ushbu maqola ta’limda geymifikatsion yondashuv mohiyatini ochishga bag’ishlanadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, geymifikatsiya metodlari talabalarning diqqatini toʻplash, uzoq muddatli xotirani shakllantirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishda samarali boʻlib, ularni anʼanaviy oʻqitish uslublariga nisbatan koʻproq jalb etadi. Oʻyin texnologiyalari taʼlimning noyob shakllaridan biri boʻlib, u nafaqat oʻquvchilarning ijodiy va izlanish darajasidagi ishini, balki kundalik darslarni ham qiziqarli qilish imkonini beradi.