“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
92
G
ʻ
ARBIY FARG
ʻ
ONA HUDUDIDA PENTATOMOIDEA (HETEROPTERA)
TURLARINING LANDSHAFTGA NISBATAN TARQALISH XUSUSIYATLARI
Mahmudov Mirmuxsin Uchqunbek o‘g‘li, tayanch doktorant
Farg‘ona davlat universiteti
mirmuhsinmahmudov1994@gmail.com
https://orcid.org/0000-0002-3013-6684
https://doi.org/10.5281/zenodo.15591017
Annotatsiya:
Ushbu maqolada G
ʻ
arbiy Farg
ʻ
ona vodiysida Pentatomoidea katta oilasiga
mansub 24 turning adirlik, cho‘l, to‘qay va agrotsenoz landshaftlariga nisbatan ekologik tarqalishi
tahlil qilingan. Natijalar turlarning moslashuvchanligi, dominantlik darajasi va ekologik
guruhlanishini aniqlashga imkon berdi.
Kalit so‘zlar:
Pentatomoidea, landshaft ecologyasi, G’arbiy Farg’ona, agroecosistema
Аннотация
:
В
статье
анализируется
экологическое
распространение
24
видов
,
относящихся
к
большому
семейству
Pentatomoidea,
в
Западной
Ферганской
долине
по
отношению
к
горным
,
пустынным
,
лесным
и
агроценотическим
ландшафтам
.
Результаты
позволили
нам
определить
приспособляемость
,
уровень
доминирования
и
экологическую
группировку
видов
.
Ключевые
слова
:
Pentatomoidea,
ландшафтная
экология
,
Западная
Фергана
,
агроэкосистема
.
Abstract:
This article analyzes the ecological distribution of 24 species of the large family
Pentatomoidea in the Western Fergana Valley in relation to the mountain, desert, forest and
agrocenosis landscapes. The results allowed us to determine the adaptation, level of dominance and
ecological grouping of species.
Keywords
: Pentatomoidea, landscape ecology, Western Fergana, agroecosystem.
Pentatomoidea katta oilasi vakillari morfologik va ekologik xilma-xilligi, oziqlanish usullari
hamda tarqalish xususiyatlari bilan biologik va ekologik tadqiqotlarda muhim mavzu hisoblanadi.
Mazkur guruhga turli o‘simliklarda oziqlanuvchi zararkunandalar, ekologik monitoringda
qo‘llaniladigan turlar hamda foydali yirtqich entomofaglar kiradi [1,5,7]. O‘zbekiston entomofaunasi
tarkibida qandalalarga doir ayrim ilmiy ishlar bo‘lsa-da, ular ko‘pincha umumiy xarakterga ega
[2,3,4,6,9,10,12], bu guruh turlarining turli landshaft turlari bo‘yicha ekologik taqsimoti hali
yetarlicha tizimli tarzda o‘rganilmagan. Ayniqsa, G
ʻ
arbiy Farg
ʻ
ona hududi kabi murakkab tabiiy-
geografik mintaqada mavjud bo‘lgan adirlik, cho‘l, to‘qay va agrotsenoz kabi xilma-xil landshaftlar
entomofaunaning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Shu munosabat bilan, mazkur tadqiqot G
ʻ
arbiy Farg
ʻ
onada Pentatomoidea katta oilasiga
mansub 24 turning adirlik, cho‘l, to‘qay va agrotsenoz landshaftlari bo‘yicha tarqalish holatini
o‘rganishga qaratildi. Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad – turlar qaysi landshaftlarda uchrashini
aniqlash, ularning tarqalish xususiyatlari va ekologik ahamiyatini baholash hamda ekologik
tavsiflariga ko‘ra guruhlashdan iborat.
Pentatomoidea (Heteroptera) katta oilasiga mansub turlar morfologik va ekologik xilma-xilligi,
trofik ixtisoslashuvi bilan ajralib turadi [7,8].
Markaziy Osiyo va O‘zbekiston hududida Pentatomoidea turlarining faunistik tavsifi bir qator
olimlarning tadqiqotlarida yoritilgan bo‘lsa-da, ularning landshaft turlari bo‘yicha ekologik taqsimoti
hali yetarlicha o‘rganilmagan [2,3,4,12].
Shu bois, G
ʻ
arbiy Farg
ʻ
ona landshaftlarida Pentatomoidea turlarining tarqalish xususiyatlarini
ekologik mezonlar asosida tahlil qilish dolzarb bo‘lib, bu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar
landshaft ekologiyasi uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Materiallar va metodlar.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
93
Tadqiqot obyekti sifatida Pentatomoidea katta oilasiga mansub 24 turdan iborat hasharotlar
guruhi tanlab olindi. Ushbu turlar 2020–2024 yillar davomida G
ʻ
arbiy Farg
ʻ
onaning turli
landshaftlarida o‘tkazilgan dala kuzatuvlari asosida aniqlangan. Kuzatuv ishlari Farg‘ona
viloyatining Beshariq, O‘zbekiston, Furqat, Dang‘ara, Uchko‘prik, Buvayda va Bag‘dod tumanlari
hududlarida olib borildi. Tanlangan hududlar tabiiy-geografik xususiyatlariga ko‘ra adirlik, cho‘l,
to‘qay va agrotsenoz kabi asosiy landshaft turlarini qamrab oladi.
Har bir landshaft turi bo‘yicha namunalar mavsumiy davrlarda tizimli ravishda jamlandi.
Turlarning identifikatsiyasi ilmiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar asosida morfologik belgilar
orqali amalga oshirildi [4,11,12].
Tadqiqotda har bir tur uchun qaysi landshaftlarda uchraganligi qayd etildi va ularning taqsimoti
landshaftlar bo‘yicha — adirlik, cho‘l, to‘qay va agrotsenoz — guruhlandi.
Olingan natijalar asosida jadval ko‘rinishida umumlashtirilgan tahlil o‘tkazildi. Turlarning
tarqalish spektri, landshaftlar bo‘yicha son jihatidan farqlanishi, shuningdek, ekologik faollik darajasi
tahlil qilindi.
Natijalar va muhokama.
Tadqiqot natijalari G
ʻ
arbiy Farg
ʻ
ona vodiysida Pentatomoidea
(Heteroptera) katta oilasiga mansub 24 turning ekologik landshaftlarga nisbatan tarqalishi aniq
farqlanishini ko‘rsatdi. Ular adirlik, cho‘l, to‘qay va agrotsenoz kabi to‘rtta asosiy landshaft turi
bo‘yicha guruhlanib tahlil qilindi (1-rasm).
1-rasm. G
ʻ
arbiy Farg
ʻ
ona hududidagi Pentatomoidea (Heteroptera) turlarining
landshaft turlari bo‘yicha tarqalishi
Agrotsenoz hududlarida aniqlangan turlar sonining nisbatan yuqoriligi (20 tur) ushbu guruh
vakillarining qishloq xo‘jalik tizimlariga ekologik jihatdan yuqori darajada moslashganligini
ko‘rsatadi. Ayniqsa,
Apodiphus integriceps
,
Halyomorpha halys
,
Eurygaster integriceps
kabi polifag
turlar bu landshaftda ustunlik qiladi. Ular boshoqli don ekinlari va boshqa qishloq xo‘jalik
mahsulotlariga zarar yetkazuvchi sifatida tanilgan.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
94
Shuningdek,
Palomena prasina
,
Carpocoris purpureipennis
,
Zicrona caerul
ea kabi ekologik
barqaror turlar agroekotizimda ko‘p uchragan bo‘lib, ular bioindikatorlik va ekologik monitoring
uchun ahamiyatlidir.
Adirlik landshaftlarida aniqlangan 17 tur asosan yarim tabiiy biotoplarga moslashgan bo‘lib,
bu turlar adirlik zonasida yashashi orqali ularning tabiiy va antropogen omil ta’sir qilgan hududlarda
yashashga moslashganini ko‘rsatadi. Bu guruhga
Brachynema germari
,
Codophila varia
,
Graphosoma consimile
kabi turlar kiradi. Ular iqlimi nisbatan quruq bo‘lgan adir muhitida barqaror
uchramoqda.
To‘qay landshaftida qayd etilgan turlar asosan cheklangan ekologik diapazonga ega bo‘lib,
faqat nam sharoitlarda uchraydi.
Odontotarsus purpureolineatus
,
Eurydema maracandica
kabi turlar
faqat shu landshaftga xos bo‘lgan turlardir.
Cho‘l landshaftlarida aniqlangan 12 tur nisbatan yuqori chidamlilikka ega turlarni aks ettiradi.
Bular orasida
Tarisa subspinosa
,
Carpocoris fuscispinus
,
Zicrona caerulea
kabi turlar mavjud.
Xulosa
Olib borilgan tadqiqot G
ʻ
arbiy Farg
ʻ
onadagi Pentatomoidea (Heteroptera) vakillari uchun
ekologik jihatdan xilma-xil landshaft tizimi mavjudligini ko‘rsatdi. 24 turdan iborat ushbu guruh
turlari adirlik, cho‘l, to‘qay va agrotsenoz landshaftlari bo‘yicha taqsimlanib, ularning tarqalish
xususiyatlari va moslashuv darajalari baholandi. Agrotsenozlarda polifag va zararkunanda turlar
ustunlik qilgani, adirlik va to‘qaylarda esa barqaror yoki tor ixtisoslashgan turlar uchrashi kuzatildi.
Cho‘l hududlarida esa nisbatan ekologik moslashgan turlar mavjudligi aniqlangani ushbu
hududlarning entomofaunasi o‘ziga xosligini tasdiqlaydi. Ushbu ishda Pentatomoidea guruhiga
mansub turlarning muayyan ekologik zonalarga qanday tarqalganligi tizimli ravishda o‘rganildi,
ularning mintaqaviy entomofaunadagi o‘rni va amaliy ahamiyatini aniqlash imkonini berdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Fent, M., & Aktaç, N. (1999). Taxonomic and Faunistic Studies of The Fauna of Pentatomidae
(Heteroptera) in The Region of Edirne.
Turkish Journal of Zoology
,
23
, 377–396.
2.
Gandjaeva, L., va boshq…... (2020). Xorazm va Qoraqalpog‘iston hududlarida qandalalar
(Heteroptera)ning ekologik xususiyatlari. Markaziy Osiyo entomologik tadqiqotlar jurnali, 8(1), 41-
50.
3.
Iskandarov, A., Gandjaeva, L., Musaev, D. M., Mirzayeva, G. S., Kholmatov, B. R.,
Jumanazarov, H., Jangabaeva, A., Razzakov, K. B., Abdullaev, U. R., & Abdullaev, I. (2022).
Updated Checklist of the Pentatomidea (Heteroptera: Pentatomomorpha) of Uzbekistan. Wseas
Transactions On Environment And Development, 18, 1283–1295.
4.
Kerzhner, I. M. (1964).
Полужесткокрылые
(Heteroptera)
фауны
СССР
. Leningrad: Nauka.
5.
Laterza, I., Tamburini, G., Panzarino, O., Loverre, P., Mastronardi, M. G., Dioli, P., & de
Lillo, E. (2022). The first annotated checklist of Pentatomoidea (Hemiptera: Heteroptera) fauna of
Alta Murgia National Park (Apulia region, Southern Italy).
Zootaxa
,
5219
(5), 401–420.
6.
Mahmudov M.U., Zokirov I.I. G
ʻ
arbiy Farg
ʻ
ona hududidagi Heteroptera: Pentatomoidea
qandalarining biotsenotik aloqalari va agroekotizmlardagi ahamiyati // FarDU. Ilmiy xabarlar. –
2025. – T. 2,
№
2. – B. 177–183.
7.
Packauskas, R. J. (2012). The Pentatomidae, or Stink Bugs, of Kansas With a Key to Species
(Hemiptera: Heteroptera). Great Lakes Entomologist, 45, 8.
8.
Rider, D. A., Schwertner, C. F., Vilímová, J., Rédei, D., Kment, P., & Thomas, D. B. (2018).
Higher Systematics of the Pentatomoidea (pp. 25–202).
9.
Zokirov I.I. Markaziy Farg‘onaning sabzavot-poliz ekinlari hasharotlari faunasi va
ekologiyasi: Biol. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining avtoreferati. – Farg‘ona,
2019. – 42 b.
10. Zokirov I.I., Makhmudov M.U. New investigation on the fauna of Western Fergana true bugs
(Hemiptera: Heteroptera)
//
Food Security: Global and National Problems: Abstracts of the V
International scientific-practical conference (October 13–14, 2023, Samarkand). – Samarqand, 2023.
– S. 131–134.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
95
11.
Муминов
Х
.
Х
.
Ўзбекистон
қандалалари
фаунаси
. -
Тошкент
:
Фанлар
академияси
нашриёти
, 2001. - 340
б
.
12.
Ошанин
В
.
Ф
.
Краткий
обзор
клопов
(Heteroptera)
Туркестанского
края
//
Труды
Общества
любителей
естествознания
при
Императорском
Московском
университете
. –
М
.:
Тип
.
Имп
.
Моск
.
ун
-
та
, 1912. –
Вып
. 37. – 410
с
.
