“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
123
FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA KATTA QORA ARCHA SHIRASI (CINARA
PICEAE PANZER, 1800) NING OZIQLANISH EKOTIPLARI VA EKOLOGIK
MOSLASHUVI
Zokirova Gulnora Mamajonovna
Farg‘ona davlat universiteti, b.f.f.d. (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15572670
Annotatsiya.
Ushbu maqolada katta qora archa shirasi (
Cinara piceae
Panzer, 1800) turining
Farg‘ona vodiysi sharoitidagi ekologik xususiyatlari va oziqlanish spektri o‘rganildi. Tadqiqotlar
davomida ushbu shira asosan
Picea abies
,
P. tianschanica
va
P. schrenkiana
daraxtlarida keng
tarqalganligi,
Pinus
va
Juniperus
turlarida esa kamroq uchrashi aniqlangan. C.
piceae
koloniya hosil
qilgan joylarda daraxtlarning fotosintez faoliyati pasayadi va o‘sish sur’ati susayadi.
Kalit so‘zlar:
katta qora archa shirasi,
Cinara piceae
, ignabargli daraxtlar, oziqlanish spektri,
fitotsenoz, populyatsiya zichligi, ekologik moslashuv
Аннотация
.
В
статье
рассмотрены
экологические
особенности
и
спектр
кормовых
растений
черной
еловой
тли
(
Cinara piceae
Panzer, 1800)
в
условиях
Ферганской
долины
.
В
ходе
исследований
установлено
,
что
данный
вид
преимущественно
колонизирует
хвойные
деревья
рода
Picea
—
особенно
P. abies
,
P. tianschanica
и
P. schrenkiana
.
Отмечены
случаи
питания
на
Pinus
и
Juniperus
,
хотя
с
меньшей
интенсивностью
.
При
высокой
плотности
колоний
тля
значительно
снижает
фотосинтетическую
активность
растений
и
угнетает
их
рост
.
Ключевые
слова
:
черная
еловая
тля
,
Cinara piceae
,
хвойные
деревья
,
спектр
питания
,
фитоценоз
,
плотность
популяции
,
экологическая
адаптация
Abstract.
This article explores the ecological characteristics and host plant spectrum of the
large black spruce aphid (
Cinara piceae
Panzer, 1800) under the conditions of the Fergana Valley.
The study reveals that this species primarily forms colonies on coniferous trees, especially
Picea
abies
,
P. tianschanica
, and
P. schrenkiana
, with lower infestation rates on
Pinus
and
Juniperus
. At
high population densities,
C. piceae
significantly impairs the photosynthetic capacity and growth of
the host trees.
Keywords:
black spruce aphid,
Cinara piceae
, Fergana Valley, coniferous trees, feeding
spectrum, phytocoenosis, population density, ecological adaptation
Kirish. Cinara piceae
(Panzer, 1800) – katta qora archa shirasi deb ataluvchi bu tur
Picea
turkumiga mansub daraxtlarning tanasi va eski shoxlari po‘stlog‘ida bahor faslida katta koloniyalar
hosil qiladi. Ko‘pincha may-iyun oylarida ko‘plab qanotlilar paydo bo‘lib, populyatsiya tarqaladi.
Cinara piceae
katta o‘lchamli, rangsiz yoki jigarrang shira bo‘lib, archa daraxtlarining yosh novdalari
va barglariga joylashadi. Asosan Yevropa va Shimoliy Osiyo mintaqalarida keng tarqalgan.
Daraxtlarning o‘sishini susaytirishi va fiziologik zaiflashuviga sabab bo‘ladi.
Adabiyotlar sharhi.
Ko‘plab tadqiqotlarda
Cinara piceae
ning ozuqa o‘simliklari, biologik
sikli va ekologik moslashuvchanlik xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan [2,3,4,5].
Ushbu ma’lumotlar entomologlar, o‘rmonchilar va ekologlar uchun amaliy qo‘llanma vazifasini
bajaradi [4].
C.piceae
turining tashqi morfologik xususiyatlari, rang va tana o‘lchamlari farqlanadi
[3].
Cinara
urug‘i vakillarining filogenetik aloqalari va ekologik ixtisoslashuvi molekulyar
tadqiqotlar asosida ham tahlil qilingan. Xususan, qora archa shirasining boshqa ignabargli
o‘simliklarda yashovchi turlari bilan genetik yaqinligi va ekologik moslashuvi tahlil etilgan. Tadqiqot
natijalari bu turkumdagi shiralarning ixtisoslashgan parazitizmga moyilligi borligini ko‘rsatadi [3,5].
Tadqiqot va material uslublari.
Shira namunalarini yig‘ish, qayta ishlash va ulardan
koll
е
ksiyalar tayyorlashda V.B.Golub, M.N.Surikov va A.A.Prokinlarning “Hasharotlar koll
е
ksiyasi:
yig‘ish, qayta ishlash va mat
е
riallarni saqlash” nomli m
е
todologik qo‘llanmasidan foydalanildi.
Tadqiqotlar davomida shiralardan ularning koloniyadagi soniga qarab 10 tadan 50 tagacha namunalar
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
124
olindi. O‘lcham va morfom
е
trik b
е
lgilari jihatdan zarur bo‘lgan namunalaridan laboratoriya
sharoitida 50 dan ortiq doimiy pr
е
paratlar tayyorlandi.
Muhokama va natijalar. Cinara piceae
uzunligi taxminan 2,5–5 mm, uzun oyoqli va kichik
boshli, tanasi cho‘zilgan shaklga ega. Antennalari uzun, ko‘pincha tanasining yarmiga yetadi.
Polimorfik tur hisoblanib, qanotli va qanotsiz shakllari mavjud.
C.piceae
asosiy oziqlanish manbai
— ignabargli daraxtlarning novdalari va poyalari hisoblanadi.
Cinara piceae
shirasi asosan
Picea
avlod ovakillari bilan oziqlanadi. Eng asosiy oziqa manbai –
Picea abies
, u yerda katta koloniyalar
hosil qiladi. Shuningdek,
Picea tianschanica
va
Picea schrenkiana
ham oziqlanish uchun muhim
hisoblanadi.
Pinus
turlari va
Juniperus
daraxtlarida oziqlanish kamroq, lekin kuzatishlarda ushbu
o‘ssimliklarda ham koloniyalar aniqlandi (29.04.2025). Bu daraxtlar asosan quruq yoki yarim quruq
hududlarda o‘sadi.
Abies
daraxtlarida esa oziqlanish juda kam va u asosiy ozuqa manbai emas. Shira
asosan yosh novdalar va barglardan oziqlanadi, bu esa daraxtlarning zaiflashishiga olib keladi.
C.piceae
yirik koloniya hosil qilganda daraxtning fotosintez faoliyatiga jiddiy salbiy ta’sir qiladi.
Yangi ekilgan yoki zaif daraxtlar nobud bo‘ladi (1-jadval).
1-jadval
Cinara piceae shirasining ozuqa o‘simliklari va oziqlanish sharoitlari
Ozuqa o‘simligi
Sharoit
Oziqlanish
joyi
Izohlar
Picea abies
nam, tog‘ tabiiy
senozlar
yosh novdalar,
barglar
asosiy oziqlanish manbai, katta
koloniyalar hosil qiladi
Picea
tianschanica
tog‘li hududlar,
nisbatan sovuq
iqlimli tabiiy
senozlar
novdalar,
barglar
Farg‘ona vodiysi va unga yaqin
hududlarda uchraydi
Picea schrenkiana
tog‘ va tog‘oldi
madaniy senoz
novdalar,
barglar
Sharqiy O‘zbekistonda uchraydi,
oziqlanish uchun mos
Pinus sylvestris
quruq va yarim
quruq madaniy
senozlar
novdalar,
barglar
quruq sharoitlarda yaxshi
moslashgan, ba’zan oziqlanadi
Pinus pallasiana
quruq tog‘ tabiiy
senozlar
novdalar,
barglar
kamroq oziqlanadi
Pinus brutia var.
eldarica
quruq, yarim quruq
madaniy senozlar
novdalar,
barglar
mahalliy iqlim sharoitida uchraydi,
kam oziqlanadi
Juniperus
quruq, tog‘ tabiiy
senozlari
novdalar,
barglar
kamroq oziqlanadi
Abies
nam, tog‘ tabiiy
senoz
novdalar,
barglar
odatda oziqlanishda asosiy ozuqa
manbai emas, lekin mayda
koloniyalar mavjud
Cinara piceae
ning ozuqa o‘simliklariga joylashuvi faqat tur darajasida emas, balki mikroiqlim
ya’ni soya, namlik, havo harorati bilan chambarchas bog‘liq. Tuproqning fizik-kimyoviy tarkibi
bevosita mezbon o‘simliklarning sog‘lom rivojlanishiga ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida
C.piceae
koloniyalarining miqdori va zichligiga ta’sir qiladi. Gumusga boy, yaxshi aeratsiyaga ega bo‘lgan
tog‘ tuproqlari shira zichligi yuqori bo‘lgan hududlar hisoblanadi.
Xulosa. Cinara piceae
turiga mansub katta qora archa shirasi — ignabargli daraxtlar, xususan
Picea
jinsiga mansub turlar uchun xavfli zararli hasharot hisoblanadi. Ularning oziqlanishi novdalar
va barglarda sodir bo‘lib, daraxtlarning fiziologik zaiflashishiga, o‘sishining susayishiga va hatto
nobud bo‘lishiga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
C.piceae
asosan
Picea abies, P.
tianschanic
va
P. schrenkiana
turlarida yuqori zichlikda uchraydi, lekin
Pinus
va
Juniperus
turlarida
ham oziqlanadi. Shira populyatsiyasining zichligi o‘simlik turi bilan bir qatorda mikroiqlim omillari,
tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari, havo harorati, namlik va soyali sharoit bilan chambarchas
bog‘liq.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
125
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Мухамедиев
А
.
А
.
Тли
Ферганской
долины
. –
Ташкент
:
Фан
, 1979.
2.
Аҳмедов
М
.
Ҳ
.,
Зокиров
И
.
И
.,
Ҳусанов
А
.
К
.,
Мансурхўжаева
М
.
У
.,
Арипова
Ф
.
Х
.
Дунё
афидофаунаси
Cinara
Curtis, 1835
уруғи
шираларининг
(Homoptera, Lachnidae)
озуқа
спектри
ҳақида
// O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ma’ruzalari. –Toshkent, 2015.
-
№
5. .
3. Blackman R. L., Eastop V. F. Aphids on the world’s trees. An identification and information
guide. Wallingford: CAB Int., 1994. 995 p.
4. Blackman and V.F. Eastop – London: Natural History Museum, 2006. – 1438
р
. – Freely
available at: http://www.aphidsonworldsplants.info/. – (retrieval date: 15.05.2017).
5. Zokirova G.M. Farg‘ona vodiysi ochiq urug‘li o‘simliklari entomofaunasi. Biol. fan. fals.
dokt. diss. avtoref. –Farg‘ona, 2023. – 48 b.
