“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
387
ANTOTSIAN XILLARI, ANTOTSIAN RANGNING FENOTIPIK NAMOYON
BO‘LISHI
Tursunov Yaxyo Boxodirovich bffd (PhD) dots.
Andijon davlat universiteti Genetika va biotexnologiya kafedrasi dotsenti.
tursunovyaxyobek029@gmail.com
Ashuraliyev Shaxzodbek Sherzodbek o‘g’li
Andijon davlat universiteti, Biologiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
shaxzodbekashuraliyev16@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15603622
Annotasiya:
O‘simlik organizmida moddalar almashinuvining biologik va fiziologik ahamiyati
yoritilgan. Xususan, fotosintez, nafas olish, transpiratsiya, oziq moddalarning o‘zlashtirilishi kabi
jarayonlar tahlil qilinib, ularning o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorlikka ta’siri haqida so‘z
yuritilgan. Shuningdek, metabolizmning agronomik jihatdan ahamiyatli tomonlari, tadqiqotlar
natijasida aniqlangan amaliy va ilmiy foydalari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar
: metabolizm, fotosintez, nafas olish, oziq modda, energiya, o‘sish, transpiratsiya,
almashinuv.
Аннотация
:
В
данной
статье
освещается
биологическое
и
физиологическое
значение
обмена
веществ
в
организме
растений
.
В
частности
,
рассмотрены
такие
процессы
,
как
фотосинтез
,
дыхание
,
транспирация
,
усвоение
питательных
веществ
,
а
также
их
влияние
на
рост
,
развитие
и
урожайность
растений
.
Кроме
того
,
изложены
агрономически
важные
аспекты
метаболизма
и
практические
и
научные
результаты
,
полученные
в
ходе
исследований
.
Ключевые
слова
:
метаболизм
,
фотосинтез
,
дыхание
,
питательные
вещества
,
энергия
,
рост
,
транспирация
,
обмен
.
Annotation
: This article highlights the biological and physiological significance of metabolism
in plant organisms. Specifically, it analyzes processes such as photosynthesis, respiration,
transpiration, and nutrient assimilation, and their impact on plant growth, development, and
productivity. Additionally, the article outlines the agronomic importance of metabolism, as well as
the practical and scientific outcomes revealed by research.
Keywords:
metabolism, photosynthesis, respiration, nutrients, energy, growth, transpiration,
exchange.
Antotsianinlar – flavonoidlar guruhiga mansub suvda eruvchan pigmentlar bo‘lib, o‘simliklarda
turli xil to‘q qizil, binafsha, ko‘k ranglarni hosil qiladi. Ular asosan gullar, mevalar, barglar, novdalar
va ayrim hollarda ildiz to‘qimalarida uchraydi. Antotsianinlarning o‘simlik hayotida ekologik,
fiziologik va adaptiv funksiyalari nihoyatda muhimdir.
Antotsianinlarning kimyoviy tabiati va klassifikatsiyasi. Antotsianinlar flavonoidlar
oilasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ularning asosiy tuzilmasi antotsianidinlardan iborat.
Antotsianidinlar glyukozidlanishi natijasida antotsianinlar hosil bo‘ladi.
Asosiy antotsianin turlari: Delphinidin – ko‘k-binafsha ranglar uchun mas'ul. Cyanidin – qizil-
binafsha
pigment,
ko‘pchilik
mevalarda
uchraydi.
Pelargonidin
–
to‘q
qizil
va
pushti
ranglarni
beradi.
Peonidin, Malvidin, Petunidin – kompleks, ko‘k va binafsha ranglar shakllanishida ishtirok etadi.
Antotsianinlar to‘qima pH darajasiga qarab ham rang o‘zgarishiga sabab bo‘ladi: past pH qizil,
neytral pH – binafsha, yuqori pH – ko‘k rang.
Antotsianin biosintezi va genetik nazorat Antotsianinlarning sintezi murakkab biosintetik yo‘l
orqali amalga oshadi. Ushbu jarayon flavonoidlar sintezi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir necha
asosiy genlar ishtirokida kechadi:
Struktur genlar: CHS (chalcon synthase), CHI (chalcone isomerase), DFR (dihydroflavonol
reductase), ANS (anthocyanidin synthase) va UFGT (UDP-glucosyltransferase).
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
388
Regulyator genlar: MYB, bHLH va WD40 transkripsion faktorlar kompleksi orqali genlar
faolligi nazorat qilinadi. Bu genlarning ekspressiyasi iqlim sharoiti, yorug‘lik, harorat va boshqa
omillarga bog‘liq ravishda kuchayadi yoki susayadi.
Antotsianinlarning fenotipik namoyon bo‘lishi Antotsianinlarning fenotipik namoyon bo‘lishi
– ya’ni ularning tashqi ko‘rinishda ko‘zga tashlanishi – tur, nav, to‘qima turi va tashqi muhitga
bog‘liq. Ular: Barglarda ayniqsa yoshlik davrida yoki stress sharoitida (sovuq, kuchli yorug‘lik)
paydo bo‘ladi. Gullarda – changlatuvchilarni jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Mevalarda – meva
pishishi bilan to‘planadi, iste’molchilar e’tiborini jalb qiladi. Poyalarda yoki novdalarda – ayniqsa
paxtada bo‘yog‘i qizg‘ish navlarida fenotipik ko‘rinadi.
Antotsianinlar
o‘simliklarga
UV
nurlardan himoya, antioksidant himoya, patogenlarga qarshi qarshilik keltiradi. Shuningdek, ranglilik
orqali ayrim zararkunandalardan chalg‘itish funksiyasini ham bajaradi.
Fenotipik farqlilik va seleksiya imkoniyatlari Antotsianin fenotipidagi tafovutlar genetik
diversitetni ko‘rsatadi. Masalan, g’o‘zada poyaning binafsha rangda bo‘lishi antotsianin yig‘ilishini
bildiradi va bu xususiyat tanlab olishda ko‘rsatkich sifatida ishlatiladi. Shuningdek, turli navlarda
rang intensivligi va taqsimoti har xil bo‘lishi seleksiya uchun zarur bo‘lgan polimorfizm manbaidir.
Biotexnologiyada – antotsianin kodlovchi genlarni klonlab, boshqa o‘simliklarda yangi ranglar
hosil qilish mumkin. Seleksiyada – stressga chidamli navlarni yaratishda marker sifatida ishlatiladi.
Farmatsiya va oziq-ovqat sanoatida – tabiiy antioksidant sifatida qo‘llaniladi.
Antosiyaninlar o‘simliklarning nafaqat estetik jihatdan jozibadorligini, balki ularning ekologik
moslashuvchanligini, stressga chidamliligini oshiruvchi biologik pigmentlardir. Ularning xillari,
sintezi va fenotipik namoyon bo‘lish mexanizmlari chuqur o‘rganilishi seleksiya, genetik va
biotexnologik tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov A. O‘simlik fiziologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016.
2. Qosimov M. Agrokimyo asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2011.
3. Tursunov Ya. G
ʻ
o‘zada antosiyan rangning hamda xlorofil miqdorining irsiylanishi. –
Andijon, 2022.
4. Fotosintez va xloroplast seleksiyasi. – Dushanbe, 2011.
5. Raximov S. Botanika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2015.
6. Islomov A. O‘simlik gormonlari. – Toshkent: Fan, 2014.
7. Tursunov A. O‘simliklarda energetik almashinuv. – Andijon, 2020.
