Ushbu maqolada fizika fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish masalasi yoritiladi. Maqolada o‘quvchilarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, eksperimentlar orqali bilim berish, AKT vositalarini joriy etishning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchining yangi metodlarga moslashuvi va metodik yondashuvlar orqali ta’lim sifatini oshirishga doir takliflar beriladi.