Mualliflar

  • Yorqinoy Qayumova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110695

Kalit so‘zlar:

zovurlar Fargʻona vodiysi ixtiofauna Alburnus tur tarkibi.

Annotasiya

Oʻzbekiston tumani zovur suvlari ixtiofaunasini oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar deyarli mavjud emas. Mazkur maqolada Oʻzbekiston tumani zovurlarida uchrovchi baliq turlarining tur tarkibi tahlil qilinadi. Natijalarga koʻra, ushbu hudud zovurlarida jami 9 ta baliq turi qayd etildi, ulardan 4 tasi endemik hisoblanadi. Dominant turlar sifatida Schizothorax eurystomus va Triplophysa strauchii aniqlangan. Shu bilan birga, birinchi bor Alburnus chalcoides turi Oʻzbekiston tumani zovur suv havzalarida ilk marotaba qayd etildi


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

65

O‘ZBEKISTON TUMANI ICHKI ZOVUR SUVLARI IXTIOFAUNASINING TUR

TARKIBI

Qayumova Yorqinoy Qobilovna

Farg

ʻ

ona davlat universiteti, b.f.f.d. (PhD), dotsent v.b.

yorkinoykayumova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15590519

Annotatsiya.

O

ʻ

zbekiston tumani zovur suvlari ixtiofaunasini o

ʻ

rganishga qaratilgan

tadqiqotlar deyarli mavjud emas. Mazkur maqolada O

ʻ

zbekiston tumani zovurlarida uchrovchi baliq

turlarining tur tarkibi tahlil qilinadi. Natijalarga ko

ʻ

ra, ushbu hudud zovurlarida jami 9 ta baliq turi

qayd etildi, ulardan 4 tasi endemik hisoblanadi. Dominant turlar sifatida Schizothorax eurystomus va
Triplophysa strauchii aniqlangan. Shu bilan birga, birinchi bor Alburnus chalcoides turi O

ʻ

zbekiston

tumani zovur suv havzalarida ilk marotaba qayd etildi.

Kalit so

ʻ

zlar:

zovurlar, Farg

ʻ

ona vodiysi, ixtiofauna,

Alburnus

, tur tarkibi.

Аннотация

.

Исследования

,

посвящённые

изучению

ихтиофауны

водоёмов

Узбекистанского

района

,

практически

не

проводились

.

В

данной

статье

проводится

анализ

видового

состава

рыб

,

обитающих

в

зовурах

Узбекистанского

района

.

По

результатам

работы

в

этих

водоёмах

было

зарегистрировано

9

видов

рыб

,

из

которых

4

вида

являются

эндемиками

.

В

качестве

доминантных

видов

выделены

Schizothorax eurystomus

и

Triplophysa strauchii.

Кроме

того

,

впервые

для

зовуров

Узбекистанского

района

зафиксирован

вид

Alburnus

chalcoides.

Ключевые

слова

:

канавы

,

Ферганская

долина

,

ихтиофауна

,

Alburnus

,

видовой

состав

.

Abstract.

Studies aimed at investigating the ichthyofauna of the water bodies in Uzbekistan

District have been almost nonexistent. This paper provides an analysis of the species composition of
fish occurring in the zovurs of Fergana District. According to the results, a total of nine fish species
were recorded in these water bodies, four of which are endemic. The dominant species were identified
as

Schizothorax eurystomus

and

Triplophysa strauchii

. Moreover, the species

Alburnus chalcoides

was recorded for the first time in the water bodies of Uzbekistan District.

Keywords:

ditches, Fergana Valley, ichthyofauna,

Alburnus

, species composition.

Tabiiy biologik xilma-xillikni asrab-avaylash bugungi kunda insoniyat hayoti uchun hal

qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan muammolardan biri bo‘lib, unda birinchi navbatda organizmlar
xilma-xilligining dolzarb holatini aniqlash va baholash eng muhim bosqich hisoblanadi [1]. Baliqlar
jamoasining taksonomik tarkibini o‘rganish kichik suv havzalarining ekosistem sifatini baholashda
muhim mezonlardan biri sanaladi [2]. Shu bilan birga baliqlar ekosistemalarning muhim tarkibiy
qismlari bo‘lib, oziq zanjirlarida asosiy rol o‘ynaydi va suv tizimlarining holati hamda ularga
antropogen ta’sirlarning darajasini ko‘rsatadi [3]. Baliq turlari tarkibi va ularning ko‘pligi
ekotizimdagi o‘zgarishlar hamda suv havzalariga zararli ta’sirlardan dalolat berishi mumkin. Ko‘plab
baliq turlari antropogen faoliyatlar, iqlim o‘zgarishi va tabiiy muhitlarning buzilishi tufayli yo‘qolish
xavfi ostida turibdi. Ixtiofauna tarkibi va tuzilishidagi o‘zgarishlarni kuzatish suv havzalarining
ekotizimlarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va ularning potentsial oqibatlarini oldindan bashorat
qilish imkonini beradi [4]. Suv havzalaridagi ichki va tashqi omillar — masalan, antropogen ta’sirlar
yoki gidrologik rejimning o‘zgarishi — baliqlarning xilma-xilligiga bevosita ta’sir qiladi: aholi
faoliyatidan kelib chiqadigan suv resurslari boshqaruvi turi mavjud taksonomik rang-baranglikni
kamaytirishi mumkin[5], shu bilan birga suv rejimidagi o‘zgarishlar mahalliy populyatsiyalarning
son-sanoqsizligiga hamda ularning ekologik xulq-atvoriga sezilarli o‘zgarishlar kiritadi [6,7].
Shunday ekan, zovurlarda joylashgan baliq turlarining taksonomik tuzilishini aniqash,
populyatsiyalarga salbiy ta’sir etayotgan omillarni yig‘ma baholash va kam uchraydigan taksonlarni
asrab-avaylash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish ixtiologik tadqiqotlar uchun ustuvor
yo‘nalishlardan biridir. Farg‘ona viloyati hududida jami 9 840,5 km² maydonni egallovchi ichki


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

66

zovurlar tarmog‘i mavjud bo‘lib, ushbu tarmoqlar baliqchilik sanoatini rivojlantirish hamda
ixtiologik tadqiqotlar uchun noyob ilmiy-amaliy manba hisoblanadi. Shu bilan birga, mazkur zovurlar
viloyat bo‘ylab ichimlik va sug‘orish suvlari bilan ta’minlash tizimida ham muhim funksiyani
bajaradi. Shuning uchun Farg‘ona vodiysidagi kichik zovurlardagi baliqlarning taksonomik tarkibi
va bioekologik xususiyatlarini o‘rganish ilmiy hamda amaliy nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega.
Ushbu tadqiqot O‘zbekiston tumaninig Bek

о

bod, Ohta-tagop, Shaytonko‘l, Ohunqaynar, Qushqanoq,

Elash, Yakka-tut qishloqlar hududlaridagi zovurlarda tarqalgan baliq turlarini taksonomik jihatdan
tahlil qilishni maqsad qiladi.

Kuzatishlar 2025-yilning yanvar–may oylarida O

ʻ

zbekiston tumani ichki zovurlarida olib

borildi. Tutilgan namuna baliqlar 10 % formalin eritmasida fiksatsiya qilindi. Namuna yig

ʻ

ish ishlari

Kottelat va Freyhof (2007) metodik ko‘rsatmalariga muvofiq tashkil etildi.

Olib borilgan kuzatishlar natijasida O‘zbekiston tumani zovurlarida tarqalgan baliqlar 1

turkum 4 oila mansub 8 turdan iborat ekanligi ma

ʼ

lum bo

ʻ

ldi:

Turkum I. Cypriniformes Bleeker, 1859 – Karpsimonlar
Oila 1. Nemacheilidae Regan, 1911 – Daryo yalangbaliqlari
1. Triplophysa strauchii

(Kessler, 1874) – Dog

ʻ

li yalangbaliq. Ushbu baliq O

ʻ

zbekiston suv

havzalari uchun invaziv tur bo

ʻ

lib, o

ʻ

tgan asrning ikkinchi yarmida Qozog

ʻ

istondan O

ʻ

zbekiston suv

havzalariga baliqlarni iqlimlashtirish vaqtida tasodifan kelib qolgan [9].

Triplophysa strauchii

O`zbekiston tumanidagi Naymansoy suv havzasining dominant turlari qatoriga kirib, soyning o

ʻ

rta

va quyi oqimlarida ko

ʻ

p sonda uchraydi. O`zbekiston tumaning biz tadqiq etgan Bekabod, Ohta-

tagop, Shaytonko‘l qishlog’i, Oxunqaynar va Qushqanoq hududidagi zovur suvlarida
populyatsiyalarining ko

ʻ

p sonlarda uchrashi aniqlandi. Mazkur tur mahalliy ov ahamiyatiga ega.

Oila 2. Cyprinidae Rafinesque, 1815 – Karplar
3. Carassius gibelio

(Bloch, 1782) – Kumush tovonbaliq. O

ʻ

zbekiston suv havzalari uchun

iqlimlashtirilgan baliq turi. Farg

ʻ

ona viloyati hududidagi daryolar – Marg

ʻ

ilonsoy, Isfayramsoy,

Oltiariqsoy va Katta Farg

ʻ

ona kanali, ularning irmoqlaridagi suv havzalarida uchrashi qayd

etilgan[10,11]. Ov ahamiyatiga ega bo

ʻ

lgan mazkur baliq tumanning zovur suvlarida ham uchrashi

kuzatildi. Bizning tadqiqotimiz davomida kumush tovonbaliq Ohta-tagop, Shaytonko‘l, Oxunqaynar
qishloqlardagi zovur suvlarida dog

ʻ

li yalangbaliq va Turkiston qumbalig

ʻ

i bilan birga

yashayotganligi qayd etildi.

4. Schizothorax eurystomus

Kessler, 1872 – Qorabaliq. Ushbu tur vodiyning deyarli barcha

tog

ʻ

daryolari suv havzalarida qayd etilgan bo

ʻ

lib, ularning populyatsiyalari bir turga mansubligi qayd

etilgan [12].

Schizothorax eurystomus

Katta farg’ona kanalining Ozbekiston tumanidan dominant turi

bo

ʻ

lib, mahalliy ov ahamiyatiga ega bo‘lgan baliq turi hisoblanadi. Tadqiqotimiz davomida ushbu tur

balig

ʻ

ini tumanning barcha zovur suvlarida ham keng tarqalganligi qayd etildi. Kuzatuvlarimizda

h

rauchii, A. rivularis, G. lepidolaemus

va

R.oselatus

kabi baliqlar bilan birga uchrashi aniqlandi.

Oila 3. Gobionidae Bleeker,1861 – Qumbaliqlar
5. Abbottina rivularis

(Basilewsky, 1855) – Amur soxta qumbalig

ʻ

i. Amur va Sharqiy Xitoy

daryolarida keng tarqalgan daryo balig

ʻ

i. Markaziy Osiyoga oq amur chavoqlari bilan kelib qolgan

invaziv tur [10]. Bugungi kunda O

ʻ

zbekistonning deyarli barcha suv havzalarida qayd etilgan.

Vodiyning barcha daryolari va kichik irmoqlarida uchraydi. Naymansoy o

ʻ

rta oqimida kam sonda

uchrashi bizning avvalgi tadqiqot ishlarimizda ham keltirib o

ʻ

tilgan[ 10,]. Ushbu tur zovur suvlariga

yaxshi moslashgan. Tadqiqotimiz davomida Ohta-tagop, Shaytonko‘l qishlog’i, Ohunqaynar
qishlog

ʻ

i atrofidagi zovurlarda uchrashi qayd etildi. Ov ahamiyatiga ega emas.

6. Gobio lepidolaemus

Kessler, 1872 – Turkiston qumbalig

ʻ

i. Naymansoy suv havzasining

o

ʻ

rta va quyi oqimlarida kam sonlarda uchraydi. Orol dengizi havzasi endemigi hisoblanib,

biologiyasi va ekologiyasi haqida ma

ʼ

lumotlar juda ham oz. O‘zbekiston tumani hududidagi

zovurlarda mazkur turning kichik-kichik populyatsiyalari qayd etildi. Ov ahamiyatiga ega emas.

7. Pseudorasbora parva

(Temminck & Schlegel, 1846) – Amur chebakchasi. O

ʻ

zbekiston suv

havzalariga tasodifan kelib qolgan baliq turlaridan biri hisoblanadi [15].Naymansoy daryosining
asosiy o

ʻ

zanida kam sondagi populyatsiyalarni hosil qilgan. Ov ahamiyatiga ega emas. Zovur suv


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

67

havzalarida olib borgan tadqiqotlarimizda baliqlarni suv muhitiga moslashganligini va ko

ʻ

p sonli

populyatsiyalarni hosil qilganliklarini kuzatildi.Mazkur baliqlar Ohta-tagop, Elash qishlog’i,
Oxunqaynar,Yakka tut qishlog

ʻ

i atrofidagi zovurlarda uchrashi qayd etildi. Vodiy sharoitidagi

biologiyasi o

ʻ

rganilmagan.

Oila 4. Leuciscidae Bonaparte, 1835 – Oqqayroqlar
8. Petroleuciscus squaliusculus

(Kessler, 1872)

-

Sirdaryo oqqayrog

ʻ

i. Sirdaryo havzasi

endemigi [13]. Farg

ʻ

ona vodiysi suv havzalarida keng tarqalgan turlardan biri bo

ʻ

lib, Katta farg’ona

kanalining Ozbekiston tumanidan oqib o‘tuvchi qismida uchramaydi [10]. Bizning kuzatuvlarimizda
ushbu tur balig

ʻ

i Ohta-tagop qishlog`idagi zovur suvlarida baliqlarning kichik populyatsiyasi

uchrashi qayd etildi. Ov ahamiyatiga ega emas.

9.

Alburnus Chalcoides

(Güldenstädt, 1772) turi Orol havzasi

turi hisoblanadi.

Orol, Kaspiy,

Qora dengiz suv havzalarida, Terek,Talar va Ozarbayjonning Kura daryolarida uchraydi. Tekislikda
joylashgan ko‘llar, suv omborlari va kanallarda hayot kechirishi qayd etilgan[13,15]. Lekin, bizning
sharoitda

A. Chalcoides

turining morfologik belgilari, ularning o‘ziga xos jihatlari va uchrash

havzalari haqidagi ma’lumotlar kam o‘rganilgan. ushbu tur bo‘yicha tadqiqotlarni davom ettirish
zarurligini ko‘rsatadi. Mazkur tur Ohta-tagop qishlog’idagi zovurdan bitta namunasi qayd etildi.

Ozbekiston tumanidagi zovur suvlari baliqlari ilk marotaba ixtiologik jihatidan o

ʻ

rganildi.

Zovur suvlarida uchrayotgan baliqlarni asosiy qismini karpsimonlar turkumining vakillari tashkil
qildi. Tuman zovur suvlarida uchrayotgan baliqlarning ko

ʻ

proq qismi invaziv turlar hisoblanib,

endemik turlardan

G. lepidolaemus, P. squaliusculus

lar uchradi.

Schizothorax eurystomus,

Triplophysa strauchii

baliqlari zovurlarda eng ko

ʻ

p tarqalgan dominant turlar bo

ʻ

lib, barcha zovur

suvlarida borligi qayd etildi. Mazkur tadqiqot ishida Ohta-tagop qishlog’dagi zovur suvlaridan ilk
marotaba

Alburnus Chalcoides

balig’i aniqlanildi. Qumbaliqlar oilasi vakillari

P. parva, G.

lepidolaemus, A. Rivularis

lar zovur suvlarida populyatsiyalarining keng tarqalganligi kuzatildi.

Xulosa qilgan holda aytish mumkinki, tuman zovur suvlari baliqlar uchun qulay yashash muhiti

bo

ʻ

lib, bir necha endemik turlar bilan birga invaziv turlar yashashga moslashgan. Shunga muvofiq

zovurlar suvlarini taksonomik jihatdan to

ʻ

liq tadqiq etish va ixtiofaunasini muhofaza qilish chora-

tadbirlarini ishlab chiqish kerakligini anglatadi.

ADABIYOTLAR RO

ʻ

YXATI

1. IUCN (2008). Biodiversity indicators: What does species information tell us? – Glad: IUCN

Red List, 2 p.

2. Scheffer, M. (1990). Multiplicity of stable states in freshwater system.

Hydrobiologia,

200

(201), 475–486.

3. M. Dakota, S. Lewis, Geoffrey Cook. Freshwater discharge disrupts linkages between the

environment and estuarine fish community. Ecological Indicators,151,110282 (2023).
https://doi.org/10.1016/j.ecolind.2023.110282

4. C. L. Soo, L. Nyanti, N.E. Idris, et al. Fish biodiversity and assemblages along the altitudinal

gradients

of

tropical

mountainous

forest

streams.

Sci

Rep.,

11,

16922

(2021).

https://doi.org/10.1038/s41598-021-96253-3

5. Bain, M. B., Finn, J. T. & Booke, H. E. (1988). Stream flow regulation and fish community

structure. Ecology, 69, 382–392.

6. Flodmark, L. E., Urke, H. A., Halleraker, J. H., Arnekleiv, J. V., Vollestad, L. A. & Poleo, A.

B. (2002). Cortiso land glucose responses in juvenile brown trout subjected to a fluctuating flow
regime in an artificial stream.

Journal of Fish Biology

, 60, 238–248.

7. Sloman, K. A., Taylor, A. C., Metcalfe, N. B. & Gilmour, K. M. (2001). Effects of an

environmental perturbation on thesocial behaviour and physiological function of brown trout.

Animal

Behaviour, 61, 325–33.

8. Kottelat, m. & freyhof, j. (2007). handbook of european freshwater fishes., berlin, xiv + 646

pp.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

68

9. Zohidov, J. (1979). Zoologiya ensiklopediyasi. (Baliqlar va tubanxordalilar). O

ʻ

zbekiston.

“Fan”

nashriyoti. 114 b.

10. Qayumova, Y. & Begmatova, M. (2023). Oltiariqsoy daryosi ixtiofaunasining zamonaviy

taksonomik tahlili. O

ʻ

zMU xabarlari, 3

/

2, 68–70

11. Turgunova A.& Sheraliyev, B. (2024). Katta Farg

ʻ

ona kanali ixtiofaunasining tur tarkibi

haqida dastlabki tekshiruv natijalari. Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi, 1/1, 49–52

12. Sheraliev B., Komilova D., Kayumova Y. Length-weight relationship and relative condition

factor of

Schizothorax eurystomus

Kessler, 1872 from Fergana Valley. Journal of Entomology and

Zoology Studies, 2019. Vol. 7(6), – P. 409-412.

13. Mirabdullayev, I. M., Kuzmetov, A. R. & Qurbonov A. R. (2020). O

ʻ

zbekiston baliqlar

xilma-xilligi. Toshkent, “Classic”nashriyoti, 115 b. 2024.

14. Sheraliev B., Komilova X., Farg`ona tumani zovurlarida tarqalgan amur chebakchasi

(pseudorasbora parva) ning morfometrik korsatkichlar O

ʻ

zMU xabarlari, 3

/

1/1, 68–70, 2024

15. Eschmeyer, W.N., Fricke, R., and Laan, R., Catalog of Fishes: Genera, Species, References.

http://researcharchive.

calacademy.

org/

research/

ichthyology/

catalog/fishcatmain.asp).

AccessedMay11,2025.

Bibliografik manbalar

IUCN (2008). Biodiversity indicators: What does species information tell us? – Glad: IUCN Red List, 2 p.

Scheffer, M. (1990). Multiplicity of stable states in freshwater system. Hydrobiologia, 200 (201), 475–486.

M. Dakota, S. Lewis, Geoffrey Cook. Freshwater discharge disrupts linkages between the environment and estuarine fish community. Ecological Indicators,151,110282 (2023). https://doi.org/10.1016/j.ecolind.2023.110282

C. L. Soo, L. Nyanti, N.E. Idris, et al. Fish biodiversity and assemblages along the altitudinal gradients of tropical mountainous forest streams. Sci Rep., 11, 16922 (2021). https://doi.org/10.1038/s41598-021-96253-3

Bain, M. B., Finn, J. T. & Booke, H. E. (1988). Stream flow regulation and fish community structure. Ecology, 69, 382–392.

Flodmark, L. E., Urke, H. A., Halleraker, J. H., Arnekleiv, J. V., Vollestad, L. A. & Poleo, A. B. (2002). Cortiso land glucose responses in juvenile brown trout subjected to a fluctuating flow regime in an artificial stream. Journal of Fish Biology, 60, 238–248.

Sloman, K. A., Taylor, A. C., Metcalfe, N. B. & Gilmour, K. M. (2001). Effects of an environmental perturbation on thesocial behaviour and physiological function of brown trout. Animal Behaviour, 61, 325–33.

Kottelat, m. & freyhof, j. (2007). handbook of european freshwater fishes., berlin, xiv + 646 pp.

Zohidov, J. (1979). Zoologiya ensiklopediyasi. (Baliqlar va tubanxordalilar). Oʻzbekiston. “Fan” nashriyoti. 114 b.

Qayumova, Y. & Begmatova, M. (2023). Oltiariqsoy daryosi ixtiofaunasining zamonaviy taksonomik tahlili. OʻzMU xabarlari, 32, 68–70

Turgunova A.& Sheraliyev, B. (2024). Katta Fargʻona kanali ixtiofaunasining tur tarkibi haqida dastlabki tekshiruv natijalari. Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi, 1/1, 49–52

Sheraliev B., Komilova D., Kayumova Y. Length-weight relationship and relative condition factor of Schizothorax eurystomus Kessler, 1872 from Fergana Valley. Journal of Entomology and Zoology Studies, 2019. Vol. 7(6), – P. 409-412.

Mirabdullayev, I. M., Kuzmetov, A. R. & Qurbonov A. R. (2020). Oʻzbekiston baliqlar xilma-xilligi. Toshkent, “Classic”nashriyoti, 115 b. 2024.

Sheraliev B., Komilova X., Farg`ona tumani zovurlarida tarqalgan amur chebakchasi (pseudorasbora parva) ning morfometrik korsatkichlar OʻzMU xabarlari, 31/1, 68–70, 2024

Eschmeyer, W.N., Fricke, R., and Laan, R., Catalog of Fishes: Genera, Species, References. http://researcharchive. calacademy. org/ research/ ichthyology/ catalog/fishcatmain.asp). AccessedMay11,2025.