Mualliflar

  • Jamshed Jalilov
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110547

Kalit so‘zlar:

ribosomal DNK nukleotid Chondrulopsina intumescens bootstrap mitoxondrial DNK NCBI bazasi.

Annotasiya

Ushbu maqolada qorinoyoqli mollyuskalarning Chondrulopsina intumescens (Gissarika, Zarafshanika) turlari bo‘yicha molekulyar-genetik tekshiruv o‘tkazilib, ribosomal DNK ni 18S sohasi nukleotidlari solishtirib chiqilgan va ular asosida ma‘lumotlar keltirilgan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

351

CHONDRULOPSINA INTUMESCENS TURINING MOLEKULYAR-GENETIK

TASNIFI

Jalilov Jamshed Jafar o‘g‘li

Termiz davlat universiteti maqsadli tayanch doktoranti

jamshedjalilov40@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15602021

Annotatsiya.

Ushbu maqolada qorinoyoqli mollyuskalarning Chondrulopsina intumescens

(Gissarika, Zarafshanika) turlari bo‘yicha molekulyar-genetik tekshiruv o‘tkazilib, ribosomal DNK
ni 18S sohasi nukleotidlari solishtirib chiqilgan va ular asosida ma‘lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar.

ribosomal DNK, nukleotid, Chondrulopsina intumescens, bootstrap,

mitoxondrial DNK, NCBI bazasi.

Аннотация

.

В

статье

представлено

молекулярно

-

генетическое

исследование

брюхоногого

моллюска

Chondrulopsina intumescens (Gissarika, Zarafshanika),

сравнение

нуклеотидов

домена

18S

рибосомальной

ДНК

и

представление

данных

на

их

основе

.

Ключевые

слова

:

рибосомальная

ДНК

,

нуклеотид

, Chondrulopsina intumescens,

бутстреп

,

митохондриальная

ДНК

,

база

данных

NCBI.

Annotation.

This article presents a molecular genetic study of the gastropod species

Chondrulopsina intumescens (Gissarika, Zarafshanika), comparing the nucleotides of the 18S domain
of ribosomal DNA, and presenting data based on them.

Key words:

ribosomal DNA, nucleotide, Chondrulopsina intumescens, bootstrap,

mitochondrial DNA, NCBI database.

Tadqiqotning dolzarbligi.

Hayvonot dunyosi bioxilma-xilligini saqlab qolish va ulardan

oqilona foydalanish imkoniyatlarini baholashda faunistik tadqiqotlarga, ayniqsa, endemik
turlarga boy mintaqalar faunasi xilma-xilligi, evolyutsiyasi hamda avtoxton turlar
markazlarining shakllanishini o‘rganishga alohida e’tibor qaratish zarur.

Jumladan, O‘zbekiston va unga yondosh hududlar malakofaunasi Z.I.Izzatullayev (1970),

A.Pazilov (2003, 2015), A.Karimqulov (2011), F.Gaibnazarova, J.Qudratov, Sh.Abdulazizova,
Z.Mahmudjonov kabi bir qator malakolog olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular ishlarida
quruqlik mollyuskalarining taksonomik va zoogeografik tarkibi, ekologik xususiyatlari va tarqalishi,
keng tarqalgan turlarda boradigan konxologik o‘zgaruvchanlik jarayonlari hamda xo‘jalik
ahamiyatiga oid ma’lumotlar mavjud [4,5,7,8].

Ayrim tadqiqotlarda [7] konxologik jihatdan o‘xshash turlar molekulyar-genetik tahlil qilinib,

nukleotidlar ketma-ketligidagi farqlanishlar asosida mazkur turlarning genetik jihatdan alohida
mustaqil turlar ekanligi isbotlangan. Biroq, adabiyotlar tahliil shuni ko‘rsatdiki, geografik jihatdan
uzoq va keng arealga ega bir turga mansub quruqlik mollyuskalarining genetik polimorfizmiga oid
ma’lumotlar mavjud emas. Shu sababli, tadqiqotimizning maqsadini

Chondrulopsina intumescens

(

Gissarika

va

Zarafshanika

) turini molekulyar-genetik identifikatsiyalash orqali ulardagi genetik

polimorfizmini aniqlashga qaratdik.

Tadqiqotning maqsadi:

O‘zbekiston respublikasida joylashgan Hisor va Zarafshan tog‘

tizmasi quruqlik mollyuskalarining

Chondrulopsina intumescens

(Gissarika, Zarafshanika)

turlarini molekulyar-genetik indentifikatsiyalash va ilmiy jihatdan asoslash.

Tadqiqot materiallari.

2022-2024 yillar davomida respublikamizda joylashgan Hisor va

Zarafshan tog‘ tizmalaridan yig‘ilgan

Chondrulopsina

(

Lindholm, 1925

) avlodiga ma’nsub

Chondrulopsina intumescens Gissarika

va

Chondrulopsina intumescens Zarafshanika

turlarining to‘qimasidan olingan biologik materiallar hanmda NCBI bazasidan olingan

Ch.

tridens

KX463472 quruqlik mollyuska turning molekulyar-genetik ma’lumotlaridan


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

352

foydalanildi. O‘tkazilgan molekulyar-genetik tadqiqot natijalari (sikvens xromatografiyasi)
asosida amalga oshirildi.

Olingan natijalar va ularning tahlili.

Molekulyar - genetik tadqiqot natijalariga ko‘ra,

Chondrulopsina

avlodiga mansub

Ch. intumescens Gissarika

turining ribosomal DNK sini 18S

sohasiga mansub uzunligi 640 juft asosga ega bo‘lgan nukleotidlar ajratib olindi. Solishtirib
o‘rganish maqsadida ushbu avlodga tegishli

Ch. intumescens Gissarika

va

Ch. intumescens

Zarafshanika

hamda NCBI bazasidan olingan

Ch. tridens

KX463472 turlarining

nukleotidlaridan foydalanildi.

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, respublikamizning janubiy hududida joylashgan Hisor tog‘

tizmasidan yig‘ilgan

Chondrulopsina

avlodiga mansub

Ch. intumescens Gissarika

turi bilan

solishtirish maqsadida olingan

Ch. intumescens Zarafshanika

numanasining nukleotidlari

o‘rtasida 7 ta nukleotidda farqlanish bo‘lib, buda 24 chi va 189 chi nukleotidda

Ch. intumescens

Gissarika

turi namunasida T-timin,

Ch. intumescens Zarafshanika

namunasida A-adenin, 71 chi

nukleotidda

Ch. intumescens Gissarika

turi namunasida G-guanin,

Ch. intumescens

Zarafshanika

namunasida T-timin, 233 chi nukleotidda

Ch. intumescens Gissarika

turi

namunasida T-timin,

Ch. intumescens Zarafshanika

namunasida S-sitozin, 480 chi nukleotidda

Ch. intumescens Gissarika

turi namunasida S-sitozin,

Ch. intumescens Zarafshanika

namunasida

A-adenin, 512 chi nukleotidda

Ch. intumescens Gissarika

turi namunasida T-timin,

Ch.

intumescens Zarafshanika

namunasida G-guanin, 610 chi nukleotidda

Ch. intumescens

Gissarika

turi namunasida A-adenin,

Ch. intumescens Zarafshanika

namunasida yesa G-guanin

nukleotidlari almashganligi aniqlanib, ribosomal DNK (rDNK) ni 18S sohasi nukleotidlari
o‘rtasidagi farqlanishlar 1% ni tashkil qildi (1-rasm).

1-rasm.

Chondrulopsina

avlodiga mansub qorinoyoqli mollyuskalar va NCBI bazasidan

olingan ushbu avlodga mansub turning ribosomal DNK ni 18S sohasi nukleotidlarini

solishtirish

Ch. intumescens Gissarika

turi bilan NCBI bazasidan olingan

Ch. tridens

KX463472

namunasi o‘rtasidagi nukleotidlarda 3 ta nukleotidda farqlanish bo‘lib, bu 24 chi nukleotidda

Ch. intumescens Gissarika

turi namunasida T-timin, NCBI bazasidan olingan

Ch. Tridens

namunasida A-adenin, 233 chi nukleotidda

Ch. intumescens Gissarika

turi namunasida T-timin,


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

353

NCBI bazasidan olingan

Ch. Tridens

namunasida S-sitozin, 480 chi nukleotidda

Ch. intumescens

Gissarika

turi namunasida S-sitozin, NCBI bazasidan olingan

Ch. Tridens

namunasida yesa T-

timin nukleotidlari almashganligi aniqlanib, ribosomal DNK (rDNK) ni 18S sohasi nukleotidlari
o‘rtasida 0,5% farqlanishlar qayd etildi (1-rasm).

Ch. intumescens Zarafshanika

turi bilan NCBI bazasidan olingan

Ch. tridens

KX463472

namunasi o‘rtasida esa 4 ta nukleotidda farqlanish bo‘lib, bu 71 chi nukleotidda

Ch. intumescens

Gissarika

turi namunasida T-timin, NCBI bazasidan olingan

Ch. tridens

namunasida G-guanin,

189 chi nukleotidda

Ch. intumescens Gissarika

turi namunasida A-adenin, NCBI bazasidan

olingan

Ch. tridens

namunasida T-timin, 512 chi nukleotidda

Ch. intumescens Gissarika

turi

namunasida G-guanin, NCBI bazasidan olingan

Ch. tridens

namunasida T-timin, 610 chi

nukleotidda

Ch. intumescens Gissarika

turi namunasida G-guanin, NCBI bazasidan olingan

Ch.

tridens

namunasida esa A-adenin nukleotidlari almashganligi aniqlanib, ribosomal DNK (rDNK)

ni 18S sohasi nukleotidlari o‘rtasidagi farqlanishlar 0,7% ni tashkil qildi.

Xulosa.

Ch. intumescens

turining

Gissarika, Zarafshanika

vakillarida genetik polimorfizm

18S ribosomal DNK da 1,09 %, NCBI bazasidan olingan

Ch. tridens

KX463472 namunasi

o‘rtasidagi nukleotidlardagi farqlanishlar 0,5% ni tashkil qiladi. Mazkur tahlillar

Chondrulopsina

intumescens

turining

Gissarika

,

Zarafshanika

vakillari morfologik farqlangan, ammo genetik

jihatdan yaqin populyatsiyalardan iborat ekanligini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Иззатуллаев

З

.

Наземные

моллюски

Гиссарского

хребта

и

сопредельных

районов

Таджикистана

.:

Автореф

.

дис

. ...

канд

.

биол

.

наук

. –

Ленинград

, 1970. – 19

с

.

2.

Пазилов

А

.,

Азимов

Д

.

А

.

Наземные

моллюски

(

Gastropoda, Pulmonata

)

Узбекистана

и

сопредельных

территорий

. -

Ташкент

:

Фан

, 2003. -315

с

.

3.

Пазилов

А

.,

Махмуджонов

З

.

Экологические

особенности

наземных

моллюсков

видов

рода

Leucozonela

Узбекистана

и

сопредельных

территорий

//

Итоги

и

перспективы

научных

исследований

.

Краснодар

2015. 168-172.

4.

Гаибназарова

Ф

.

П

.

Фауна

,

экология

и

образ

жизни

наземных

моллюсков

семейства

buliminidae

в

Узбекистане

.

Дис

. ...

биол

.

наук

(PhD) –

Гулистан

, 2017. – 36-76

с

.

5.

Abdulazizova Sh.K. Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘lardagi

quruqlik mollyuskalarining biologik xilma-xilligi.: Dis. ...biol.f.b.f.d.. – Toshkent, 2019. 20– 70 b.

6.

Karimqulov A. Shimoli-g‘arbiy Turkiston tog‘ tizmasi qorinoyoqli mollyuskalarining faunasi,

ekologiyasi va zoogeografiyasi: Avtoref. dis….kand. biol.nauk. - Tashkent, 2011. – 22b.

7.

Mahmudjonov Z. M. O‘zbekiston xududida tarqalgan

hygromiidae

oilasining ekologo -

taksonomik tarkibi va hayot tarzi.. Dis. ...biol.f.b.f.d.. – Guliston, 2020. 26–81 b.

8.

Qudratov J.A. Nurota tog‘lari qorinoyoqli mollyuskalari (

gastropoda, pulmonata,

pectinibranchia

): taksonomiyasi, bioekologik xususiyatlari, tarqalishi va ahamiyati.. Dis.

...biol.f.b.f.d.. – Toshkent, 2018. 33– 98 b.

Bibliografik manbalar

Иззатуллаев З. Наземные моллюски Гиссарского хребта и сопредельных районов Таджикистана.: Автореф. дис. ... канд. биол.наук. – Ленинград, 1970. – 19 с.

Пазилов А., Азимов Д.А. Наземные моллюски (Gastropoda, Pulmonata) Узбекистана и сопредельных территорий. -Ташкент: Фан, 2003. -315 с.

Пазилов А., Махмуджонов З. Экологические особенности наземных моллюсков видов рода Leucozonela Узбекистана и сопредельных территорий // Итоги и перспективы научных исследований. Краснодар 2015. 168-172.

Гаибназарова Ф.П. Фауна, экология и образ жизни наземных моллюсков семейства buliminidae в Узбекистане. Дис. ... биол. наук (PhD) – Гулистан, 2017. – 36-76 с.

Abdulazizova Sh.K. Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘lardagi quruqlik mollyuskalarining biologik xilma-xilligi.: Dis. ...biol.f.b.f.d.. – Toshkent, 2019. 20– 70 b.

Karimqulov A. Shimoli-g‘arbiy Turkiston tog‘ tizmasi qorinoyoqli mollyuskalarining faunasi, ekologiyasi va zoogeografiyasi: Avtoref. dis….kand. biol.nauk. - Tashkent, 2011. – 22b.

Mahmudjonov Z. M. O‘zbekiston xududida tarqalgan hygromiidae oilasining ekologo - taksonomik tarkibi va hayot tarzi.. Dis. ...biol.f.b.f.d.. – Guliston, 2020. 26–81 b.

Qudratov J.A. Nurota tog‘lari qorinoyoqli mollyuskalari (gastropoda, pulmonata, pectinibranchia): taksonomiyasi, bioekologik xususiyatlari, tarqalishi va ahamiyati.. Dis. ...biol.f.b.f.d.. – Toshkent, 2018. 33– 98 b.