyalash va o‘qitish sharoitlarini qanday yaratganligiga bog’liqdir. Bunda
eng ko‘p axamiyatga ega boladigon omillar qatoriga bolalarning ovqatlanish sifati jismoniy
yuklamalarning xarakteri va darajasi o‘qish joylarining tashkil etilganligi oqilona tuzulgan va
bajariladigon kun tartibi maktabdagi dasrlarning kun tartibi va xarakteri bolalar muassasalaridagi
sanitar texnik jixozlarning sozligi xonalarning yoritilsih sifati va boshqalar kiradi, Shuning uchun
vrach bolalar va osmir bolalarning jismoniy rivojlanish belgilarini tekshirish va baholay olishni bilishi
va olingan natijalar asosida ularga yaratilgant arbiyalash va oqitish sharoitlari haqida fikr yuruta olishi
kerak. O‘smir qizlarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganish sogl’omlashtiruvchi
profilaktik chora tadbirlarini belgilashda qolaversa, o‘sish va rivojlanish qonuniyatlariga oid
ma’lumotlarni olishda katta axamiyat kasb etadi shu maqsadda biz o‘zimizning tadqiqot ishlarimizni
o‘smir yoshdagi qizlarni ayrim eng muhim morfologik hamda fiziologik korsatkichlarni
o‘rganmoqchi bo‘ldik.
Kuzatuv ishlarimizga Jalaquduq tumani umumatalim maktablaridan ixtiyoriy ko‘ngilli
sog’lom qizlarni kuzatuvga jalb qildik. Muhim morfologik ko‘rsatkichlardan tana og’irligi, bo‘yning
umimiy uzunligi, ko‘krak qafas aylanasi hamda fiziologik ko‘rsatkichlardan esa yurak urushlar soni
va qon bosim ko‘rsatkichlarini belgilab oldik. Tajriba metodikasi belgilangan standart biologik
antropometrik va fiziometrik usullardan foydalangan xollarda amalga oshirildi olingan natijalar
quyidagilarni tashkil qildi
O‘smir yoshdagi 18 yosh qizlarning tana ogirligi o‘rtacha 61,1±1,0kgni tashkil qilsa, boyning
umumiy uzunligi o‘rtacha 168,4 ±0,7santimetrni tashkil qildi. Ko‘krak qafas aylana uzunligi tinch
xolatda sut bezlari ro‘parasidan o‘lchaganimizda o‘rtacha 85,0±1,0smni tashkil qilgan bo‘lsa, chuqur
nafas olganda o‘rtacha 87,7 ±1,1smni hamda chuqur nafas chiqarganda o‘rtacha 80,0±0,82smni
tashkil qildi. Fiziologik ko‘rsatkichlardan aynan shu yoshdagi qizlardan yurak urushlar soni o‘rtacha
85,6±0,61 tani tashkil qilgan bo‘lsa, qon bosimi sistolik ko‘rsatkichi 109,6±0,11ml .s.u.diastolik
ko‘rsatkichi o‘rtacha 73,6±2,1 ml s.u ga teng ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga
o‘pkaning tiriklik sig'imi 2666±60,5 mlni tashkil qildi. Olingan ma’lumotlarni taxlil qilar ekanmiz
ko‘rsatkichlarni deyarli barchasi adabiyotlarda berilgan ko‘rsatkichlarga deyarli yaqin bo‘lib o‘sish
va rivojlanish qonuniyatlari asosida borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Yurak urishlar sonini bizning
nazarimizda biroz yuqoriroq ekanligi bu yoshda gormonal o‘zgarishlar bilan uzviy bog’liqdir.
Bizning kuzatuv tadqiqot ishlarimiz davom etar ekan kelgusida sport bilan shug’ullanuvchi qizlarning
jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganib ularning qiyosiy solishtirma taxlilini xam qilib
ko‘rmoqchimiz. Biz tomondan olingan ma’lumotlar yoshlar fiziologiyasini o‘qitishda
sog’lomlashtiruvchi ishlarni belgilashda me’yoriy standartlarni belgilashda ishlatilinishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.Allamurodov "ulg'ayish fizilogiyasi"
2. R.Klemeshova"yoshga oid fiziologiya "
3. L.Qochqarova"yoshlar fiziologiyasi va gigieniyasi"
4.https://www.google.com/search?sca_esv=7f7d0f0d30ce4bfd&rlz=1C1GCEA_enUZ1161UZ1161
&q=ziyonet.uz+%D0%BA%D1%83%D1%82%D1%83%D0%B1%D1%85%D0%BE%D0%BD%
D0%B0&sa=X&ved=2ahUKEwjvqPmitbKNAxUbHBAIHR8UMZ0Q1QJ6BAhCEAE
6. https://doi.org/10.5281/zenodo.15263754
