“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
375
UDK: 633.511:575.22.2
DURAGAYLASH UCHUN OLINGAN SOYA NAVLARINING MORFO-XO‘JALIK
BELGILARINI BARQARORLIGI
G
ʻ
.Sh.G
ʻ
ulomov, J.SH.Muratova
Andijon davlat universiteti
gafurjon.gulomov@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15603475
Annotatsiya:
So‘ngi yillarda takrorlanayotgan suv tanqisligi, oziq-ovqat maxsulotlariga jahon
bozorida narx navoning muttasil oshib borayotgani, aholining oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan
talabini yanada to‘liqroq qondirish, ayniqsa oqsil va moy tanqisligini bartaraf qilish, respublikada
oziq-ovqat ekinlari mahsulotlarini yetishtirish xajmlarini yanada oshirish hamda ularning turlarini
ko‘paytirish pirovard natijada qishloq aholisi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirishni
respublika hukumati qishloq xo‘jaligi yo‘lida aloqador bo‘lgan olimlarni oldidagi dolzarb masala
qilib qo‘ymoqda.
Kalit so‘zlar:
hosildorlik, duragay, duragay, determinant, yarim determinant, indeterminant.
Аннотация
:
В
последние
годы
периодически
возникающий
дефицит
воды
,
постоянный
рост
цен
на
продовольствие
на
мировом
рынке
,
необходимость
более
полного
удовлетворения
спроса
населения
на
продукты
питания
,
особенно
ликвидации
дефицита
белка
и
масла
,
а
также
дальнейшего
увеличения
объемов
производства
продовольственных
культур
в
республике
и
расширения
их
ассортимента
,
и
в
конечном
итоге
повышения
доходов
и
уровня
жизни
сельского
населения
,
ставят
перед
правительством
республики
неотложную
задачу
перед
учеными
,
занимающимися
сельским
хозяйством
.
Ключевые
слова
:
показател
,
гибрид
,
скрещенный
,
детерминантный
,
полудетерминантный
,
индетерминантный
.
Abstract:
In recent years, the periodic water shortage, the constant rise in food prices on the
world market, the need to more fully satisfy the population's demand for food products, especially
the elimination of protein and oil shortages, as well as further increase in the production of food crops
in the republic and expansion of their range, and ultimately increasing the income and standard of
living of the rural population, pose an urgent task for the government of the republic for scientists
involved in agriculture.
Keywords:
indicator, hybrid, crossed, determinate, semi-determinate, indeterminate.
KIRISH
Soya dunyoning ko‘p mamlakatlarida yetishtirilib, u yer yuzida ekiladigan qishloq xo‘jaligi
ekinlari ichida oqsil va moydorligi yuqori ko‘rsatkichlarga egaligi uchun kundalik ratsionda asosiy
o‘rin tutadi. «Dunyo qishloq xo‘jaligida soya (
Glycine max
L.) eng muhim dukkakli don ekinlaridan
biri hisoblanadi va dunyodagi ekin maydoni 121,5 mln. gektarni tashkil etadi»
1
. Oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlashda dukkakli don ekinlari, jumladan soyaning hosildorligi va sifatini oshirish
bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi [1,2].
Morfobiologik belgilardan soyaning o‘sish tipi poyasi va uning sub elementlari muhim
ahamiyatga ega. Kolleksiya na’munalari orasida determinant, yarim determinant va indeterminant
navlar mavjud [3].
Rozensveyg V.Ye. (2006) olib borgan tajribasida soyaning o‘sish tipi qimmatli xo‘jalik
belgilariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalariga qaraganda indeterminant navlar
hosildorlik bo‘yicha yarim determinant navlardan sezilarli farq qilmadi. Bosh poyadagi bo‘g‘inlar
soni belgisining o‘simlik hosildorligi va o‘sish tipi bilan birmuncha bog‘liq ekanligi aniqlangan.
Indeterminant tipli shaklli nav istiqbolli xisoblansa ham, yarim determinant tipli formalar esa soya
seleksiyasida hosildorlik turg‘unligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
376
Hosildorlik belgisining taxlil qilish natijasida uning bo‘g‘in soni, bo‘g‘indagi boblar soni va
boblardagi urug‘ soni belgilari bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan. Hosildorlik belgisining urug‘ xajmi
belgisi bilan bog‘liq emasligi aniqlanilgan. [4].
MATERIAL VA USULLAR
Tadqiqot na’munalarini tahlil qilishda Dospexov (1985) uslubidan foydalanildi. Ushbu uslubga
ko‘ra nav va tizmalarning ayrim morfobiologik hamda xo‘jalik belgilari o‘rganildi.
Tajribada soya nav va tizmalarining uruglari 3 qaytariqda 60x15x3 sxemada ekildi. Ajratilgan
guruhlar bo‘yicha har bir qaytariqda 25 ta o‘simlik xisobida soyaning morfobiologik belgilari
vegetatsiya davrida, qimmatli xo‘jalik belgilarining xususiyatlari esa laboratoriya sharoitida (har bir
o‘simlik alohida) umumiy tarzda qabul qilingan uslublar bo‘yicha o‘rganildi.
NATIJA VA MUXOKAMA
Bo‘g‘in soni bilan hosildorlik o‘rtasidagi korrelyatsiya yillar bo‘yicha quyidagicha kuzatilgan.
2022y.-0.47, 2023y. –0.35, 2024y.-0.48 bo‘g‘inlar soni hosildorlik bilan bog‘liqligi muhitning qulay
sharoitlarida juda yaxshi namoyon bo‘ldi.
Dukkakdagi don soni bilan hosildorlik o‘rtasidagi bog‘liklik borligini xisobga olgan xolda
shuni ta’kidlash mumkinki yaxlit barglilar hosildorlik seleksiyasida istiqbollidir. Ammo barg formasi
bilan hosildorlik o‘rtasida salbiy korrelyatsiya aniqlanilgan, unda vegetatsiya davri mustasno bo‘lgan
r=-0.13.
Ma’lumki yaxlit bargli navlarda boblarda urug‘ ko‘pligi bilan xarakterlidir. Rozensveyg V.Ye.
(2006) olib borgan tajribada barg formasi bilan bobdagi urug‘lar soni o‘rtasidagi korrelyatsiya 0.25
ga teng bo‘lgan. Oldimizga qo‘yilgan vazifalarni yechish uchun dastlab ayrim soya nav va
tizmalarining morfobiologik belgilari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Dastlab muxim
belgilardan biri xisoblangan o‘simlikning bo‘yi fenologik tadqiqotlar asosida statistik taxlil qilindi va
olingan ma’lumotlar quyidagicha o‘z ifodasini topdi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki o‘simlik bo‘yi bo‘yicha kuzatuv ishlari 4 davrda (g‘unchalash,
gullash, dukkak, pishish), 3 qaytarikda kuzatuvlar olib borganda Gen- 1 tizmani o‘simlik bo‘yi
bo‘yicha g‘unchalash davrida boshqa navlarga nisbatan eng yuqori 24.9±0.46 sm ega bo‘lib qolgan
navlar Orzu – 13.30±0.29, Do‘stlik - 15.85±0.36, Armour- 20.40±0.42, Evans – 21.18±0.36 sm ni
tashkil qildi. O‘zgaruvchanlik koeffitsienti Gen-1da - 15.99 %, Orzu -19.26%, Do‘stlik-17.98%,
Armour – 18.17%, Evans – 14.93% ga tengligi kuzatildi. Gullash davrida esa bu ko‘rsatkichlar Gen-
1 tizmada 41.4 ±0.62 sm, Orzuda – 32.93±0.40, Do‘stlikda - 67.94±0.71, Armourda- 47.49±0.48,
Evansda – 50.85±0.51 sm ni tashkil qildi. O‘zgaruvchanlik koeffitsienti bir muncha
muvozanatlashgan Gen-1- 13.08 %, Orzu -10.67%, Do‘stlik-8.13%, Armour –
O‘simlikni ontogenetik fazalarda (davrlarda) poyani, bo‘g‘inlar sonini va uzunligini
dinamik o‘zgarishi
1-jadval
Ashyo
Fazalar (davrlar).
O‘simlik bo‘yi, sm.
G‘unchalash
Gullash
Dukkak
Pishish
X±m
δ
v
X±m
δ
v
X±m
δ
v
X±m
δ
v
Orzu
13,30±0,29
2,57
19,26
32,9±0,40
3,51
10,67
73,17±0,70
6,09
8,32
80,43±0,66
8,17
10,26
Gen-1
24,9±0,46
3,98
15,99
41,40±0,62
5,41
13,08
45,3±0,86
7,47
16,49
48,26±0,48
5,96
12,36
Do‘stlik
15,85±0,36
2,85
17,98
67,94±0,71
5,52
8,13
94,34±1,26
9,77
10,36
108,69±1,65
16,56
15,69
Armour
20,40±0,42
3,71
18,17
47,49±0,48
4,19
8,82
60,31±0,61
5,34
8,85
73,32±0,54
5,51
14,02
Evans
21,18±0,36
3,16
14,93
50,85±0,51
4,42
8,70
67,0±0,84
7,32
10,94
77,19±0,75
9,26
11,99
Bo‘g‘inlar soni
Orzu
5,82±0,08
0,70
12,09
10,66±0,13
1,20
11,25
18,43±0,12
0,22
4,22
19,21±0,25
2,18
11,36
Gen-1
6,26±0,11
0,96
15,37
10,45±0,12
1,05
10,10
10,96±0,08
0,93
8,29
11,26±0,10
1,05
9,61
Do‘stlik
5,81±0,07
0,59
10,25
12,88±0,10
0,82
6,40
20,35±0,14
1,14
5,63
21,97+0,21
2,11
9,60
Armour
5,62±0,08
0,76
13,63
12,60±0,13
1,20
9,58
14,34±0,14
1,21
8,45
16,56±0,11
1,40
8,48
Evans
5,97±0,07
0,65
10,99
12,73±0,07
0,66
5,21
15,78±0,20
1,81
11,51
16,35±0,16
2,01
12,31
Bo‘g‘inlar uzunligi
Orzu
2,29±0,04
0,41
18,21
3,12±0,04
0,40
12,86
3,85±0,06
0,57
14,85
4,55±0,054
0,09
4,09
Gen-1
3,31±0,09
0,80
19,76
3,36±0,08
0,71
17,95
4,00±0,05
0,46
11,52
4,46±0,06
0,74
16,81
Do‘stlik
2,72±0,05
0,45
16,68
5,29±0,06
0,51
9,67
4,64±0,07
0,55
11,92
4,71±0,06
0,67
14,25
Armour
3,63±0,05
0,47
12,99
3,79±0,04
0,42
11,20
4,24±0,06
0,52
12,39
4,39±0,05
0,62
14,23
Evans
3,57±0,07
0,60
16,96
4,00±0,04
0,40
10,06
4,27±0,06
0,57
13,55
4,82±0,05
0,64
13,46
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
377
8.82%, Evans – 8.70%. Bu fazada belgini yuqori ko‘rsatkichi indeterminant tipda o‘suvchi
Do‘stlik naviga to‘g‘ri keladi. Dukkaklash davrsida esa Gen- 1 tizma bu belgi bo‘yicha eng kichik
ko‘rsatkichga ega 45.3±0.86 sm, Orzu – 73.17±0.70, Do‘stlik - 94.34±1.26, Armour- 60.31±0.61,
Evans – 67.0±0.84 sm navlar bu ko‘rsatkich bo‘yicha ancha yuqori. Variatsiya koeffitsienti ham Gen-
1tizmada - 16.49 %, Orzuda -8.32%, Do‘stlikda-10.36%, Armourda – 8.85%, Evansda – 10.94% ga
darajada kuzatildi. Pishish davrida bu belgi bo‘yicha Gen-1 tizmada 48.26±0.48 sm, Orzu –
80.43±0.66, Do‘stlik – 108.69±1.65, Armour- 73.32±0.54, Evans – 77.19±0.75 sm ni tashkil qildi.
Variatsiya koeffitsientik Gen-1- 12.36 %, Orzu -10.26%, Do‘stlik-15.69%, Armour – 14.02%, Evans
– 11.99% ga tengligi kuzatildi.
XULOSA
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiyotida agrar sektorni o‘rni katta. Qishloq
xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishish uchun eng tez va katta samara olishni ta’minlaydigan
ishlanmalarni joriy etishni, hozirgi zamon fan yutuqlaridan samarali foydalanish talab etiladi. Aholini
yildan yilga oshib borishi, sug‘oriladigan yerlarni asta-sekin kamayishiga olib keladi. Bu esa
olimlardan yerdan unumli foydalanishni va har bir gektaridan yuqori hosil yetishtirish imkonlarini
izlab topishni takozo qiladi. Jumladan soya o‘simligini mukammal o‘rganish, xususan uni yangi
navlarini joriy qilish uning navdorligini oshirish dolzarb muammo xisoblanadi. Chunki qisqa
muddatda (70-100 kunda) 55 % dan yuqori sifatli oqsil va 25 % gachan moy bera oladigan dukkakli
o‘simliklar ichida dunyoda yagona xisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017 – 2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi
farmoni. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017 yil,
№
28 (6723). PQ-4947-son. – B. 1-2.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ - 2832 - son “2017-2021 –
yillarda Respublikada soya ekishni ko‘paytirish va soya dukkaklik ekinlarini o‘stirishni tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
3.
Атабаева
Х
.
Н
.
Рузиев
А
. “
Урожайность
кукурузы
и
сои
в
повторных
смешанных
посевах
- //
Ж
.
С
-
х
.
Узбекистана
2000
г
.
№
5.
стр
.20.
4.
Исроилов
И
.
А
., «
Соя
сояда
колмасин
»
Узбекистон
кишлок
хужалиги
журнали
,
№
. 2005
г
,
с
.
5.
Доспехов
Б
.
А
.
Методика
полевого
опыта
.//
Москва
:
Агропромиздат
, 1985. – 351
с
.
