“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
326
3- YO’NALISH. GENETIKA VA GENOMIKA
SOYANING SOCHILMAS NAVI ISHTIROKIDAGI F
1
DURAGAY AVLOD
O‘SIMLIKLARIDA DUKKAK SONI BELGISINING IRSIYLANISHI
1
Abdushukirova Sohiba Komolovna.,
2
Kurbanbayev Ilxam Djumanazarovich
1
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti,
kichik ilmiy xodim,
2
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti
laboratoriya mudiri, b.f.d., prof.
ilhomak@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15601626
Annotatsiya:
Ushbu maqolada soyaning Sochilmas navining Genetik-1 navi va Rossiyaning
Selekta-302 navi bilan to‘g‘ri va teskari retsiprok duragay o‘simliklarida dukkak soni belgisining
irsiylanishini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Soyaning Sochilmas
navini Genetik-1 navi bilan chatishtirib olingan retsiprok duragay kombinatsiyalarida bir
o‘simlikdagi dukkak soni belgisi asosan yuqori ko‘rsatkichli navning ijobiy dominantligi holatida
irsiylanishi aniqlandi.
Kalit so‘zlar:
Soya, duragay avlod, Sochilmas, dukkak soni, poligen, retsiprok.
Аннотация
:
В
статье
представлены
результаты
исследования
,
проведенного
по
изучению
наследования
признака
«
число
бобов
»
у
прямых
и
обратных
реципрокных
гибридов
сои
сорта
Сочималас
с
сортом
Генетик
-1
и
с
сортом
Селекта
-302
из
России
.
Установлено
,
что
в
реципрокных
гибридных
комбинациях
сорта
сои
Сочилмас
с
сортом
Генетик
-1
признак
количества
бобов
на
растении
наследуется
преимущественно
в
сторону
положительного
доминирования
сорта
с
наибольшим
индексом
.
Ключевые
слова
:
Соя
,
гибридное
поколение
,
Сочилмас
,
количество
бобов
,
полигенный
,
реципрокный
.
Abstract:
The article presents the results of a study conducted to study the inheritance of the
"number of beans" trait in direct and reverse reciprocal hybrids of the Sochimalas soybean variety
with the Genetic-1 variety and the Russian variety Selecta-302. It was found that in reciprocal hybrid
combinations of the Sochimalas soybean variety with the Genetic-1 variety, the trait of the number
of beans on a plant is inherited predominantly in the direction of positive dominance of the variety
with the highest index.
Key words:
Soybean, hybrid generation, Sochilmas, number of beans, polygenic, reciprocal.
Soyaning mevalari dukkaklar bo‘lib, hosildorlikni samaradorligini belgilovchi o‘simlik
ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Soya dukkaklari 15-185 tagacha o‘zgarib turadi [4]. Duragaylarda
miqdoriy belgilar bo‘yicha ularning ota-onalariga nisbatan sezilarli ustunlikka ega bo‘lgan geterotik
shakllarning aniqlanishi keyingi seleksiya ishlarini to‘g‘ri yo‘nalishda olib borishga yordam beradi
[1].
Bir o‘simlikdagi dukkaklar soni, har bir o‘simlikdagi don miqdori, o‘simliklarning hosildorligi
va hosildorlik indeksi asosan qo‘shimchalar gen ta’siri bilan nazorat qilinadi. Xuddi shunday,
urug‘ning kattaligi ham genlarning qo‘shimcha ta’siri bilan boshqariladi, kichik urug‘lar katta
urug‘lardan ustun bo‘ladi, shuning bilan birga ertapisharlik kechpisharlikdan ustun turadi [3].
Erta avlodda dukkak soni belgisi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi mumkin. Biroq, dukkaklar
sonining poligen gen nazorati erta avlodda genlar ajratilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun keyingi avlodda
seleksiyani o‘tkazish kerakligini taklif qildi. Demak, seleksiyani ko‘plab potensial o‘simliklarni
yo‘qotmasdan, seleksiyani tezlashtirish uchun o‘rta avlodda seleksiyaning intensivligi past bo‘lgan
o‘simliklarni tanlash orqali amalga oshirilishi mumkin [2].
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
327
Soyaning nafaqat chet ellarda balki bizning Respublikamizda ham navlari yaratilmoqda.
Genetika va o‘simliklar eksperimental institutida yaratilgan soyaning Sochilmas, Genetik-1, Ehtiyoj,
Xotira, Marjon navlari mavjud. Soyaning Sochilmas navi mahalliy Genetik-1 navi va Rossiyaning
Selekta-302 navi bilan to‘g‘ri va teskari retsiprok duragaylash ishlari olib borildi.
Olib borilgan tajribada F
1
o‘simliklarida soyaning pishib yetilgan ota ona va uning retsiprok
duragay o‘simliklarining dukkak soni belgsi bo‘yicha tahlil qilindi. Tahlillar natijasiga ko‘ra ota ona
va duragay o‘simliklarda dukkaklar soni belgisi bo‘yicha ko‘rsatkichlar 34,8-144,4 oraliqlarda
ekanligi aniqlanib, bu o‘simliklar orasidagi farqlanish katta bo‘lib 109,6 tani tashkil etdi.
1-rasm. Sochilmas navi ishtirokidagi F
1
o‘simliklarida bir o‘simlikdagi dukkak soni
belgisining irsiylanishi
Sochilmas navi bilan duragaylab olingan kombinatsiyalar ichida
♀
Sochilmas x Genetik-1
♂
navi ishtirokidagi o‘simliklar eng yuqori ko‘rsatkich 144,4 donani tashkil etdi. Eng past ko‘rsatkichni
♀
Sochilmas x Selekta–302
♂
navi duragay o‘simliklari tashkil etdi. Bir o‘simlikdagi dukkak soni
ko‘rsatkichlari bir-biridan ishonchli farq qiladigan Genetik-1 navi bilan chatishtirib olingan retsiprok
duragay kombinatsiyalarida ham yuqori ko‘rsatkichli soya navlarining bir o‘simlikdagi dukkak soni
belgisi asosan yuqori ko‘rsatkichli navning ijobiy dominantligi holatida irsiylandi.
Tajribalar natijasi shuni ko‘rsatadiki, F
1
duragay kombinatsiyalarida dukkak soni bo‘yicha
duragay kuchi borligini ko‘rsatadi. Yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan o‘simliklar keyingi avlod
uchun tanlab olindi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Гуляев
Г
.
В
.,
Мальченко
В
.
В
Словарь
терминов
по
генетике
,
цитологии
,
селекции
и
семеноводству
и
семеноведению
–
М
.1983. – 240
с
.
2.
Heru Kuswantoro, Nur Basuki and D.M. Arsyad. Inheritance of soybean pod number
trait on acid soil Agrivita volume 33 no. 2 june-2011 issn: 0126-0537 119-126.
3.
Lukman Hakima and Suyamtob. Gene action and heritability estimates of quantitative
characters among lines derived from varietal crosses of soybean. Indonesian Journal of
Agricultural Science Vol. 18 No. 1 June 2017: 25–32
4.
Zhenghong Yu, Jianxiong Ye, Shengjie Liufu, Dunlu Lu, Xiulu Zhu, Zhongming
Yang, Qingji Tan. Accurate and fast implementation of soybean pod counting and localization
from high-resolution image Sec. Technical Advances in Plant Science Volume 15 – 2024/
https://doi.org/10.3389/fpls.2024.1320109
0
20
40
60
80
100
120
140
160
