“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
416
RADIONUKLIDLARNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI
Xaqulova Muqaddas Shavkatovna
Andijon davlat universiteti, Genetika va biotexnologiya kafedrasi o‘qituvchisi
azizaxonhaqqulova@gmail.com
Obidjonova Xulkaroy Shuxratbek qizi, Rahmonjonova Madina Mahmudjon qizi
Andijon davlat universiteti, Biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15577828
Annotatsiya:
Ushbu maqolada radionuklidlarning inson organizmiga ta’siri o‘rganilgan.
Radionuklidlarning organizmga kirish yo‘llari, ulardan kelib chiqadigan kasalliklar va radiatsiyadan
himoyalanish choralari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ionlashtiruvchi
nurlanish DNK tuzilishiga jiddiy zarar yetkazib, genetik mutatsiyalarga va saraton kasalliklariga
sabab bo‘lishi mumkin. Radiatsiya xavfidan himoyalanish uchun masofa, vaqt va ekranlash
tamoyillariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
Radionuklidlar, ionlashtiruvchi nurlanish, radiatsiya xavfi, saraton,
himoyalanish
Abstract:
This article explores the effects of radionuclides on the human div. It examines the
pathways through which radionuclides enter the div, the associated diseases, and protective
measures against radiation exposure. Research findings indicate that ionizing radiation significantly
damages DNA structure, leading to genetic mutations and cancer development. To minimize radiation
risks, it is crucial to follow the principles of distance, time, and shielding.
Keywords
: Keywords: radionuclides, ionizing radiation, cancer, genetic mutations, protection.
Аннотация
:
В
статье
рассматривается
воздействие
радионуклидов
на
организм
человека
.
В
ней
рассматриваются
пути
проникновения
радионуклидов
в
организм
,
сопутствующие
заболевания
и
меры
защиты
от
воздействия
радиации
.
Результаты
исследований
показывают
,
что
ионизирующее
излучение
существенно
повреждает
структуру
ДНК
,
что
приводит
к
генетическим
мутациям
и
развитию
рака
.
Чтобы
минимизировать
риски
радиации
,
крайне
важно
соблюдать
принципы
расстояния
,
времени
и
экранирования
.
Ключевые
слова
:
Ключевые
слова
:
радионуклиды
,
ионизирующее
излучение
,
рак
,
генетические
мутации
,
защита
.
Radionuklidlar - beqaror atom yadrolaridir, ular parchalanish jarayonida ionlantiruvchi
nurlanish chiqaradi. Ushbu nurlanishlar inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatib,turli kasalliklarning
rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Radionuklidlar inson organizmiga turli yo‘llar orqali kirib, biologik tizimlarga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Ular asosan nafas olish, ovqat va suv orqali iste’mol qilish, teri orqali
organizmga tushadi. Inhalyatsiya yo‘li bilan tushgan radionuklidlar o‘pka orqali qonga o‘tib, butun
tanaga tarqaladi. Ovqat yoki suv tarkibida bo‘lsa, ular ichak orqali so‘rilib, turli organlarda to‘planadi
[1].
Radionuklidlarning organizmdagi taqsimlanishi ularning xususiyatlariga bog‘liq. Yod-131
qalqonsimon bezga to‘planib, uning normal ishlashiga zarar yetkazishi va saraton chaqirishi mumkin
[2]. Stronsiy-90 suyaklarda jamlanib, suyak iligi faoliyatini buzadi va qon kasalliklariga olib keladi.
Jigar va buyraklar ham radionuklidlarning to‘planish joylaridan biri bo‘lib, ularning faoliyatiga jiddiy
zarar yetkazadi [3].
Jadval. Inson organizmida ba'zi radioaktiv elementlarning to‘planishi haqida ma'lumotlar
keltirilgan. Organizm yadroviy parchalanish mahsulotlarini qabul qilganda, u uzoq davom etadigan,
intensivligi pasayadigan, nurlanishga duchor bo‘ladi. Ma’lum bir organga nisbatan, butun inson
tanasi tomonidan qabul qilingan umumiy do‘zaning nisbati [4].
Radionuklidlarning maksimal to‘planadig
а
n organlar
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
417
Element
Ko‘proq sezgiga ega
organ yoki to‘qima.
Organ hamda
to‘qima massasi,
kg
To‘liq olingan
doza ulushi.
Vodorod
H
Hamma a’zolar
70
1.0
Uglerod
C
Hamma a’zolar
70
1.0
Natriy
Na
Hamma a’zolar
70
1.0
Kaliy
K
Myskul to‘qimasi
30
0.45
Stronsiy
Sr
Suyak
7
0.7
Yod
Y
Qalqonsimon bez
0.2
0.2
Seziy
Cs
Muskul to‘qimasi
30
0.45
Bariy
Ba
Suyak
7
0.96
Radiy
Ra
Suyak
7
0.99
Toriy
Th
Suyak
7
0.82
Ue
U
Buyrak
0.3
0.065
Pulutoniy
Pu
Suyak
7
0.75
Ionlashtiruvchi nurlanish somatik, genetik va onkologik kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Somatik ta’sirlar ichiga nurlanish kasalligi, immunitet pasayishi va ichki organlarning shikastlanishi
kiradi [5]. Genetik o‘zgarishlar esa mutatsiyalarga olib kelib, nasldan-naslga o‘tuvchi kasalliklarni
chaqirishi mumkin. Uzoq muddatli radiatsiya ta’siri natijasida leykemiya, o‘sma kasalliklari, teri
saratoni rivojlanishi kuzatiladi [6].
Radiatsiya xavfini kamaytirish uchun masofa, vaqt, ekranlash tamoyillariga rioya qilish lozim.
Nurlanish manbalaridan iloji boricha uzoqroq bo‘lish, radiatsiyaga ta’sir qilish vaqtini qisqartirish va
qo‘rg‘oshin, beton kabi himoya materiallaridan foydalanish eng samarali choralar hisoblanadi.
Shuningdek, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, oziq-ovqat va suvni radiatsiya manbalaridan
saqlash ham muhim sanaladi [7].
Radionuklidlarning inson salomatligiga zararli ta’sirini kamaytirish uchun profilaktika
choralari va xavfsizlik me’yorlariga rioya qilish zarur. Radiatsiya xavfi bilan bog‘liq bilimlarni
oshirish va oldini olish tadbirlarini kuchaytirish inson salomatligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi
[8].
Xulosa qilib aytganda, Radionuklidlarning inson organizmiga ta’siri ko‘p qirrali bo‘lib,
ularning zararini kamaytirish uchun ehtiyot choralariga amal qilish muhimdir. Radiatsiya xavfini
tushunish va undan himoyalanish choralari ko,rish va ular haqida yetarli bilimga ega bo‘lish inson
salomatligi uchun zarur hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Avezov Yoshuvoq O‘g‘li, Eldona Eldorovna Xusenova. Radionuklidlarning inson
organizmiga kirish yo‘llari.//Buxoro Davlat Universiteti, 2022.
2. Qo‘yliyev Humoyun Zokir o‘g‘li, Surayyo Israilovna. Ionlashtiruvchi nurlanishning
organizmga ta’siri.//Ta’lim innovatsiyasi va zamonaviy amaliyotlar jurnali, 2023.
3. M. Yunusov, I. Axmedov, S. Gazinazarov. Radiatsiya va saraton: organizmga ta’siri.//ARES
jurnali, 2021.
4. Qurbonov A. 3.25 A Ge V/c implusli 16Op -to‘qnashuvlarida ko‘zguli (3H, 3He, 7Li, 7Be)
yadrolar va Mezonlar (
+, −)
ning birgalikda hosil bo‘lishi //
Физико
-
технологическо
оброзивание
. 2020.
5. Qurbanova B.Q. Radiatsiya xavflari va himoya choralarining ilmiy asoslari.// Jizzax Davlat
Pedagogika Universiteti, 2020.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
418
6. V.A. Filatov, E.S. Kuznetsova.
Биологические
эффекты
радиации
.//
Москва
:
Наука
, 2019.
7. S. Ivanov, A. Petrov.
Радиационная
безопасность
и
защита
.//
Санкт
-
Петербург
, 2022.
8. R. Johnson, K. Brown. Radiation and Human Health. Oxford University Press, 2021.
