Universal International Scientific Journal
3
Musakova Shahnоzaxon Ulug'bek qizi
Qo‘qon Universiteti Andijon filiali pediatriya yo'nalishi 1-kurs talabasi
Uzbekistan
Annotatsiya.
Smartfonlarning bolalar orasida keng tarqalishi ularning ko‘z salomatligiga ta’sirini
o‘rganishni dolzarb masalaga aylantirdi. Ushbu maqola bolalarda smartfonlardan uzoq muddat foydalanish
natijasida yuzaga keladigan ko‘z shikastlanishi, xususan, miyopiya, ko‘z qurumasi va raqamli ko‘z
zo‘riqishi (digital eye strain) kabi muammolarni tahlil qiladi. Adabiyotlar sharhi, epidemiologik
ma’lumotlar va mavjud tadqiqotlar asosida smartfon ekranlarining ko‘k nuri, foydalanish chastotasi va ko‘z
salomatligiga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot ushbu muammoning oldini olish uchun tavsiyalar ishlab
chiqishga qaratilgan bo‘lib, ota-onalar, o‘qituvchilar va sog‘liqni saqlash mutaxassislari uchun amaliy
yo‘riqnomalar taqdim etadi.
Kalit so‘zlar:
smartfon, bolalar, ko‘z salomatligi, miyopiya, ko‘k nur, raqamli ko‘z zo‘riqishi.
Аннотация:
Широкое распространение смартфонов среди детей сделало изучение их влияния
на здоровье глаз актуальной проблемой. В данной статье анализируются проблемы поражения глаз
у детей, вызванные длительным использованием смартфонов, в частности, миопия, сухость глаз и
цифровое перенапряжение глаз. На основе обзора литературы, эпидемиологических данных и
существующих исследований изучается влияние синего света экранов смартфонов, частоты
использования и здоровья глаз. Целью исследования является разработка рекомендаций по
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
TELEFON KO‘P O‘YNASHI NATIJADA BOLALARDA KO‘ZLARINI
ZARARLANISHI.
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 7
Published: 01.07.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
4
профилактике этой проблемы и предоставление практических рекомендаций родителям, учителям
и медицинским работникам.
Ключевые слова:
смартфон, дети, здоровье глаз, миопия, синий свет, цифровое
перенапряжение глаз.
Abstract:
The widespread use of smartphones among children has made studying their impact on
eye health a pressing issue. This article analyzes the problems of eye damage in children caused by
prolonged use of smartphones, in particular, myopia, dry eyes, and digital eye strain. Based on a literature
review, epidemiological data, and existing studies, the effects of blue light from smartphone screens,
frequency of use, and eye health are studied. The study aims to develop recommendations for preventing
this problem and provides practical guidelines for parents, teachers, and health professionals.
Keywords:
smartphone, children, eye health, myopia, blue light, digital eye strain.
Language:
Uzbek
Citation:
Musakova , S. (2025). CHILDREN’S EYE DAMAGE RESULTING FROM PLAYING A
PHONE TOO MUCH. Universal International Scientific Journal, 2(7), 3–8. Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3517
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Kirish
O‘tgan asrning 1980-yillarida mobil
telefon apparatlari ixtiro qilinishi ortidan bu
jihozga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi.
Boshlanishida
bunday
mobil
telefon
apparatlari yordamida faqat so‘zlashuvni
amalga
oshirish
mumkin
edi.
Undan
foydalanish uchun, go‘yoki sirli qulflardagi
kabi maxsus tugmalardan foydalanish kerak
edi.
Keyinchalik mobil qurilmalar yordamida
qisqa matnlarni almashish imkoniyati paydo
bo‘ldi. Biroq bu qisqa, mitti matnlar katta-
katta muammolarning yuzaga kelishiga sabab
bo‘ldi: qanchadan-qancha oilalar buzilib ketdi,
har xil tagi yo‘q gaplar, ig‘volar tarqatila
boshlandi. Qalbi nopok kishilar fitnalar yoki
yomonliklarni amalga oshirishda ham mobil
telefon
apparatlaridan
keng
foydalana
boshladi.
Ba’zi
insonlarning
ongini
zaharlashda bu jihoz qulay vositaga aylanib
qoldi. Lekin o‘sha vaqtlarda yoshlar qo‘lida
telefon apparatlari hali keng tarqalmagani
uchun bu holat ularga u darajada ta’sir qilmadi.
Keyingi o‘n besh yilda sensorli
(«sezgir») mobil telefon apparatlari keng
qo‘llanila boshlandi. O‘z navbatida bunday
turdagi mobil telefonlarining fotoapparat,
videokamera, internet tarmog‘iga ulanish
vositasiga aylangani bois undan olinadigan
foyda bilan birga muammolar ko‘lami ham
kengayib bordi. Ayniqsa, telefon apparatlari
yordamida yozuv, rasm, ovoz va video kabi
narsalarni almashish osonlashib qolgani
haqiqiy inqilob bo‘ldi.
Soha kun sayin rivojlanib boryapti.
Endilikda oldingidek alohida radio, televizor,
faks, teletayp, internetga ulangan kompyuter,
Universal International Scientific Journal
5
videoaloqa va ovoz yozish qurilmalari,
fotoapparat,
videokamera,
pul
to‘lash
imkonini beruvchi karta kabi vositalar shart
emas. Birgina shu qo‘lingizdagi telefon
apparati yordamida yuqorida sanab o‘tilgan
vazifalarni bajarish mumkin (telefonga xos
yana boshqa turli xil qulay dastur va xizmatlar
bor, bu haqida to‘xtalib o‘tirmaymiz).
Endilikda bunday texnologiyalarsiz hayotni
tasavvur qilish qiyin. Inkor etib bo‘lmaydigan
holat shuki – bunday telefon apparatlarini
hozir yosh bolalarning qo‘lida ham ko‘rish
mumkin.
So‘nggi o‘n yillikda smartfonlar
bolalar hayotidagi ajralmas qismga aylandi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda
dunyo bo‘ylab 10-15 yoshdagi bolalarning
70% dan ortig‘i smartfonlardan muntazam
foydalangan
(Statista,
2020).
Ushbu
qurilmalarning uzoq muddatli foydalanilishi
ko‘z salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi,
xususan, miyopiya (yaqinni ko‘rish) holatlari
ko‘payishi va raqamli ko‘z zo‘riqishi kabi
muammolar kelib chiqishi haqida xavotirlar
ortib bormoqda. Ko‘k nur (blue light) va ekran
vaqti (screen time) ko‘zning optik tizimiga
ta’sir qilishi, shuningdek, ko‘z qurumasi va
boshqa oftalmologik muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin. Ushbu maqola bolalarda
smartfonlardan ko‘p foydalanish natijasida
ko‘zlarning
zararlanishini
o‘rganishga
qaratilgan bo‘lib, mavjud adabiyotlar tahlili va
epidemiologik ma’lumotlarga asoslanadi.
Smartfonlardan foydalanish va ko‘z
salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlik so‘nggi
yillarda ko‘plab tadqiqotlarda o‘rganilgan.
Quyida asosiy manbalar tahlil qilinadi:
1. Sheppard va Wolffsohn (2018)
Sheppard va Wolffsohn (2018) raqamli
qurilmalardan foydalanish va ko‘z zo‘riqishi
o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, ko‘k nurning
ko‘z shilliq qavatiga ta’sirini va ko‘z qurumasi
sindromini aniqlagan. Ularning tadqiqoti
bolalarda ekran vaqtining uzoqligi ko‘z
zo‘riqishi va miyopiya rivojlanishiga ta’sir
qilishini ko‘rsatadi. Bu maqolada ushbu
natijalar bolalardagi ko‘z shikastlanishini
tushuntirishda asos sifatida ishlatiladi.
2. Lanca va boshqalar (2020)
Lanca va boshqalar (2020) bolalarda
miyopiya
rivojlanishi
va
ekran
vaqti
o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilib, 6-12
yoshdagi bolalarda kuniga 2 soatdan ortiq
ekran vaqti miyopiya xavfini 30% ga
oshirishini
aniqlagan.
Ularning
ishi
smartfonlardan foydalanish chastotasi va ko‘z
salomatligi o‘rtasidagi statistik bog‘liqlikni
tasdiqlaydi.
3. Toh va boshqalar (2019)
Toh va boshqalar (2019) ko‘k nurning
bolalar ko‘zining to‘r pardasiga ta’sirini
o‘rganib, uzoq muddatli ta’sir retinal
hujayralarga zarar yetkazishi mumkinligini
ko‘rsatgan. Ularning tadqiqoti ko‘k nur
filtrlarining
samaradorligini
baholashda
muhim hissa qo‘shadi.
4. American Academy of Pediatrics
(AAP, 2016)
AAP (2016) bolalarda ekran vaqti uchun
tavsiya etilgan chegaralarni (2-5 yoshda 1 soat,
6 yoshdan katta bolalarda 2 soat) belgilab,
uzoq muddatli ekran ta’sirining ko‘z
salomatligiga zararini ta’kidlaydi. Ushbu
yo‘riqnomalar maqolada profilaktik choralar
ishlab chiqishda asos sifatida ishlatiladi.
Ushbu tadqiqot adabiyotlarning tizimli
tahliliga asoslanadi, chunki aniq dala tajribasi
o‘tkazilmagan.
Scopus
va
PubMed
bazalaridagi 2015-2025 yillardagi nashrlar
tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: “smartphone use”,
“children”, “eye health”, “myopia”, “blue
light”, “digital eye strain”. Faqat peer-
reviewed maqolalar va ilmiy jurnallar tanlandi.
Ma’lumotlar sintezi uchun narrativ tahlil usuli
Universal International Scientific Journal
6
qo‘llanildi,
statistik
ma’lumotlar
esa
umumlashtirildi. Tadqiqot bolalarda smartfon
foydalanishi va ko‘z shikastlanishi o‘rtasidagi
sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlashga qaratildi.
Odamning ko‘zi tug‘ilganidan boshlab
taxminan 20 yoshigacha rivojlanadi. Mazkur
jarayon davomida ko‘z asta-sekin kattalashib,
shakllanadi. Bolalikdan telefon va planshet
kabi qurilmalar bilan haddan tashqari ko‘p
vaqt o‘tkazish ko‘zga ortiqcha yuklama
tushiradi. Bu esa vizual signallarni tanaga
yetkazuvchi ushbu a’zoning o‘z o‘qi bo‘ylab
cho‘zilishiga olib keladi.
Telefon o‘zidan ko‘k nur (blue light) deb
ataluvchi to‘lqinlarni chiqaradi. Ushbu nur
quyosh nurlari tarkibida mavjud bo‘lsa-da,
sun’iy manbalar, xususan, LED ekranlardan
tarqalganda
organizmga
salbiy
ta’sir
ko‘rsatadi.
Smartfonga uzoq vaqt davomida tikilish
ko‘z to‘qimalari, ayniqsa to‘r parda (retina)ga
bosimni
oshiradi,
bu
esa
makula
degeneratsiyasi
(ko‘rish
markazining
yemirilishi) xavfini oshiradi. Bola ko‘zi hali
to‘liq shakllanmagan va filtrlovchi xususiyati
zaifroq bo‘lishi tufayli kattalarnikiga nisbatan
ko‘k nurga ta’sirchanroq hisoblanadi. U
ekranga uzoq tikilganda ko‘zning tabiiy
himoya mexanizmlari, ya’ni har 4-5 soniyada
avtomatik pirpirash, ko‘z suyuqligi ajralishi
izdan chiqadi.
Ekranga tikilib ishlayotgan odamda
ko‘zning pirpirash chastotasi odatdagidan 60
foizgacha kamroq bo‘ladi. Bu esa ko‘zning
qurishi,
qotib
qolishi,
toliqishi
va
muskullarning spazm holatiga tushishiga olib
keladi. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ushbu
holat funksional buzilishlarni yuzaga keltirishi
mumkin.
“Inson
organizmi
atrof-muhitdan
oladigan axborotlarning 70 foizini aynan ko‘z
orqali qabul qiladi. Qolgan 30 foizi eshitish,
hid va ta’m bilish, sezish hissiyotlariga to‘g‘ri
keladi. Ko‘z to‘g‘ridan to‘g‘ri miya bilan
bog‘langan nerv tolalari orqali ma’lumotlarni
qayta ishlovchi murakkab tuzilma. Shundan
kelib chiqib aytish mumkinki, ko‘z salomatligi
faqat jismoniy emas, aqliy va ruhiy salomatlik
uchun ham muhim. Ko‘rish qobiliyatining
pasayishi
tafakkur,
eslab
qolish,
konsentratsiya va reaksiya tezligi kabi
ko‘nikmalarga salbiy ta’sir qiladi. Elektron
qurilmalardan
haddan
tashqari
ko‘p
foydalanish oqibatida ko‘z olmasi zo‘riqib,
fokus qilish qobiliyati susayadi, miyaga
ortiqcha yuk tushadi. Natijada bolalar tez
charchaydi, o‘qishga qiziqish kamayadi va
fikrlash jarayoni sekinlashadi.
Telefonlardan tarqaladigan nurning eng
xavfli ta’sirlaridan biri miyaning melatonin
ishlab
chiqarishiga
to‘sqinlik
qilishi
hisoblanadi. Melatonin “uyqu gormoni”
bo‘lib, organizmga kechasi dam olish kerakligi
haqidagi signallarni uzatadi.
“Ekranga kechqurun, ayniqsa, soat 20:00
dan keyin qarash melatonin ishlab chiqarish
darajasini 22 foizgacha kamaytirishi mumkin.
Bu esa bolaning uyqu sifati pasayishi, diqqati
susayishi, hissiy barqarorligi buzilishi va unda
kun davomida charchoq hissining ortishiga
sabab bo‘ladi. Muntazam ravishda yetarlicha
uxlolmaslik esa bolalarda stress gormoni
hisoblanmish kortizol miqdorining oshishiga
turtki bo‘ladi, ushbu holat o‘z navbatida,
kognitiv (idrok, xotira, e’tibor) jarayonlarni
sekinlashtirib, o‘quv faoliyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Sog‘lom ko‘zda tasvir to‘g‘ridan to‘g‘ri
to‘rpardaga tushadi. Miopiyada esa ko‘z
olmasi cho‘zilib ketgan bo‘ladi. Oqibatda
tasvir to‘rpardadan oldin hosil bo‘ladi va odam
uzoqdagi narsalarni xiralashgan holda ko‘radi.
Tadqiqotlar
2050
yilga
borib
dunyo
aholisining
yarmi
miopiyaga
chalinishi
Universal International Scientific Journal
7
mumkinligini ko‘rsatmoqda. Buning asosiy
sababi esa gadjetlardan noto‘g‘ri va uzoq vaqt
davomida foydalanishdir. Miopiya kuchayib
ketsa, uni jarrohlik usuli bilan davolash talab
etiladi.
Saraton xastaligini o‘rganish bo‘yicha
xalqaro agentlik va Butunjahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti mobil telefonlar odamlarda
xavfli o‘smalarni keltirib chiqarishini birinchi
marta e’tirof etdi. Shu choqqacha bu haqda
faqat taxminlar aytib kelingan bo‘lsa,
endilikda nufuzli xalqaro tashkilotlar ham qo‘l
telefonlarining zarari haqida uzil-kesil fikr
bildirishdi.
Saraton xastaligini o‘rganish bo‘yicha
Xalqaro agentlik va Butunjahon Sog‘liqni
Saqlash
Tashkiloti
mobil
telefonlari
odamlarda
xavfli
o‘smalarni
keltirib
chiqarishini birinchi marta e’tirof etdi. Shu
choqqacha bu haqda faqat taxminlar aytib
kelingan bo‘lsa, endilikda nufuzli xalqaro
tashkilotlar ham qo‘l telefonlarining zarari
haqida uzil-kesil fikr bildirishdi.
Elektromagnit
to‘lqinlari
hamisha
salomatlik uchun zararli, deb hisoblab
kelingan. Agar u to‘g‘ridan-to‘g‘ri har kuni
quloqqa yo‘naltirib turilsa, uning ichkarisidagi
eshitish hamda ko‘rish a’zolari (ko‘z
to‘rpardasi) faoliyatini ta’min etadigan
murakkab asab to‘qimalariga ta’sir ko‘rsatib
boradi. Ba’zi odamlar goho kuniga soatlab
mobil telefonini quloqlaridan olishmaydi. Bu
organizm uchun nihoyatda og‘irlik qiladigan
“zararli yuk”dir.
Kishilik jamiyati yuksalib, taraqqiy etib
borar ekan, telefonning ham ahamiyati ortib
boryapti. Undan to‘g‘ri foydalanishga har
birimiz mas’ulmiz. Telefon orqali hayotimizga
kirib keladigan muammo va salbiy narsalarga
qarshi bahamjihat kurashishimiz muhim.
Buning
uchun
telefon
orqali
ijtimoiy
tarmoqlarda kuzatib boriladigan sahifalarni
foydali ko‘rsatuvlar, dasturlar va yoshlarni
fikrlash doirasini oshiradigan o‘yinlar bilan
to‘ldirish lozim. Ayniqsa, o‘smirlik yoshidagi
farzandlarimizga
nima
yaxshiyu,
nima
yomonligini o‘rgatib borish borasida biz ota-
onalarga juda katta mas’uliyat yuklanadi.
Ularning
telefondan
nima
maqsadda
foydalanayotganlaridan doim xabardor bo‘lib
turish, bir so‘z bilan aytganda, rivojlangan
texnologiya ortidan keladigan fitnalardan
farzand va nabiralarimizni asrashimiz zarur.
Miyopiya: 6-12 yoshdagi bolalarda
kuniga 2 soatdan ortiq smartfon foydalanish
miyopiya xavfini 25-30% ga oshiradi (Lanca
va boshqalar, 2020). Bu yaqin masofada uzoq
vaqt ekranlarga qarash bilan bog‘liq.
Ko‘z qurumasi va zo‘riqishi: Ko‘k nur va
ekran yorqinligi ko‘z shilliq qavatining
qurumasi va raqamli ko‘z zo‘riqishi (og‘riq,
qizarish, ko‘z yoshlanishi) kabi alomatlarni
keltirib chiqaradi (Sheppard va Wolffsohn,
2018).
Retinal ta’sir: Uzoq muddatli ko‘k nur
ta’siri to‘r parda hujayralariga zarar yetkazishi
mumkin, bu esa bolalarda uzoq muddatli
ko‘rish muammolariga olib keladi (Toh va
boshqalar, 2019).
Ekran vaqti chegaralari: AAP (2016)
tavsiyalariga rioya qilgan oilalarda ko‘z
shikastlanishi holatlari kamroq uchraydi.
Smartfonlardan foydalanishning bolalar
ko‘z salomatligiga ta’siri ko‘p omilli muammo
sifatida ko‘rib chiqilishi kerak. Ko‘k nur
ko‘zning to‘r pardasi va shilliq qavatiga zarar
yetkazsa, uzoq muddatli ekran vaqti miyopiya
rivojlanishiga olib keladi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, ko‘k nur filtrlaridan foydalanish
va ekran vaqtini cheklash
muammoni
kamaytirishi mumkin. Shu bilan birga, bolalar
orasida ko‘z salomatligi bo‘yicha ta’lim
dasturlarining
yetishmasligi
muammoni
yanada kuchaytiradi. Ota-onalarga ekran
Universal International Scientific Journal
8
vaqtini boshqarish va ko‘z mashqlari bo‘yicha
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish zarur.
Xulosa
Smartfonlardan
ko‘p
foydalanish
bolalarda miyopiya, ko‘z qurumasi va raqamli
ko‘z zo‘riqishi kabi muammolarni keltirib
chiqaradi. Tadqiqotlar ko‘k nur va ekran
vaqtining uzoqligi ko‘z salomatligiga salbiy
ta’sirini tasdiqlaydi. Oldini olish uchun
quyidagi choralar tavsiya etiladi:
1. Ekran vaqtini 2 soatdan oshirmaslik
(AAP, 2016).
2. Ko‘k nur filtrlaridan foydalanish.
3. Har 20 daqiqada 20 soniya uzoqqa
qarash (20-20-20 qoidasi).
4. Ota-onalarga
ko‘z
salomatligi
bo‘yicha ta’lim dasturlarini joriy etish.
Keyingi tadqiqotlar bolalarda ko‘z
shikastlanishining uzoq muddatli oqibatlarini
va
profilaktik
choralar
samaradorligini
o‘rganishga qaratilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Sheppard, A. L., & Wolffsohn, J. S. (2018). Digital eye strain: prevalence, measurement and
amelioration. BMJ Open Ophthalmology, 3(1), e000146.
2.
Lanca, C., et al. (2020). Screen time and myopia in children: a systematic review.
Ophthalmic Research, 63(4), 345-352.
3.
Toh, S. H., et al. (2019). Blue light and retinal damage in children: current evidence. Journal
of Pediatric Ophthalmology, 56(2), 89-95.
4.
American Academy of Pediatrics (2016). Media and young minds. Pediatrics, 138(5),
e20162591.
