“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
107
FARG‘ONA VODIYSI “YOZYOVON CHO‘LLARI” TABIAT YODGORLIGIDA
TARQALGAN QANDALA TUR TARKIBI
Shermatova Muxayyo Abdurazzaq qizi
Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi magistranti
sspecial334@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15572670
Annotatsiya:
Ushbu tadqiqot Farg‘ona vodiysi markazida joylashgan “Yozyovon cho‘llari”
tabiiy hududida yarimqattiqqanotlilar - qandala (Heteroptera) turkumi turlarini aniqlashga qaratildi.
Natijalarga ko‘ra, bu hududda 9 ta oilaga mansub jami 23 ta qandala turi qayd etildi. Eng ko‘p
uchraydigan turlar Pentatomidae oilasiga tegishli bo‘lib, bu guruh ekologik va agrar ahamiyatga ega.
Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi turlarni aniqlash va ularga qarshi
samarali himoya choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘z:
Heteroptera, Pentatomidae, Scutelleridae, Reduviidae, Alydidae, Lygaeidae,
Rhopalidae, Nabidae, Miridae.
Аннотация
:
Данное
исследование
было
направлено
на
выявление
видового
состава
полужесткокрылых
-
клопов
(Heteroptera)
в
природной
зоне
“
Язъяванские
пустыни
”,
расположенной
в
центре
Ферганской
долины
.
Согласно
результатам
,
на
данной
территории
было
зарегистрировано
23
вида
клопов
,
относящихся
к
9
семействам
.
Наиболее
часто
встречающиеся
виды
принадлежат
к
семейству
Pentatomidae,
которое
имеет
экологическое
и
аграрное
значение
.
Результаты
исследования
имеют
важное
значение
для
выявления
видов
,
наносящих
вред
сельскохозяйственным
культурам
,
и
для
разработки
эффективных
мер
борьбы
с
ними
.
Ключевое
слово
:
Heteroptera, Pentatomidae, Scutelleridae, Reduviidae, Alydidae,
Lygaeidae, Rhopalidae, Nabidae, Miridae.
Annotation:
This study was conducted in the “Yozyovon Deserts,” a natural area located in
the center of the Fergana Valley, and aimed to identify the species composition of true bugs
(Heteroptera). According to the results, a total of 23 species of true bugs belonging to 9 families were
recorded in the area. The most frequently encountered species belonged to the Pentatomidae family,
which has both ecological and agricultural significance. The findings of this study are important for
identifying species harmful to agricultural crops and for developing effective pest control measures
Keyword:
Heteroptera, Pentatomidae, Scutelleridae, Reduviidae, Alydidae, Lygaeidae,
Rhopalidae, Nabidae, Miridae.
Jahon bozorida sifatli va ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib
borayotgani oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashni yanada dolzarb masalaga aylantirmoqda. Shu bois,
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kompleks, ya’ni
uyg‘unlashgan kurash usullaridan foydalanish, hosildorlikni saqlab qolish bilan birga sifatli va
ekologik toza mahsulot yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi [6].
Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish jarayonida ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar va
zararkunandalar mavjud bo‘lib, ular orasida Heteroptera turkumi vakillari alohida ahamiyat kasb
etadi. Bu turkum hasharotlar sinfining yirik qismini tashkil etib, Yer yuzining deyarli barcha
hududlarida keng tarqalgan. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha qandala (Heteroptera)larning 75 ta oilaga
mansub 50 mingdan ortiq turi ma’lum [3].
O‘zbekistonda ham qandalalarning turlar xilma-xilligi yuqori bo‘lib, ular orasida endemik va
Qizil kitobga kiritilgan turlar ham uchraydi [5, 4, 8]. Bu holat mamlakatdagi ekologik muhitning boy
va rang-barangligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi mumkin [1, 2].
Yozyovon cho‘li Farg‘ona vodiysining markaziy qismida joylashgan tabiiy hudud bo‘lib, uning
shimoliy qismidan Sirdaryo daryosi oqib o‘tadi. Ushbu hudud tuprog‘i paleozoy davriga oid
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
108
jinslardan tarkib topgan bo‘lib, yer yuzasi to‘rtlamchi davrning allyuvial va prolyuvial yotqiziqlari
bilan qoplangan [7].
Ushbu cho‘l hududida yantoq, qamish, sho‘ra, shuvoq, yulg‘un kabi tabiiy o‘simliklar o‘sadi.
Kanal va ariqlar bo‘ylarida esa terak, tol, qayrag‘och, tut, jiyda, chinor, akatsiya kabi madaniy va
manzarali daraxtlar uchraydi. Aynan ushbu o‘simliklar bilan bog‘liq holda, ular ustida yashovchi 9
ta oilaga mansub jami 23 ta qandala turi aniqlangan (1-jadval).
1-jadval
Farg‘ona vodiysi “Yozyovon cho‘llari” tabiat yodgorligida tarqalgan qandala turlar tarkibi
№
Turning nomi
Oila nomi
1.
Graphosoma lineatum
Linnaeus, 1758
Pentatomidae
2.
Dolycoris baccarum
(Linnaeus, 1758)
Pentatomidae
3.
Graphosoma italicum
(Müller, 1766)
Pentatomidae
4.
Graphosoma consimile
Horváth, 1903
Pentatomidae
5.
Carpocoris purpureipennis
(De Geer, 1773).
Pentatomidae
6.
Eurygaster integriceps
Puton, 1881
Scutelleridae
7.
Palomena prasina
(Linnaeus, 1761).
Pentatomidae
8.
Carpocoris fuscispinus
Boheman, 1849
Pentatomidae
9.
Dolycoris baccarum
(Linnaeus, 1758)
Pentatomidae
10.
Codophila varia
Fabricius, 1787
Pentatomidae
11.
Acrosternum breviceps
(Jakovlev, 1889).
Reduviidae
12.
Rhynocoris iracundus
(Poda, 1761).
Alydidae
13.
Camptopus lateralis
(Germar)
Pyrrhocoridae
14.
Pyrrhocoris apterus
(Linnaeus)
Pentatomidae
15.
Eurydema ventralis
, Kolenati, 1846
Pentatomidae
16.
Peribalus strictus capitatus
Jakovlev, 1889.
Pentatomidae
17.
Eurydema ornata
(Linnaeus)
Lygaeidae
18.
Lygaeus equestris
(Linnaeus)
Pentatomidae
19.
Corizus hyoscyami hyoscyami
(Linnaeus)
Rhopalidae
20.
Nabis brevis
(Scholtz, 1847)
Nabidae
21.
Nysius graminicola
Kolenati, F.A., 1845
Lygaeidae
22.
Lygus pratensis
(Linnaeus, 1758)
Miridae
23.
Adelphocoris lineolatus (Goeze, 1778)
Pentatomidae
Farg‘ona vodiysi “Yozyovon cho‘llari”da yarimqattiqqanotlilarning tur tarkibi, tarqalishi va
zichligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar mavsum davomida cho‘llarida olib borildi. Buning uchun
birinchi navbatda qandalalarni hisoblash usullaridan foydalanildi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
109
1-rasm.
Farg‘ona vodiysi “
Yozyovon
cho‘llari”
tabiat
yodgorligida tarqalgan qandala
turlarining oilalar orasida taqsimlanishi
Yozyovon
cho‘llarida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida, ushbu hududda Alydidae
oilasidan 1 ta, Lygaeidae oilasidan 2 ta, Miridae oilasidan 1 ta, Nabidae oilasidan 1 ta, Pentatomidae
oilasidan 14 ta, Pyrrhocoridae oilasidan 1 ta, Reduviidae oilasidan 1 ta, Rhopalidae oilaisdan 1 ta
Scutelleridae oilasidan 1 ta jami 23 qandalalarning turlar tarkibi aniqlandi.
Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi turlarni aniqlash va ularga
qarshi samarali himoya choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
A
лимдж
a
н
o
в
Р
.A.
Ф
o
рмир
o
в
a
ние
вредн
o
й
энт
o
м
o
ф
a
уны
хл
o
пч
a
тник
a
илюцерны
К
a
ршинск
o
й
степи
. –
Т
a
шкент
,
Ф
A
Н
,. 1974. – 132
с
.
2.
A
лимухаьмедов
С
.
Н
., Xo
джаев
Ш
.
Т
.,
Эшматов
O.T.
Рекомендации
по
борьбе
с
вредными
клопами
,
заселяющими
хлопчатник
. –
Ташкент
, 1984.– 14
с
.,
3.
Голуб
В
.
Б
.
Цуриков
М
.
Н
,
Прокин
А
.
А
.
Коллекции
насекомых
:
сбор
,
оброботка
и
хранение
материала
. –
Москва
, 2012.– 339
с
.
4.
Кержнер
И
.
М
.,
Муминов
Н
.
Н
.
О
некоторых
малоизвестных
клопах
–
слепняках
(Heter
о
ptera, Miridae)
из
Средней
Азии
//
Изв
.
Отд
.
биол
.
наук
АН
Тад
ССР
, 1964.
№
2, –
С
.
18Cassis G., Schuh, R. T. Systematics Biodiversity, Biogeography, and Host Associationsof the
Miridae (Insecta: Hemiptera: Heteroptera: Cimicomorpha) // Annual Reviewof Entomology.–
Columbia,. 57(1), 2012. 377 - 404 pp.
5.
Кириченк
o A.
Н
.
П
o
лужестк
o
крылых
(Hemiptera: Heteroptera)
Т
a
джикист
a
н
a.–
Душ
a
нбе
,
1964. 259
с
.
6.
Knight kristen M. M., Brier hugh B., Lucy Michael J. and Kopittke rosemary, A. Impactof
mirid (Creontiades spp.) (Hemiptera: Miridae) pest management on Helicoverpa spp.
(Lepidoptera:Noctuidae) outbreaks: the case for conserving natural enemies // Jurnal Pest
Managmend Scients. –Autria, 63(5). 2007.– 447-452 pp
7.
O
ʻ
zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
8. Xamraev O.SH., Ochilov R.O., Qo‘chqorov A.X., Nurmuxamedov D.N. G‘o‘zani so‘qir
qandalalardan himoya qilish (tavsiyalar) – Toshkent, 2006. 16 b.
5%
9%
5%
4%
61%
4%
4%
4%
4%
Alydidae
Lygaeidae
Miridae
Nabidae
Pentatomidae
Pyrrhocoridae
Reduviidae
Rhopalidae
Scutelleridae
