Mazkur maqolada kurashchilarning jismoniy sifatlarini shakllantirish jarayonida yoshga oid fiziologik va psixologik xususiyatlarni inobatga olishning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda turli yosh guruhlariga mansub sportchilar (10–20 yosh) ishtirok etgan bo‘lib, ularga moslashtirilgan mashg‘ulotlar dasturi asosida 8 hafta davomida tajribalar o‘tkazilgan. Natijalarda barcha yosh toifalarida jismoniy sifatlar — kuch, tezlik, chidamlilik va koordinatsiyada ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan. Ayniqsa, boshlang‘ich bosqichda koordinatsiya va chidamlilik, o‘rta bosqichda kuch va tezlik, yuqori bosqichda esa kompleks rivojlanish kuzatilgan. Adabiyotlar tahlili esa yoshga xos jihatlarni hisobga olgan holda mashg‘ulotlarni rejalashtirish zarurligini asoslaydi. Xulosa sifatida, kurashchilarning yoshi ularning mashg‘ulotlarga moslashish darajasi va sport natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi hamda yoshga mos yondashuv orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkinligi asoslab beriladi