“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
86
DAMARIQ KANALI KOREYA QIRRAQORININING (HEMICULTER
LEUCISCULUS) EKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ismatillayeva Gulhayo Mexriddinovna
O‘zR FA Zoologiya instituti tayanch-doktoranti
E-mail: ismatillayevag@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15590944
Annotatsiya:
Maqolada Bo‘zsuv kanalidagi Koreya qirraqorinining (
Hemiculter leucisculus
)
reproduktiv xususiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijasida qirraqorinning individual
mutlaq serpushtligi baliqning yoshi, uzunligi va tana vaznining o‘sishi bilan ortib borishi ma’lum
bo‘ldi.
Kalit so‘zlar.
Damariq kanali, baliq,
Hemiculter leucisculus
, yoshi, uzunligi va tana vazni.
Аннотация
:
В
статье
приводятся
данные
по
воспроизводительной
способности
корейской
востробрюшки
(
Hemiculter leucisculus
)
канала
Дамарик
.
В
результате
исследования
выяснено
что
индивидуальная
абсолютная
плодовитость
востробрюшки
увеличивается
с
увеличением
возраста
,
длинны
и
массы
тела
рыб
.
Ключевые
слова
.
канал
Дамарик
,
рыбы
,
Hemiculter leucisculus
,
плодовитость
,
возраст
,
длина
и
масса
тела
.
Annotation:
The article presents data on the reproductive capacity of Korean sharpbelly
(
Hemiculter leucisculus
) of the Damarik channel. The study revealed that individual absolute fertility
of sharpbelly increases with age, length and div weight of fish.
Key words.
Damarik channel, fish,
Hemiculter leucisculus
, fertility, age, length and div
weight.
Koreya qirraqorinining (
Hemiculter leucisculus
(Basilewsky, 1855)) tabiiy areali bo‘lib Xitoy,
Shimoliy va Janubiy Koreya, Gonkong, Yaponiya, Amur daryosi havzasi va Mo‘g‘iliston suv
havzalari hisoblanadi [8]. O‘zb
е
kiston suv havzalariga Xitoydan o‘simlikxo‘r baliqlarni
iqlimlashtirish paytida tasodifan k
е
lib qolgan. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida tarqalgan, ayniqsa
baliqchilik xo‘jaliklari hovuzlarida va irrigatsiya kanallarida ko‘plab uchraydi [1].
O‘zbekiston suv havzalarida Koreya qirraqorinining ekologik xususiyatlari yaxshi
o‘rganilmagan, ayrim ma’lumotlar E.E. Xurshutning [6] ishlarida keltirilgan.
Mazkur tadqiqotning maqsadi – Damariq kanalidagi koreya qirraqorinining serpushtligini
aniqlash va uni baliq yoshi, tana uzunligi va vazni bilan o‘zaro bog‘liqligini tavsiflashdan iboratdir.
Material va metodlar.
Koreya qirraqorini bo‘yicha materiallar 2025-yil mart-aprel oylarida
Toshkent viloyati Zangiota tumani Saxovat MFY hududidan oqib o‘tuvchi Damariq kanalidan
(41°17'31.45"N, 69°4'2.61"E; 41°17'47.56"N, 69°4'3.36"E) umumiy qabul qilingan usullar
yordamida yig‘ilgan [2].
Koreya qirraqorini serpushtligini o‘rganish uchun tanasining uzunligi 105,0-163,7
mm
bo‘lgan
14 ta baliqdan foydalanildi. Baliqlarning tana uzunligi (
l
) – to‘g‘ri chiziq bo‘yicha tumshug‘ining
uchidan tortib to dum suzgich qanotining asosigacha bo‘lgan masofada o‘lchangan. Vazni (
W
)
grammda berilgan. Baliqlarning yoshi (
t
) tangachalari bo‘yicha aniqlandi [7].
Baliqlarning jinsiy voyaga yetishi, ko‘payishi biologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar umumiy qabul
qilingan usullarga asosan olib borildi [4-5]. Serpushtliligi urg‘ochi baliqlardan olingan IV
bosqichlardagi uvildiriqlar asosida aniqlandi [5]. Bunda individual mutlaq va nisbiy serpushtliklar
(
IMS, INS
), yetuklilik koeffitsienti (
Yk,
%) hisoblab chiqildi.
Ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash uchun to‘plangan materiallarni qayta ishlash
variatson-statistika va korrelyatsiya tahlil usullaridan foydalangan holda amalga oshirildi.
O‘zgaruvchan belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlik xarakterini aniqlash uchun bir faktorli regression tahlil
metodi qo‘llanildi [3].
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
87
Natijalar va muhokama.
Biz tomondan o‘rganilgan Koreya qirraqorin balig‘ining urg‘ochilari
jinsiy jihatdan yetilgan, 2+ - 4+ yoshdagi baliqlardan iborat bo‘lib, ularni tanasining uzunligi 10,4-
16,3
sm
va vazni 16,7-53,5
g
ni, jinsiy mahsulotlarining yetuklik darajasi esa 7,4-13,3 (o‘rtacha:
10,17±0,54) foizni tashkil qiladi. Mutlaq serpushtligi esa 4610-17805 (9166,41±945,94) dona ikradan
iborat bo‘ldi (1-jadval).
1-jadval.
Damariq kanalidagi urg‘ochi Koreya qirraqorinining serpushtligi
t
l, sm
W, g
Yk, %
IMS
INS
n
2+
10,4
−
14,5
12,2
16,7
−
40,6
25,8
7,6
−
12,3
9,5
4610
−
8541
6958,4
230,8
−
433,1
342,5
7
3+
14,0
−
15,0
14,5
34,7
−
51,3
39,6
7,4
−
13,3
11,6
8284
−
10133
9137,2
276,8
−
341,3
297,4
4
4+
14,7
−
16,3
15,5
42,0
−
53,5
48,4
9,2
−
9,8
9,5
9882
−
17805
14357,1
283,4
−
430,0
366,9
3
Koreya qirraqorinining tana uzunligi, vazni va yoshining o‘sishiga qarab, individual mutlaq
serpushtligining oshishi kuzatildi (1-3-rasmlar). Individual mutlaq serpushtlikning baliqning yoshi,
tana uzunligi va vaznini bilan o‘zaro bog‘liqlik shakli quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
IMS = 1526,2×l – 11546 (r = 0,825; P<0,05);
IMS = 241,46×W + 807,54 (r = 0,852; P<0,05);
IMS = 3503,2×t – 342,22 (r = 0,816; P<0,05).
1-rasm. Damariq kanalidagi urg‘ochi Koreya qirraqorinining individual mutlaq
serpushtligining baliq tanasi uzunligi bilan o‘zaro bog‘liqligi
2-rasm. Damariq kanalidagi urg‘ochi Koreya qirraqorinining individual mutlaq
serpushtligining baliq vazni bilan o‘zaro bog‘liqligi
0
3000
6000
9000
12000
15000
18000
8
10
12
14
16
18
IMS
l, sm
0
3000
6000
9000
12000
15000
18000
10
15
20
25
30
35
40
45
50
55
60
IMS
W, g
.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
88
3-rasm. Damariq kanalidagi urg‘ochi Koreya qirraqorinining individual mutlaq
serpushtligining baliq yoshi bilan o‘zaro bog‘liqligi
Xulosalar.
Shunday qilib, Koreya qirraqorini Damariq kanalida 2 yoshda, tana uzunligi 10-14
sm
bo‘lganida jinsiy voyaga yetishi, urchish davri aprel oyiga to‘g‘ri kelishi, urg‘ochilarning
urchishdan oldingi yetuklik darajasi 7,4-13,3 foizgacha borishi aniqlandi. Koreya qirraqorini
urg‘ochilarining mutlaq serpushtligi 4610-17805 ikradan iborat bo‘lishi hamda mutlaq
serpushtlikning baliq yoshi, tana uzunligi va vaznining ortib borishiga qarab o‘sib borishi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Мирабдуллаев
И
.
М
.,
Мирзаев
У
.
Т
.,
Кузметов
А
.
Р
.,
Кимаснов
З
.
О
.
Ўзбекистон
ва
қўшни
ҳудудлар
балиқлари
аниқлагичи
.
Ўқув
қўлланма
. –
Т
.:
Сано
-
стандарт
, 2011. – 108
б
.
2.
Правдин
И
.
Ф
.
Руководство
по
изучению
рыб
. 4-
е
изд
. -
М
.:
Пищевая
промышленность
,
1966. – 376
с
.
3.
Рокицкий
П
.
Ф
.
Биологическая
статистика
. -
Минск
.
Высшая
школа
, 1967. – 328
с
.
4.
Сакун
О
.
Ф
.,
Буцкая
Н
.
А
.
Определение
стадий
зрелости
и
изучение
половых
циклов
рыб
. –
Мурманск
:
Главрыбвод
, 1968. – 47
с
.
5.
Спановская
В
.
Д
.,
Григораш
В
.
А
.
К
методике
определения
плодовитости
единовременных
и
порционно
икрометущих
рыб
//
В
кн
.:
Типовые
методики
исследования
продуктивности
видов
рыб
в
пределах
их
ареалов
. –
Вильнюс
:
Мокслас
, 1976.
Ч
.2. –
С
. 54-62.
6.
Хуршут
Э
.
Э
. (2006).
Экология
и
морфологическая
изменчивость
корейской
востробрюшки
Hemiculter leucisculus
(Osteichthyes: Cyprinidae)
в
водоемах
Узбекистана
:
Автореф
.
дисс
. …
канд
.
биол
.
наук
. –
Ташкент
,
Институт
зоологии
. – 22
с
.
7.
Чугунова
Н
.
И
.
Руководство
по
изучению
возраста
и
роста
рыб
(
методическое
пособие
по
ихтиологии
). –
М
.:
Изд
.
АН
СССР
, 1959. – 166
с
.
8. https://www.fishbase.se/summary/Hemiculter-leucisculus
0
3000
6000
9000
12000
15000
18000
1
2
3
4
5
IMS
Yoshi
