“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
193
COLCHICUM KESSELRINGII REGEL (COLCHICACEAE) TARQALISH
BOIGEOGRAFIYASI VA GEOFAZOVIY TAHLILI
Daminova Nazokat Erkinboyevna., Akbarova Kamola Ilxom qizi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti
nazokat_botany@mail.ru, akbarovak62@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15596015
Annatatsiya:
Maqolada O‘zbekiston florasida tarqalgan Colchicum kesselringii Regel ning
morfologiyasi va biogeografiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijasida tur Jizzax,
Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo Surxandaryo va Toshkent viloyatlarida tarqalganligi
aniqlandi C. kesselringii eng jich populyatsiyalari Jizzax viloyatida (Nurota va Molguzar tizmalarida)
joylashgan. Shuningdek, turni tabiat muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. IUCN Qizil
ro‘yxatining toifalari va mezonlariga asoslanib, turning saqlanish holati baholangan.
Kalit so‘zlar:
Nurota, Molguzar, Colchicaceae, Colchicum, kamyob, dorivor.
Аннотация
:
В
статье
представлена
информация
о
морфологии
и
биогеографии
Colchicum kesselringii Regel,
распространённого
во
флоре
Узбекистана
.
В
результате
проведённых
исследований
установлено
,
что
данный
вид
распространён
в
Джизакской
,
Самаркандской
,
Навоийской
,
Бухарской
,
Кашкадарьинской
,
Сурхандарьинской
и
Ташкентской
областях
.
Наибольшая
плотность
популяций
C. kesselringii
наблюдается
в
Джизакской
области
(
в
Нуратауском
и
Молгузарском
хребтах
).
В
статье
также
даны
рекомендации
по
охране
данного
вида
.
На
основе
категорий
и
критериев
Красного
списка
МСОП
была
проведена
оценка
охранного
статуса
вида
.
Ключевые
слова
:
Нур
a
та
,
М
a
лгузар
,
Безвременниковые
,
Безвременник
Кессельринга
,
редкий
,
лекарственный
.
Annotation:
The article provides information on the morphology and biogeography of
Colchicum kesselringii Regel distributed in the flora of Uzbekistan. As a result of the research, it was
determined that the species is distributed in the Jizzakh, Samarkand, Navoi, Bukhara, Kashkadarya,
Surkhandarya, and Tashkent regions. The densest populations of C. kesselringii are located in the
Jizzakh region (in the Nurata and Molguzar ranges). The article also provides recommendations for
the conservation of the species. Based on the categories and criteria of the IUCN Red List, the
conservation status of the species has been assessed.
Keywords:
Nurata, Malguzar, Colchicum,
Colchicum Kesselringii, rare, medicinal.
KIRISH
Colchicaceae — Afrikada, Avstraliyada, Yevrosiyoda va Shimoliy Amerika qit’alarida
tarqalgan 19 turkumga mansub 225 turni o‘z ichiga oladi [18]. Chacón et al. (2014) ma’lumotlariga
ko‘ra, hozirgi vaqtda ushbu oila dunyo bo‘ylab nisbatan keng tarqalish diapazoniga ega bo‘lgan 15
turkumga oid 280 turdan iborat [17]. Oilaning Colchicaceae deb atalishi birinchi bo‘lib 1805-yilda
De Candolle tomonidan taklif etilgan va bu haqida olim o‘zining “Flore Française” asarida qayd
etgan. O‘sha paytda mazkur oila 6 turkumni o‘z ichiga olgan:
Bulbocodium
,
Colchicum
,
Merendera
,
Erythronium, Tofieldia, va Veratrum
.
Bulbocodium
,
Colchicum
va
Merendera
turkumlari
hanuzgacha ushbu oilaga kiradi, ammo
Erythronium, Tofieldia va Veratrum
turkumlari keyingi 100–
150 yil davomida Liliaceae oilasining bir qismi sifatida qayta ko‘rib chiqilgan va bu turkumlar ustida
churuq morfologik tadqiqotlar olib borilgan. Shuningdek, molekulyar-filogenetik tadqiqotlar
natijada, ushbu turkumlar Liliaceae, Tofieldiaceae va Melanthiaceae oilalariga o‘tkazilgan.
Colchicaceae oilasiga mansub turlarning yarmidan ko‘pi (150 dan ortiq turlari)
Colchicum
L.
turkumiga tegishlidir [17]. Chunki, ayrim ilmiy manbalarda va bugungi kunda tan olingan xalqaro
ba’zalarda
Androcymbium, Bulbocodium
va
Merendera
kabi turkum turlari molekulyar filogenetik
tadqiqotlar natijasida ushbu turkumga sinonim ostiga tushgan turlar sifatida keltirilgan.
Wurmbea
Thunb. va
Disporum
Salisb. turkumlaridan boshqa barcha turkumlar 10 dan kam bo‘lgan turlardan
tashkil topgan [19].
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
194
Colchicaceae vakillari orasida biologik faol moddalarga boy, tibbiyotda va xalq tabobatida
katta ahamiyatga ega turkumlari ko‘p. Mana shunday turkumlar orasida
Colchicum
ham uchraydi.
Colchicum
L. — Sovrinjondoshlar oilasining yetakchi turkumlaridan biri bo‘lib, Afrikaning janubiy
va shimoliy hududlarida, O‘rta yer dengizi va Yevroosiyoda tarqalgan 160 dan ortiq turni o‘z ichiga
oladi. Turkum O‘rta Osiyoda 10 dan kam bo‘lgan turlardan iborat. Jumladan, Turkmaniston (5 ta),
O‘zbekiston (2 ta), Qirg‘iziston va Qozog‘iston (3 ta har birida), Tojikiston (4 ta) floralarida kam
sonli taksonlar uchrashi qayd etilgan [1, 2, 3, 4]. Mazkur davlatlarda uchrashi qayd etilgan turlarning
ayrimlari cheklangan diapozonga ega kamyob turlardir. Shunday turlar qatoriga
Colchicum
kesselringii
Regel ham kiradi.
1-rasm. Colchicum kesselringii
Regel tarqalishini aks ettiruvchi xarita
Kasselring savrinjoni (
Colchicum kesselringii
Regel) — hayotiy shakliga ko‘ra, ko‘p yillik
tugunak piyozli o‘t. Tur areali Tiyonshon va Pomir-Oloy tog‘larini qamrab oladi (1-rasm). Ushbu
tadqiqotda
Colchicum kesselringii
biogeografiyasi to‘r tizimli xaritalash asosida tahlili qilindi va
geofazoviy tahlili amalga oshirildi.
Natijalar
Colchicum kesselringii
Regel, in AHP. 8 (1884) 646.— Vved. in FI. Uzbek. 1 (1941) 398.
Morfologiyasi
Ko‘p yillik tugunak piyozli o‘t. Tuganak piyozi cho‘ziq tuxumsimon, tepasi cho‘zilgan va
yassillangan kengligi 10-25mm, diametri 1–3,5 sm qora-jigarrang teriga o‘xshash qobiq bilan
qoplangan bo‘lib pu qobiq poya asosini yuqoriga qadar o‘rab turadi. Poyasi gullash davrida yer ostida,
meva paytida yerdan zo‘rg‘a chiqib turadi. Barglari 3–6 ta, chiziqli, eni 4-6 mm, chetlari silliq yoki
kam hollarda g‘adir-budir. Gullari 1–4 ta, oq rangli, tojbargchalarining tashqi tomoni to‘q binafsha
rang chiziqli, nashtarsimon, to‘mtoq. nashtarsimon, o‘tmas, uzunligi 15-25-(40) mm. Changchilari
egilgan joyidan 2 marta qisqa, changdonlari chiziqli. Ko‘sakchasi cho‘zinchoq 1,5-2,5 sm uzunlikda,
uchida o‘tkir uchli uyachalari bor. Fevral oyida gullab mevasi may-iyun oyida yetiladi.
C. kesselringii
O‘rta Osiyoda kamayib borayotgan endem o‘simlik sifatida O‘zbekiston
Respublikasi Qizil kitobiga (1998, 2006, 2009, 2019) 3 kamyoblik maqomi bilan kiritilgan [5, 6, 7,
8, 9].
Biogeografiyasi
2024-2025-yillarda dala tadqiqotlari davomida to‘plangan va O‘zbekiston milliy gerbariysi
(TASH) noyob obyektida saqlanayotgan gerbariy kolleksiyalari, Plantarium, iNatiralist va GBIF
singari xalqaro ma’lumotlar ba’zasidan jamlangan ma’lumotlarga asoslanib biogeografiyasi tahlil
qilindi [19, 21, 22]. Olingan natijalar shuni ko‘satdiki,
C. kesselringii
tur populyatsiyalari K.Sh.
Tojibayev va boshq. (2016) tomonidan amalga oshirilgan O‘zbekiston hududini botanik-geografik
jihatdan rayonlashtirish sxemasiga ko‘ra, Tog‘li O‘rta Osiyo provinsiyasining G‘arbiy Tyan-Shan
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
195
(Qurama), Nurota (Nurota), Kuxiston (Shimoliy-Turkiston, Molguzar, Urgut), G‘arbiy-Hissor
(Boysun, Kuhitang) okruglari tarkibidagi beshta rayonlar va Turon provinsiyasining Buxoro okrugi
tarkibidagi O‘rta-Zarafshon rayonda uchraydi.
C. kesselringii
Nurota okrugining Nurota rayonida
qolgan okruglar tarkibiga kiruvchi BGR nisbatan keng tarqalish diapazoniga ega.
Ma’muriy jihatdan Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxandaryo va Toshkent
viloyatlarida tarqalgan [10, 11, 12, 13, 14]. Geografik jihatdan G‘arbiy Tiyon-Shon (Qurama, Chotqol
tizmalari) va Pomir-Oloy tog‘ (Turkiston, Zarafshon, Hisor, Nurota, Ko‘hitang tizmalari va
Cho‘lbayir tog‘lari) tizmalarida tarqalgan.
Geofazoviy tahlili
C. kesselringii
dala tadqiqotlari davomida to‘plangan namunalar hamda O‘zbekiston Miliy
gerbariysi (TASH) va Moskva davlat universiteti gerbariy (MW) fondlarida saqlanayotgan
geobog‘langan 50 dan ortiq gerbariy namunasi yordamida geofazoviy tahlili (www.geocat.kew.org/)
amalga oshirildi va IUCN (2019) tamoyillari bo‘yicha kamyoblik maqomi baholandi [16, 20]. Tahlil
natijalari tarqalish maydoni (EOO)
–
52,200.300 km
2
(LC) va populyatsiyalari egallagan maydon
(AOO)
–
60 km
2
(EN) ko‘rsatdi (2-rasm). Yuqoridagi natijalarni inobatga olgan holda,
C. kesselringii
Tabiatni Muhofaza Qilish Xalqaro Ittifoqi (IUCN) tomonidan ishlab chiqilgan mezon va toifalar
asosida populyatsiyalar egallangan maydoniga bo‘yicha (AOO) EN B2 bc (iii,iv) toifasida – yo‘qolib
ketish xavfi ostida deb baholandi [16, 23].
2-rasm. Colchicum kesselringii
Regel uchun geofazoviy tahlil natijalari.
Tahdidlar
Kasselring savrinjoni tabiatda son jihatdan kamayib borayotgan kamyob o‘simliklardan biri
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda turning yashash joylarini keskin qisqarishiga olib kelayotgan asosiy
tahdidlar: yerlarini keng miqiyosda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun o‘zlashtirilishi, gul
yig‘ish, mahalliy aholi tomonidan dorivor maqsadlarda yer ostki va ustki qismlari yig‘ib olinishi,
chorva mollarini tizimsiz o‘latilishi natijasida yashash maydonlari tanazzulga uchramoqda.
Xulosa
“Raqamli tabiat” davlat dasturi doirasida «Markaziy O‘zbekiston o‘simliklar dunyosining
raqamli platformasini ishlab chiqish» yo‘nalishi bo‘yicha o‘simliklar xilma-xilligini to‘r tizimli
xaritalashga oid monitoring tadqiqotlarda O‘zbekiston florasida tarqalgan
C. kesselringii
biogeografiyasi va geofazoviy tahlili amalga oshilrildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki,
C.
kesselringii
populyatsiyalari boshqa viloyatlarga nisbatan Jizzax viloyati (Nurota va Molguzar BGR)
florasida keng tarqlalish arealiga ega. Kasselring savrinjoni o‘simligi tarkibidagi alkaloidlardan
tibbiyotda teri raki va surunkali leykoz kasalliklarini davolashda kolxisin bod, podagra va ba'zi
nevralgiyani davolashda ishlatiladi. Shu bois ushbu o‘simlik farmosevtik preparat ishlab
chiqaruvchilarga mahalliy aholi tomonidan yig‘ib berilishi tur populyatsiyalari soni va ular egallagan
maydonlarni qisqarishiga olib kelmoqda. Turni tabiatda saqlab qolish va qayta tiklash uchun avvalo
populyasiyalari o‘sib turgan joylarini muhofazaga olish, yer ustki va ostki qismlarini yig‘ishga qat’iy
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
196
cheklovlar o‘rnatish, xaritalash, turni populyatsiyalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga
ex-situ
ko‘paytirish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Введенский
А
.
И
.
Сем
.
Liliaceae
//
Флора
Узбекистана
.
Т
. 1.
Ташкент
:
Академии
наук
УзССР
,
1941.
С
. 396–398.
2.
Попова
Л
.
И
.
Сем
.
Liliaceae
Hall. –
Лилейные
//
Флора
Киргизи
.
Т
. 3.
Фрунзе
:
Академии
наук
,
КиргизскойССР
, 1951.
С
. 26–29.
3.
Павлов
Н
.
В
.
Сем
.
Liliaceae
Hall. //
Флора
Казахстана
.
Т
. 2.
Алма
-
Ата
:
Академии
наук
,
КазахССР
, 1958.
С
. 108–109.
4.
Введенский
А
.
И
.
Сем
.
Liliaceae
Hall. //
Флора
Таджикистана
.
Т
. 3.
Ленинград
:
Издательство
наук
,
ТаджССР
, 1963.
С
. 108–109.
5. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi». 2-jildi – Toshkent: Chinor ENK, 1998. T.1. – 333 b.
6. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi». 2-jildli – Toshkent: Chinor ENK, 2006. T.1. – B. 175.
7. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi». 2-jildli – Toshkent: Chinor ENK, 2009. T.1. – B. 186-187.
8. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi». 2-jildli – Toshkent: Chinor ENK, 2009. T.1. – B. 167.
9. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi». 2-jildli – Toshkent: Chinor ENK, 2019. T.1. – B. 162-163.
10.
Тожибаев
К
.
Ш
.,
Бешко
Н
.
Ю
.,
Кодиров
У
.
Х
.,
Батошов
А
.
Р
.,
Мирзалиева
Д
.
У
.
Кадастр
флоры
Узбекистана
:
Самаркандская
область
. –
Ташкент
:
ФАН
, 2018. – 220
с
.
11.
Тожибаев
К
.
Ш
.,
Бешко
Н
.
Ю
.,
Шомуродов
Х
.
Ф
.,
Кодиров
У
.
Х
.,
Тургинов
О
.
Т
.,
Шарипова
В
.
К
.
Кадастр
флоры
Узбекистана
:
Кашкадарьинская
область
. –
Ташкент
:
Фан
,
2019
а
. – 256
с
.
12.
Тожибаев
К
.
Ш
.,
Бешко
Н
.
Ю
.,
Шомуродов
Х
.
Ф
.
и
др
.
Кадастр
флоры
Узбекистана
:
Навоийская
область
. –
Ташкент
:
Фан
, 2019
б
. – 216
с
.
13.
Тожибаев
К
.
Ш
.,
Бешко
Н
.
Ю
.,
Шомуродов
Х
.
Ф
.
и
др
.
Кадастр
флоры
Узбекистана
:
Бухарская
область
. –
Ташкент
: O‘qituvchi, 2020. – 128
с
.
14.
Тожибаев
К
.
Ш
.,
Бешко
Н
.
Ю
.,
Эсанкулов
А
.
С
.,
Батошов
А
.
Р
.,
Азимова
Д
.
Э
.
Кадастр
флоры
Узбекистана
:
Джизакская
область
. –
Ташкент
: Zamin nashr, 2021. – 368
с
.
15.
Тожибаев
К
.
Ш
.,
Бешко
Н
.
Ю
.,
Попов
В
.
А
. (2016).
Ботанико
-
географическое
районирование
Узбекистана
//
Ботанический
журнал
, 101(10): 1105–1132.
16.
Bachman S., Moat J., Hill A.W., De La Torre J., & Scott, B. Supporting Red List threat
assessments with GeoCAT: geospatial conservation assessment tool //ZooKeys. 2011.
№
150. – P.
117.
17.
Chacón, J., & Renner, S. S. (2014). Assessing model sensitivity in ancestral area
reconstruction using Lagrange: a case study using the Colchicaceae family. Journal of biogeography,
41(7), 1414-1427.
18.
Vinnersten, A., & Reeves, G. (2003). Phylogenetic relationships within Colchicaceae.
American Journal of Botany, 90(10), 1455-1462.
