“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
110
SESIA APIFORMIS: MIMIKRIYA VA YASHIRIN HAYOT TARZINING BIOLOGIK
ASOSLARI
Usmonjonova Ozoda Komiljon qizi
1
, Turayeva Zuxra Rajaboyevna
2
.
1,2
Namangan davlat universiteti
E-mail: z_turaeva78@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15572670
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
Sesia apiformis
turi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot Namangan
viloyatining Pop tumanida bajarildi. Tadqiqot natijalarida lichinkalarning daraxt tanasi ichida
yashirin rivojlanishi va imago bosqichida esa asalarilarga o‘xshash tashqi ko‘rinishi orqali
yirtqichlardan samarali himoya mexanizmi shakllanganligini ko‘rsatdi. Bu biologik xususiyatlar
turga mahalliy ekologik sharoitlarga moslashish va populyatsiyaning barqarorligini ta’minlash
imkonini beradi. Maqolada
Sesia apiformis
ning ekologik o‘rni, uning yashash muhitlarini saqlash
muhimligi hamda kelgusida tadqiqotlar olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Kalit so‘zlar
: Sesiidae,
Sesia apiformis
, mimikriya, yashirin hayot tarzi, daraxtlar, morfologik
xususiyatlar, lichinka, imago, evolyutsion adaptatsiya, himoya mexanizmi.
Аннотация
:
Исследования
,
проведенные
в
данной
статье
относительно
вида
Sesia
apiformis
,
проводились
в
Папском
районе
Наманганской
области
.
Результаты
исследования
показали
,
что
личинки
выработали
эффективный
механизм
защиты
от
хищников
благодаря
скрытому
развитию
внутри
ствола
дерева
и
пчелоподобному
внешнему
виду
на
стадии
имаго
.
Эти
биологические
особенности
позволяют
виду
адаптироваться
к
местным
экологическим
условиям
и
обеспечивать
стабильность
популяции
.
В
статье
подчеркивается
экологическая
роль
Sesia apiformis
,
важность
сохранения
среды
его
обитания
и
необходимость
дальнейших
исследований
.
Ключевое
слово
:
Sesiidae,
Sesia apiformis
,
мимикрия
,
скрытый
образ
жизни
,
деревья
,
морфологические
признаки
,
личинка
,
имаго
,
эволюционная
адаптация
,
защитный
механизм
.
Annotation:
The studies conducted in this article on the species
Sesia apiformis
were
conducted in the Pap district of the Namangan region. The results of the study showed that the larvae
have developed an effective defense mechanism against predators due to their hidden development
inside the tree trunk and bee-like appearance at the imago stage. These biological features allow the
species to adapt to local environmental conditions and ensure population stability. The article
highlights the ecological role of
Sesia apiformis
, the importance of preserving its habitat, and the
need for further research.
Keyword:
Sesiidae,
Sesia apiformis
, mimicry, hidden lifestyle, trees, morphological features,
larva, imago, evolutionary adaptation, defense mechanism.
Kirish. Sesia apiformis
(Linnaeus, 1758) - Lepidoptera turkumiga mansub, Sesiidae oilasining
vakili bo‘lib, ko‘plab o‘rmonzor va daraxtzor hududlarda uchraydi. Bu tur o‘zining yashirin hayot
tarzi va mimikriya mexanizmlari bilan ajralib turadi.
Sesia apiformis
esa tashqi ko‘rinishida
asalarilarga o‘xshashligi bilan yirtqichlardan himoyalanadi. Shu bilan birga, uning lichinkalari daraxt
tanasining ichida yashirin holda rivojlanadi, bu esa unga qo‘shimcha himoya beradi. Farg‘ona
vodiysining tog‘oldi va daryo bo‘ylaridagi daraxtzor hududlarida
Sesia apiformis
ning ekologik va
biologik xususiyatlarini o‘rganish, turning mahalliy sharoitga moslashuvini aniqlash va ularni himoya
qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish muhimdir.
O‘rganilganlik darajasi.
I.V.Andreeva, V.P.Svetkovalar nashr etgan kitobida tiniqqanotli
hashsrotlar oilasi (Aegereidae) - shaffof qanotlari faqat chekkalari bo‘ylab tangachalarga ega, hamda
bir boqishda kapalaklar asalarilar yoki arilarga o‘xshaydi; qurtlari po‘stloq ostidan va yog‘ochdan
o‘tish joylari qiladi va po‘stlog‘ini yemirib imago zarar yetkazishi mumkin[1], Z.Lastuvka,
A.Lastuvkalar monografiyasida Yevropada uchraydigan Sesiidae oilasiga mansub turlarni tizimli
ravishda tasniflaydi. Kitobda har bir tur uchun morfologik tavsiflar, tarqalish hududlari, biologiyasi
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
111
va ekologiyasi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan[2]. Robert Bohat tadqiqotida mimikriya
jarayonini hashrotlarda kuzatgan.
Sesia apiformis
ning tashqi ko‘rinishi faqat yirtqichlar emas, balki
odamlar tomonidan ham “ari” sifatida qabul qilinadi[3]. Ruben Meert tadqiqotida
Sesia apiformis
lichinkalarining terak daraxtlarining ildiz so‘rg‘ichlarida yashashini tasvirlaydi. Bu yashirin hayot
tarzi bu turning ekologik molashuvchanligini va yashash strategiyasini tushunishga yordam beradi[4].
Yuqoridagi tadqiqotlarda aynan Namangan viloyati o‘rganilmagani bois, bu mavzuni kompleks
taxlil asosida o‘rganish kelgusidagi ilmiy ishlarga ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Material va metodlar
. Tadqiqot olib borish uchun Pop tumani va unga yaqin
hududlar(40.79662. 70.93926, 40.83459.71.03499, 40.85978.71.18464, 40.87082. 71.22475)dagi
daraxtzor maydonlari tanlandi hamda dala kuzatuvlari olib borildi. Shuningdek, daraxt tanasida
lichinka bosqichlarini aniqlash uchun tol va terak daraxtlari namunalarini yig‘ildi. Imago bosqichini
kuzatish uchun iyun-iyul oylarida faollik davrida maxsus tutqichlar o‘rnatildi. Olingan ma’lumotlar
morfologik tahlil qilinganda oldingi qanotlari har xil tor, oldingi qanotlari uzunligi 2-28 mm. Qanot
kengligi esa 30-60 mm. Tuxumining asosiy diametri: 0,85 mm. Shuningdek, imago va lichinkalarning
tashqi tuzilmalari o‘rganildi(
1-rasm
). Ayniqsa, qanot tuzilishi, tana rangi, tuklar joylashuvi va
asalariga o‘xshashlik darajasi morfometrik usullar asosida baholandi. Kuzatuv ishlari turga xos faol
davrlarda (iyun-iyul oylarida) olib borildi. Mahalliy entomologik kolleksiyalardagi namunalar
o‘rganildi va amaldagi adabiyotlar bilan taqqoslandi.
A
B
S
D
1-rasm. Sesia apiformis
turining rivojlanish bosqichlari.
(A-tuxumi, B-lichinkasi, S-g‘umbagi, D-imagosi)
Natijalar. Dala kuzatuvlari va morfologik tahlillar asosida
Sesia apiformis
turining yashash
xususiyatlari aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu tur daraxtzor hududlarda, ayniqsa tol va terak
daraxtlari bor joylarda yashaydi. Lichinkalari asosan daraxt tanasi ichida yashirin holda rivojlanadi,
bu esa turga tashqi xavf omillaridan himoyalanish imkonini beradi.
Sesia apiformisning
imago
bosqichidagi tashqi ko‘rinishi asalariga o‘xshashligi esa yirtqichlardan himoyalanishda muhim rol
o‘ynaydi. Ushbu morfologik va ekologik moslashuvlar
Sesia apiformis
turining ayrim hududlarda
yashab qolishi va populyatsiyasining saqlanib qolishida muhim omil hisoblanadi.
Muhokama. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,
Sesia apiformis
turining lichinkalarni daraxt
tanasi ichida hayot kechirishi turga tabiiy himoya vazifasini bajaradi, chunki ichki yashash muhitlari
yirtqichlardan va atrof-muhitning noqulay omillaridan himoyalanishga imkon beradi. Mimikriya
jarayoni ham imago bosqichida sezilarli rol o‘ynaydi, yani entomofag yoki qushlar uchun uni kamroq
tanib olish imkonini beradi. Bu biologik moslashuv evolyutsiya jarayonida himoya strategiyasi
sifatida shakllanganligi ilmiy adabiyotlar bilan ham mos keladi.
Xulosa.
Farg‘ona vodiysining iqlim va ekologik sharoitlari bu tur uchun qulay bo‘lib,
daraxtzorlarning mavjudligi va o‘ziga xos biologik xilma-xillik
Sesia apiformis
populyatsiyasining
barqarorligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, inson faoliyati natijasida daraxtzorlarning kamayishi va
ekologik muhitning buzilishi turga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kelajakda bu turning biologik
xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish, uning yashash joylarini saqlash va himoya qilish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqish zarur. Shuningdek, Pop tumani va boshqa hududlardagi ekologik
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
112
monitoringlar natijalarini muntazam kuzatish,
Sesia apiformis
populyatsiyalarining holatini
baholashda muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
.
1.
Андреева
И
.
В
.,
Цветкова
В
.
П
.
Общая
энтомология
:
рабочая
тетрадь
для
выполнения
лабораторнопрактических
занятий
и
самостоятельной
работы
/
Новосиб
.
гос
.
аграр
.
ун
-
т
.
Агроном
.
фак
.;
сост
.: -
Новосибирск
:
НГАУ
, 2018.
2.
Lastuvka, Z., Lastuvka, A. The Sesiidae of Europe
.
Stenstrup: Apollo Books. Stenstrup, 2001,
245 pp. ISBN: 87-88757-52-8.Price DKK 370.00
3.
Robert Bohat. Metaphors to Survive by: Mimicry as Biometaphors, Embodiment of Sign and
Cognitive Tools (not only) in Animals? published by Sciendo Linguistic Frontiers,
№
1. 2021.
4.
Ruben Meert.
Sesia apiformis
(Lepidoptera: Sesiidae) Living in Populus Root Suckers. March
2022. DOI:10.6084/m9.figshare.19122965
