“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
452
SHO‘RLANISH TA'SIRIDA AYRIM BUG'DOY NAVLARIDA PEROKSIDAZA
FERMENTI O‘ZGARISHLARNI O‘RGANISH
Axmedova Muxlisaxon Raxmonjon qizi, To‘xtaboyeva Feruza Muratovna
Andijon davlat universiteti
e-mail: muxlisaaxmedova000@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15578490
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Andijon-2 va Veha bug'doy navlarining sho‘rlanishga
chidamliligi o‘rganilgan. 3% va 6% NaCl hamda 0,25% MgSO4 eritmalari ta'sirida urug'larning unib
chiqishi, maysa organlarining o‘sish dinamikasi va peroksidaza fermenti faolligida yuzaga kelgan
o‘zgarishlar tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar
: bug'doy, sho‘rlanish, NaCl, MgSO4, peroksidaza, fiziologik o‘zgarishlar.
Абстрактный
:
В
статье
изучается
солеустойчивость
сортов
пшеницы
Андижан
-2
и
Веха
.
Проанализированы
изменения
всхожести
семян
,
динамики
роста
органов
злаков
и
активности
фермента
пероксидазы
под
влиянием
3%
и
6%
растворов
NaCl
и
0,25%
растворов
MgSO4.
Ключевые
слова
:
пшеница
,
засоление
, NaCl, MgSO4,
пероксидаза
,
физиологические
изменения
.
Abstract:
This article studies the salt tolerance of wheat varieties Andijan-2 and Veha. Changes
in seed germination, growth dynamics of grass organs, and peroxidase enzyme activity under the
influence of 3% and 6% NaCl and 0.25% MgSO4 solutions were analyzed.
Keywords
: wheat, salinity, NaCl, MgSO4, peroxidase, physiological changes.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda bug'doy muhim strategik
ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishlari va sug'oriladigan yerlarning sho‘rlanishi tufayli
bug'doy yetishtirishda salbiy omillar kuchaymoqda. Bu esa, ayniqsa, ayrim navlarning sho‘rga
chidamsizligi tufayli hosildorlik pasayishiga olib kelmoqda. Shu sababli, bug'doy navlarining
sho‘rlanishga chidamliligini aniqlash va biokimyoviy hamda fiziologik xususiyatlarini o‘rganish
dolzarb masalalardan biridir.
P.P.Vavilov, V.V.Gritsenko, V.S.Kuznetsov yozgan asarida kuzgi va erta bug`doylar bo`yicha
ma`lumotlar beriladi. Unda, kuzgi bug`doyning xalq xo`jaligidagi ahamiyati. O`simlikning tarixi,
o`stirish rayonlari va hosili. Bug`doy turlari, ularning bir-biridan farqi. Yumshoq va qattiq
bug`doylarning o`zgachaliklari, biologik ayriqchaliklari: temperaturaga va namlikga talabi,
vegetatsion davri, navlari, almashlab ekish, , o`g`itlash, asosiy va qator o`g`itlar, tuproqni ishlash,
ekish va ekish muddati, ekish me`yori, ekinlarni parvarishlash, hosilni yig`ish, sug`orish orqali
o`sirish o`zgachaliklari,sug`orish usullari, sug`orish muddati, hosilni yig`ish, ilg`or xo`jaliklar hosili
va boshqalar. Kuzlik va bahori bug`doyning umumiy sifatlamalari [1] haqida malumotlar bergan.
X. Keldiyorova olib brogan tadqiqotlariga ko`ra sho`r ko`p joylarda o`simliklar umuman
bo`lmasligi yoki past bo`yli, to`q yashil tusli, uchi va chetlari qurigan barglarga yega o`simliklar
yuzaga keladi. Sho`rni mavjudligini tuproqni tahlili ko`rsatadi. Sho`r ta`sirida don ekinlari
zararlanishi mumkinligi haqida aytib o`tgan. Lekin kuzgi arpa sho`rga chidamli bo`lishini alohida
ta`kidlagan. Sho`r tufayli juda katta massivlardan kam don hosili olinadi. Sho`rni yuvish, sizot
suvlarni qochirish, zax ariqlarni olish sho`rni kamaytirib bug`doy hosilini oshirishi mumkinligi bayon
etilgan[2].
Sho`rlanishning hamma xillarida o`simlik tuzlaming yuqori konsentratsiyasiga duch keladi.
Kationlardan ko`proq Na+, K+, Mg2+ va Ca2+ ta`siriga duch keladi. 0 `simlik tomonidan Na+
ionlarini ko`plab o`zlashtirishi K+ va Mg2+ ionlarining hujayradagi miqdorini kamaytiradi.
Suvda tez eruvchan boMgan Na+ va K+ tuzlari o`simlik rivojlanishi boshlang`ich fazalarida
ayniqsa yomon ta`sir qiladi, ya`ni ular ildizga passiv yoki aktiv yutilishi natjasida sitoplazmadagi va
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
453
organellalardagi ionlar nisbatini buzadi. Bu esa barcha biokimyoviy protsesslaming buzilishiga olib
keladi[3].
Bug`doy insoniyat uchun eng muhim oziq-ovqat ekini ekanligi va yer shari aholisining asosiy
qismi (70%) bug`doy unidan tayyorlangan mahsulotlarni iste`mol qiladiganligini. Undan
tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari mazali, to`yimli, yaxshi hazm bo`lishi. Donidan un, undan
xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlari: non, shirin kulcha, makaron, yorma, pechenya, bolalar ovqati,
konditer mahsulotlari, spirt va boshqalar olinadiganligi. [3,4]
Tadqiqot materiali va usullari
Tajriba uchun Andijon-2 (mahalliy) va Veha (Rossiya) bug'doy navlari tanlab olindi. Har bir
navning urug'lari steril sharoitda NaCl (3% va 6%) hamda MgSO4 (0,25%) eritmalariga solinib, Petri
idishlarida unib chiqishi kuzatildi. 5 kunlik unish davridan so‘ng ildiz va poya uzunligi o‘lchandi.
Peroksidaza fermenti faolligi spektrofotometrik usulda aniqlandi.
NATIJA VA MUXOKAMA
Tajriba natijalariga ko‘ra, sho‘rlanish darajasi oshgani sari unish foizi va maysa uzunligi
pasaygani kuzatildi. Andijon-2 navida Veha naviga nisbatan yuqori chidamlilik kuzatildi. Ayniqsa,
6% NaCl eritmasida Veha navi deyarli unib chiqmagan bo‘lsa, Andijon-2 navida unish saqlanib
qolgan.
Peroksidaza fermenti faolligi ham navlar o‘rtasida farq qildi. Andijon-2 navida peroksidaza
fermentining faolligi yuqori bo‘lib, sho‘rlanishga qarshi himoya reaksiyasining faolligini ko‘rsatdi.
Bu holat navning antioksidant himoya tizimi kuchliroq ekanligidan darak beradi.
Peroksidaza fermentini aniqlashdan bir kun oldin bunzidin eritmasini tayyorlab muzlatkichga
solib qo`ydik ertasi kuni oldindan ivitilgan 5 kunlik bug`doylarni yuvib tozalab oldik. So`ng
bu`gdoyning har bir namunadan to`liq holicha (ildiz, urug` va maysa qismi) 2 garmdan oldik.
Xovonchaga solib kvars qumi yordamida maydaladim. So`ngra distillangan suv bilan aralashtirib 10
ml idishga quydim. Va eritma hajmini belgiga qadar yetkazdim. So`ng bu eritmasni qog`oz filtrdan
o`tkazdim. Va natijada u toza holatga keldi.
Har bir o`rganilayatgan namuna uchun alohida 25 ml kolba oldim va unga 2 ml 1% lik avvaldan
tayyorlangan bunzidin eritmasi, 2 ml 3% lik vodorod peroksid eritmasi va 1 ml tayyorlangan fermentli
eritmadan quyib yaxshilab aralashtirdim va 3 minutli qum sotadagi qum tushgunga qadar muddatga
tindiridh ucghun qo`yib qo`ydim. Tindirilgan aralashmaga 3 minutdan so`ng 10ml 30% li ishqor
eritmasi ya`ni NaOH eritmasidan quydim. Va yana yaxshilab aralashtirdim. Ishqor natijasida
cho`kma holsil bo`ldi. Cho`kmani 10 ml toza etanol spirtda eritdim. Har bir olingan namunamni
kolbalarga raqamlab oldim.
Fermentli eritma tayyor bo`lgandan so`ng standart eritma tayyorlab oldim. Standart eritmani
tayyorlash uchun 25 ml kolbaga 2 ml 1% li bunzidin eritmasiva 3 ml 0.01 n KMnO4 eritmasidan
quyib 10daqiqaga tindirildim. Tindiridh natijasida eritma yashil rangdan to`q qizil rangga aylandi.
Shundan so`nh 10 ml 30% lik ishqor eritmasi NaOH va 10 ML toza etanol spirt qo`shib standart
eritma tayyorlab oldim
Har bir tayyorlagan eritma 25 ml kolbaning belgilangan chiziq miqdoriga yetarli bo`ldi
Tayyor bo`gan eritmalarni har birini sfektofotometr kyuvetalariga solib, 15-200 daqiqa oldin
yoqib qo`yilgan sfektofotometr yordamida 420 hamda 460 to`lqin uzunligida o`lchab olindi.
Natijalarni formula asosida hisoblab chiqdim.
Peroksidaza fermenti aktivligi topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
C = h
1
*10
h
2
bu tenglamada
C- bu peroksidaza fermenti aktivligi
h1- olingan namuna ( standart eritma) qatlamining balandligi
h2- tekshirilayotgan eritmaning balandligi
Natijalarni esa quyidagi jadvalda ko`rishimiz mumkin.
1-jadval
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
454
№
Tajriba uchun olingan navlar
Sfektofotometr
to`lqin uzunligi 420
nm
Sfektofotometr
to`lqin uzunligi 460
nm
1
Standart eritma
303
259
2
Andijon -2 navi nazorat
776
512
3
Andijon -2 navi MgSO4 025%
619
374
4
Andijon -2 navi NaCl 3%
516
321
5
Andijon -2 navi NaCl 6%
325
282
6
Veha navi nazorat
780
497
7
Veha navi MgSO4 025%
347
492
8
Veha navi NaCl 3%
512
398
9
Veha navi NaCl 6%
429
284
Bu jadvalni yuqoridagi jadval asosida hisoblaymiz.
C = h
1
*10
h
2
2-jadval
№
Tajriba uchun olingan navlar
Sfektofotometr
to`lqin uzunligi 420da
peroksidaza
Sfektofotometr
to`lqin uzunligi 460
da peroksida
1
Standart eritma
0
259
2
Andijon -2 navi nazorat
3.904
5.058
3
Andijon -2 navi MgSO4 025%
4.894
6.925
4
Andijon -2 navi NaCl 3%
5.814
8.068
5
Andijon -2 navi NaCl 6%
5.872
9.184
6
Veha navi nazorat
3.884
5.211
7
Veha navi MgSO4 025%
8.732
5.264
8
Veha navi NaCl 3%
5.9118
6.507
9
Veha navi NaCl 6%
7.062
9.119
Natijalardan ko`rinib turibdiki undiril;gan bug`doy navlarida standart eritmaga nisbatan
tarkibidagi peroksidaza miqdoriga nisbatan tuzli muhitda o`stirlgan tuzlarning optik zichligi
yuqorilab bordi.
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, sho‘rlanish sharoitida bug'doy o‘simliklarining fiziologik
va biokimyoviy reaksiyalari sezilarli darajada o‘zgaradi. Peroksidaza fermentining faolligi stressga
javoban o‘simlik hujayralarida sodir bo‘ladigan oksidlanish-reduksiya jarayonlarining faol
ishtirokchisi hisoblanadi. Andijon-2 navi bu borada yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi, uni
seleksiya ishlarida sho‘rlanishga chidamli nav sifatida tavsiya etishga asos beradi.
Xulosa
Peroksidaza fermentining faolligini o`rganish, o`simliklarning oksidlovchi stressga qarshi
javobini ko`rsatdi. NaCl va MgSO
₄
ta`sirida, peroksidaza fermenti faolligi oshgan. Bu oshish,
o`simliklarning stress omillariga qarshi faollashganini va antioksidant tizimining ishlashini
ko`rsatadi. Ferment faolligining oshishi, uning stressga qarshi himoya mexanizmi sifatida ishlashini
tasdiqlaydi.
Tajriba natijalari shuni ko`rsatadiki, peroksidaza fermentining faolligi tuzli muhitda oshgan va
bu o`simliklar tomonidan stressni yengish uchun muhim mexanizm hisoblanadi. O`simliklar o`rtasida
peroksidaza faolligi turlicha bo`lishi, ularning stress omillariga nisbatan sezgirligini yoki
chidamliligini aks ettiradi. Masalan, Andijon-2 navining NaCl 6%li eritmasiga nisbatan yuqori
peroksidaza faolligi, bu navning sho`rli muhitga nisbatan chidamli ekanligini ko`rsatadi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
455
Shuningdek, tuzlar ta`sirida o`simliklarning fiziologik va morfologik holatida kuzatilgan
o`zgarishlar, o`simliklar o`sishining turli bosqichlarida to`g`ri boshqarilsa, ularning sho`rlanishga
chidamliligini oshirish mumkinligini tasdiqladi. Bu natijalar o`simliklarning ekotizimga moslashish
jarayonlarini o`rganishda va sharoitga moslashtirilgan o`simlik navlarini yaratishda muhim bo`ladi.
Umuman olganda, ushbu tadqiqot o`simliklar o`sishini nazorat qilish va ularning sho`rlanish va
boshqa stress omillariga chidamliligini oshirish uchun tavsiyalar beradi. Bu ish, shuningdek,
o`simliklarning ekologik holatini yaxshilash va sug`orish tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan
amaliy tadqiqotlarda qo`llanilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Vavilov N.I. "Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi va xilma-xilligi". – T., 1965.
2. Keldiyorova X.X. "Sho‘rlanish sharoitida o‘simliklarning moslashuv mexanizmlari". – T.,
2019.
3. Tuxtaboyeva F.M. "O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi". – Andijon, 2023.
4. Beknazarov B.O. “O`simliklar fiziologiyasi” “Aloqachi”-2009
