“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
291
COUSINIA TURKUMI TURLARINI URGUT BOTANIKA-GEOGRAFIK
RAYONIDA TARQALISHINI TO‘R TIZIMLI XARITALASH
1
Tajetdinova Dilarom Mnajatdinovna,
2
Qodirov Ulug‘bek Hamroqulovich
1
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti O‘zbekiston florasi
laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari nomzodi
2
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy kotibi, PhD
t-dilyia@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15597196
Annotatsiya:
Ushbu tadqiqot Urgut botanik-geografik rayoni florasiga oid
Cousinia
turkumining tur tarkibi va geobog‘langan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan tahlilni o‘z ichiga oladi.
Tadqiqot davomida,
Cousinia
turkumining 24 turini 31 ta indeksda (maksimal darajada SR=6,
CD=10) tarqalishi ko‘rib chiqilib, to‘r tizimli xaritasi ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar.
CD, gerbariy, Markaziy Osiyo, SR, TASH.
Аннот
a
ция
:
Данное
исследование
включает
в
себя
анализ
видового
состава
рода
Cousinia
и
геопривязанных
данных
,
относящихся
к
флоре
Ургутского
ботанико
-
географического
района
.
В
ходе
исследования
было
рассмотрено
распространение
24
видов
рода
Cousinia
по
31
индексу
(
максимально
SR=6, CD=10),
а
также
разработана
сеточная
карта
.
Ключевые
слово
:
CD,
гербарий
,
Центральная
Азия
, SR, TASH.
Annotation:
This study includes an analysis based on the species composition and
georeferenced data of the genus of
Cousinia
in the flora of the Urgut botanical-geographical region.
During the research, the distribution of 24 species of the genus
Cousinia
across 31 indixes (with a
maximum of SR=6, CD=10) was analyzed, and a grid map was developed.
Keyword:
CD, Central Asia, herbarium, SR, TASH
Turli yillar davomida Urgut botanik-geografik rayoni hududi Markaziy Osiyo florasi va
o‘simliklar qoplamini o‘rgangan bir qator yirik olimlarning diqqat markazida bo‘lgan. Jumladan,
ushbu hududdan fan uchun
Dianthus uzbekistanicus
Lincz. (Kitab: u perevala Taxta-Karacha,
14.05.1916, Popov 636) va
Astragalus janischewskyi
Popov
(
Kitab: u perevala Taxta-Karacha.
14.05.1916, Popov 678) turlari kashf etilgan. Olimlarning izlanishlari davomida Urgut botanik-
geografik rayoni florasidan yig‘ilgan gerbariy namunalari hozirda halqaro milliy gerbariylar, Moskva
Davlat Universiteti (MW), Rossiya Fanlar Akademiyasining Komarov nomidagi Rossiya Botanika
instituti (LE), Samarqand Davlat universitetining gerbariy fondlarida, katta qismi esa O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiya Botanika institutidagi O‘zbekiston Milliy gerbariy (TASH) fondida
saqlanmoqda.
Tog‘li O‘rta Osiyoning barcha lokal floralarida bo‘lgani kabi Urgut botanik-geografik rayoni
florasida ham polimorf oilalar tarkibida birinchilikni Asteraceae oilasi egallaydi. Mazkur oilani
etakchi
Cousinia
turkumi tadqiqot hududida polimorf oilalardan biri sanaladi.
Oxirgi U.H. Qodirov [1] ma’lumotlariga ko‘ra Urgut botanik-geografik rayoni florasida mazkur
turkumni 27 turi uchrab umumiy floraning 2,1% ni egallaydi. Florada uchraydigan 27 turdan
Cousinia
adenophora
Urgut uchun endem hamda
Cousinia litvinovii
va
Cousinia dissectifolia
Ziyoviddin-
Zirabuloq rayonlari uchun subendem sanaladi.
Cousinia adenophora
,
Cousinia butkovii
va
Cousinia
praestans
turlari esa O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga [2] kiritilgan.
Botanika institutining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan «Raqamli tabiat» davlat dasturi
doirasida O‘zbekiston florasi laboratoriyasining «Markaziy Osiyo hududini yangi botanik-geografik
rayonlashtirish xaritasini ishlab chiqish va o‘simliklar xilma-xilligini to‘r tizimli xaritalash» ilmiy-
tadqiqot dasturi doirasida hamda ma’lumotlarni Markaziy Osiyo o‘simliklarining to‘r tizimli xaritasi
— Grid Mapping of Central Asia Plants (https://www.gmoca.org/) xalqaro bazasiga yuklash
maqsadida ma’lumotlar qayta o‘rganilib chiqildi.
Tadqiqotlar davomida Tojibaev & al. [3] asosida belgilab olingan Urgut botanik-geografik
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
292
rayoni hududi bo‘yicha gerbariy ma
ʼ
lumotlari umumlashtirilib, ArcGIS version 10.8 dasturida WGS
1984 (World Geodetic System, 1984) proeksiyasi asosida geografik darajalar 2.7´ kenglik va 3.5´
uzoqlik (5
х
5 km)da
Cousinia
turkumini 24 turini 76 ta namunalarini to‘r tizimli xaritadagi tarqalish
indekslari aniqlandi. Aniqlangan nuqtalar asosida mazkur oila turlarini tarqalishi aks ettirilgan
species
richness
hamda
collection density
kesimlaridagi xaritalar taqdim etildi.
To‘r tizimli xaritalarda ko‘rinib turganidek
Cousinia
turlarini tadqiqot hududida tarqalishini aks
ettirilishidagi turlar xilma-xilligi (SR=1-6) va namunalar zichligi (CD=1-10) bo‘yicha eng yo‘qori
ko‘rsatkish AT192 va AV198 indekslarida kuzatilgan. Jumladan, AT192 indesi (Amanqutan va
Taxtaqaracha dovoni oralig‘i)dan 1916-1981 yillarga oid M.G. Popov (1916), V.A. Arnoldi (1942),
U. Pratov va boshq. (1976) hamda M.M. Nabiyev va boshq. (1980-1981) tomonidan terilgan
gerbariylar hozirda TASH va boshqa yirik gerbariy fondlarida saqlanmoqda. O‘rtacha ko‘rsatkish esa
4 ta indeksda aniqlanib, turlar xilma-xilligi 3-4 ta, turlar zichligi 4-7 tani tashkil etgan tadqiqot
hududining markaziy va sharqiy hududlariga tug‘ri keladi. Eng past ko‘rsatkish 26 ta indekslarda
turlar xilma-xilligi 1-2 tani hamda turlar zichligi 1-3 tani tashkil etadi.
Urgut botanik-geografik rayoni florasida
Cousinia
turkumii turlarini mavjud ma’lumotlari
tadqiqot hududiga nisbatan to‘liq bo‘lmasa ham Markaziy Osiyo florasi to‘r tizimli xaritalashda
foydalaniladigan tadqiqotlardan biri sifatida ahamiyatli ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Кодиров
,
У
.
Х
. (2020).
Флора
Ургутского
ботанико
-
географического
района
Ургут
ботаник
-
географик
райони
флораси
:
Автореф
.
дисс
...
канд
.
биол
.
наук
.
Ташкент
. 43
с
.
2.
Ўзбекистон
Республикаси
«
Қизил
китоби
». 2-
жилдли
.
Тошкент
: Chinor ENK, 2019.
Т
.1.
360
б
.
3. Tojibaev, K.Sh, Beshko, N.Y, Popov, V.A. 2016. Botanical-geographical regionalization of
Uzbekistan.
Botanicheskii Zhurnal
, 101(10): 1105–1132.
