Universal International Scientific Journal
31
6
Shukurullo Mirzayev Kahramon o‘g‘li
Andijon davlat universiteti
Uzbekistan
Annotatsiya.
Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va
olingan natijalar bo‘yicha tahlil qilish ishlari haqida ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
maqoladagi eng muhim bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq
tavsiflovchi so‘zlar.
Аннотация:
Изложено краткое содержание статьи, включая актуальность, цель, метод
исследования и анализ полученных результатов.
Ключевые слова:
самые важные слова в статье, наиболее точно описывающие тему и область
исследования.
Abstract:
A brief summary of the article is presented, including relevance, purpose, research method
and analysis of the results obtained.
Keywords:
the most important words in the article that most accurately describe the topic and area
of research.
Language:
Russian
Citation:
Mirzayev , S. (2025). EFFECTIVE ASSESSMENT PLANNING IN EDUCATION.
Universal
International
Scientific
Journal,
2(5),
316–320.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2647
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
TABIAT HAMDA INSON HAYOTIDA BIOXILMA-XILLIKNING TUTGAN O‘RNI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 31.05.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
31
7
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Yer yuzidagi hayotning asosi – bu
o‘simliklardir. Hozirgi kunda sayyoramizda
500 mingdan ziyod o‘simlik turlari mavjud.
Ularning inson va tabiatdagi o‘rni hamda
vazifalariga qarab bir nechta toifalarga ajratish
mumkin. Suvda o‘suvchi o‘simliklardan
odamlar kamroq foydalansa-da, ular kislorod
ishlab chiqarish va oziqa zanjirida muhim
bo‘g‘in sanaladi. Biroq neft mahsulotlari yoki
oqova suvlar orqali suv havzalarining
ifloslanishi bu o‘simliklarga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi va ularni himoya qilish zaruratini
tug‘diradi. Yerda o‘sadigan o‘simliklar –
bakteriyalar, ayrim turdagi qo‘ziqorinlar
hamda suv o‘tlari tuproq unumdorligini
oshirishda
ishtirok
etadi,
shuningdek,
organizmlar qoldiqlarini parchalab, tabiatda
moddalarning aylanishiga hissa qo‘shadi.
Sanoat va maishiy chiqindilarning tuproqqa
tushishi esa ushbu o‘simliklarni muhofaza
qilish muammosini yuzaga keltirmoqda. [1].
Turlar soni yer osti o‘simliklarida eng
kam uchrab, ular asosan bakteriyalardan iborat
va 3 km gacha va undan ortiq chuqurliklarda
uchraydi. Yer usti o‘simliklari turlarga eng
boy, shuning bilan birga eng ko‘p
ishlatiladigan va insonning kuchli ta’siri
ostidagi o‘simliklardir.
Islom dinida o‘simlikni ekish va uni hosil
bergunicha parvarishlash ibratli amallardan
hisoblanadi va albatta taqdirlanishi qayd
etiladi. Kimdir daraxt yoki ekin eksa va uning
hosilidan insonlar, hayvonlar va qushlar
bahramand bo‘lsa, u kishi hatto vafotidan
so‘ng ham ko‘plab savobga ega bo‘ladi.
Yer
yuzidagi
yashil
o‘simliklar
produtsent (avtotrof) organizmlarga kiradi va
biosferada moddalarning aylanma harakatida
asosiy rol o‘ynaydi. O‘simliklar fotosintez
jarayoni natijasida havodan karbonat angidrid
gazini yutib, yiliga 5•1011tonna kislorod
chiqaradi va 200 mlrd. tonnaga yaqin organik
mahsulot yaratadi. Inson va hayvonlar
hayotida asosiy ozuqa va kislorodning manbai
bo‘lgan o‘simliklarning ahamiyati katta.
Mavjud
300
mingdan
ortiq
yuksak
o‘simliklarning 2500 turidan doimiy, 20
mingga yaqin turlaridan ehtiyojlarga qarab
foydalaniladi.
Inson
hayotida
dorivor
o‘simliklar ham muhim rol o‘ynaydi.
Shaharlarda
yashil
o‘simliklar
havoni
tozalaydi, kishilarga estetik zavq beradi,
dalalarni shamollardan ximoya qiladi.
O‘simliklar havoni tozalaydi, tuproqlarni
yemirilishdan saqlaydi, yog‘inlarni ushlab
qoladi va daryolarni suv bilan bir maromda
ta’minlaydi, kishilarga estetik zavq beradi.
Biosfera biomassasining eng katta qismi-
98,7 foizi o‘rmonlarda to‘plangan. O‘rmon
biotsenozining hamma komponentlari o‘zaro
va atrof muhit bilan yzviy bog‘langan.
O‘rmonlarda qimmatli hayvon va o‘simlik
turlari jamlangan. Yog‘ochdan inson ehtiyoji
uchun zarur bo‘lgan 20 mingga yaqin turli
mahsulotlar olinadi.
Qishloq xo‘jaligida mahsuldor bioxilma-
xillikning shakllanishi asosan yerlarning
tuzilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ekin
maydonlarida o‘stiriladigan ekinlar turi va
ularning tarkibi qanchalik xilma-xil bo‘lsa,
bioxilma-xillik darajasi ham shunchalik ortadi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda relyefi
murakkab hamda tuproq turlari har xil bo‘lgan
joylarda, tekis yerli va bir xildagi tuproqli
Universal International Scientific Journal
31
8
hududlarga nisbatan ko‘proq turdagi madaniy
ekinlar yetishtiriladi. Bunday hududlarda har
bir joyning o‘ziga xos sharoitlariga mos nav va
turdagi ekinlar tanlab olinadi. Bu esa birlamchi
mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshiradi.
Shu bilan birga, hosil yig‘im-terimiga
ketadigan energiya va mablag‘ sarfi kamayadi.
Tekisliklarga ekiladigan qishloq xo‘jalik
ekin turi va navlari yer osti suv sathiga va
tuproqning namlik darajasiga qarab tanlab
olinadi. Arid, ya’ni quruq iqlimli, quyosh
radiatsiyasiga boy tuproqlarda issiqsevar
o‘simliklar-makkajaxori, kungaboqar, nam
hududni ko‘p suv talab qiladigan ekinlar
masalan, sholi, karam ekiladi. Namligi
yuqoriroq bo‘lgan hududlarda suvsevar ko‘p
yillik o‘tlar o‘stiriladi. Mahsuldor bio- xilma-
xillik almashlab ekishda yuqori samara beradi.
Ma’lumki, o‘tgan asrning 60- 80 yillarida
respublika
qishloq
xo‘jaligida
paxta
yakkahokimligi hukm surdi. Qishloq xo‘jalik
yerlarida ketma-ket, ko‘p yillar mobaynida
paxta ekilgan, unga yuqori minerallashgan
o‘g‘itlar,
intensiv
sug‘orish,
turli-xil
pestitsidlar qo‘llanilgan. Ma’lum vaqtgacha
"yakkahokimlik"
yuqori
hosil
bilan
ta’minlagan, lekin uning ta’siri tuproq
yemirilishiga va xususiyatlarini yo‘qotishga
olib kelgan.
Biologik xilmaxillik deganda yerda,
dengizda
va
boshqa
ekotizimlarda
yashaydigan hamda o‘sadigan hamma jonli
organizmlar tushunilib, ushbu tushunchaga
bitta tur doirasidagi, turlararo va ekotizimlar
xilma xilligi ham kiradi.
Barqarorlik bu - barcha hudud tabiiy
resurslaridan qishloq xo‘jalik ekinlarini
saqlanishi va qayta ko‘payishini kafolatlagan
holda
foydalanish,
kelgusi
avlodlarning
yashashini e‘tiborga olgan holda qishloq
xo‘jalik ekinlarini yetishtirish va ishlab
chiqarish mahsuldorligini orttirishdir.
Qishloq
xo‘jaligida
tuproq
unumdorligini oshirib borishda almashlab
ekish muxim ahamiyatga ega. Tuproq
unumdorligini tiklashda almashlab ekishda
qo‘llaniladigan tuproqda azot moddalarini
to‘plovchi dukkakdoshlar bilan birga, gumus
to‘plovchi ko‘p yillik o‘tlar ishlatiladi. Agar
almashlab ekish tarkibiga oraliq (qo‘shimcha)
ekinlar ko‘llanilsa, mahsuldor bioxilma-
xillikni
oshirish
mumkin
(masalan,
makkajaxori ekishdan oldin yoki asosiy
ekindan so‘ng oraliq ekinlar ekilsa). Issiq
iqlimli hududlarda oraliq ekinlarni asosiy
ekinlar ekishdan oldin ham, keyin ham ekib
o‘stiriladi. Mahsuldor bioxilma-xillik hisobiga
bir daladan 2-3 marta hosil olinmoqda. Tuproq
unumdorligini oraliq ekinlar-sideratlar (ya’ni
ularning yashil massasini tuproqqa qo‘shilsa)
hisobiga ham oshirish mumkin. Germaniyada
siderat aralashma tarkibiga 5-10 xil don
ekinlari, dukkakdoshlar va boshqa oilalar
kiritilgan. Bu vegetatsion davrning iqlim
potensialidan to‘liq foydalanish imkoniyatini
beradi, ya’ni dala erta bahordan to kech
kuzgacha ishlaydi.
Tuproqning unumdorligini ko‘p
jihatdan belgilovchi organik modda
gumusning miqdorini oshirish kerak. Shuni
ta’kidlash kerakki, tuproq unumdorligiga
gumusning umumiy zaxirasi emas, balki yangi
faol organik qismi katta ahamiyatga ega.
Qadimdan sug‘oriladigan tuproqda gumus
zaxirasi ko‘p bo‘lsa, u faol emas. Tuproq
unumdorligini oshirish uchun tuproqqa doimiy
tushib turadigan yangi organik moddalar zarur.
Tuproqlar unumdorligini har tomonlama
oshirib borish masalasini yechish faqat
ularning tabiiy resurslarini ishga solishga
asoslangan bo‘lmasdan, balki ularning sarf
bo‘lib ketgan qismini qaytarish va to‘ldirish,
shu
bilan
birgan
agroekosistemalarning
qo‘shimcha
energiya
rezervlariga
va
Universal International Scientific Journal
31
9
fotosintezning yuqori mahsuldorligi shartlarini
qondirish (birinchi navbatda karbonat angidrid
gaziga
bo‘lgan
talabni
qondirish)ga
asoslangan bo‘lishi kerak.
Mahsuldor
bioxilma-xillikning
ko‘payishi nafaqat mavjud tur va navlar bilan
ishlash orqali, balki boshqa hududlardan
keltirilgan o‘simliklarni iqlimlashtirish va har
xil sharoitga moslasha oladigan navlarning
yaratilishiga bevosita bog‘liqdir. Tuproqdagi
namliksiz, mineral ozuqa elementlarisiz, ya’ni
sug‘orilmasdan, yuqori dozali o‘g‘itlardan
foydalanmasdan o‘sa oladigan o‘simlik
navlariga
katta
ahamiyat
berilmoqda.
Moslasha
olgan
navlar
sovuqni,
qurg‘oqchilikni, sho‘rlanishni yoki kislotali
tuproq kabi omillarni yenga oladi, begona
o‘tlar bilan bemalol raqobatlasha oladi.
Masalan,
Boshqirgiston
seleksioneri
S.A.Kunakbaev yaratgan moslashgan nav
"Cho‘lpon" arpasi dunyoning "birinchi
raqamli arpasi"ga aylangan. Uni nafaqat
Rossiyada,
balki
Kanadada
ham
o‘stirishmoqda. Arpa qurg‘oqchilikda ham
o‘sadi,
chunki
kuzgi
va
bahorgi
namgarchilikdan
qoniqadi.
"Cho‘lpon"
arpasini qalin shox poyalari bo‘lgani uchun
begona o‘tlarni o‘stirmaydi, gerbitsidlarsiz
o‘sa oladi. Natijada "Cho‘lpon" arpasi eng
qattiq qurg‘ochilikda ham, namlik ko‘p
bo‘lgan yillarda ham mo‘l hosil beradi.
So‘ngi yillarda genetik-biotexnologlar
uchun asosiy masala madaniy
o‘simliklarni tabiiy-iqlimiy sharoitga
moslashtira
olish
qobiliyatini
oshirish
hisoblanadi. Ular qurg‘oqchilikka chidamli
bo‘lgan genetik modifitsirlangan o‘simliklar
yaratmoqdalar. Masalan, Afrika va Hindiston
guruchining gibridi ontogenezning birinchi
bosqichida o‘zini "afrikalik" xususiyatlarini-
qurg‘ochilikka va begona o‘tlar soyasiga
chidamliligini ko‘rsatadi, keyingi bosqichda
esa namsevar "osiyolik" bo‘lib tez o‘sadi va
ko‘p
gullardan
iborat
to‘pgullarni
shakllantiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda 15700
ga yaqin hayvon, 4500 ta oliy navli o‘simlik
turi uchraydi. Muhofaza qilinadigan hududlar
ularni saqlash, qayta tiklash va foydalanishda
ayni muddaodir. Shuning uchun ham bu kabi
makonlarni
yanada
kengaytirishning
ahamiyati katta.Respublikamizda tabiiy fauna
turlarini
maxsus
ko‘paytirishga
ham
bioxilmaxillikni
ta’minlashning
muhim
yo‘nalishlaridan biri sifatida e‘tibor qaratiladi.
O‘z navbatida, diyorimiz o‘simlik olami
noyobligi, shifobaxshligi bilan ajralib turadi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, yurtimiz
florasi tarkibidagi turlarning 700 tasi efir
saqlovchi hisoblanadi, 100 tasi zamonaviy
tibbiyotda, 1500 tasi esa xalq tabobatida
keng qo‘llaniladi. Demak, ularni sun‘iy usulda
yetishtirish ko‘lami kengayib borayotgani
quvonarlidir. Bugun davlat va xususiy
tadbirkorlik tizimidagi bir qator sub‘ektlar
ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgani
fikrimizga misoldir. Bu boradagi ishlarni
yanada
izchil
davom
ettirish
biologik
ne‘matlar, tabiiy muvozanatni saqlash, ish
o‘rinlari yaratish, iqtisodiy samaradorlikka
xizmat qilishi, shubhasiz.
So‘nggi yillarda turli tabiiy va
antropogen
omillar
tufayli
dunyoda
qurg‘oqchilik, cho‘llanish, degradatsiya kabi
muammolar kuzatilmoqda. Oqibatda hayvonot
va nabotot turlari soni kamaymoqda, yashash
muhitlaridagi ahvol yanada keskinlashib,
bioxilmaxillikka putur yetmoqda. Mazkur
vaziyat, albatta, yovvoyi turlar muhofazasini
yanada takomillashtirish, mutaxassislar, keng
jamoatchilikning mas‘uliyatini kuchaytirishni
taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi
―Qizil kitobi‖ga (2009 yilda chop etilgan) 324
turdagi noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi
Universal International Scientific Journal
3
20
o‘simliklar va zamburug‘lar, 184 turdagi
hayvonlar kiritilgan. O‘simlik va hayvonot
dunyosini muhofaza qilish, ularning yo‘q
bo‘lib ketish xavfi ostida qolganlarini saqlab
qolish hamda ko‘paytirishdek davrimiz uchun
o‘ta dolzarb muammolarni hal etishda
O‘zbekistonda
qo‘riqxonalar,
buyurtmaxonalar va Milliy bog‘lar alohida
o‘rin tutadi.
Umuman olganda respublikamizda, shu
jumladan Andijon viloyatida ham mahsuldor
bio-xilma-xillikning
moslashuvchanlik
potensialini oshirish, moslashgan nav va
zotlarni yaratish qishloq xo‘jaligining asosiy
masalalaridan bo‘lib, bu sohada ilmiy tadqiqot
ishlarini jadal suratlarda olib borishni talab
etadi.
Shu bilan birga, biologik xilmaxillik
komponentlaridan
barqaror
foydalanishni
ta’minlash hamda genetik resurslardan
foydalanish va tegishli texnologiyalarni
almashish bilan bog‘liq daromadlarni adolatli
taqsimlash zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
С.Р.Давлетов Табиий ресурслардан окилона фойдаланишнинг иктисодий
самарадорлигини бахолаш (ЗЕФ/ЮНЕСКОлойихаси мисолида). MBA даражасини олиш учун
ѐзилган диссертация. Тошкент, 2013,93 бет.
2.
О.Д.Доронина, О.П.Кузнецов, Ю.А.Рахманин Стратегия ООН для устойчивого
развития в условиях глобализации. Москва, РАЕН, 2005,248 с.
3.
P.J.Beukering, H.Van, H.S.J.Cesar, M.A.Janssen Economic valuation of the
Leuser National Park on Sumatra, Indonesia. Ecological Economics. 2003, vol. 44
4.
Environmental Science: A Global Concern, Fifth Edition-1999.
