Mualliflar

  • Lobar Norqulova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110639

Kalit so‘zlar:

introduksiya quruq dasht zonasi manzarali ekinlar yashash darajasi barqarorlik o‘sish.

Annotasiya

O‘z tadqiqotimizda Elaeagnus macrophylla Thunb.ni yashil maydon yaratish uchun istiqbolli o‘simlik ekanligini, shahar va qishloqda aholi yashash joylarini obodonlashtirishdagi roli yani boshqa o‘simliklardan, manzaraliylik va o‘simlik kasaliklariga chidamlilik xususiyatlari kabi ma'lumotlar berilgan. To‘siq tizimini yaratish uchun buta o‘simliklarining eng istiqbolli turlaridan biri bu Elaeagnus macrophylla Thunb. Elaeagnus turkumining bu tur yangi binolar oldini, istirohat bog‘ilari va shahar atrofi hududlarini obodonlashtirishda yordam beradigan, bir qator foydali xususiyatga ega sovuqqa chidamli, oson shaklga kiradigan va tuproqni tanlamaydi o‘simlik hisoblanadi. Ko‘kalamzorlashtirishda tashqari, mevalaridan oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadi. Gullaridan olingan asal, moy parfyum va kosmetika ishlab chiqarishda ishlatiladi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

255

YIRIK BARGLI JIYDANING (ELAEAGNUS MACROPHYLLA THUNB.) MORFO-

BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNING SAMARQAND SHAHRINI

KO‘KALAMZORLASHTIRISHDAGI ROLI

Norqulova Lobar Uchqunovna.

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Biokimyo instituti, doktoranti

e-mail: norqulovalobar8@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15597066

Annotatsiya:

O‘z tadqiqotimizda Elaeagnus macrophylla Thunb.ni yashil maydon yaratish

uchun istiqbolli o‘simlik ekanligini, shahar va qishloqda aholi yashash joylarini obodonlashtirishdagi
roli yani boshqa o‘simliklardan, manzaraliylik va o‘simlik kasaliklariga chidamlilik xususiyatlari
kabi ma'lumotlar berilgan. To‘siq tizimini yaratish uchun buta o‘simliklarining eng istiqbolli
turlaridan biri bu Elaeagnus macrophylla Thunb. Elaeagnus turkumining bu tur yangi binolar oldini,
istirohat bog‘ilari va shahar atrofi hududlarini obodonlashtirishda yordam beradigan, bir qator foydali
xususiyatga ega sovuqqa chidamli, oson shaklga kiradigan va tuproqni tanlamaydi o‘simlik
hisoblanadi. Ko‘kalamzorlashtirishda tashqari, mevalaridan oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadi.
Gullaridan olingan asal, moy parfyum va kosmetika ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Kalit so‘zlar:

introduksiya, quruq dasht zonasi, manzarali ekinlar, yashash darajasi,

barqarorlik, o‘sish.

Аннотация

.

В

нашем

исследовании

мы

выяснили

,

что

Elaeagnus macrophylla

Thunb.

перспективное

растение

для

созд

a

ния

систем

зеленых

насаждений

и

его

роль

в

озеленении

города

и

сельских

населенных

пунктах

выгодно

отличает

от

других

форм

растений

,

такие

выраженные

свойства

как

неприхотливость

и

долговечность

.

Один

из

наиболее

перспективных

видов

кустарниковых

растений

для

создания

системы

живых

изгородей

является

Elaeagnus macrophylla Thunb.

Данный

представитель

семейства

лоховых

имеет

ряд

преимущественных

качеств

,

способствующих

для

использования

этого

растения

в

озеленении

новостроек

,

в

парковых

зонах

и

дачных

участках

:

морозостоек

,

легко

переносит

обрезку

,

к

почвам

не

требователен

.

Помимо

выше

перечисленных

качеству

предпочтительных

в

озеленении

,

а

также

является

хорошим

медоносом

,

а

плоды

широко

употребляются

в

пищу

в

сыром

виде

.

Кора

и

листья

являются

прекрасными

дубителями

.

Масло

из

цветков

применяется

в

парфюмерии

и

косметике

.

Ключевые

слова

:

интр

o

дукция

,

сухостепная

зона

,

декоративные

культуры

,

приживаемость

,

устойчивость

,

прирост

Abstract

. In our study, we found that Elaeagnus macrophylla Thunb. is a promising plant for

creating green space systems and its role in greening the city and rural areas compares favorably with
other forms of plants, such pronounced properties as unpretentiousness and durability. One of the
most promising types of shrub plants for creating a hedge system is Elaeagnus macrophylla Thunb.
This representative of the oleaster family has a number of advantageous qualities that contribute to
the use of this plant in landscaping new buildings, in park areas and summer cottages: frost-resistant,
easily tolerates pruning, is not demanding to soils. In addition to the above-mentioned qualities
preferred in landscaping, it is also a good honey plant, and the fruits are widely eaten raw. The bark
and leaves are excellent tanning agents. Flower oil is used in perfumery and cosmetics.

Key words:

introduction, dry steppe zone, ornamental crops, survival rate, resistance

, growth

Asosiy qism.

Yashil qurilishlarning rivojlangan tizimi nafaqat sanitariya-gigiyena va

mikroiqlim, balki ekologik qismi hamdir. Yashil maydonlarni o‘ziga xos "oyna" deb hisoblash
mumkin, uning yordamida hududning ko‘kalamzorlashtirish darajasini balki, shaharning ko‘rinishini
ham aniqlash mumkin.

Elaeagnaceae

Juss. oilasi atigina 3 ta turkum (

Elaeagnus, Hippophae

va

Sheferdia

) va 355

ga yaqin turi mavjud bo‘lib, ular Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Jiydadoshlar


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

256

turlar organlari yulduzsimon, qalqonsimon va meduzasimon o‘ziga xos trixomaga ega, doim yashil
ba'zilari barg to‘kiluvchi, azotofiksatorli bakteriyalarga ega bo‘lgan ildiz tugunlarining mavjudligi
bilan ajralib turadigan daraxt va butalardir [1].

Jiydadoshlar oilasida eng kattasi –

Elaeagnus

turkumi 50 xilga yaqin turlardan iborat. Jiyda

turkum turlari Janubiy Yevropa, G‘arbiy va Markaziy Osiyo hamda Shimoliy Amerikada uchraydi.
Ammo ko‘p turlari Sharqiy va ayniqsa Janubiy-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan [2].

Eng mashhur jiyda – katta bargli jiyda (

Elaeagnus macrophylla

Thunb). U baland bo‘lmagan,

barglari kumushrang butadir. Eng yosh shoxlari, barglari, gullari va mevalari tuksimon tangachalari
tufayli kumushsimon.

E. macrophyllani

boshqa turlardan shunday xususiyatlarga ya'ni transpiratsiya tezligini keskin

kamaytiradi va namlikning mavjudligiga qarab uni oshiradi. Issiqning +40-45 ° C dan, +55–60 °C
gacha bardoshli. Hattoki -15ºC xaroratga bardoshli. sho‘rlangan tuproqlarda ham yaxshi o‘sadi [3].

E. macrophylla

Thunb.ning vatani - Sharqiy Xitoy, Janubiy Koreya (jumladan, Jeju-do),

Yaponiyaning markaziy va janubiy qismidan ( Xonsyu, Sikoku, Kyushu, Okinava) Tayvangacha
bo‘lgan subtropik hududda tarqalgan. Bo‘yi 2-8 metrli shoxlangan ko‘p yillik doimo yashil buta.
Shoxlari va novdalari uzun qizil, jigarrang va tuklar bilan qoplangan. Barglarining uzunligi 5-10 sm,
eni 4-6 sm gacha shakl tuxumsimon, qirralari silliq, tukli navbatma-navbat joylashgan. Bargida oq
rangdagi yulduz trixomalari va 60-80° burchak hosil qiluvchi 6-8 juft lateral tomirlar joylashgan.
Kurtakdan chiqan yosh barglarining ikkala tomoni kumush rangga ega bo‘lib, keyinchalik asta-sekin
ustki yuzalari to‘q yashil rangga aylanadi. Gullari o‘ta xushbo‘y, och sariq 4-5 mm uzunlikda bo‘lib,
oktyabrdan noyabrgacha gullaydi. Barg qo‘ltig’idagi kalta novdalarda 1-8 ta qo‘ng’iroqchasimon
yoki kalta cho‘zinchoq qo‘ng’iroq shaklida oq rangli, to‘q sariq rangli nuqtalar bilan qoplangan gullar
joylashadi. Mevasi cho‘zinchoq, kumushsimon ustida to‘q sariq-to‘q qizil rangli mayda nuqtalar bilan
ham qoplangan, uzunligi 1,4-1,8 sm, diametri 5-6 mm, donagi 8 mm, ichida ipak tuklari bor, meva
poyasining uzunligi 6-7 mm ni hosil qiladi. Mevalari bahor oxirida yoki yozning boshida pishib
yetilganda esa qizil rangli kiradi [3].

1-rasm. Elaeagnus macrophylla Thunb. A- Elaeagnus macrophylla Thunb.ning gulining

ko‘rinishi . B- Elaeagnus macrophylla Thunb.ning Samarqand shahri sharoitida o‘sishi. C- -

Elaeagnus macrophylla Thunb.ning mevasining ko‘rinishi.

Stratifikatsiyalangan urug‘lardan, qalamchalardan, ildiz kurtaklaridan ko‘paytiriladi. Oson kesilib shaklga kiradi.

Shuning uchun undan manzarali to‘siqlar yaratish mumkin. Sovuqqa chidamli. Yorug‘likni yaxshi ko‘radi. Namlikni
yoqtiruvchi. Tuproq tanlamaydi. Tutun va gazlarga chidamli. Noyob manzarali va dorivor o‘simlik. Manzarali to‘siqlar
juda ham chiroyli ko‘rinadi. Yakka va to‘p qilib ekish uchun, ayniqsa bargli va ignabargli daraxtlarning quyuq yashil fonda
ajoyib ko‘rinadi. Ayniqsa, kumushrang barglari ajoyib tus beradi [4].

Ekish materiali Samarqand shahrining 2022-yil Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish

boshqarmasi tomonidan keltirildi va SamDU botanika bog‘ida introdutsiya qilindi. Keyinchalik


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

257

qalamchalarning dala sharoitida ko‘kartirish Sharof Rashidov nomidagi SamDU Botanika bog‘ining
tajriba maydonchasida olib borildi. Keyinchalik, kurtaklar o‘sishi bilan Dahbet yo‘li ko‘chasi va
Motrid ko‘chasi yo‘laklarida 200 ga yaqin tuplar tirik to‘siqlar shakliga ko‘chirilib ekilgan.
(39o39

ʹ

20

N 66o58

ʹ

13

E va 39º40'36"N 66º57'59"E)

2-rasm. Dahbet yo‘li ko‘chasi 3-rasm. Motrid ko‘chasi

4- rasm. SamDU Botanika bog’i

Bu tur oson o‘sishi uchun quydagicha pavarish talab qilindi; o‘simlik neytral tuproqni talab qiladi

va kislotaning me’yorini yoqtiradi. Shuning uchun ekishdan oldin ekilmoqchi bo‘lgan joyni va yerning
kislotasini yaxshi o‘rganish kerak. Agar kislota darajasi yuqori bo‘lsa, neytral muhit yaratish uchun
tuproqqa ohak qo‘shish kerak. Quruq mavsumda yosh o‘simliklarni tez-tez sug‘orishni talab qiladi.
Yozning qurg‘oqchilik davrida 1-2 chelak miqdorida sug‘orilishini talab qiladi [4].

Xulosa.

Katta bargli jiydaning

(E. macrophylla

) morfo-biologik xususiyatlarini o‘rganildi va

va uning Samarqand shahrini ko‘kalamzorlashtirishdagi roli belgilandi yani Samarqand shahrini
obodonlashtirishda kumushsimon jiydaning rolini aniqlndi. Shahar hududlarini obodonlashtirish va
ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha taklif ishlab
chiqildi.

Adabiyotlar ro‘yhati.

1. Haydarov X.Q. 2019. “O‘zbekiston florasida Elaeagnaceae Juss. oilasi” Monografiyasi

Toshkent, 276 B. 67-78 b.

2. L.U. Norqulova, D.B.Fayzullayeva, Z.M. kurbanova, N.Z Rajamuradova, J.M. Khursandov

2024. “Elaeagnus macrophylla Thunb. leaf morphology and chemical composition” III

Международная

научно

-

практическая

конференция

«

Вопросы

сельского

хозяйства

,

экологии

,


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

258

пищевого

производства

и

дистанционного

зондирования

земли

» (RSE-III-2024) (

журнал

E3S

Web of Conferences).1-9 c.

3. L.U. Norqulova, X.Q. Haydarov.2024 “Elaeagnus macrophylla Thunb.va Shepherdia

canadensis (L) Nutt. turkumi turlarida urug‘larning unishi bo‘yicha qiyosiy tahlil”O

ʻ

zbekiston

Respublikasi

Fanlar

akademiyasi

mintaqaviy

bo

ʻ

limi

Xorazm

Ma

ʼ

mun

akademiyasi

axborotnomasi.9/1 85-89b.

4. L.U. Norqulova, X.Q. Haydarov, Mamadaminov M.X. “ Elaeagnus macrophylla Thunb. va

shepherdia canadensis (L) Nutt. turlarini vegetative ko‘paytirish istiqbollari” Namangan davlat
universiteti ilmiy axborotnomasi, 2024-12 202-205b

Bibliografik manbalar

Haydarov X.Q. 2019. “O‘zbekiston florasida Elaeagnaceae Juss. oilasi” Monografiyasi Toshkent, 276 B. 67-78 b.

L.U. Norqulova, D.B.Fayzullayeva, Z.M. kurbanova, N.Z Rajamuradova, J.M. Khursandov 2024. “Elaeagnus macrophylla Thunb. leaf morphology and chemical composition” III Международная научно-практическая конференция «Вопросы сельского хозяйства, экологии, пищевого производства и дистанционного зондирования земли» (RSE-III-2024) (журнал E3S Web of Conferences).1-9 c.

L.U. Norqulova, X.Q. Haydarov.2024 “Elaeagnus macrophylla Thunb.va Shepherdia canadensis (L) Nutt. turkumi turlarida urug‘larning unishi bo‘yicha qiyosiy tahlil”Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimi Xorazm Maʼmun akademiyasi axborotnomasi.9/1 85-89b.

L.U. Norqulova, X.Q. Haydarov, Mamadaminov M.X. “ Elaeagnus macrophylla Thunb. va shepherdia canadensis (L) Nutt. turlarini vegetative ko‘paytirish istiqbollari” Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi, 2024-12 202-205b