Mualliflar

  • O‘g‘iljon Jamalova
    Andijon davlat universiteti
  • Qunduz Normurodova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110435

Kalit so‘zlar:

Aral Sea region saline soils microorganisms biofertilizers microbiological analysis agrochemical condition ecological crisis

Annotasiya

Orol dengizining qurishi Markaziy Osiyoning asosiy ekologik muammolaridan biriga aylandi. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi Orol qishlog‘ida joylashgan sho‘r va qurg‘oqchil tuproqlarning agrokimyoviy va mikrobiologik holati o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, tuproqlarda organik moddalar, azot, fosfor va kaliy miqdori past. Shuningdek, mikroorganizmlarning faolligi og'ir sharoitlarga moslashgan bo'lsa-da, zonal unumdor tuproqlarga nisbatan sezilarli darajada past ekanligi aniqlandi. Bioo‘g‘itlar va mikrobiologik preparatlardan foydalanish tuproq unumdorligini oshirishda muhim omil bo‘lishi mumkin [1, 4].


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

529

OROLBO‘YI HUDUDIDA SHO‘RLANGAN TUPROQLARNING MIKROBIOLOGIK

HOLATINI BAHOLASH VA AGROEKOLOGIK TIKLANISH IMKONIYATLARI

Jamalova O‘g‘iljon Umarjonovna

O‘zMU Biologiya va ekologiya fakulteti Biotexnologiya va mikrobiologiya kafedrasi

tayanch doktoranti, Tel: +998976084001;E-mail: umarjonqizi@gmail.com

Normurodova Qunduz.Togayevna

O‘zMU Biologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi prof. v.b., B.f.d.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15579793

Аннотация

:

Высыхание

Аральского

моря

стало

одной

из

основных

экологических

проблем

в

Центральной

Азии

.

В

данной

статье

исследовано

агрохимическое

и

микробиологическое

состояние

засоленных

и

засушливых

почв

,

расположенных

в

поселке

Арал

Муйнакского

района

Республики

Каракалпакстан

.

Результаты

исследования

показали

,

что

содержание

органического

вещества

,

азота

,

фосфора

и

калия

в

почвах

находится

на

низком

уровне

.

Также

установлено

,

что

активность

микроорганизмов

значительно

ниже

по

сравнению

с

зональными

плодородными

почвами

,

хотя

они

адаптировались

к

тяжелым

условиям

.

Использование

биоудобрений

и

микробиологических

препаратов

может

стать

важным

фактором

повышения

плодородия

почв

[1, 4].

Ключевые

слова

:

Приаралье

,

засоленные

почвы

,

микроорганизмы

,

биоудобрения

,

микробиологический

анализ

,

агрохимическое

состояние

,

экологический

кризис

.

Abstract:

The drying of the Aral Sea has remained one of the major environmental issues in

Central Asia. This article examines the agrochemical and microbiological conditions of saline and
arid soils located in the Aral village of Muynak district, Republic of Karakalpakstan. The results of
the study showed that the levels of organic matter, nitrogen, phosphorus, and potassium in the soils
are low. It was also observed that the activity of microorganisms is significantly lower than in zonal
fertile soils, although they have adapted to harsh conditions. The use of biofertilizers and
microbiological preparations can be an important factor in improving soil fertility [1, 4].

Keywords:

Aral Sea region, saline soils, microorganisms, biofertilizers, microbiological

analysis, agrochemical condition, environmental crisis.

Annotatsiya:

Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz Markaziy

Osiyoda muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Mo‘ynoq tumani, Aral ovuli hududida joylashgan sho‘rlangan va qurg‘oqchil
tuproqlarning agrokimyoviy va mikrobiologik holati o‘rganildi. Tadqiqot natijalari tuproqlarda
organik modda, azot, fosfor va kaliy kabi oziqa elementlari miqdori past darajada ekanligini ko‘rsatdi.
Shuningdek, mikroorganizmlar faolligi zonal unumdor tuproqlarga nisbatan ancha past bo‘lsa-da,
ular og‘ir sharoitlarga moslashganligi kuzatildi. Bioo‘g‘itlar va mikrobiologik preparatlar
qo‘llanilishi tuproq unumdorligini oshirishda muhim omil bo‘lishi mumkin [1, 4].

Kalit so‘zlar: Orolbo‘yi, sho‘rlangan tuproqlar, mikroorganizmlar, bioo‘g‘itlar, mikrobiologik

tahlil, agrokimyoviy holat, ekologik inqiroz.

Orol dengizi qurishi XX asrning eng yirik ekologik fojialaridan biri sifatida tan olingan. Orol

dengizi dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l bo‘lib, inson faoliyatining noto‘g‘ri boshqarilishi natijasida
keskin qisqarib ketgan va "Orol dengizi ekologik inqirozi" yuzaga kelgan. Orol dengizining ekologik
muammolari keng e’tiborni tortib, Markaziy Osiyoning besh davlati (Qozog‘iston, O‘zbekiston,
Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston) ekologik inqirozni yumshatish bo‘yicha umumiy
kelishuvga erishdi. So‘nggi o‘n yilliklarda Orol dengizining ekologik tiklanishi uchun turli ekologik
boshqaruv choralari amalga oshirildi, biroq natijalar kutilganidek bo‘lmadi.Orol dengizi so

ʻ

nggi 60

yil ichida sezilarli darajada qurib, 3 million gektardan ortiq maydoni katta cho

ʻ

lga aylangan. Hududda

yoz faslida issiq(+35...+45°C) va quruq iqlim sharoiti kuchayib bormoqda. Yillik yog‘ingarchilik
100-150 mm, kuchli shamollar esib, Orol dengizining qurigan tubidan ko‘tarilgan tuz va chang


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

530

atmosferaga tarqaladi.Orol dengizining qurigan tubida quyidagi tuproq turlari uchraydi: Sho‘rlangan
qumli tuproq – Bu tuproq sho‘rlanish jarayonining kuchayishi natijasida o‘simliklar uchun noqulay
sharoit yaratadi, qoldiq namli sho‘r tuproqlar – Orol dengizining suvi chekingandan keyin hosil
bo‘lgan sho‘r va nam tuproq, gilli sho‘r tuproq – Asosan Orol dengizining tubida joylashgan bo‘lib,
qattiq sho‘r qatlamlarga ega, qumli cho‘l tuproqlari – Tuman shimoliy qismida keng tarqalgan va
qum bo‘ronlari natijasida hududga tarqalib kelgan.

Qurigan dengiz tubining tuprog

ʻ

i va er osti suvlari yomon agrokimyoviy xususiyatlarga ega

bo

ʻ

lib, foydali elementlarning past konsentratsiyasi tufayli organik modda va ozuqa moddalarining

miqdoriga

salbiy

ta

ʼ

sir

ko

ʻ

rsatmoqda.

Atrof-muhit

muammolarini

yumshatish

uchun

o

ʻ

rmonzorlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda, mintaqaning iqlimiy va tuproq sharoitlariga

moslashgan o

ʻ

simlik turlarni ekish joriy etilmoqda. Tabiiy o

ʻ

simliklarning o

ʻ

sishini rag

ʻ

batlantirish

va sun

ʼ

iy o

ʻ

rmonzorlashtirishni kengaytirish orqali chang va tuz bo

ʻ

ronlarini kamaytirish,tuproq

eroziyasini yumshatish, tuproqdagi organizmlar va mikroorganizmlar uchun yashash sharoitini
yaxshilash mumkin.

Orol tuproqlarida mikroorganizmlar soni va faolligi boshqa zonalardagi unumdor tuproqlarga

nisbatan past. Bunga sabab esa yuqori sho‘rlanish, kam miqdordagi organik moddalar, suv
yetishmovchiligi, haroratning keskin o‘zgarishidir. Inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ushbu
muammo mintaqa tuproqlarining fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlariga jiddiy zarar yetkazdi [2].
Bugungi kunda Orolbo‘yi hududining katta qismi sho‘rlangan va deyarli o‘simlik o‘sishiga yaroqsiz
holga kelgan. Bunday sharoitda ekologik muvozanatni tiklash uchun yer resurslarining holatini tahlil
qilish, tuproq mikroflorasining ahamiyatini baholash va biotexnologik yondashuvlardan foydalanish
dolzarb masalaga aylandi [1].

Tadqiqot ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani, Aral ovuli hududida olib

borildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 0–20 sm chuqurlikdagi tuproqlarda gumus miqdori 0,22%, azot
0,018%, fosfor 0,09%, kaliy esa 0,246% ni tashkil etdi. Tuproqlarda harakatchan P

O

11,24 mg/kg,

K

O 124,56 mg/kg miqdorda aniqlangan. Mikrobiologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, ammonifikatorlar

soni 3×10

, fosfor parchalovchi bakteriyalar 2×10

, oligonitrofil mikroorganizmlar 1,3×10

,

mikromitsitlar 2×10³ va aktinomitsitlar 3×10² dona/g ni tashkil etdi. Bu natijalar tuproq mikroflorasi
og‘ir sharoitga moslashganligini ko‘rsatadi. Sho‘rlanish, past namlik va yuqori harorat
mikroorganizmlar soni va faolligini kamaytiruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Shunga qaramay,
mikroorganizmlarni faollashtirish va tuproq unumdorligini oshirishda bioo‘g‘itlar va mikrobiologik
preparatlar muhim rol o‘ynashi mumkin [4, 5].

Orolbo‘yi tuproqlarida oziqa elementlari va organik modda miqdori nihoyatda

past,mikrobiologik faollik ham zaif, biroq mavjud mikroflora ekologik moslashuvchanlikka
ega,bioo‘g‘itlar qo‘llanilishi mikrobiologik faollikni oshirish imkonini beradi, ekotizim tiklanishida
mikroorganizmlar bilan bog‘liq biotexnologik yondashuvlar samarali vosita hisoblanadi [1, 4, 5].

Orolbo‘yi hududining sho‘rlangan tuproqlari past unumdorlik va biologik faollik bilan ajralib

turadi. Shunga qaramay, mikroorganizmlar og‘ir sharoitga moslashgan bo‘lib, ular yer resurslarini
tiklashda

muhim

omil

bo‘lishi

mumkin. Bioo‘g‘itlar,

mikrobiologik

preparatlar

va

o‘rmonzorlashtirish choralari orqali hududning ekologik holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini
barqaror rivojlantirish mumkin. Keyingi bosqichda mikrofloraning genetik va funksional
imkoniyatlarini chuqurroq o‘rganish zarur [1, 3, 5].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ortiqov T. va boshqalar. (2024). Orolbo‘yi hududida sho‘rlangan tuproqlarning biologik

holati. Nukus: Ekologiya nashriyoti.

2. Micklin, P. (2007). The Aral Sea Disaster. Annual Review of Earth and Planetary Sciences,

35, 47–72.

3. UNDP (2020). Restoration of Aral Sea Region Ecosystems. United Nations Development

Programme.

4. Yusupov B., Xudayberganov T. (2018). Sho‘rlanishga chidamli o‘simliklar ekotizimi.

Toshkent: Fan nashriyoti.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

531

5. Rakhimov A. et al. (2022). Biological Fertilizers and Soil Microorganisms in Arid

Conditions. Journal of Arid Regions, 13(2), 112–120.

6.

Абдрахманов

Т

.

А

.,

Жаббаров

З

.

А

.,

Каримбоева

М

.

Қ

.,

Имомов

О

.

Н

.,

Абдуллаев

Ш

.

З

.

Қурғоқчил

ҳудудларда

препаратларни

қўллашнинг

аҳамияти

//

Материалы

Международный

конференции

Современные

проблемы

экологии

и

охраны

окружающей

среды

и

биотехнологии

”, 15-16

июня

, 2022

г

,

Ташкент

,

Узбекистан

.

С

. 670-672.

Bibliografik manbalar

Ortiqov T. va boshqalar. (2024). Orolbo‘yi hududida sho‘rlangan tuproqlarning biologik holati. Nukus: Ekologiya nashriyoti.

Micklin, P. (2007). The Aral Sea Disaster. Annual Review of Earth and Planetary Sciences, 35, 47–72.

UNDP (2020). Restoration of Aral Sea Region Ecosystems. United Nations Development Programme.

Yusupov B., Xudayberganov T. (2018). Sho‘rlanishga chidamli o‘simliklar ekotizimi. Toshkent: Fan nashriyoti.

Rakhimov A. et al. (2022). Biological Fertilizers and Soil Microorganisms in Arid Conditions. Journal of Arid Regions, 13(2), 112–120.

Абдрахманов Т.А., Жаббаров З.А., Каримбоева М.Қ., Имомов О.Н., Абдуллаев Ш.З. Қурғоқчил ҳудудларда препаратларни қўллашнинг аҳамияти // Материалы Международный конференции “Современные проблемы экологии и охраны окружающей среды и биотехнологии”, 15-16 июня, 2022 г, Ташкент, Узбекистан. С. 670-672.