“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
129
TERAK BARGXO‘RI (CHRYSOMELA POPULI LINNAEUS, 1758) NING FARG‘ONA
VODIYSIDAGI TARQALISHI VA BIOEKOLOGIYASI
Zohidova Muxayyoxon Bahtiyorjonovna
Farg‘ona davlat universiteti, tayanch doktoranti
https://orcid.org/0009-0008-0039-0711
https://doi.org/10.5281/zenodo.15592218
Annotatsiya.
Ushbu maqolada terak bargxo‘ri (
Chrysomela populi
Linnaeus, 1758) ning
Farg‘ona vodiysi sharoitidagi tarqalishi, biologik rivojlanish bosqichlari va populyatsiya dinamikasi
o‘rganildi. Entomologik kuzatuvlar davomida bu zararkunanda yiliga bir necha avlod beradi, lichinka
va imago holatlarida barglarga sezilarli zarar yetkazadi. Ch. populi ning rivojlanishiga iqlim
sharoitlari, fitotsenoz turi va agrotexnik omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada zararkunandaning
fenologik xususiyatlari, morfologik belgilari va qishlov davri to‘g‘risida aniq ma’lumotlar keltirildi.
Integratsiyalashgan kurash choralarini ishlab chiqishda bu ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysida terak plantatsiyalarini muhofaza qilishda zarur bo‘lgan
ekologik va amaliy asoslarni shakllantiradi.
Kalit so‘zlar: terak bargxo‘ri;
Chrysomela populi
; Farg‘ona vodiysi; tarqalish; fenologiya;
hayot davri; populyatsiya dinamikasi; iqlim omillari; fitotsenoz; morfologik belgilar; qishlov;
integratsiyalashgan kurash; terak plantatsiyalari.
Аннотация
.
В
статье
исследованы
распространение
,
биологические
стадии
развития
и
динамика
популяции
тополевого
листоеда
Chrysomela populi
Linnaeus, 1758
в
условиях
Ферганской
долины
.
Энтомологические
наблюдения
показали
,
что
данный
вредитель
развивает
несколько
поколений
в
год
и
наносит
значительный
ущерб
листьям
как
в
личиночной
,
так
и
во
взрослой
стадиях
.
На
развитие
Ch. populi
существенно
влияют
климатические
условия
,
тип
фит
o
ценоза
и
агротехнические
факторы
.
Приведены
точные
данные
о
фенологии
,
морфологических
признаках
и
периоде
зимовки
вида
.
Полученные
результаты
важны
для
разработки
интегрированных
мер
борьбы
и
формируют
экологическую
и
прикладную
основу
защиты
тополевых
насаждений
Ферганской
долины
.
Ключевые
слова
:
тополевый
листоед
;
Chrysomela populi
;
Ферганская
долина
;
распространение
;
фенология
;
жизненный
цикл
;
динамика
популяции
;
климатические
факторы
;
фитоценоз
;
морфологические
признаки
;
зимовка
;
интегрированная
борьба
;
тополевые
насаждения
.
Abstract. This article examines the distribution, life-cycle stages, and population dynamics of
the poplar leaf beetle
Chrysomela populi
Linnaeus, 1758 under the conditions of the Fergana Valley.
Entomological observations revealed that the pest produces several generations per year and causes
considerable damage to leaves in both larval and adult stages. Climate parameters, phytocoenosis
type, and agrotechnical practices exert strong influences on the development of
Ch. populi
. Detailed
information is provided on the species’ phenology, diagnostic morphological traits, and
overwintering period. These findings are essential for designing integrated control measures and
supply the ecological and practical basis required to protect poplar plantations in the Fergana Valley.
Keywords.
Chrysomela populi
, leaf beetle, Fergana Valley, poplar, bioecology, population
dynamics, metamorphosis, pest insect, larva, imago, integrated pest management, entomological
monitoring
Kirish. Chrysomela populi
Linnaeus, 1758 (terak bargxo‘ri) – Chrysomelidae oilasiga mansub
hasharot, asosan terak
Populus
va tol
Salix
kabi manzarali daraxtlarning barglari bilan oziqlanadi.
Ushbu tur juda keng tarqalgan bo‘lib, Yevropa, Sibir, Kavkaz, Markaziy Osiyo, jumladan
O‘zbekiston hududlarida uchraydi. Terak bargxo‘rining ko‘payishi natijasida yosh terakzorlarda
barglarning to‘liq yemirilishi sodir bo‘lib, daraxtlar biomasasi kamayishi yoki hatto ko‘chatlarning
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
130
qurib qolishi mumkin. Shu sababli
Ch. populi
O‘zbekistonda terak plantatsiyalari uchun xavfli
zararkunanda sifatida qayd etilgan.
Adabiyotlar tahlili. Chrysomela populi
– bargxo‘r qo‘ng‘izlar oilasiga mansub defoliator
zararkunanda bo‘lib, Salicaceae oilasiga kiruvchi o‘simliklarda yashaydi va oziqlanadi [1].
O‘zbekiston sharoitida bu zararkunanda asosan tog‘oldi va nam hududlarda, xususan Farg‘ona
vodiysining balandlik mintaqalarida keng tarqalganligi aniqlangan [2].
Ch. populi
to‘liq metamorfoz
yo‘li bilan rivojlanadi, tuxum – lichinka – g‘umbak – imago bosqichlarini o‘tadi, bu esa bir mavsumda
bir necha avlod rivojlanishini ta’minlaydi. Lichinkalari va imago holatdagi qo‘ng‘izlar faol ravishda
barglarni kemirib, terak ko‘chatlarida katta defoliatsiya keltirib chiqaradi, bu daraxtlarning fotosintez
va o‘sish jarayonini izdan chiqaradi [3]. Turli terak navlari barglari ushbu qo‘ng‘iz uchun turlicha
to‘yimlilikka ega bo‘lib, oq terak (
Populus alba
) barglari bilan oziqlangan zararkunandalar past
ko‘payish darajasini ko‘rsatadi [4]. Zararkunanda sonining maksimal ko‘payishi ko‘pincha
antropogen faktorlarga, xususan monokultura plantatsiyalar va noto‘g‘ri agrotexnik yondashuvlarga
bog‘liq [2].
Material va tadqiqot uslublari.
Ushbu tadqiqot
Chrysomela populi
ning Farg‘ona vodiysi
sharoitidagi tarqalishi, biologik rivojlanish bosqichlari, populyatsiya dinamikasiga ta’sir etuvchi
omillar va ularni nazorat qilish usullarini o‘rganishga qaratilgan. Izlanishlar 2023–2024 yillarda
Farg‘ona vodiysi, xususan, Farg‘ona viloyatining Beshariq, Toshloq, Namangan viloyatining Pop va
To‘raqo‘rg‘on tumanlari hududlarida olib borildi. Entomologik kuzatuvlar uchun mazkur
hududlardan tabiiy va madaniy fitotsenozlarga ega bo‘lgan 12 ta nuqtadan namunalar olindi. Har bir
nuqtada o‘simlik ustida kuzatuvlar olib borilib,
Ch. populi
ning har xil rivojlanish bosqichlari hamda
fenologik va ekologik holatlari qayd etildi. Namuna olishda qo‘lda yig‘ish, entomologik tarmoq va
barglarni qirqib olish usullari qo‘llanildi. G‘umbaklanish joylari va qishlov bosqichi tabiiy sharoitda
kuzatilib, tuproq yuzasi va xazon qatlamlari ichida joylashgan bosqichlar sanab chiqildi. Monitoring
natijalari asosida zarar darajasi toifalarga ajratildi: 1) past (
≤
10% barg shikastlangan); 2) o‘rta (10–
30%); 3) yuqori (30% dan ortiq). Biologik va agrotexnik nazorat usullari doirasida mavjud yirtqich
entomofauna soni qayd qilindi.
Muhokama va natijalar. Ch. populi
to‘liq metamorfoz yo‘li bilan rivojlanadi, ya’ni tuxum-
lichinka-g‘umbak-imago bosqichlarini o‘tadi. Uning voyaga yetgan imagosi o‘rtacha 9–13 mm
uzunlikka ega bo‘lib, urg‘ochilari erkaklarga nisbatan biroz yirikroq bo‘ladi. Qo‘ng‘iz tanasi oval-
silindrsimon, qanot usti qismi yorqin qizil-to‘q sariq rangda, boshi va ko‘krak qismi hamda oyoq-
mo‘ylovlari qora yoki to‘q ko‘k tusda bo‘ladi. Elitralarning bazal qismida mayda qora dog‘ bo‘lib,
bu
Ch. populi
turiga xosdir. Erkak va urg‘ochi individlar tashqi ko‘rinishda juda o‘xshash, faqat
urg‘ochi qo‘ng‘iz tanasi nisbatan yirik va qorin qismi biroz bo‘rtiqroq bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Ch. populi
qo‘ng‘izlari ilk bahorda, terak va tol daraxtlari barg chiqarishi bilan faollashadi.
Farg‘ona vodiysi sharoitida qishdan chiqib tirik qolgan imagolar odatda aprel oyining oxiri may
boshlarida o‘simliklarda paydo bo‘ladi. Voyaga yetgan qo‘ng‘izlar barglar bilan 2–3 kun
oziqlanganidan so‘ng juftlashadi. Urg‘ochi qo‘ng‘iz barglarning pastki tomoniga to‘plam-to‘plam
holatda mayda cho‘ziq tuxumlar qo‘yishni boshlaydi. Har bir urg‘ochi qo‘ng‘iz bitta qo‘yishda
o‘rtacha 15–30 taga yaqin sarg‘ish-to‘q sariq rangli tuxum qo‘yadi. Tuxum qo‘yish jarayoni bahor
oxiri va yoz fasli davomida bir necha marta takrorlanib, urg‘ochi qo‘ng‘iz bir vegetatsiya davrida
jami yuzlab tuxum qoldirishi mumkin. Tuxumlarning inkubatsion davri ob-havo sharoitiga bog‘liq
holda 5–10 kunni tashkil qiladi. Tuxumlardan lichinkalar chiqishi odatda may oyining o‘rtalari va
oxiriga to‘g‘ri keladi. Yangi chiqqan lichinkalar dastlab barglar orqa tomonida bir joyga uyushib,
gala (koloniya) bo‘lib oziqlanadi. Lichinkalarning rangi dastlab och sariq bo‘lib, tana yuzasida
muntazam joylashgan mayda qora dog‘-nuqtalar bo‘ladi. Lichinkaning boshi, oyoqlari va tana
segmentlari oralig‘i qora tusda. Voyaga yaqinlashgan lichinkalar 10–15 mm gacha o‘sadi va rangi
biroz to‘qroq sarg‘ish-jigarrang tusga kirishi mumkin. Lichinkalar rivojlanish davomida 3 ta yosh
bosib o‘tadi va har bir yoshda barglarni faol kemirib, ko‘p miqdorda ekskrement ajratadi.
Ch. populi
lichinkalari himoya mexanizmiga ega, ular xavf sezganda tanasining yon tomonlarida joylashgan
maxsus bezlardan badbo‘y hidli qizg‘ish suyuqlik chiqara oladi. Ushbu kimyoviy himoya tarkibida
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
131
lichinkalar yeb turgan barglarda uchraydigan salitsin modda bo‘lib, yirtqichlarni qo‘rqitadi.
Lichinkalar taxminan 2–3 hafta davomida oziqlanib to‘yinadi. Keyin to‘liq voyaga yetgan lichinkalar
g‘umbaklanish uchun o‘simlikdan tushib, yerga tushadi. G‘umbak holati odatda tuproq ustida yoki
to‘kilgan barglar orasida, ba’zan esa bargning ostki tomonida “osilgan” holda kechadi. G‘umbak
sariq-jigarrang rangda harakatsiz pilla ko‘rinishida bo‘lib, bu davr taxminan 5–10 kun davom etadi.
Shundan so‘ng yangi voyaga yetgan qo‘ng‘iz paydo bo‘lib, qisqa muddatda qotib, qizil rangga kiradi.
Farg‘ona vodiysi kabi issiq-iqlimli hududlarda terak bargxo‘ri bir yilda ikki avlod beradi, ba’zi
qulay yillarda uchinchi, to‘liq bo‘lmagan avlod ham rivojlanadi. Birinchi avlod qo‘ng‘izlari iyun
oyiga kelib shakllansa, ikkinchi avlod avgust-sentabrda paydo bo‘ladi. Yilning so‘nggi avlodiga
mansub qo‘ng‘izlar yoki lichinkalar qishlash bosqichiga o‘tadi. Kuzda harorat pasayishi bilan
Ch. populi
ning rivojlanishi to‘xtab, hasharot qishki diapauza holatiga o‘tadi. Turga xos qishlash
bosqichi haqida turli manbalarda ikki xil ma’lumot uchraydi. Markaziy Yevropa sharoitida
qo‘ng‘izlar imago holatda qishlaydi va kelgusi bahorda yana faoliyat boshlaydi. Farg‘ona vodiysi
sharoitida ham lichinka holatda qishlaydi, chunki ko‘p kuzatilganidek kuz oxirida daraxtlar tagidagi
tuproq va xazon qatlamida so‘nggi avlodning to‘yingan lichinkalari uchraydi. Qishlovdan omon
chiqqan qo‘ng‘izlar yoki lichinkalar kelgusi yil bahorida harorat 15 °C dan oshganda yana faol
hayotga kirishadi. Shunday qilib,
Ch. populi
ning biologik rivojlanish sikli yiliga bir necha avlod
almashinuvi bilan uzluksiz davom etadi va populyatsiya miqdori mavsum davomida ortib boradi.
Xulosa. O‘tkazilgan tadqiqotlar Farg‘ona vodiysining tog‘oldi zonalarida
Ch. populi
ning
barqaror populyatsiyasi shakllanganligini ko‘rsatdi. Zararkunanda asosan
Populus
va
Salix
turlarining barglari bilan oziqlanib, har bir vegetatsiya mavsumida bir necha avlod rivojlanadi.
Ch.populi
ning biologik rivojlanish sikli to‘liq metamorfoz bosqichlarini o‘z ichiga oladi va uning
rivojlanishi iqlimiy sharoitlarga, xususan bahor va yoz oylaridagi harorat va namlik darajasiga kuchli
bog‘liqdir. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, yuqori populyatsiya zichligi kuzatilgan yillarda
terakzorlarda barglarning 30% dan ortig‘i shikastlanib, fotosintez va o‘sish jarayonlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatgan. Lichinkalar va imagolar tomonidan yetkazilgan zarar ekologik va iqtisodiy jihatdan
sezilarli bo‘lib, ayniqsa monokultura plantatsiyalarda bu holat keskinlashgan.
Foydalanilagn adabiyotlar ro‘yhati
1.
Матмуратова
Г
.
И
.,
Султанов
Б
.
А
.
Биогеография
листоедов
рода
Chrysomela
(Coleoptera: Chrysomelidae)
в
Узбекистане
// American Journal of Agriculture and Horticulture
Innovations. – 2024. –
Т
. 4,
№
12. –
С
. 19–23.
2.
Рахимова
А
.
А
.
Биология
,
вредоносность
и
меры
борьбы
с
тополёвым
листоедом
(Chrysomela populi L.)
в
условиях
Ферганской
долины
//
Агрохимия
,
защита
и
карантин
растений
. – 2023. –
Спецвыпуск
. –
С
. 45–51.
3.Yaman M. Distribution and occurrence of the neogregarine pathogen
Ophryocystis
anatoliensis
in populations of
Chrysomela populi
// Acta Protozoologica. – 2017. – Vol. 56. – P. 283–
288.
4. Fazylbekov R., Tokhtaboyev A., Ibragimov U. Growth rates of poplar cultivars across
Central Asia // Forests. – 2021. – Vol. 12, No. 3. – P. 373.
