Jild 2 № 6 (2025)
Maqolalar
REFLEKTIV KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI: BOSHLANG‘ICH SINFDA INGLIZ TILI O‘QITISH MISOLIDA
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tili darslarida reflektiv ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning o‘rni yoritilgan. Refleksiya jarayoni o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini baholash, o‘quv jarayonini anglash va takomillashtirish kompetensiyalarini shakllantiruvchi muhim omil sifatida ko‘riladi. Maqolada didaktik vositalar, o‘zini baholash jadvallari, reflektiv kundaliklar, juftlik va guruhli munozara kabi amaliy yondashuvlar tajriba asosida tahlil qilingan. Tajriba natijalari o‘quvchilarning faolligi, tildagi o‘zlashtirish darajasi va metakognitiv ko‘nikmalarida ijobiy o‘zgarishlarni namoyon qilgan
ADABIY TARJIMA SAN’ATI
Adabiyotshunoslikda tarjima adabiy muloqotning eng qulay shakllaridan biridir. Adabiyot tarjimalar orqali ham boyib boradi.
Xususan, qoraqalpoq va o‘zbek tillari o‘rtasidagi yaqin aloqa tufayli, mazmunni to‘liq saqlagan holda so‘zma-so‘z tarjimadan maksimal darajada foydalanish qulay hisoblanadi. Bunda sezilarli kamchiliklar ko‘zga tashlanmaydi. Ma’lumki, Mirtemir qoraqalpoq adabiyoti bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, tarjima masalasiga katta e’tibor qaratgan. Ushbu maqolada biz bu ikki xalq adabiyotida olib borilayotgan tarjima ishlari haqida fikr yuritamiz. Tarjimon har ikki tilni mukammal bilsagina, qolaversa, o‘sha tilga hurmat va muhabbat bilan yondashsa, xalq tilini chuqur o‘rgansa, benuqson tarjimaga erishishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, tarjimada asliyatning saqlanishi, janr xususiyatlari, lirik qahramon ruhiyatidagi o‘zgarishlarni e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim
HAYOT MOHIYATI VA TIRIKLIKNING XUSUSIYATLARI
Mazkur tezisda hayot mohiyati va tiriklikning asosiy xossalari yoritilgan. Turli olimlarning hayotga bergan ta’riflari orqali hayotning murakkabligi va keng qamrovliligi tushuntirilgan. Hayotning kimyoviy tarkib birligi, hujayraviy tuzilishi, ochiq sistemaligi, energiya va modda almashinuvi, o‘z-o‘zini yangilash, ko‘payish, o‘sish, rivojlanish, o‘z-o‘zini boshqarish, tashqi ta’sirlarga javob berish, irsiyat va o‘zgaruvchanlik kabi xususiyatlari tizimli tarzda bayon etilgan. Shuningdek, hayotning tuzilish darajalari — molekula, hujayra, to‘qima, organ, organizm, populyatsiya va biosferagacha bo‘lgan bosqichma-bosqich biologik tizimlar sifatida ko‘rib chiqilgan
MOYCHECHAKNING BIOLOGIK VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
Moychechak (Matricaria chamomilla L.) o‘simligi xalq tabobati va zamonaviy farmatsevtikada keng qo‘llaniladigan muhim dorivor o‘simliklardan biridir. Ushbu maqola moychechakning botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi, ekologik omillarga bog‘liqligi kabi biologik xususiyatlari hamda yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi, antibakterial va boshqa dorivorlik xususiyatlarini o‘rganadi. Adabiyotlar tahlili va klinik tadqiqotlar ma’lumotlari asosida moychechakning kamazulen, apigenin va efir moylari kabi faol moddalari uning terapevtik samaradorligini ta’minlashi ko‘rsatildi. O‘simlik ovqat hazm qilish, teri kasalliklari va stress bilan bog‘liq holatlarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Kelgusida moychechakning yangi dorivor qo‘llanilishini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur.
OLMANING KIMYOVIY TARKIBI VA SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI
ushbu ishda olmaning kimyoviy tarkibi va shifobaxshligi, foydali xususiyatlari haqida bayon qilingan. Olma mevasining boy kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlaridan foydalanib, tabiiy, biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmasi yaratmoqchmiz. Ushbu tezisda biz tayyorlamoqchi bo‘lgan biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmasi uchun olmaning qanday afzallik jihatlari borligi yoritilgan
OʻZBEK LINGVOMADANIYATIDA DASTURXON NUTQI JANRLARINING XILMA-XILLIGI
Ushbu maqolada oʻzbek lingvomadaniyatidagi dasturxon nutqi janrlari haqida soʻz boradi. Bunda asosan, dasturxon nutqi janrlarining muayyan ijtimoiy jamiyatdagi me'yorlari mavjudligiga e'tibor qaratilib, dasturxon nutqidagi individuallik va jamoaviylik xususiyatlari mavjudligi alohida ahamiyatli ekanligi ta'kidlanadi. Shuningdek, dasturxon nutqi janrlarida hurmat ifoda qilishning turli janrlari mavjudligi, duo va tilakning individuallik kasb etishi oʻzbek lingvomadaniyatiga xos odat sifatida e'tirof etiladi.
ALGEBRAIK TENGLAMALARNING UMUMIY YECHIM USULLARI VA ULARNING AMALIY TATBIQI
Ushbu maqola algebraik tenglamalarni yechishning umumiy usullarini, ularning matematik asoslarini va turli ilmiy va amaliy sohalardagi qo‘llanilishini tahlil qiladi. Chiziqli va nochiziqli tenglamalar, tenglamalar sistemalari va ularni yechishning analitik, grafik va sonli usullari ko‘rib chiqiladi. Maqola iqtisodiyot, muhandislik, fizika va informatika sohasidagi amaliy misollar orqali algebraik tenglamalarning ahamiyatini yoritadi. O‘zbekiston ta’lim tizimi kontekstida talabalar uchun ushbu usullarni o‘zlashtirish va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi
QANDLI DIABETNING 1- VA 2-TURLARI: FARQLARI, SABABLARI VA DAVOLASH USULLARI
Ushbu maqolada qandli diabetning 1- va 2-turlari o‘rtasidagi asosiy farqlar, etiologik omillar, klinik belgilari, patofiziologiyasi va davolash usullari yoritiladi. 1-tip diabet asosan autoimmun jarayon bilan bog‘liq bo‘lib, insulin ishlab chiqaruvchi beta-hujayralarning yo‘q qilinishi natijasida yuzaga keladi. 2-tip diabet esa asosan hayot tarzi, ortiqcha vazn va insulin rezistentligi bilan bog‘liq. Maqolada zamonaviy davolash yondashuvlari, jumladan, insulin terapiyasi, peroral gipo-glikemik preparatlar, bemorlarning o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmalari va profilaktika choralarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA RISK MENEJMENTINI TAKOMILLASHTIRISH: DOLZARB MUAMMOLAR VA XALQARO TAJRIBALAR
Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida risk menejment tizimini takomillashtirish zarurati asoslab beriladi. Mavzuda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish, xalqaro standartlar asosida boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqiladi. Tijorat banklarining moliyaviy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi
KURASHCHILAR JISMONIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA YOSHGA OID XUSUSIYATLAR
Mazkur maqolada kurashchilarning jismoniy sifatlarini shakllantirish jarayonida yoshga oid fiziologik va psixologik xususiyatlarni inobatga olishning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda turli yosh guruhlariga mansub sportchilar (10–20 yosh) ishtirok etgan bo‘lib, ularga moslashtirilgan mashg‘ulotlar dasturi asosida 8 hafta davomida tajribalar o‘tkazilgan. Natijalarda barcha yosh toifalarida jismoniy sifatlar — kuch, tezlik, chidamlilik va koordinatsiyada ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan. Ayniqsa, boshlang‘ich bosqichda koordinatsiya va chidamlilik, o‘rta bosqichda kuch va tezlik, yuqori bosqichda esa kompleks rivojlanish kuzatilgan. Adabiyotlar tahlili esa yoshga xos jihatlarni hisobga olgan holda mashg‘ulotlarni rejalashtirish zarurligini asoslaydi. Xulosa sifatida, kurashchilarning yoshi ularning mashg‘ulotlarga moslashish darajasi va sport natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi hamda yoshga mos yondashuv orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkinligi asoslab beriladi
YOSH BOLALARDA CHAQQONLIK VA TEZKORLIKNI RIVOJLANTIRISH UCHUN OʻYINLI MASHQLARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqola O‘zbekiston boshlang‘ich ta’lim tizimida 7–10 yoshli o‘quvchilarning chaqqonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlarni tahlil qiladi. Tadqiqot o‘yinli mashqlar, fanlararo integratsiyalangan dasturlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining samaradorligini o‘rganadi. Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida 100 nafar o‘quvchi ishtirokida 12 haftalik eksperiment o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘yinli va interaktiv usullar an’anaviy jismoniy tarbiya darslariga nisbatan chaqqonlik, muvofiqlashtirish va reaksiya vaqtini sezilarli darajada yaxshilaydi. Maqola pedagoglar uchun amaliy tavsiyalar taqdim etadi va O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu yondashuvlarni keng joriy etish uchun infratuzilma va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi.
BOSHLANGʻICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA MASHGʻULOTLARIDA TEZKORLIK MASHQLARINI JORIY ETISH USULLARI
Ushbu maqola yosh bolalarda chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirishda o‘yinli mashqlardan foydalanishning samaradorligini o‘rganadi. Tadqiqot O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (MTT) 4-6 yoshli bolalar ishtirokida o‘tkazildi. Tajriba guruhi uchun o‘yinli mashqlar dasturi ishlab chiqildi va an’anaviy jismoniy tarbiya darslari bilan solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘yinli mashqlar chaqqonlik, tezkorlik va motorika ko‘nikmalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqot MTTlarda o‘yinli mashqlarni kengroq qo‘llash va pedagoglar malakasini oshirish zarurligini ta’kidlaydi
YANGI IQTISODIY SIYOSAT DAVRIDA TURKISTON O‘LKASIDA MADANIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH ASOSLARI
Yangi iqtisodiy siyosat davrida O‘zbekistonda amalga oshirilgan va Sovet davlatida 1921 yildan e’tiboran "harbiy kommunizm" siyosati urnida joriy etilgan Yangi iktisodiy siyosat (NEP) butun mamlakatda xalq xo‘jaligini qayta tiklash, iqtisodiyotni ma’lum rivojlanish yo‘nalishiga solish imkonini berdi. Yangi iqtisodiy siyosatning joriy etilishi bu davrda RSFSR tarkibida bo‘lgan Turkiston ASSRning ham iqtisodiyotiga, umuman, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlariga muayyan o‘zgarishlar kiritdi. Qayd etib o‘tish kerakki, bu paytda Turkiston ASSR xalq xo‘jaligi o‘z xususiyatiga ko‘ra Ittifoqdagi umumiy iqtisodiy vaziyat va holatlardan keskin farq qilar ediki, shu boisdan ham o‘lkada yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda bir qator ziddiyatli jihatlar namoyon bo‘ldi
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA PERSONALNI BOSHQARISHNING AMALIYOTDAGI HOLATI
Ushbu maqola O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (MTT) personalni boshqarishning amaliy holatini tahlil qiladi. Maqolada MTTlarda kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, moddiy rag‘batlantirish va zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etishdagi yutuqlar va muammolar yoritiladi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik, monitoring tizimi va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltiriladi. Maqola ta’lim sifatini oshirish va kadrlar yetishmasligi kabi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rib chiqadi
SARATON IMMUNITETINING NEYROPSIXOLOGIK VA NUTRITSIONAL MODULATORLARI: IMMUNO-ONKOLOGIYADA KO'P PERSPEKTİVA.
Immuno-onkologiya, saraton kasalligini tadqiq qilishning yangi sohasi, immunitet tizimining xavfli o'smalarni aniqlash va yo'q qilish qobiliyatidan foydalanadi. Immunitetni nazorat qilish punkti ingibitorlari va CAR T-hujayra terapiyasi kabi istiqbolli yutuqlarga qaramay, davolash samaradorligi bemorlar orasida keng farq qiladi. Rivojlanayotgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mezbonning psixologik holati va parhezga ta'sir qilish, xususan, genetik va kimyoviy jihatdan o'zgartirilgan oziq-ovqatlar immunitetni o'zgartirishi, o'smaning rivojlanishiga ta'sir qilishi va davolash natijalariga vositachilik qilishi mumkin. Ushbu maqolada o'sma immunitetiga neyropsikologik va parhez ta'siri bo'yicha joriy adabiyotlarning keng qamrovli akademik sintezi keltirilgan. Surunkali stressni, ichak mikrobiotasini o'zgartirishni va immunitetni bostirishni o'sma mikro muhiti bilan bog'laydigan saratonning ko'p o'lchovli "neyro-psixo-immunologik modeli" taklif etiladi. Ushbu fanlararo tahlil paradigma o'zgarishini ko'rsatadi: saraton nafaqat genetik yoki hujayrali hodisa, balki atrof-muhit va xulq-atvor omillari ta'sirida integratsiyalashgan tizimli kasallikdir. Bunday tushunish zamonaviy onkologiyada ko'proq shaxsiylashtirilgan, profilaktika va yaxlit terapevtik strategiyalarga olib kelishi mumkin