Mualliflar

  • Xoliqjon Sulaymanov
    Andijon davlat universiteti
  • Ikromiddin Badalhojaev
    Andijon davlat universiteti
  • Zarnigor O‘ktambekova
    Andijon davlat universiteti
  • Merxrinoz Xusanova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110697

Kalit so‘zlar:

ovalsimon makkajo‘xorisimon sardelkasimon xorion mikropile apikal polivoltin monovoltin seroz suyuqligi po‘st tashlash

Annotasiya

Maqolada saratonlarning tuxumlarining tuzilishi, rivojlanish bosqichlari va muddatlari, lichinkalarning tuxumdan chiqishi hamda saratonlarning postembrional rivojlanishi haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

58

SARATONLARNI (CICADINEA) KO‘PAYISHI

Sulaymanov Xoliqjon Abduraxmanovich

1

., Badalhojaev Ikromiddin

2

., O‘ktambekova

Zarnigor

3

., Xusanova Merxrinoz

4

Andijon davlan unlversiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsenti, b.f.n

1

.

Andijon davlan unlversiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi professori, b.f.n

2

.

Andijon davlan unlversiteti Biologiya yo‘nalishi talabasi

3

Andijon davlan unlversiteti Biologiya yo‘nalishi talabasi

4

https://doi.org/10.5281/zenodo.15576009

Annotatsiya:

Maqolada saratonlarning tuxumlarining tuzilishi, rivojlanish bosqichlari va

muddatlari, lichinkalarning tuxumdan chiqishi hamda saratonlarning postembrional rivojlanishi
haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

ovalsimon, makkajo‘xorisimon, sardelkasimon, xorion, mikropile, apikal,

polivoltin, monovoltin, seroz suyuqligi, po‘st tashlash.

Аннотация

:

В

статье

приводятся

данные

о

строении

и

развитии

яиц

,

выходе

личинок

из

яйца

,

а

также

о

постэмбриональном

развитии

цикадовых

.

Ключевое

слово

:

форма

яйца

округлая

,

сарделкообразная

,

хорион

,

микропиле

,

апикальный

,

поливольтинный

,

моновольтинный

,

серозная

жидкость

,

линька

.

Annotation:

The article presents data on the structure and development of eggs, the hatching

of larvae from the egg, as well as the postembryonic development of cicadids.

Keywords:

egg shape, rounded, sausage-like, chorion, micropyle, apical, polyvoltine,

univoltine, serous fluid, molting.

Hasharotlarning teng qanotli xartumlilar turkumiga mansub bo‘lgan saratonlarning ko‘payishi

va rivojlanishini tadqiq etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Saratonlarning oziqlanishiga oid
tadqiqotlar bu hasharotlarning ekotizimlardagi o‘rni va ahamiyatini qiyosiy tahlil etish imkonini
beradi [1].

Saratonlar tuxumlari o‘ziga xos tuzilishga ega. Ko‘pchilik Fulgoroidea vakillari asosan ochiq

holda tuxum qo‘yadi. Tuxumlari ovalsimon (yumaloq-cho‘zinchoq), kamdan-kam hollarda
uzunchoq-cho‘ziq bo‘lib, yopiq tuxum qo‘yadigan turlarida makkajo‘xorisimon yoki sardelkasimon
shaklda bo‘ladi. Xorion odatda tekis bo‘ladi, mikropilelar soni va joylashuvi turli guruhlarda farq
qiladi.

Fulgoroidealarda birinchi mikropile hayvon qutbida joylashgan, faqat Delphacidaeda esa o‘rta

chiziqda bo‘ladi [2]. Apikal mikropile faqat Cercopidae va Aphrophoridaeda saqlanib qoladi. Boshqa
oilalarda u o‘z joyini o‘zgartiradi va ba’zida tuxumning orqa qismiga o‘tadi. Cicadidae uchun 3 ta
mikropile xarakterlidir: biri tuxumning cho‘qqisida, ikkinchisi yon tomonida joylashadi.

Tuxumning rivojlanish davri polivoltin shakllarining yozgi avlodi va monovoltin turlarining

lichinka yoki imago bosqichlarida bir necha kun yoki 1–2 dekadani o‘z ichiga oladi.

Tuxumning rivojlanish davri polivoltin formalarining yozgi avlodiga va monovoltin turlarining

lichinka yoki imago davri bosqichida bir necha kun yoki 1-2 dekadani o‘z ichiga oladi.

Har xil oilalarga mansub saratonlarning rivojlanishi quyidagicha bo‘ladi: Hyalesthes obsoletus

15-25, Asiraca clavicomis 8-12, Laodelphax srtiatella 9-10, Cicadetta mussiva 25-35, Cicadella virdis
15-20, Macrosteles laevis 20-35 [2, 3].

Embrional rivojlanishning muddatiga maxalliy iqlim sharoitlari ham ta’sir ko‘rsatadi.
Laodelphax striatella tuxumi Janubiy sharqiy Qozog’istonda 9-10 kunda rivojlansa, shimoliy

Xitoyda 6 -19 kun ichida rivojlanadi. Olmaota atrofida Cicadella viridisni rivojlanishi 15-20 kunda,
Bolgariyada 13-14 kunni tashkil etadi. Embrional davrga xarorat ham ta’sir ko‘rsatadi. Shimoliy
Amerika saratoni Baldulus maidis 240 haroratda rivojlanish muddati 5 kunni, 27-320 haroratda esa
2-5 kunni tashkil etadi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

59

Shremmerning ma’lumotlari bo‘yicha ba’zi bir Cicadidaelarda, masalan Cicada pledeja

embryonal rivojlanish davri va lichinklarining tuxumdan chiqish vaqti mos kelmaydi. Bu
saratonlarning tuxumlari bir haftadan ko‘proq rivojlanadi, lichinkalarni tuxumlardan chiqishi kechroq
amalga oshadi. 2-2.5 oydan keyin (qattiq, kuchli shudringlardan so‘ng) aktivlashadi. Lichinkalarning
tuxumini yorib chiqishi mexanizmi ancha murakkab. Tuxumlarini o‘simliklarning hujayrakariga
qo‘yadigan turlarida u o‘ziga xos bo‘ladi. Bu jarayon Myuller tomonidan 15 ta Yevropa saratonlari
ustida o‘rganilgan. Lichinkaning xoriondan chiqishiga seroz qoplamasi asosiy rol o‘ynaydi.
Lichinkaning yorib chiqishining boshlanishiga kelib u (seroz) embrionning boshida ovalsimon
shaklda pufak paydo bo‘ladi, u pufak seroz suyuqligining osmotik bosimi ta’sirida shishib ketadi.
Shishgan pufak xorionni yoradi. O‘simlik hujayrasini kengaytiradi yoki teshadi va chiqishga yo‘l
ochadi. Seroz suyuqligi seroz epiteliysining faolitati uchun ovqat hisoblanadi. Har xil turlarda seroz
pufagi bir xil rivojlanmagan. Uning rivojlanish darajasi tuxum hujayrasida chuqurroq yotganligi,
tuxum qo‘yish xususiyati substratning zichligi, tuxum qo‘yish joyi va chiqish teshigining masofasiga
bog’liq.

Lichinka tuxumdan chiqish davrida ancha faol bo‘ladi. Chiqish oldidan u suyuqlikni adsorbsiya

qiladi, qorin segmentlarining xarakatlari va ayrim kutikulalarining passiv yordamida xarakat qiladi.

Lichinkalarning chiqishi, odatda bittadan (yakka tartibda) ba’zida bir nechtadan (guruhlar

tuxum qo‘yganda) sodir bo‘ladi. Xartumini va oldingi oyoqlarini chiqarib olgan lichinka sekin
tebranib oldingi qismini harakatga keltiradi. Keyin orqaga kuchli engashib (qayrilib) oyoqlarini
chiqaradi va substratning tashqarisiga chiqadi. Tashqaridan chiqish jarayoni Edwardsiana rosaelarda
20 - 30 minu, Rhytidodus tenebricanslarda 15- 40, Cicadella viridis da 12 -2- minut, ba’zida bir
soatgacha boradi yoki umuman ro‘y bermaydi, ba’zi lichinkalar quyoshninh to‘g’ridan to‘g’ri tushgan
nurlarida halok bo‘lishi mumkin. Yangi tug’ilgan lichinkalar tanasini rangi oppoq, muloyim (nafis)
bo‘ladi va o‘zlarini tabiiy rangiga 1-2 yoki bir necha soatdan so‘ng ega bo‘ladi. Oldin ular chiqish
joyida tanasini quritadi, keyin barglarga yosh maysalarga, shoxlarga o‘rmalab chiqadi yoki tuproqqa
kirib ketadi va o‘simlik tomirlarida joylashadi. Ba’zi Idiocerinaening lichinkalari darxol barglarga,
ularning bandiga, kurtaklariga chiqib oladi va shu joylarda koloniyalar hosil qiladi.

Saratonlarning asosiy qismi erta saxarda tuxumdan chiqishi kuzatilgan. Idiocerinae va

ko‘pchilik Typhocydinaelarda tuxumdan chiqish 4-6 soatgacha davom etadi. Extimol shu paytda
gigrotermik va shamol rejimi, yorug’lik, tuxumdan chiqishi uchun qulay sharoit bo‘lsa kerak.
Tuxumdan chiqayotgan Edwardsiana froggattilar lichinkalariga quyoshning to‘g’ridan-to‘g’ri
tushayotgan nurlarining halokatli ta’sir etishi kuzatilgan.

Lichinklarning ertalabki tuxumidan chiqishi ko‘pchilik polearktik turlariga xosdir. Fabr sayroqi

saaratonlarni lichinkalarini tuxumdan chiqishi vaqtini uzoq vaqt davomida aniqlay olmagan. Faqat
ikki yil kuzatishdan so‘ng ertalab lichinkalarni tuxumdan chiqishini kuzatishga muvoffaq bo‘lgan.
Lichinkalarning o‘sish muddatlari tabiiy sharoitlarga bo‘g’liq ravishda turlicha bo‘ladi. Bu avvalo
iqlim sharoitiga tuxum qo‘yilgan joyga, o‘simlik ildizlarining qanchalik chuqurlikda joylashishiga
bog’liq bo‘ladi. Mitrucephalus makrocephalusda bu davr 20-30 kun, Cicadella viridida 13-15 kun,
Brytidodus tenebricans 15-20 kun, Edwardsiana froggattida 18-29 kun davom etadi.

Saratonlarning postembryonal rivojlanishi chala o‘zgarish bilan amalga oshadi. Tuxumdan

chiqqan lichinkalari voyaga yetgan hasharotlarga o‘xshaydi faqat segmentlar sonini kamligi
qanotlarining rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi. Lichinkalar rivojlanish davrida 5 marta tulaydi
va shundan keyingina voyaga yetgan hasharotlarga o‘xshamaydi, oldingi oyoqlari kovlovchi tipda
bo‘lib, asosan tuproq ostida o‘simlik ildizlari shiralarinmi so‘rib hayot kechiradi. Yoz oylarida
tuproqni yuqori qatlamlariga ko‘taliradi, qish oylarida pastga tushadi. Lichinkalarning rivojlanish va
po‘st tashlash davrlari har xil bo‘ladi.

Janubiy- sharqiy Qozog’istonda Typhlocybinae lichinkalarining rivojlanish davri 20-37 kun

davom etadi. Idiocerinae 40-50 kun, Cicadella viridis 30-36 kunni tashkil etadi.

Yer ustida yashaydigon saratonlarning po‘st tashlash usullari asosan bir hil bo‘ladi.

Typhlocybinaelar tulash davrida po‘stlarini bargning ostki tomoniga joylashtiradi, ko‘pchilik
Deltocephalinelar po‘st tshlashdan oldin bargning yuqori tomoniga to‘planib o‘sha joyga po‘st


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

60

tashlaydi. Bu holat rhytidoduslarni ba’zi bir turlarida ham kuzatilgan. Bu saratonlarni lichinkalarni
birinchi yoshida uncha katta bo‘lmagan koloniya hosil qiladi. Keyinchalik po‘st tashlash paytida har
tomonga tarqalib ketadi. Besh yoshli lichinkalar asosan yakka tarzda hayot kechiradi, shunday holat
ko‘pchilik ko‘pik hosil qiluvchi saratonlar (pennisalar) oilasiga kiruvchi saratonlarda kuzatilgan.
Majnuntol ko‘pikli saratonning lichinkalari oldin katta kaloniya bo‘lib shoxlar orasida, barglarning
band qismida yashaydi. Lichinkalar kattalashgan sari koloniyalar mayda bo‘laklarga bo‘linadi va
qanot chiqara boshlaganda 40% ga yaqin yakka lichinkalar saqlanib qoladi.

Po‘st tashlagan lichinka avvalgi koloniya yoki yangi joyga yopishib olib yakka holda hayot

kechiradi. Bularga ba’zida boshqa po‘st tashlagan lichinkalar kelib qo‘shiladi va yangi koloniya
tashkil bo‘ladi.

Saratonlarga qarshi kurashda agrotexnik, mexanik, kimyoviy,biologic usullaridan foydalanish

tavsiya etiladi.

Hozirgi vaqtda ekologik muhitni barqaror saqlash maqsadida hasharotlarga qarshi kurashda

biologic usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Saratonlarga qarshi kurashda hasharotxo‘r qushlardan foydalanish ham samarali natija beradi.
Saratonlar tabiatda ko‘plab tarqalganligi sababli biosenozda ma’lum o‘rinni egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.

Дубовский

Г

.

К

.

Цыкадовые

Ферганской

долины

.

Тошкент

1966.

2.

Митяев

И

.

Д

.

Цыкадовые

Казахстана

.

Алма

-

Ата

1971.

3.

Сулайманов

Х

.

А

.

Цыкадовые

пастбищных

растений

Каршинской

степи

.

Ташкент

2021.

Bibliografik manbalar

Дубовский Г. К. Цыкадовые Ферганской долины. Тошкент 1966.

Митяев И. Д. Цыкадовые Казахстана. Алма-Ата 1971.

Сулайманов Х. А. Цыкадовые пастбищных растений Каршинской степи. Ташкент 2021.