NEFT GAZ KORXONALARI OQOVA SUVLARNING TARKIBI VA ULARNI ZARARSIZLANTIRISH USULLARI
Mazkur maqolada neft va gaz qazib chiqarish korxonalaridan chiqayotgan maishiy oqova suvlarning zararli kimyoviy elementlar bilan ifloslanish darajalar aniqlangan. Tadqiqotlar davomida, neft-gaz qazib chiqarish korxonasida inshoatidan tozalanib chiqayotgan oqova suv tarkibida oʻrtacha fosfatlar bilan ifloslanish koʻrsatkichi 5,66 mg/l (belgilangan me’yoridan 2,26 barovar koʻproq), xloridlar 651,74 mg/l (belgilangan me’yoridan 1,86 barovar koʻproq), sulfatlar 664,33 mg/l (belgilangan me’yoridan 1,9 barovar koʻproq), nitratlar 531,62 mg/l (belgilangan me’yoridan 11,8 barovar koʻproq), nitritlar 16,36 mg/l (belgilangan me’yoridan 5,0 barovar koʻproq) ekanligi aniqlangan