“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
132
FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA EREBIDAE OILASI KAPALAKLARINING
INVAZIV TURLARI HAQIDA
Masodiqova Moxidabonu Abduvohid qizi, mustaqil izlanuvchi
Asqarova Dilnoza Aslomjanovna, mustaqil izlanuvchi
Farg‘ona davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15592240
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida Erebidae oilasiga mansub kapalaklarning
invaziv tarqalishi, polifaglik xususiyatlari hamda qishloq xo‘jaligi va tabiiy ekotizimlarga
keltiradigan zararlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida Lymantria dispar,
Euproctis chrysorrhoea,
Hyphantria cunea
kabi turlar eng zararli zararkunanda sifatida qayd etilib, ularning fenologik
ko‘rsatkichlari hamda tez ko‘payish omillari tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar:
Erebidae, Farg‘ona vodiysi, invaziv turlar, qishloq xo‘jaligi, ekotizimlar,
fenologiya, karantin, biologik kurash
Аннотация
.
В
данной
статье
рассматривается
инвазивное
распространение
бабочек
семейства
Erebidae
в
Ферганской
долине
,
их
полифагия
и
вред
,
наносимый
сельскому
хозяйству
и
природным
экосистемам
.
В
ходе
исследования
выявлено
,
что
наиболее
опасными
вредителями
являются
такие
виды
,
как
Lymantria dispar, Euproctis chrysorrhoea
и
Hyphantria
cunea;
проанализированы
их
фенологические
особенности
и
факторы
быстрого
размножения
.
Ключевые
слова
:
Erebidae,
Ферганская
долина
,
инвазивные
виды
,
сельское
хозяйство
,
экосистемы
,
фенология
,
карантин
,
биологическая
защита
Abstract.
This paper examines the invasive spread of Erebidae moths in the Fergana Valley,
highlighting their polyphagous nature and the substantial damage they cause to agriculture and natural
ecosystems. Through this study, the most harmful pests, including Lymantria dispar, Euproctis
chrysorrhoea, and Hyphantria cunea, were identified, and their phenological characteristics and rapid
reproduction factors were analyzed.
Keywords:
Erebidae, Fergana Valley, Invasive species, Agriculture, Ecosystems, Phenology,
Quarantine, Biological control
Erebidae oilasi kapalaklari (Noctuoidea superoilasi) Markaziy Osiyo, xususan, Farg‘ona
vodiysida qishloq xo‘jaligi va tabiiy ekotizimlarga jiddiy tahdid tug‘diruvchi guruh sifatida ma’lum.
Ushbu oilaga mansub ayrim turlar (
Lymantria dispar, Euproctis chrysorrhoea, Hyphantria cunea
)
bir yilda ko‘p tuxum qo‘yish, turli o‘simlik turlarida oziqlanish va keng hududlarga tarqalish tufayli
invaziv xususiyatni namoyon etadi. Natijada tabiiy va madaniy senozlardagi mevali hamda manzarali
daraxtlar zaiflashib, sezilarli iqtisodiy hamda ekologik zarar kuzatiladi. Farg‘ona vodiysining iliq
kontinental iqlimi va global iqlim o‘zgarishlari mazkur kapalaklarning fenologiyasi hamda invaziv
tarqalishiga qulay sharoit yaratmoqda. Bundan tashqari, ushbu zararkunandalarning tarqalish
xususiyati va iqlim o‘zgarishi sharoitida yangi hududlarga kirib borish ehtimoli bu borada keng
ko‘lamli tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda. Ushbu maqolada Erebidae oilasi kapalaklarining
tasnifi, hayot sikli, ekologik xususiyatlari, invazivlik mezonlari va kelib chiqadigan zararlari tahlil
qilinib, Farg‘ona vodiysida ularga qarshi kurash choralari uchun ilmiy material sifatida xizmat qilishi
shubhasiz.
Farg‘ona vodiysida Erebidae oilasiga mansub kapalaklar tarkibi, ularning tarqalishi, invazivlik
xususiyatlari va qishloq xo‘jaligi hamda tabiiy ekotizimlarga yetkazayotgan zararlarini o‘rganish
bo‘yicha izlanishlar olib borildi. Tadqiqot jarayonida ilmiy adabiyotlar, mahalliy kuzatuvlar hamda
Markaziy Osiyo mintaqasidagi oldingi yillarda keltirilgan materiallar umumlashtirildi. Quyida
olingan natijalarning asosiy xususiyatlari keltiriladi:
Ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyoda mazkur oilaga mansub qator avlod va turlar uchraydi.
Shulardan eng ko‘p e’tiborni tortgani –
Lymantria dispar
,
Euproctis chrysorrhoea
,
Orgyia antiqua
hamda iqlimlashtirish yo‘li bilan kirib kelgan
Hyphantria cunea
turlaridir. Ba’zi manbalarda
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
133
Catocala
va
Herminiinae
avlodlariga mansub turlar ham qayd etilgan, biroq iqtisodiy va ekologik
nuqtai nazardan yetakchi rol aynan yuqorida sanab o‘tilgan turlarga tegishli ekanligi kuzatildi.
Tok ipak qurti (
L. dispar
) Farg‘ona vodiysi, Qirg‘izistonning tog‘oldi yong‘oq-pista o‘rmonlari,
Tojikistonning o‘rmon hududlari, O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi massivlarida keng arealga ega
ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yevropa va Osiyo bo‘ylab tarqalgan bu tur 500 dan ortiq turdagi daraxt va
butalarda oziqlanib polifaglik qiladi. Mahalliy kuzatuvlarda uning ommaviy ko‘payishi har 8–10
yilda takrorlanib, barglar deformatsiyalanishi va sarg‘ayib to‘kilishi natijasida yirik iqtisodiy ziyon
keltirishi qayd etildi. Oqquyruq kuya (
E. chrysorrhoea
) esa asosan mevali bog‘ va hiyobonlardan
olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mevali daraxtlar (olma, nok, olcha, zarang, eman va b.)da zararlanish
o‘choqlarini yuzaga keltiradi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, bu turning tarqalishi, ayniqsa, iqlimi
mo‘tadil yoki nisbatan salqin bo‘lgan hududlarda sezilarli bo‘lib, qish faslida lichinkalar o‘zlarining
to‘rli uyalarida diapauza holatida saqlanishi ularning biologik moslashuvchanligini oshirdi.
Orgyia
antiqua
(zarrinkapalak) kichikroq qanotlarga ega bo‘lsa-da, biologik xususiyatlariga ko‘ra polifag
turlar qatoriga kirib, bog‘ va hiyobon daraxt va butalar vaqti-vaqti bilan zararlanish o‘choqlarini
keltirib chiqarishi ma’lum bo‘ldi.
Vodiy uchun eng xavfli turlar –
Hyphantria cunea
(kuzgi to‘rkapalak)ning iqlimlashtirilgan
turlar sirasidan mustahkam o‘rnashib olgani bilan ajralib turadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy
Amerikadan Yevropaga XX asr o‘rtalarida tasodifan kirib kelgan bu tur 1990-yillardan boshlab
Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston hamda Qozog‘istonga ham tarqalgan. Farg‘ona vodiysida
dastlab 1996–1997-yillarda qayd etilib, keyinchalik butun voha hududiga tarqalgan. Ushbu kapalak
lichinkalarining bir yilda ikki (hatto ba’zan uch) avlod berishi, har bir urg‘ochi kapalakning minglab
tuxum qo‘yishi, shuningdek, 600 ga yaqin o‘simlik turida oziqlanishi mumkinligi aynan invaziv tur
sifatida ularning kuchli ko‘payishiga va keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Mustahkam moslashishi
oqibatida mevali daraxtlarning, xususan, shaftoli, olma, gilos, o‘rik va tutlarning barglarini to‘rli
uyalar ichida guruh bo‘lib yemirishi natijasida birgina mavsumda hosilni butkul nobud qilish holatlari
ham kuzatilishi mumkin.
Invaziv turlar lichinkalarining fe’l-atvor xususiyatlari ham tahlil qilindi.
L. dispar
lichinkalari
yosh bosqichlarida ipak tolalar yordamida shamol bilan uzoq masofalarga uchib ketishi – ularning
vodiyning ko‘plab tumanlarida tez tarqalishiga olib kelgan.
E. chrysorrhoea
esa zaharli tuklari bilan
nafaqat daraxt barglarini to‘liq yeb bitirishi, balki odamlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
(allergik toshmalar) bilan ham xavflidir.
H. cunea
lichinkalari dastlab kolonial hayot kechirib, barg
uchlarida ipak uyalar hosil qiladi. Ular birinchi bosqichlarda guruh bo‘lib oziqlansa, keyingi
bosqichlarda yakka tartibda daraxtning qolgan barglarini ham yeb tugatishi mumkin. Ana shu omillar
lichinkalar populyatsiyasining keskin ko‘payishiga olib keladi.
Bargxo‘r kapalaklar invaziyasi mevali bog‘lar va yong‘oq-pista o‘rmonlarining barqarorligiga
tahdid solib, o‘simliklarning hosil berish qobiliyatini pasaytiradi yoki to‘liq hosilsizlanishga olib
keladi. Barglar to‘kilishining takroriy hodisalari daraxtlarni zaiflashtiradi, kasalliklar va boshqa stress
omillariga moyillikni oshiradi. Natijada, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida pista hosili 80–90%
gacha kamaygan yillar kuzatilgani, O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida tut plantatsiyalarida to‘liq
barg to‘kilishi tufayli ipakchilik sanoati zarar ko‘rgani haqidagi ma’lumotlarni ta’kidlash mumkin.
Invazivlik mezonlarining tadqiq etilishi shuni ko‘rsatadiki, odatda yuqori ko‘payish tezligi,
polifag oziqlanishi, yangi muhitga tez moslashish va mahalliy tabiiy dushmanlarning yo‘qligi bu
kapalaklarni Farg‘ona vodiysida ham tez o‘sishiga sharoit yaratgan. Masalan,
H. cunea
adventiv
sifatida kirib kelgach, uning lichinkalariga qarshi ixtisoslashgan parazit yoki viruslar dastlabki
bosqichda deyarli uchramagan. Vaqt o‘tgani sayin mahalliy brakonid va ixneumonid arilar,
Calosoma
kabi yirtqich qo‘ng‘izlar ma’lum darajada moslashgan bo‘lsa-da, baribir populyatsiyani to‘liq nazorat
qilolmayapti.
Xalqaro savdo, transport vositalari orqali hasharot tuxum paketlarining kirib kelishi, meva va
yog‘och importi invaziv turlar tarqalishining asosiy omillaridan ekani kuzatuvlar va adabiyot
manbalaridan ma’lum. Farg‘ona vodiysi iqlimining iliqlashishi, bahor faslida haroratning erta
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
134
ko‘tarilishi lichinkalar rivojlanish davrini tezlashtirib, ularning avlod soni ortishiga sabab
bo‘layotganini xulosa qilish mumkin.
Umuman olganda, olingan natijalar Erebidae oilasiga mansub kapalaklarning Farg‘ona
vodiysida jiddiy zararkunanda sifatida o‘rnashganini va keyingi yillarda ularning avlod soni hamda
tarqalish hududi kengayishi mumkinligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, kuzgi to‘rkapalak (
H. cunea
) va tok
ipak qurti (
L. dispar
) kabi turlar mintaqada kechayotgan iqlim va antropogen o‘zgarishlar sharoitida
eng xavfli zararkunandalar sirasiga kirishi ta’kidlanmoqda. Shu bois, monitoring ishlari,
uyg‘unlashgan himoya choralari (biologik, kimyoviy va agrotexnik chora-tadbirlar uyg‘unligi),
karantin nazoratini kuchaytirish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish alohida dolzarb
vazifa ekanligi ushbu tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan asosiy xulosamiz sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Zahiri R., Holloway J.D va boshqalar – Molecular phylogenetics of Eribidae (Lepidoptera,
Noctudae) // Systematic Entomologiy. 2012-y B.102-124
2. Zokirova G.M. – b.f.f.d (PhD), Masodiqova M. A. – o
ʻ
qituvchi, Farg
ʻ
ona davlat universiteti
Tengsiz ipakchi (
Ocneria dispar
Linnaeus, 1758) ning tarqalish areallariga doir ma
ʼ
lumotlar
Farg‘ona, 2023. 58- 60
3. Sharma, R. (2019). Agricultural pest control: The role of Erebidae in crop management.
Agricultural Pest Studies, 11(2), 55-60.
4. Shermatov M.R. Farg‘ona vodiysi agroekotizimlari tangachaqanotli hasharotlari (Insecta,
Lepidoptera) // Biol. fan. dokt. (DSc) ...diss. –Toshkent, 2024. 200 b.
5. Rota J., Wahlberg N. Exploring the diversity of Eribidae: phylogenetic relationships based
on nuclear and mitochondrial genes- 2012-y T-7
