Mualliflar

  • Nodiraxon Turaxo‘jayeva
    Andijon davlat universiteti
  • Gulmira Ergasheva
    Andijon davlat universiteti
  • Gulbahor Ibroximova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110608

Kalit so‘zlar:

allogamiya anemofil dixogamiya entomofiliya fossil kaprifikatsiya palinologiya polen polinomorf.

Annotasiya

Ushbu maqolada “Palinologiya”ga sohasiga hissa qo‘shgan olimlar, ularning asarlari va ilmiy izlanishlari yoritilgan. O‘simlik gulchangi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yillar kesimida izohlab berilgan. O‘simliklarning changlanish jarayoni, ularning gulchang donasi, chang ipi, gulchang morfologiyasi, anatomik tuzilishi, ulardagi ekzin va intin qavatlari hamda sohaga oid atamalarning kelib chiqishi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

310

PALINOLOGYAGA OID TADQIQOTLARNING QISQACHA TAHLILI

Turaxo‘jayeva Nodiraxon Toxirxo‘ja qizi., Ergasheva Gulmira Ostonovna., Ibroximova

Gulbahor Abdulfattaevna

Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi magistri

1

Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi tayanch doktoranti

2

Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi dotsenti (PhD)

3

ntturakhujayeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15600543

Annotatsiya:

Ushbu maqolada “Palinologiya”ga sohasiga hissa qo‘shgan olimlar, ularning

asarlari va ilmiy izlanishlari yoritilgan. O‘simlik gulchangi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yillar kesimida
izohlab berilgan. O‘simliklarning changlanish jarayoni, ularning gulchang donasi, chang ipi,
gulchang morfologiyasi, anatomik tuzilishi, ulardagi ekzin va intin qavatlari hamda sohaga oid
atamalarning kelib chiqishi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘z:

allogamiya, anemofil, dixogamiya, entomofiliya, fossil, kaprifikatsiya,

palinologiya, polen, polinomorf.

Аннотация

:

Эта

статья

также

вносит

вклад

в

область

Палинологии

”.

Освещены

ученые

,

их

труды

и

научные

исследования

.

Научные

исследования

пыльцы

растений

документировались

на

протяжении

многих

лет

.

Приведены

сведения

о

процессе

опыления

растений

,

их

пыльцевых

зернах

,

работе

пыльцы

,

морфологии

пыльцы

,

анатомическом

строении

,

слоях

экзины

и

интины

,

а

также

о

происхождении

отраслевых

терминов

.

Ключевые

слова

:

аллогамия

,

анемофилия

,

дихогамия

,

энтомофилия

,

ископаемые

,

апрификация

,

палинология

,

пыльца

,

полиноморф

.

Annotation:

This article also contributes to the field of "Palynology". Scientists, their works

and scientific research are covered. Scientific research on plant pollen is explained over the years.
Information is provided on the pollination process of plants, their pollen grain, pollen work, pollen
morphology, anatomical structure, exine and intine layers in them, and the origin of terms related to
the field.

Key words:

allogamy, anemophily, dichogamy, entomophilia, fossil, aprification, palynology,

pollen, polynomorph.

Palinologiya palinomorflar haqidagi fan, ya’ni o‘simliklarning chang (polen) va sporalarini

o‘rganadigan ilmiy soha bo‘lib, bu atama ilk bor 1944-yilda ingliz olimlari Hyde va Williams
tomonidan taklif etilgan [1]. Palinologiya yunoncha “paluno” (sepaman), “palunein” (to‘kib
solaman), lotincha (kukun, chang) va logos yunonchada fan, ta’limot degan ma’noni bildiradi [2].

Polen donalari 300 million yil avval urug'li o‘simliklar tomonidan ishlab chiqilgan [3,4].

Gulchang - gulli o‘simliklar va ochiq urug’li o‘simliklarning erkak jinsiy hujayralarini xisoblanadi.
U o‘simliklarning ko‘payish jarayonida muhim axamiyatga ega [5,6].

O‘simlik gulchangini (chang donasi) o‘rganish 17 asrga borib taqaladi. O‘simliklarning

ko‘payishida uning roli qadimdan ma’lum bo‘lgan. Gerodot xurmo palmasining ikki jinsli (erkak va
urg‘ochi) bo‘lishini aniqlagan. Teofrast boshqa - anjir daraxtini kaprifikatsiya qilish haqida yozgan.
Kaprifikatsiya jarayoni – bu ayrim o‘simliklarni, xussusan anjir (injir) ni sun’iy changlantirish usuli
hisoblanadi. Bu jarayonda asosan anjir o‘simligini (

Ficus carica

L.) sun’iy yo‘l bilan changlatish

amalga oshiriladi. Teofrast barcha o‘simliklarda ham shunga o‘xshash jarayon mavjud degan
xulosaga kelgan [7]. Qadimgi Rim shifokori Galen milodiy 2-asrda atirgul changini nafas olish orqali
yutish natijasida paydo bo‘lgan burun bitishi (allergik rinit) haqida yozgan [8].

Chang donalarini (polen) o‘rganish mikroskop ixtirosidan so‘ng rivojlandi. Mikroskop

yordamida ularning shakli, tuzilishi va turli o‘simliklarga xos belgilarini o‘rganish imkoniyati
yaratildi [9,10].


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

311

Gulchang morfologiyasini mikroskop orqali o‘rganishni boshlab bergan ilk olim Nehemiah

Grew. U o‘zining mashxur “The anatomy of plants” (1662-yil) asarida polenning o‘zgarmas shaklga
ega ekanligini tasvirlab, gulchanglar morfologiyasiga asos solgan va barcha o‘simliklarning o‘ziga
xos gulchanglari borligini birinchi bo‘lib isbotlangan [2,11].

Jeyms Logan (1739) o‘zining ilmiy izlanishlarida makkajo‘xori (

Zea mays

L.) o‘simligining

chang donalarini morfologiyasini o‘rgangan. Makkajo‘xori o‘simligining murkkab shingil
boshoqlaridagi chang donalarini shamol yordamida tarqalishini asoslab bergan [12].

Pollen atamasini birinchi marta Karl Von Linney (1751) “Philosophia Botanica” asarida ilmiy

ma’noda ishlatgan. Bu asarida ushbu atamani o‘simlikning erkak jinsiy hujayrasi ekanligini
ifodalagan [6].

Joseph Gottlieb Koelreuter va Kristian Konrad Sprengel (1766) birinchi marta gulchang donasi

genetik muxim xususiyatga egaligini aniqladi. Sprengel (1793) polen devoridagi teshikchalar
(poralar) va yoriqchalarni (furralarni) birinchi bo‘lib aniqlagan. U shuningdek, allogamik changlanish
usullarini yoritib bergan. O‘simlikni chang va urug‘chi organlarning har xil vaqtda yetilishini-
dixogamiya, hamda hasharotlar orqali changlanishni - entomofiliya va shamol orqali changlanishni
- anemofiliya deb, ular o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib bergan [2,13].

Frans Andreas Bauer o‘zining o‘simlik chang donalari bo‘yicha nozik va aniqlik bilan ishlangan

chizmalari hamda akvarel tasvirlari orqali mashhur bo‘lgan. Ushbu noyob chizma hozirda London
shahridagi Tabiiy Tarix Muzeyining “Botanika” kutubxonasida saqlanadi (Kesseler va Harley (2004)
tomonidan ayrim nusxalari chop etilgan). Keyinchalik Robert Brown (1828, 1833) Bauerning ilmiy
tadqiqotlarini o‘rganib, o‘simlikning chang ipini kelib chiqishiga oid birinchi tavsifni bergan.
O‘simlik gulchangining morfologiyasiga oid eksin (exine) va intin (intine) atamasini Carl Julius
Fritzsche (1837) tomonidan ilk bor qo‘llanilgan. Johann Heinrich Robert Göppert (1837) va Christian
Gottfried Ehrenberg (1838) esa birinchi bo‘lib qadimiy gulchang donasini (fossil) tasvirlab bergan va
ularni o‘zining ilmiy tadqiqot izlanishlari davomida o‘rgangan [2].

Rassiyada gulchang morfologiyasiga bag‘ishlangan ilk ilmiy ish 1837 yili Yuliy Fritsh

tomonidan amalga oshirilgan. U o‘zining ilmiy tadqiqot ishlarining natijasida “O p

ы

l

ь

tse” nomli

maqolasini chop ettirgan [12].

Atmosferada spora va chang donalarning mavjudligi Lui Paster tomonidan aniqlangan. 1873-

yilda Charlz Blekli gulchanglar “pollinoz” kasalligini keltirib chiqarishini aytib o‘tgan. Ushbu
kasallikning sababi, asosan nafas olishda gulchanglarni qabul qilish orkali kelib chiqishini aniqlab
bergan. O‘sha davrdayoq changni nafas orqali qabul qilish bronxial astma kasaligiga sabab bo‘lishi
mumkinligi haqida farazni ilgari surgan [14].

Eduard Strasburger (1882) chang donalarining rivojlanishi va ichki tuzilishi bo‘yicha tubdan

yangi ilmiy natijalarga erishgan. Hugo Fischer esa changchi belgilarining filogenetik ahamiyatini
asoslovchi dalillarni birinchi bo‘lib umumlashtirgan. 1916-yilda Lennart Von Post birinchi changchi
diagrammasini (profilini) chop etgan [2].

20-asrning birinchi yarmida “Palinologiya” ning jadal rivojlanishi havoda chang tarqalishini

o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning kuchayishiga olib keldi [15].

Roger Philip Wodehouse atmosferadagi chang donalarni aniqlash va tasniflash bo‘yicha

tajribalar o‘tkazib, havodagi chang donalarining allergik ta’sirini tahlil qilgan [16, 17]. U “Hayfever
Plants” (1928), “Pollen Grains: Their Structure, Identification, and Significance in Science and
Medicine” (1935) va “An Introduction to Pollen Analysis” (1943) kabi asarlar muallifi.
Wodehousening “Aerobiologiya” ga qo‘shgan hissasi natijasida polen monitoring va allergenik
kalendarning yaratilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Otto Gunnar Elias Erdtman mashhur asari “Pollen Morphology and Plant Taxonomy” (1952)

orqali chang morfologiyasini o‘simliklar sistematikasiga bog‘lagan holda o‘rganishni taklif qildi [9].
Asetoliz usulini ishlab chiqqan. Bu usul chang donalarining tashqi qobig‘ini tozalab, ularni
mikroskop ostida aniqroq ko‘rishga imkon beradi [18]. U 1961-yilda “Palynology in the Plant
Sciences” to‘plamini nashr ettirdi. Erdtman tomonidan asos solingan “Grana” jurnali esa bugungi
kunda ham palinologiya bo‘yicha nufuzli ilmiy nashrlardan biri bo‘lib kelmoqda [19].


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

312

Knut Faegri va Johannes Iversen bilan hamkorlikda yozilgan – “Textbook of Pollen Analysis”

(1950) orqali chang donalarni o‘rganish metodlarini tizimli ravishda taqdim etdi. Bu kitobda chang
donalarining morfologiyasi, ularni identifikatsiyalash usullari va ekologik tahlil metodlari keng
yoritilgan [10].

Garchi havodagi chang mavjudligi 18-asrdayoq aniqlangan bo‘lsa-da, 19-asr oxirigacha

havodagi chang muntazam yig‘ilmagan. Ko‘p yillar davomida havodagi chang konsentratsiyasini
baholashning odatiy usuli – substratga cho‘kkan chang donalarini sanash bo‘lgan [20, 21].
Keyinchalik bu maqsadda dastlab bakteriya va zamburug‘ sporalarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan
moslamalardan foydalanila boshlandi [22].

20-asrning ikkinchi yarmida allergik kasalliklar sonining ortishi atmosferada chang

donalarining kontsentratsiyasini o‘rganishga qiziqishning kuchayishiga olib keldi. Xozirgi kunda
bunday tadqiqotlar butun dunyo bo‘ylab olib borilmoqda [23,24,25,26]. Elektron mikroskopning
ikkita muhim turi – TEM va SEM – palinologiyada katta yutuqlarga olib keldi: yetilayotgan va to‘liq
shakllangan chang donalarining ultra tuzilmasini o‘rganish hamda chang donalarini morfologik
xususiyatlarini yorqin tasvirlash imkonini berdi.

Knox (1984, 204-bet) ta’kidlaganidek: “Changchi (polen) devoriga nisbatan qo‘llanilgan

atamalar juda murakkab bo‘lib, ularning shakllanishi dastlab yorug‘lik mikroskopi asosida bo‘lgan
tadqiqotlar asosida yuzaga kelgan, so‘ngra bu atamalar uzatilgan va elektron mikroskop – ya’ni
transmissiya (TEM) va skanerlovchi (SEM) mikroskoplar orqali olingan tasvirlarga tatbiq etilgan”.
Chang donalarning ilk bor SEM tasvirlari Thornhill (1965) hamda Erdtman va Dunbar (1966)
tomonidan amalga oshirilgan. Stephen Blackmore (1992) ning ta’kidlashicha “Palinologiya soxasini
rivojlanishiga xech qaysi texnik vositalar Skaneerlovchi elektron mikroskop o‘rnini bossa olmagan”
[2].

Bugungi kunda palinologiya - o‘simlik gulchanglariga asoslangan fan sifatida, turli fanlar

uchun beqiyos vosita bo‘lib xizmat qila oladi, lekin shu bilan birga u mustaqil asosiy fan sifatida ham
rivojlanmoqda. Umuman olganda, urug‘li o‘simliklarda erkak gametofit hali ham yetarlicha
o‘rganilmagan. Dunyo bo‘yicha 250.000 ga yaqin o‘simlik turidan atigi 10% ning gulchang
morfologiyasi o‘rganilgan, gulchang chang anatomiyasi bo‘yicha esa bu raqam undan ham kam.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Hyde, H. A., & Williams, D. A. (1944). A pollen analyst’s glossary. New Phytologist,

43 (4), 302–309. https://doi.org/10.1111/j. 1469-8137. 1944. tb07049. x

2.

Univ.-Prof. Dr. Michael Hesse DDr. Heidemarie Halbritter Ao.Univ.-Prof. Dr.

Reinhard Zetter Ao.Univ.-Prof. Dr. Martina Weber Dipl.-Biol. Dr. Ralf Buchner Andrea Frosch-
Radivo Mag. Silvia Ulrich Pollen Terminology An illustrated handbook 2009 Springer-
Verlag/Wien Printed in Austria ISBN 978-3- 211-79893-5 SpringerWienNewYork

3.

https://web.archive.org/web/20051222142511/

4.

http://www.geo.arizona.edu/palynology/polkey

5.

What is pollen? (background sheet) © 2011 The University of Western Australia for

conditions of use see spice.wa.edu.au/usage | ast0075 | version 1.0 Food and energy 2:

6.

archieve.org/details/philosophiabota00linn

7.

Noks R. B. Biologiya p

ы

l

ь

ts

ы

- M.: Agropromizdat, 1985, 83 s

8.

Ado V. A., Astaf

ь

eva N. G. Pollinoz

ы

. - M.: Znanie, 1991. - 224 s.

9.

Erdtman, G. (1952). Pollen Morphology and Plant Taxonomy. – Angiosperms: An

introduction to palynology I. Stockholm: Almqvist & Wiksell.

10. Faegri, K., & Iversen, J. (1989). Textbook of Pollen Analysis. Copenhagen:

Munksgaard.

11. Grew, N (1682). The anatomy plants.
12. Sladkov A. N. Morfologiya p

ы

l

ь

ts

ы

i spor sovremenn

ы

x rasteniy v SSSR - M.: MGU,

1962.- 256 s.

13. Fegri K., L. van der Peyl. Osnov

ы

ekologii op

ы

leniya - M.: Mir, 1982. - 377 s.

14. Gregori F. Mikrobiologiya atmosfer

ы

- M.: Mir, 1964. - 372 s.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

313

15. Kremp G. O. U. Palinologicheskaya entsiklopediya - M.: Mir, 1967, - 412 s.
16. Wodehouse, R. P. (1933). Atmospheric pollen. Contributions from the Boyce

Thompson Institute.

17. Wodehouse, R. P. (1945). Hayfever plants. Waltham, MA: Chronica Botanica

Company.

18. Erdtman, G. (1943). An introduction to pollen analysis. Waltham, MA: Chronica

Botanica Company.

19. Grana.

(n.d.).

Journal

information.

Retrieved

May

18,

2025,

from

https://www.tandfonline.com/journals/sgrana

20. Mullins J., Emberlin J. Sampling pollen // J. Aerosol Sci. - 1997, Vol . 28, No. 3. - pp.

365-370

21. Nicholson K . W. Physical aspects of bioaerosol sampling and deposition //

Bioaerosols Handbook, Florida, Lewis Publishers Inc. - 1995. - pp. 27-53

22. Golovko Vladimir Viktorovich ISSLEDOVANIE P

Ы

L

Ь

TSEVOY KOMPONENT

Ы

ATMOSFERNOGO AEROZOLYa YuGA ZAPADNOY SIBIRI. 03.00.16 «Ekologiya»
Dissertatsiya na soiskanie uchenoy stepeni kandidata biologicheskix nauk Novosibirsk, 2000

23. Latorre F., Perez C. F. One year of airborne pollen sampling in Mar Del Plata

(Argentina) // Grana. - 1997, Vo l 36, Iss 1. - pp 49-53

24. Rutherford S., Owen J. A . K., Simpson R.W. Survey of airspora in Brisbane,

Queensland, Australia // Grana. - 1997, Vo l 36, Iss 2, pp 114-121

25. Chakraborty P., Gupta-Bhattacharya S., Chakraborty C , Lacey J., Chanda S.

Airborne allergenic pollen grains on a farm in West Bengal, India // Grana, - 1998, V o l 37,

Issl.-p p 53-57

26. Schädppi G. F., Taylor Ph. E., Staff I. A., Suphiioglu C, Knox R. B. Source

of Bet V 1 loaded inhalable particles from birch revealed // Sexual Plant Reproduction. - 1997,

Vol. 10, No 6.-pp.315-323

Bibliografik manbalar

Hyde, H. A., & Williams, D. A. (1944). A pollen analyst’s glossary. New Phytologist, 43 (4), 302–309. https://doi.org/10.1111/j. 1469-8137. 1944. tb07049. x

Univ.-Prof. Dr. Michael Hesse DDr. Heidemarie Halbritter Ao.Univ.-Prof. Dr. Reinhard Zetter Ao.Univ.-Prof. Dr. Martina Weber Dipl.-Biol. Dr. Ralf Buchner Andrea Frosch-Radivo Mag. Silvia Ulrich Pollen Terminology An illustrated handbook 2009 Springer-Verlag/Wien Printed in Austria ISBN 978-3- 211-79893-5 SpringerWienNewYork

What is pollen? (background sheet) © 2011 The University of Western Australia for conditions of use see spice.wa.edu.au/usage | ast0075 | version 1.0 Food and energy 2:

archieve.org/details/philosophiabota00linn

Noks R. B. Biologiya pыlьtsы - M.: Agropromizdat, 1985, 83 s

Ado V. A., Astafьeva N. G. Pollinozы. - M.: Znanie, 1991. - 224 s.

Erdtman, G. (1952). Pollen Morphology and Plant Taxonomy. – Angiosperms: An introduction to palynology I. Stockholm: Almqvist & Wiksell.

Faegri, K., & Iversen, J. (1989). Textbook of Pollen Analysis. Copenhagen: Munksgaard.

Grew, N (1682). The anatomy plants.

Sladkov A. N. Morfologiya pыlьtsы i spor sovremennыx rasteniy v SSSR - M.: MGU, 1962.- 256 s.

Fegri K., L. van der Peyl. Osnovы ekologii opыleniya - M.: Mir, 1982. - 377 s.

Gregori F. Mikrobiologiya atmosferы - M.: Mir, 1964. - 372 s.

Kremp G. O. U. Palinologicheskaya entsiklopediya - M.: Mir, 1967, - 412 s.

Wodehouse, R. P. (1933). Atmospheric pollen. Contributions from the Boyce Thompson Institute.

Wodehouse, R. P. (1945). Hayfever plants. Waltham, MA: Chronica Botanica Company.

Erdtman, G. (1943). An introduction to pollen analysis. Waltham, MA: Chronica Botanica Company.

Grana. (n.d.). Journal information. Retrieved May 18, 2025, from https://www.tandfonline.com/journals/sgrana

Mullins J., Emberlin J. Sampling pollen // J. Aerosol Sci. - 1997, Vol . 28, No. 3. - pp. 365-370

Nicholson K . W. Physical aspects of bioaerosol sampling and deposition //

Bioaerosols Handbook, Florida, Lewis Publishers Inc. - 1995. - pp. 27-53

Golovko Vladimir Viktorovich ISSLEDOVANIE PЫLЬTSEVOY KOMPONENTЫ ATMOSFERNOGO AEROZOLYa YuGA ZAPADNOY SIBIRI. 03.00.16 «Ekologiya» Dissertatsiya na soiskanie uchenoy stepeni kandidata biologicheskix nauk Novosibirsk, 2000

Latorre F., Perez C. F. One year of airborne pollen sampling in Mar Del Plata

(Argentina) // Grana. - 1997, Vo l 36, Iss 1. - pp 49-53

Rutherford S., Owen J. A . K., Simpson R.W. Survey of airspora in Brisbane,

Queensland, Australia // Grana. - 1997, Vo l 36, Iss 2, pp 114-121

Chakraborty P., Gupta-Bhattacharya S., Chakraborty C , Lacey J., Chanda S.

Airborne allergenic pollen grains on a farm in West Bengal, India // Grana, - 1998, V o l 37, Issl.-p p 53-57

Schädppi G. F., Taylor Ph. E., Staff I. A., Suphiioglu C, Knox R. B. Source

of Bet V 1 loaded inhalable particles from birch revealed // Sexual Plant Reproduction. - 1997, Vol. 10, No 6.-pp.315-323