Mualliflar

  • Gulchexra Ashurova
    Andijon davlat universiteti
  • Hilola Matniyazova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110594

Kalit so‘zlar:

Yeryong‘oq mikrobiologik o‘g‘it Plantastim Fosfomax hosildorlik urug‘ sifati biometrik baholash.

Annotasiya

Maqolada Andijon viloyati sharoitida yeryong‘oq (Arachis hypogaea L.)ning mahalliy navlari (Lider, Mumtoz, Salomat, Toshkent-112) va xorijiy namunalariga (Vetnam-1126, Senegal-685) mikrobiologik o‘g‘itlar – Plantastim va Fosfomax – ning ta’siri o‘rganildi. Biometrik baholash yong‘oq soni, yetilish foizi va 1000 dona urug‘ massasiga asoslandi. Plantastim yong‘oqlar soni va sifatini oshirgan bo‘lsa, Fosfomax urug‘ sifati va hosildorlik barqarorligini ta’minladi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

437

YERYONG‘OQ O‘SIMLIGI NAVLARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARIGA

MIKROBIOLOGIK O‘G‘ITLAR TA’SIRI

Ashurova Gulchexra Dadajonovna

1

,

Matniyazova Hilola Xudaybergenovna

1

1

Andijon davlat universiteti, Zoologiya va biokimyo kafedrasi tayanch doktoranti.

1

O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti professori.

e-mail: matniyazova@mail.ru, ashurovagulchexra963@gmail.com.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15578262

Annotatsiya:

Maqolada Andijon viloyati sharoitida yeryong‘oq (

Arachis hypogaea

L.)ning

mahalliy navlari (Lider, Mumtoz, Salomat, Toshkent-112) va xorijiy namunalariga (Vetnam-1126,
Senegal-685) mikrobiologik o‘g‘itlar –

Plantastim

va

Fosfomax

– ning ta’siri o‘rganildi. Biometrik

baholash yong‘oq soni, yetilish foizi va 1000 dona urug‘ massasiga asoslandi.

Plantastim

yong‘oqlar

soni va sifatini oshirgan bo‘lsa,

Fosfomax

urug‘ sifati va hosildorlik barqarorligini ta’minladi.

Kalit so‘zlar:

Yeryong‘oq, mikrobiologik o‘g‘it,

Plantastim

,

Fosfomax

, hosildorlik, urug‘

sifati, biometrik baholash.

Аннотация

:

В

статье

изучено

влияние

микробиологических

удобрений

Plantastim

и

Fosfomax

на

местные

сорта

(Lider, Mumtoz, Salomat, Toshkent-112)

и

зарубежные

образцы

(Vietnam-1126, Senegal-685)

арахиса

(

Arachis hypogaea

L.)

в

условиях

Андижанской

области

.

Биометрическая

оценка

проводилась

по

количеству

орехов

,

проценту

зрелости

и

массе

1000

семян

.

Plantastim

способствовал

увеличению

количества

и

качества

орехов

,

а

Fosfomax

обеспечил

стабильность

урожайности

и

качество

семян

.

Ключевые

слова

:

Арахис

,

микробиологическое

удобрение

,

Plantastim

,

Fosfomax

,

урожайность

,

качество

семян

,

биометрическая

оценка

.

Abstract:

This study examines the effects of the microbial fertilizers

Plantastim

and

Fosfomax

on local (Lider, Mumtoz, Salomat, Toshkent-112) and foreign (Vietnam-1126, Senegal-685) peanut
(

Arachis hypogaea

L.) varieties under the agro-ecological conditions of the Andijan region. Biometric

evaluation was based on pod number, maturity percentage, and 1000-seed weight.

Plantastim

significantly improved pod quantity and quality, while

Fosfomax

enhanced seed quality and yield

stability.

Keywords:

Peanut, microbial fertilizer,

Plantastim

,

Fosfomax

, yield, seed quality, biometric

evaluation.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda va iqtisodiyotda katta ahamiyatga ega bo‘lgan

yeryong‘oq, ayniqsa tropik va subtropik hududlarda keng tarqalgan [1].

Shuningdek, yeryong‘oq (

Arachis hypogaea

L) – yuqori oziqaviy qiymatga ega bo‘lgan muhim

dukkakli ekinlardan biri hisoblanib, tuproq unumdorligini tiklash va azot fiksatsiyasi orqali
agroekotizimlarni yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi [2].

So‘nggi yillarda ushbu ekinda turli kasalliklar, ayniqsa zamburug‘li va bakterial kasalliklarning

avj olishi rivojlangan. Mazkur kasalliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida ko‘plab
kimyoviy vositalar, ayniqsa pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar keng qo‘llanilmoqda. Biroq bunday
yondashuv tuproq unumdorligining pasayishiga, foydali mikroorganizmlarning nobud bo‘lishiga
hamda atrof-muhitning ifloslanishiga olib kelib, natijada ekologik muvozanat buzilib, inson
salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda [3].

Andijon viloyatida yer yong‘oq yetishtirish iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u

aholining asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi.

Shu sababli, yer yong‘oq yetishtirishda barqaror va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish

dolzarb masalaga aylangan [4]. Biz bu borada kimyoviy vositalardan foydalanishni cheklagan holda,
mikrobiologik o‘g‘itlar

Plantastim

va

Fosfomax

dan foydalanish asosida dala sharoitida tajriba

ishlarini olib bordik.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

438

Ushbu tajribalar Andijon viloyati dala sharoitida yeryong’oqning mahalliy (Lider, Mumtoz,

Salomat va Toshkent-112) navlari hamda xorijiy (Vetnam- 1126, Senegal-685) namunalarida olib
borildi. Yeryong‘oq o‘simligining biometrik ko‘rsatkichlariga qaratilgan tadqiqotlarimizda tadqiqot
obyekti sifatida tanlab olingan nav va namunalarga

Plantastim

va

Fosfomax

preparatlari ta’sir ettirildi

hamda olingan natijalar nazoratga nisbatan solishtirildi va baholandi.

Tajribalardan olingan natijalar yong‘oq navlari bo‘yicha hosildorlik va yetilgan yong‘oqlar

ulushida sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. Nazorat variantida Mumtoz navi eng yuqori
ko‘rsatkichga ega bo‘lib, bitta o‘simlikda o‘rtacha 60 dona yong‘oq hosil bo‘ldi. Ulardan 41,67
donasi yetilgan (69%), 18,33 donasi esa yetilmagan. Bu navning yuqori hosildorligi bilan birga
yetilish darajasi ham yuqori bo‘lib, navning agrobiologik xususiyatlari kuchli ekanligini ko‘rsatadi.
Aksincha, Salomat navida o‘rtacha 40,67 dona yong‘oq hosil bo‘lgan bo‘lsa-da, yetilgan yong‘oqlar
soni 31,33 donani (77%) tashkil etdi. Bu esa ushbu navning hosildorligi pastroq bo‘lsa-da, yong‘oqlar
sifat jihatdan yaxshi shakllanganini anglatadi.

Plantastim

mikrobiologik o‘g‘iti bilan ishlov berilgan navlar orasida ham eng yuqori

ko‘rsatkich Mumtoz navida qayd etilib, yong‘oqlar soni 70 donaga, yetilganlari esa 51 donaga (73%)
yetdi. O‘g‘it ta’sirida yong‘oqlar soni va sifat ko‘rsatkichlari nazoratga nisbatan oshgan. Salomat
navida esa yong‘oqlar soni 43,67 donaga, yetilganlar esa 34,33 donaga (78%) yetgan. Bu navda o‘g‘it
qo‘llanganda hosil ko‘paygani holda, yong‘oqlar yetilish foizi ham yuqori saqlanib qolgan.

Fosfomax

bilan ishlov berilgan navlar ichida esa eng yaxshi natija Lider navida kuzatilib, bitta

tupda 60 dona yong‘oq hosil bo‘ldi, shundan 40,33 dona yetilgan (66%), 20,67 dona esa yetilmagan.
Bu navning ko‘rsatkichlari hosildorlik borasida yuqori bo‘lsa-da, yetilish darajasi nisbatan pastroq.
Eng past natija esa Toshkent-112 navida qayd etilib, bitta o‘simlikda 40 dona yong‘oq, shundan 30
donasi yetilgan (72%), 10 donasi yetilmagan. Ushbu navda o‘g‘it ta’sirida sifat ko‘rsatkichi (yetilish
darajasi) nisbatan yuqori bo‘lib, bu o‘g‘itning yong‘oq shakllanishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

1000 dona urug‘ massasi bo‘yicha o‘tkazilgan baholashlar mikrobiologik o‘g‘itlarning urug‘

sifati ko‘rsatkichlariga ham ta’sir qilganini ko‘rsatdi.

Plantastim

o‘g‘iti bilan ishlov berilgan navlarda

bu ko‘rsatkich nazorat variantiga nisbatan 6,1% ga oshgan bo‘lsa,

Fosfomax

qo‘llanilgan navlarda

2,8% ga oshgan. Bu esa ushbu o‘g‘itlar o‘simliklarning oziqlanishini yaxshilashi natijasida urug‘larda
quruq modda to‘planishini kuchaytirganini anglatadi.

Umuman olganda,

Plantastim

o‘g‘iti yong‘oqlar soni va sifati bo‘yicha eng ijobiy natijalarni

bergan bo‘lsa,

Fosfomax

urug‘ sifati va o‘rtacha hosildorlikni barqarorlashtirishda o‘zini ko‘rsatdi.

Mumtoz navi har ikki o‘g‘itga yaxshi javob qaytargani bilan ajralib turadi. Salomat va Toshkent-112
navlari esa yetilgan yong‘oqlar ulushi bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdi.

Xulosa:

Tajribalar natijasi shuni ko‘rsatdiki, mikrobiologik o‘g‘itlar qo‘llanilishi yong‘oq

navlarida hosildorlikni va urug‘ sifati ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshiradi. Ayniqsa, Mumtoz
navida har ikki o‘g‘it yuqori samaradorlik ko‘rsatib, maksimal hosil va yaxshi yetilish darajasini
ta’minladi. Salomat navi esa umumiy yong‘oq soni kamroq bo‘lishiga qaramay, yuqori yetilish foizi
bilan ajralib turdi. 1000 dona urug‘ massasi ko‘rsatkichlari o‘g‘itlarning urug‘ sifati va rivojlanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatganini tasdiqlaydi.

Mazkur tajriba natijalari, mikrobiologik o‘g‘itlardan samarali foydalanish yong‘oq

yetishtirishda hosildorlik va sifatni oshirish imkonini berishini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Variath M. T., Janila P. Economic and academic importance of peanut //The peanut genome.

– 2017. –

С

. 7-26.

2.

Alori E. T., Glick B. R., Babalola O. O. Microbial phosphorus solubilization and its

potential for use in sustainable agriculture //Frontiers in microbiology. – 2017. –

Т

. 8. –

С

. 971.

3. Zhou, J., Zhang, X., Qu, Z., Zhang, C., Wang, F., Gao, T., Yao, Y., & Liang, J. (2024). Progress

in research on prevention and control of crop fungal diseases in the context of climate
change.

Agriculture, 14(7), 1108. https://doi.org/10.3390/agriculture14071108


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

439

4. Agrocrops. (n.d.). Implementing sustainable practices to enhance peanut planting season and

environmental impact. Retrieved May 15, 2025, from https://www.agrocrops.com/en/peanuts-
blogs/Sustainable-Practices-to-Enhance-Peanut-Planting-Season-and-Environmental-Impact

Bibliografik manbalar

Variath M. T., Janila P. Economic and academic importance of peanut //The peanut genome. – 2017. – С. 7-26.

Alori E. T., Glick B. R., Babalola O. O. Microbial phosphorus solubilization and its potential for use in sustainable agriculture //Frontiers in microbiology. – 2017. – Т. 8. – С. 971.

Zhou, J., Zhang, X., Qu, Z., Zhang, C., Wang, F., Gao, T., Yao, Y., & Liang, J. (2024). Progress in research on prevention and control of crop fungal diseases in the context of climate change. Agriculture, 14(7), 1108. https://doi.org/10.3390/agriculture14071108

Agrocrops. (n.d.). Implementing sustainable practices to enhance peanut planting season and environmental impact. Retrieved May 15, 2025, from https://www.agrocrops.com/en/peanuts-blogs/Sustainable-Practices-to-Enhance-Peanut-Planting-Season-and-Environmental-Impact