Mualliflar

  • Gulshoda Majidova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110644

Kalit so‘zlar:

Aydarko‘l sohili Artemisia L. turkumi shuvoq cho‘l o‘simliklari

Annotasiya

Ushbu maqolada Aydarko‘l sohilida Artemisia L. turkumi vakillarining tarqalishi haqida mulohazalar yuritilgan. So‘ngi yillarda antropogen va boshqa o‘zgarishlar ta’sirida Artemisia L. turkumi vakillarining keyingi rivojlanish jarayonlari haqida fikrlar berilgan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

240

AYDARKO‘L SOHILIDA ARTEMISIA L. TURKUMI VAKILLARINING

TARQALISHI

Majidova Gulshoda Sharafiddinovna,

Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati biologiya fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15597015

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Aydarko‘l sohilida Artemisia L. turkumi vakillarining tarqalishi

haqida mulohazalar yuritilgan. So‘ngi yillarda antropogen va boshqa o‘zgarishlar ta’sirida Artemisia
L. turkumi vakillarining keyingi rivojlanish jarayonlari haqida fikrlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Aydarko‘l sohili, Artemisia L. turkumi, shuvoq, cho‘l o‘simliklari.

Аннотация

:

В

данной

статье

рассматривается

распространение

представителей

рода

Artemisia L.

на

побережье

Айдарколя

.

В

последние

годы

высказываются

мнения

о

дальнейших

процессах

развития

представителей

полыни

L.

под

влиянием

антропогенных

и

других

изменений

.

Ключевые

слова

:

Айдаркольское

побережье

,

серия

Artemisia L.,

полынь

,

пустынные

растения

.

Abstract:

This article discusses the distribution of representatives of the genus Artemisia L. on

the coast of Aydarkol. In recent years, opinions have been given about the further development
processes of representatives of Artemisia L. under the influence of anthropogenic and other changes.

Key words:

Aydarkol coast, Artemisia L. series, wormwood, desert plants.

O‘zbekistonning 80% dan ortiq maydonlarini cho‘l va dasht mintaqalari tashkil etadi. Shuning

uchun respublikamizda qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri chorvachilik hisoblanadi.
Chorvachilik, ayniqsa cho‘l chorvasi azaldan yurtimizda iqtisodiy samarali soha hisoblanib kelingan.
Cho‘l chorvasi yem-hashak bazasini asosiy qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan kserofit o‘simliklar
tashkil etadi. Keyingi yillarda cho‘l o‘simliklaridan noo‘rin foydalanish, zo‘riqtirib mol boqish va
boshqa antropogen ta’sirlar natijasida cho‘l mintaqasi yaylovining asosini tashkil qiladigan kserofit
o‘simliklar maydoni kamayib, ularning hosildorligi pasayib bormoqda. Shuning uchun ham
respublikamizning asosini tashkil etadigan cho‘l mintaqasi o‘simliklarining biologiyasi, ekologiyasi
va agrotexnikasini o‘rganish shu kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.

Cho‘l yaylovlarida fitomeliorativ muammolarni hal qilishda ko‘p tomondan o‘simlik turlari

sonini ko‘paytirish katta o‘rin tutadi. Bunda turlarning tabiiy sharoitga moslashuvchanligi hisobga
olinishi zarur.

Shuvoq (Artemisia L.) murakkabguldoshlar oilasiga mansub o‘simlik bo‘lib, O‘rta Osiyo,

Qozog‘iston va Zavkavkazening cho‘l va yarim cho‘l, dashtlarida ko‘p uchraydi. Hayotiy shakliga
ko‘ra bir, ikki, ko‘p yillik o‘t bo‘lib, 400 (ba’zi ma’lumorlarga ko‘ra 250) turi fanga ma’lum [1]. O‘rta
Osiyoda 119 turi uchrab, shulardan 11 tasi bir yillik, 26 tasi ko‘p yillik, 2 tasi buta, 11 tasi chala buta,
69 tasi butacha [2]. O.N. Bondarenko va A. Ya. Butkovlar “Flora Uzbekistana”da keltirilgan
Artemisia L. turkumining O‘zbekistonda 39 turi o‘sishini ko‘rsatgan. Biz o‘rganayotgan hudud
Aydarko‘l sohilida turkumning 4 ta turi (Artemisia diffusa, A. turanica, A. ferganensis, A. scoparia)
o‘sishi aniqlangan [3]. 1-jadvalda Aydarko‘l sohili transformatsiya hududlarida uchrovchi Artemisia
L. turkumi vakillarining ayrim biomorfologik hususiyatlari keltirilgan.

Tarqalishi va maydonining kengligi jihatidan shuvoq-Artemisia L. buyurg‘un-Anabasis

salsadan keying o‘rinda tursa ham yem- hashak sifatida birinchi o‘rinda turadi. Shuvoqlar erta
bahordan boshlab, deyarli yilning to‘rt faslida ham yem-hashak ahamiyatiga ega. Tarkibida ko‘p
miqdorda protein va S vitamini mavjud. Ta’mi achchiq, ko‘pincha yoqimsiz. Bu tarkibida absintin,
efir moyi, betanin, xolin, santonin alkoloidlari mavjudligi bilan izohlanadi. Qaramda uzoq vaqt
saqlansa pichandagi hid yo‘qoladi, qishda esa bu hid dalada ham deyarli yo‘qoaldi. Chorvadorlar
yillar mobaynida tabiat injiqliklari bilan kurashib, chorva mollarining ayrim kasalliklarini davolash
va ularning mahsuldorligini oshirishda ba’zi bir yaylov o‘tlarining shifobaxsh xususiyatlaridan
foydalanish sohasida boy tajribaga ega. Cho‘ponlar gelmintlarga qarshi kurashish uchun qo‘ylarni


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

241

qishda sovuq esadigan bepayon massivlarda boqishni keng yo‘lga qo‘ygan. Shuvoqli yaylovlarda
qishda chorva mollarini boqish gijja kasalligining oldini olishdan tashqari, shuvoq yegan qo‘ylar
qishdan yaxshi chiqadi, ulardan olinadigan teri ham sifatli bo‘ladi.

1-jadval

Aydarko‘l sohili transformatsiya hududlarida uchrovchi Artemisia L. turkumi

vakillarining ayrim biomorfologik hususiyatlar

i

(P.Q.Zokirov bo‘yicha 1989-1990)

Tip

Kichik t

ip

Senotip

Format

siya

Assotsiatsiya (qavm)

Cho‘

l-E

rimiphyton

Psammofil- Gypsophyta

Psammofil

yarimbutazorlar- Gypsohemithamnisca

Oq shuvoqzo

rlar-

Artemis

ieta diffusae

- Singrenli- kovrakli- iloqli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Carex
physodes, Ferula foetida, Astragalus villosissimus);
-Yantoqli- efemeroidli- sho‘ra aralash- oqshuvoqzor (Artemisia
diffusa, Carex pachystylis, Poa bulbosa, Alhagi pseudalhagi, Salsola
sclerantha, S. turkestanica);
-Kovrakli- efemerli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Boissiera
squarrosa, Koelpinia linearis, Anisantha tectorum, Furula foetida);
-Cho‘g‘onli- kovrakli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Furula
foetida, Halothamnus subaphyllus);
-Juzg‘unli- singrenli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Astragalus
villosissimus, Calligonum microcarpum);
-Sho‘rali- efemerli- qo‘ng‘irboshli- kovulli- oqshuvoqzor (Artemisia
diffusa, Poa bulbosa, Bromus danthoniae, Strigosella turkestanica,
Gamanthus gamocarpus, Cappris spinosa);
-Juzg‘unli- eshakmiyali- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Calligonum
microcarpum, Vexibia pachycarpa);
-Sho‘rali- kovrakli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, A. turanica,
Salsola dendroides, S. sclerantha, Ferula foetida);
-Boyalishli- iloqli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, A. turanica, Carex
physoides, Poa bulbosa, Salsola arbuscula);
- Efemeroidli- kovulli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Carex
physoides, Poa bulbosa, Capparis spinosa);
-Juzg‘unli- boyalish- eshakmiya aralash begona o‘tli oqshuvoqzor
(Artemisia diffusa, A. turanica, Peganum harmala, Vexibia
pachycarpa, Turgenia latifolia, A. scoparia, Salsola arbuscula,
Calligonum microcarpum);
- Sho‘rali- efemerli- eshakmiya aralash oqshuvoqzor (Artemisia
diffusa, A. turanica, Climacoptera longistylosa, Vexibia pachycarpa);
- Juzg‘un aralash oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, A. turanica,
Calligonum setosum);


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

242

2-jadval

Aydarko‘l sohilida uchraydigan Artemisia L. turkumi turlarining ro‘yxati

Ilmiy

va maha

ll

iy nom

la

ri

Gull

ash

i va m

evasin

ing

pish

ishi

Xayotiy

shaklla

ri

Efem

erzorlar

Eph

emeroph

yta

Psommof

itlar

Psammoph

yta

Gi

ps

ofit

la

r

Gypsop

hyta

Gal

of

itlar

Hal

oph

yta

To‘

qay

lar

Potamophyt

a

Xo‘

ja

li

kd

agi

aha

miyat

i

Artemisia diffusa H.

Krasch.

Полыны

раскидистая

IX-XI

Ya b-cha

+

+

+

+

-

Yem-hashak,

dorivor

Artemisia ferganensis

H. Krasch.

Farg‘ona shuvog‘i

П

.

ферганская

IX-XI

Ya b-cha

+

-

+

+

-

Yem-hashak,

dorivor

Artemisia scoparia

Waldst et Kit.

Qizil Burgan

П

.

метельчатая

VII-IX

1-y

+

+

+

+

-

Begona o‘t,

supurgi sifatida

foydalaniladi

Artemisia turanica H.

Krasch.

Turon shuvog‘i

П

.

туранская

IX-XI

Ya b-cha

+

+

+

+

-

Yem-hashak,

dorivor

Biz tadqiqot olib borayotgan hudud- Aydarko‘l sohilida ham shuvoqlar boshqa o‘simlik

jamoalari bilan bepayon shuvoqzorlarni hosil qilib o‘sadi. 2-jadvalda shuvoqning sohilda tarqalgan
o‘simlik jamoalari bilan hosil qilgan assotsiatsiyalari berilgan.

Afsuski so‘ngi yillarda Aydarko‘l sathining kengayishi natijasida ko‘plab hosildor yaylovlar

qatorida shuvoqzorlar ham suv tagida qoldi. Ko‘l suvining bug‘lanishi, sho‘rlanish natijasida chorva
mollari sevib istemol qiladigan shuvoqzorlar o‘rnini isiriqzorlar, komforsmazorlar, sho‘razorlar
egalladi. Oxirgi yillarda qurg‘oqchilik tufayli ko‘l sathi yana pasayib borishi va antropogen omillar
ta’sirida shuvoq maydonlarining hajmi sezilarli ravishda kamayib borayapti.

Payhon bo‘lgan shuvoq maydonlarini qayta tiklash uchun shuvoq turlarining ekologik turg‘un

holatini, fitotsinotik xilma-xilligini, antropogen omillar ta’siridagi payhonlanish darajasini aniqlash,
shu asosda o‘simliklar degradatsiyasini pasaytirish, o‘tloq tiplarining unumdorligini oshirish uchun
chorva mollarini boqishda ulardan almashlab foydalanish, shuvoq turlarini ekib ko‘paytirish tavsiya
etiladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, keying ekologik o‘zgarishlar va antropogen omillar

Aydarko‘l sohilida Artemisia L. turkumi vakillarining kamayib ketishiga olib kelmoqda. Bu esa har
birimizdan tabiatni asrash va kelgusi avlod haqida qayg‘urish lozimligini bot-bot uqtiraveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 10-tom “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat

ilmiy nashriyoti, Toshkent 2005. 124-bet

2.

Оприделитель

растении

Средний

Азии

.

Х

.

Ташкент

:

Фан

, 1968-1993.

3.Qodirov G‘ “Aydarko‘l sohili o‘tloq o‘simliklari qoplamining transformatsiyasi”

biol.fan.nomzod.diss. –Toshkent, 2008

4. https://meros.uz/object/haydar-kol

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 10-tom “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent 2005. 124-bet

Оприделитель растении Средний Азии. Х. Ташкент: Фан, 1968-1993.

Qodirov G‘ “Aydarko‘l sohili o‘tloq o‘simliklari qoplamining transformatsiyasi” biol.fan.nomzod.diss. –Toshkent, 2008