Mualliflar

  • X Erkebayev
    O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo’jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi
  • N Nishanboyev
    O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo’jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.136830

Kalit so‘zlar:

motoblok plug sozlash tomorqa kichik dehqon xo‘jaligi chik qishloq xo‘jaligi texnikas

Annotasiya

Jahon amaliyotida dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari va issiqxonalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi asosiy subyektlar qatorida turadi. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida kichik texnika vositalarining yangi namunalarini yaratish, sanoat nusxalarini tayyorlash, hamda tijoratlashtirish masalalariga doir ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar bajarilmoqda. Shulardan kelib chiqib ushbu maqolada kichik dehqon xo‘jaliklari uchun yangi konstruksiyadagi  motoblok pluglarini yaratish borasida olib borilgan izlanishlar keltirilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(7)

46

Erkebayev X.O., Nishanboyev N.N

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo’jaligi

texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi

Uzbekistan

erkebayev1988@bk.ru

.,

nishanboyev96@bk.ru

Annotatsiya.

Jahon amaliyotida dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari va issiqxonalar qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi asosiy subyektlar qatorida turadi. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida

kichik texnika vositalarining yangi namunalarini yaratish, sanoat nusxalarini tayyorlash, hamda

tijoratlashtirish masalalariga doir ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar bajarilmoqda. Shulardan kelib

chiqib ushbu maqolada kichik dehqon xo‘jaliklari uchun yangi konstruksiyadagi motoblok pluglarini

yaratish borasida olib borilgan izlanishlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

motoblok, plug, sozlash, tomorqa, kichik dehqon xo‘jaligi, kichik qishloq xo‘jaligi

texnikasi.

Аннотация:

В мировой практике дехканские хозяйства, владельцы приусадебных участков и

теплицы являются одними из основных субъектов, выращивающих сельскохозяйственную

продукцию. Во многих странах мира проводятся научно-практические и инновационные

исследования по созданию новых образцов малой сельскохозяйственной техники, изготовлению

промышленных образцов и их коммерциализации. Исходя из этого, в данной статье представлены

результаты исследований по разработке мотоблочных плугов новой конструкции для малых

дехканских хозяйств.

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

KICHIK DEHQON XO‘JALIKLARIDA MOTOBLOK PLUGLARINING

AXAMIYATI VA O‘RNI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 7

Published: 30.07.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(7)

4

7

Ключевые слова:

мотоблок, плуг, настройка, приусадебный участок, малое дехканское

хозяйство, малая сельскохозяйственная техника.

Abstract:

In global practice, smallholder farms, owners of household plots, and greenhouses are

among the main entities growing agricultural products. Many countries worldwide are conducting

scientific, practical, and innovative research on creating new models of small agricultural machinery,

manufacturing industrial prototypes, and commercializing them. Based on this, this article presents the

results of research on developing new designs of motor-block plows for small-scale farms.

Keywords:

power tiller, plow, setup, household plot, small dekhkan farm, small agricultural

machinery.

Language:

Uzbek

Citation:

Erkebayev , X., & Nishanboyev , N. (2025). THE IMPORTANCE AND ROLE OF

MOTOBLOCK PLOUGHES IN SMALL FARM HOLDINGS. Universal International Scientific Journal,

2(7), 46–50. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3568

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 1

apreldagi “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi
O‘RQ-681-sonli

Qonuni,

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30
iyundagi “Aholi tomorqalaridan foydalanish
samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4767-sonli Qarori,
O‘zbekiston

Respublikasi

Oliy

Majlisi

Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining
2020 yil 13 apreldagi “Dehqon xo‘jaliklari va
tomorqa

yer

uchastkalaridan

foydalanish

samaradorligini yanada oshirishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi 222-IV-sonli Qo‘shma
qarori [1, 2, 3] hamda mavzuga tegishli boshqa
meʼyoriy-huquqiy

hujjatlarda

belgilangan

vazifalarni

amalga

oshirishga

muayyan

darajada xizmat qiladi.

2025 yil fevral oyi holatiga O‘zbekistonda

fermer xo‘jaliklari soni 87,6 mingtani, qishloq
xo‘jaligi korxonalari soni 25,6 mingtani,
dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaliklari soni 5
mln.tadan ortiqni tashkil etmoqda.

Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi

mahsulotlarining 3 foizi qishloq xo‘jaligi
korxonalari, 26,9 foizi esa fermer xo‘jaliklari
hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng katta ulush esa,
dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaliklariga tegishli
– 70,1 foiz. Yuqoridagilardan kelib chiqib
hozirgi kunda mamlakatimizning oziq-ovqat
xavfsizligi taʼminlash va qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarishda samaradorlikka
erishish aynan tomorqa egalarining saʼy-
harakatlariga bog‘liq, degan xulosaga kelish
mumkin.

O‘z navbatida, tomorqa yer uchastkalari

orqali

mahsulotlarni

yetishtirishda

ayrim

muammolar

mavjud.

Ushbu

muamolarni

yechimichmi sifatida kichik xajimli qishloq
xo‘jaligi texnikalariga extiyoj respublikamizda
katta.

Tomorqa yer uchastkalari egasi va oddiy

dehqon xo‘jaliklarida yer maydoni ko‘p
bo‘lmaydi, lekin shunga qaramay u turli qishloq
xo‘jalik mahsulotlari yetishtiradi. Masalan 10-


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(7)

4

8

30 s. yoki 1-2 g. gacha yerni shudgorlash, ekin
ekishga yerni tayyorlash, ekish va hosilni
yig‘ishtirib olish uchun qishloq xo‘jaligi
traktorlarni yoki uning agregat qismlarni sotib
olish va ijaraga foydalanishga xar bir dehqon
xo‘jaligi yer egalarini imkoniyati mavjud
emasligi sababli, kichik xajmli qishloq xo‘jaligi
texnikalarga extiyoj tug‘iladi [4].

Ular

o‘zlarining

ishlab

chiqarish

faoliyatlarida

kichik

traktor,

kichik

mexanizatsiya vositasi kabi kichik texnika
vositalariga ehtiyoj sezadilar. Bu borada
Yaponiya, Xitoy, Italiya, Kareya, Indoneziya
va Belarusiya davlatlari birinchilardan bo‘lib,
kichik texnika vositalar ishlab chiqaraishni
boshlaganlar.

Material va metodlar: Motoblok-bitta o‘qli

shassi asosida universal mobil energiya vositasi,
kichik o‘lchamli traktorning bir turi. Motoblok
dvigatel, transmissiya, shassi, yurish tizimi va
boshqaruv tizimidan iborat. Dizel yoki benzinli
dvigatel bilan jihozlangan, quvvatiga qarab, u
bir ish smenasida qo‘lda haydash uchun bir
necha baravar ko‘proq vaqt talab qiladigan
kichik maydonni qayta ishlashga qodir. Yengil
motobloklarda dvigatellarning nominal quvvat
diapazoni

1-5 ot kuchiga teng, og‘ir motoblokda 4-

10 ot kuchiga ega bo’lib, motobloklarda
kuchliroq dvigatellar kamdan kam qo‘llaniladi.
Motobloklar

kichik

joylarda

(bog‘lar,

issiqxonalar, gulzorlar) asosiy (shudgorlash) va
qatorlararo (yuzaki) ishlov berish, o‘tlarni
kesish, qorni tozalash, statsionar mashinalarni
haydash, yuklarni qisqa masofalarga tashish
uchun

ishlatiladi

(yarim

tirkamalardan

foydalangan holda).

Yengil motobloklar va kultivatorlar

odatda faqat freza va baʼzan pushta olgich bilan
jihozlangan.

O‘rta sinf motobloklari olinadigan

g‘ildiraklar va tuproqni qayta ishlash frezalari,

plug, borona, pushta olgich, o‘rish mashinasi,
yarim tirkama bilan jihozlash mumkin.

Og‘ir motodloklar almashtirilmaydigan

g‘ildiraklarga ega. Ular omoch, quvvat olish
validan boshqariladigan freza, o‘rish mashinasi,
tirma, kultivator, qor tozalagich, buldozer
pichog‘i, borona, yarim tirkama bilan
jihozlangan bo‘lib, odamlar va yuklarni tashish
uchun texnik qurilmaga aylanadi. Isteʼmolchi
kerakli vositalar to‘plamini motoblokdan
alohida sotib oladi [5].

Kichik xajmli bir o‘qli traktorlarga

(motobloklar)

narxlari

25-50

ot

kuchi

traktorlarga, 50-100 ot kuchli traktorlarga
nibatan 20-40 baravargacha arzon va tomorqa
yer uchastkalarida ishlatish qulay, qo‘l
mehnatiga qaraganda ish 10-15 baravar unumli
hisoblanadi.

Tadqiqot maqsadi: Bizga maʼlumki,

yerlarni tayyorlashda eng katta sarf xarajat bu
yerni shudgorlash xisoblanadi. Shudgorlashga
katta eʼtibor berish kerak. Chunki o‘z vaqtida,
sifatli o‘tkazilgan shudgor kelgusi yil hosiliga
puxta zamin yaratadi. Sifatli shudgorlangan
maydonlarda sho‘r yuvish, yaxob suvi berish,
erta bahorda tuproqni ekishga tayyorlash hamda
ekish kabi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va
samarali o‘tkazishga erishiladi. Shudgorlashda
tuproqning namligi

16-18 foiz atrofida bo‘lsa, u yaxshi

maydalanadi,

plugning

korpuslariga

yopishmaydi, yonilg‘i sarfi kamayadi va ish
unumi oshadi. Tuproq nami yetarli bo‘lmasa,
dalani sug‘orish talab etiladi.

Natijalar. Motoblok xar hil turdagi pluglar

bilan jihozlanishi mumkin. Ulardan asosiylari
quyidagilar:

- bitta korpusli plug(1, a- rasm);
- aylanma korpusli plug (1, b- rasm);
- rotorli plug (1, v- rasm);
- diskli plug (1, g- rasm).


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(7)

4

9

a

b

v

g

1-rasm. Motoblok uchun turli pluglar

Plug qismlar soniga qarab: bitta korpusli;

ikki korpusli; o‘ta murakkab vazifalarni bajarish
uchun ko‘p korpusi pluglar.

Motoblok uchun plugni to‘g‘ri sozlash

uchun asosiy 3 ta parametrga eʼtibor berish
kerak: kengligi, shudgorlash chuqurligi va
qiyalik.

Plugning

ish

sifatini

belgilovchi

agrotexnik talablar orasida haydash chuqurligi
va uning bir tekisda bo‘lishi hamda begona
o‘tlar, ularning urug‘i va ildizlarining ko‘milish
chuqurligi muhim hisoblanadi [6]. Ko‘pgina
motobloklar turli xil yig‘ish sxemalariga ruxsat
beradi,

ammo,

qoida

tariqasida,

engil

motobloklar uchun frezali kultivator asosiy
jihoz, og‘ir motobloklar uchun esa g‘ildirakli
plug hisoblanadi. Uni to‘g‘ri tanlash va sozlash
muhim ahamiyat kasb etadi. Mavjud pluglar
asosan bir korpusli bo‘lib, ulardan o‘rkachlar
hosil bo‘ladi. Yer shudgorlangandan so‘ng
dalani tekislashga ko‘p vaqt va mablag‘
sarflashga to‘g‘ri keladi. Ushbu kamchiliklarni
oldini olish uchun aylanma korpusli plugdan
foydalaniladi.

Xulosa.

Yuqoridagi

tahlillardan

ko‘rishimiz mumkinki, pluglar vazifasi va
konstruksiyasi deyarli bir birlaridan farq
qilmaydi.

Lekin

shudgorlash

chuqurligi,

kengligi va qiyaliklarini sozlash mexanizmlar
turlicha. Motoblokalar uchun mavjud pluglarni
o‘rganish natijasida vint mexanizmi bilan
sozlanadigan dala g‘ildiragi mavjud motoblok
uchun aylanma plug ish sifati, unumi, yonilg‘i
sarfi kamligini ko‘rishimiz mumkin. Shu
boisdan

keyingi

ilmiy

izlanishlar

respublikamizda kichik tomorqa xo‘jaliklarida
motoblok uchun aylanma korpusli plugning
yangi konstruksiyasi ishlab chiqish hamda talab
darajasidagi ish sifatini taʼminlash vazifasi
ko‘yilgan. Shular asosida hozirgi kunda
motoblok uchun korpusli plugning ish jarayoni
asoslandi va konstruktiv chizmalari tayyorlanib,
tajriba nusxasi tayyorlanmoqda. Sinovlar
asosida asoslangan texnologik ish jarayoni,
konstruktiv sxema va parametrlarga ega
motoblok uchun aylanma korpusli plugning
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasining 01.04.2021 y. O‘RQ-681-son "Tomorqa xo‘jaligi

to‘g‘risida"gi Qonuni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.06.2020 y. PQ-4767-son "Aholi tomorqalaridan

foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashlarining 2020

yil 13 apreldagi “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada
oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 222-IV/KQ-33-IV-sonli qo‘shma qarori.


Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining 01.04.2021 y. O‘RQ-681-son "Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida"gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.06.2020 y. PQ-4767-son "Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashlarining 2020 yil 13 apreldagi “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 222-IV/KQ-33-IV-sonli qo‘shma qarori.

www.stat.uz