“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
187
TAMARIX L. TURKUMI TURLARINING XO‘JALIKDAGI VA EKOTIZMDAGI
AHAMIYATI
Ahmadjonova Gulshoda Farhodjon qizi
Namangan davlat universiteti Biologiya kafedrasi Botanika ixtisosligi 1-kurs tayanch
doktaranti
ahmadjonovagulshoda400@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15595989
Annotatsiya.
Mazkur tezisda Tamarix L. turkumiga mansub o‘simlik turlarining xo‘jalikda va
tabiiy ekotizimlarda tutgan o‘rni yoritilgan. Bu turlar yovvoyi sharoitda o‘suvchi, sho‘rlanishga,
qurg‘oqchilikka va eroziyaga chidamli o‘simliklar bo‘lib, ular yerdan foydalanish, cho‘l zonalarini
rekultivatsiya qilish hamda ko‘kalamzorlashtirishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, ular
changni ushlovchi, biofiltr va eroziyaga qarshi yashil to‘siq sifatida ekotizimlarda barqarorlikni
ta’minlaydi.
Kalit so‘zlar:
Tamarix L., xo‘jalik ahamiyati, ekotizim, fitomelioratsiya, sho‘rlanish
Аннотация
.
В
данной
тезисной
работе
рассматривается
значение
видов
рода
Tamarix L.
в
хозяйственной
деятельности
и
природных
экосистемах
.
Эти
растения
обладают
высокой
устойчивостью
к
засолению
,
засухе
и
эрозии
,
что
делает
их
важными
для
рекультивации
пустынных
территорий
и
озеленения
.
Кроме
того
,
они
выполняют
функции
пылеулавливателей
,
биофильтров
и
ветрозащитных
насаждений
в
экосистемах
.
Ключевые
слова
:
Tamarix L.,
хозяйственное
значение
,
экосистема
,
фитомелиорация
,
засоление
Abstract.
This thesis explores the economic and ecological significance of Tamarix L. species.
These halophytic plants exhibit high tolerance to salinity, drought, and erosion, making them valuable
for land reclamation and greening of arid areas. Additionally, they function as dust catchers, biofilters,
and protective green barriers contributing to ecosystem stability.
Keywords:
Tamarix L., economic importance, ecosystem, phytomelioration, salinity
O‘zbekiston florasida muhim o‘rin egallagan Tamarix L. turkumi vakillari ekologik
barqarorlikni ta’minlovchi, tabiiy va yarim tabiiy ekotizimlarda faol ishtirok etuvchi
o‘simliklardandir. Bu turkumga kiruvchi turlar ko‘pincha cho‘l va yarim cho‘l hududlarda, ayniqsa
sho‘rlangan, qurg‘oqchil va suv ta’minoti past bo‘lgan yerlarda o‘sishga moslashgan bo‘lib, ular
hayotiyligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi [1].
Zamonaviy ekologik sharoitda, xususan, yerlarning degradatsiyasi, iqlim o‘zgarishi va
sho‘rlanish jarayonlari kuchaygan bir paytda, Tamarix turlarining fitomeliorativ, eroziyaga qarshi va
biofiltr sifatidagi funksiyalarini o‘rganish katta amaliy va ilmiy ahamiyat kasb etmoqda [2]. Shu bilan
birga, ularning xo‘jalikdagi roli ham tobora ortib bormoqda - masalan, shamol to‘siqlari sifatida,
ozuqa va yoqilg‘i manbai, shuningdek, landshaftni tiklash vositasi sifatida qo‘llanmoqda [3].
Mazkur tadqiqot aynan shu jihatlarni - Tamarix turlarining ekotizimdagi tabiiy funksiyalari va
xo‘jalikdagi real foydalilik tomonlarini ochib berishga yo‘naltirilgan.
Tamarix L. turkumi vakillari O‘zbekistonning cho‘l va yarim cho‘l hududlariga, xususan,
sho‘rlanish darajasi yuqori bo‘lgan joylarga tabiiy moslashgan holda tarqalgan. Ushbu
o‘simliklarning ekologik roli, avvalo, ularning fiziologik va morfologik moslashuv mexanizmlariga
asoslanadi. Barglarining tangasimon shaklda bo‘lishi, ildiz tizimining chuqur va keng
tarmoqlanganligi, tuzni barglar orqali ajratish xususiyati - bularning barchasi Tamarix turlarining
ekstremal muhitlarga chidamligini ta’minlaydi [1].
Ekotizim darajasida Tamarix turlari bir nechta muhim funksiyalarni bajaradi: ular shamol va
suv eroziyasiga qarshi tabiiy to‘siq bo‘lib xizmat qiladi, zaxkand va kanal bo‘ylarida chang va gazni
ushlovchi yashil biofiltr sifatida ekologik muvozanatni saqlaydi. Ayniqsa, T. ramosissima, T. hispida
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
188
va T. laxa turlari Farg‘ona vodiysida kuchli sho‘rlangan hududlarda uchraydi va bu joylarda tabiiy
fitotsenozlarning shakllanishida yetakchi rol o‘ynaydi [2].
Xo‘jalik nuqtayi nazaridan esa Tamarix turlari o‘ta foydali: sho‘r yerlarda rekultivatsiya va
fitomelioratsiya uchun ishlatiladi; yoqilg‘i manbai sifatida (quritilgan holda) ahamiyatga ega; ayrim
turlarining po‘stlog‘idan bo‘yoqlar va tanin moddalar olinadi; shamol to‘siqlari, meliorektiv yashil
zonalar tashkil qilishda ekiladi [3].
Bundan tashqari, ayrim Tamarix turlari (masalan, T. hispida va T. arceuthoides) po‘stlog‘ida
tanin moddalari mavjud bo‘lib, ular xalq tabobati, charmni bo‘yash va bo‘yoq sanoatida ishlatiladi.
Ularning yog‘ochi qattiq va ixcham bo‘lib, yoqilg‘i sifatida qadrlanadi. Ayniqsa, aholi zich
joylashgan sho‘rlangan hududlarda (Masalan, Qo‘shtepa, Buvayda, To‘rtko‘l tumanlari) bu turlar
biomassa manbai sifatida ekiladi [4].
Tamarix turlarining ekologik xizmatlari nafaqat tuproqni barqarorlashtirish bilan, balki
biofiltratsiya, mikroiqlimni tartibga solish, biotsenozlarni tiklash kabi ko‘p funksional rollari bilan
bog‘liq. Ularning barg va shoxlar tuzilishi changni ushlashda samarali bo‘lib, avtomobil yo‘llari
bo‘ylab ekilgan plantatsiyalar bu xususiyatdan foydalangan holda shakllantirilmoqda. Shuningdek,
turlarning ko‘pchiligi gil, qumli va sho‘rxok tuproqlarda o‘z-o‘zini yangilash xususiyatiga ega bo‘lib,
ularning tabiiy seleksiya jarayonidagi barqarorligini ko‘rsatadi [5,6].
O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Tamarix L. turkumi vakillari ekologik barqarorlikni
ta’minlashda, ayniqsa cho‘l va sho‘rlangan hududlarda, muhim rol o‘ynaydi. Ularning kuchli
fiziologik moslashuvchanligi, sho‘rga va qurg‘oqlikka chidamliligi ularni nafaqat tabiiy
ekotizimlarning barqaror komponenti, balki xo‘jalikda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan resurs sifatida
ham alohida o‘ringa ega qiladi.
Tamarix turlaridan fitomeliorativ, rekultivatsion, biofiltr, eroziyaga qarshi va shamol to‘siqlari
sifatida foydalanish ularning potensialini yanada samarali ochib berishga xizmat qiladi. Ushbu
turlarni ilmiy asosda saqlash, ko‘paytirish va ulardan maqsadli foydalanish O‘zbekistonning ekologik
holatini yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligi yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Кудряшева
А
.
П
.
Род
Tamarix L.
во
флоре
Средней
Азии
.
Ташкент
:
Фан
, 1982.
С
. 5–8.
2.
Русанов
И
.
Ф
.
Лесомелиоративная
роль
тамариксов
. —
Л
.:
Наука
, 1980. —
С
. 63–70.
3.
Хасанов
Ф
.
О
.
Пустынная
флора
Узбекистана
. —
Ташкент
:
Фан
, 2000. —
С
. 144–148.
4.
Тугай
Т
.
М
.,
Хасанов
Ф
.
О
.
Экологические
и
географические
особенности
видов
рода
Tamarix L. //
Известия
НУУз
.
Серия
биологических
наук
. – 2021. –
№
1. –
С
. 45–49.
5.
Абдуллаев
А
.
А
.
Пустынные
зоны
Средней
Азии
и
растительный
покров
. –
Ташкент
:
Университет
, 2019. –
С
. 88–91.
6.
Каримов
А
.
К
.,
Рузиев
Ш
.
А
.
Растения
пустынных
районов
Узбекистана
и
их
адаптация
к
климату
//
Биологический
журнал
Узбекистана
. – 2019. –
№
2. –
С
. 32–37.
