578
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHDA
TALABALARNING TEXNOLOGIK BILIM VA IJODKORLIK
QO’BILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY
ASOSLARI
Jaloldinova Shaxnoza Xasanboevna Andijon davlat pedagogika instituti
Fizika va texnologik ta’lim kafedrasi v/b dotsent
Sharipov Abdumalik Navoiy davlat pedagogika instituti
Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Asildinova Odina Maxammadjon qizi Texnologik ta’lim yo’nalishi magistranti
ANNOTATSIYA:
Ijodkor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash
vazifalari avvalo umumiy o’rta ta‘lim tizimida amalga oshiriladi. Biroq, ta‘lim va
tarbiya amaliyotida o’quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish ta‘limiy
texnologiyalarning tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilmasdan, bu borada
funksional yondoshuv ustunlik qilmoqda. Ba‘zi pedagoglar o’quv-ijodiy
faoliyatga nisbatan ijobiy motivlarga e‘tiborni qaratsa, boshqalari intellektual
sifatlarni, o’quvchining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkillashtirishga asosiy
e‘tiborni qaratmoqdalar. Uzluksiz ta‘lim tizimida har tomonlama yetuk, ijodkor
shaxsni tarbiyalash, o’quvchini uzluksiz rivojlantirish uchun ta‘lim-tarbiya
jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o’zaro
aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo’naltirilganligi haqida maqolada
uslubiy tahlil qilingan.
Kalit so’zlar
. Texnologiya. Ijodkor, intellektual sifatlar. Uzluksiz ta‘lim, Texnik
ijodkorlik, Innovatsiya, Intensiv-ekstinsiv.
Jahon ta‘lim tizimidagi islohotlar hamda qadriyatlarning o’zgarishi
pedagogik jarayonlarga innovatsion yondashuv va texnologiyalarni faol joriy
etishni taqozo etmoqda. Ta‘lim jarayoniga tatbiq etilayotgan innovatsiyalar
samarasi o’qituvchining kasbiy-pedagogik ijodkorligi xarakteri va uning
rivojlanganligi darajasiga bevosita bog’liq. Sarbon deklaratsiyasi (Sorbonne
Declaration), Ta‘lim barcha uchun (Education For All (EFA)), Ming yillik
rivojlanish maqsadlari (Millennium Development Goals (MDGs)), Jahon ta‘lim
forumi (World Education Forum) va Lissabon Konvensiyalari kompetentli
yondashuv asosida malakali ijodkor kadrlar tayyorlashning innovatsion
yo’nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Boloniya
jarayoni doirasida o’qitishning faol va interfaol shakllari variativligini ta‘minlash,
kompetentli yondashuv asosida bo’lajak texnologiya ta‘limi o’qituvchilarining
kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish muammosini tadqiq etish dolzarb
hisoblanadi. Ijodkor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash vazifalari avvalo
umumiy o’rta ta‘lim tizimida amalga oshiriladi. Biroq, ta‘lim va tarbiya
amaliyotida o’quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish ta‘limiy
texnologiyalarning tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilmasdan, bu borada
funksional yondoshuv ustunlik qilmoqda. Ba‘zi pedagoglar o’quv-ijodiy
faoliyatga nisbatan ijobiy motivlarga e‘tiborni qaratsa, boshqalari intellektual
sifatlarni, o’quvchining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkillashtirishga asosiy
579
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
e‘tiborni qaratmoqdalar. Uzluksiz ta‘lim tizimida har tomonlama yetuk, ijodkor
shaxsni tarbiyalash, o’quvchini uzluksiz rivojlantirish uchun ta‘lim-tarbiya
jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o’zaro
aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo’naltirilganligini ta‘minlashni
taqozo etadi.
Ijod
– o’quvchi va talabaning yaratuvchiligi, kashfiyoti
Ijodkorlik
– yangi moddiy va ma‘naviy qadriyatlarni yaratish bilan
natijalanadigan faoliyat turi
Texnik ijodkorlik
– texnika sohasida yaratuvchilik faoliyati.
Talabalarning ijodkorligi
– talabalarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning
keng tarqalgan ommaviy shaklidir.
Ijodkorlik tushunchasining mohiyati
– buyuk san’at asarlarini, yangi
mashinalarni, dastgohlar va xokozalarni yaratadigan iste’dodli odamlarning
qismatidir.
Ijodiy faoliyat
– insonning aniq mahsulot yaratish jarayonidir.
Ijodiy faoliyatga ikkita ham
pedagogik
ham
psixologik
nuqtai nazardan
qarash mumkin.
Ijodiy faoliyatda ehtiyoj bir necha o’z rivojlanish pog’onasini bosib o’tadi.
Birinchi pog‘ona havas.
Bu ehtiyojning elementar holatiga to’g’ri keladigan
namoyon bo’lish shakli bo’lib, u hali shaxs tomonidan ongli ravishda tan
olinmagan bo’ladi.
Ehtiyojning rivojlanishini ta’minlaydigan ancha yuqoriroq
ikkinchi
pog‘onasi hohish
hisoblanadi. Bu shaxsning ongli ravishda biron hodisa, predmet
yoki kasbi bilan bog’liq ob’ekt (ixtiro qilish, yaratish, takomillashtirish)ni
o’rganishga bo’lgan munosabatlari majmuasini nazarda tutadi.
Ehtiyojni rivojlantirishning ancha murakkab
uchinchi pog‘onasi qiziqish
hisoblanadi. Qiziqish aslida ehtiyoj asosida vujudga keladi. Ehtiyojsiz hech
qachon qiziqish yuzaga kelmaydi.
Talabalar ijodkorligini rivojlanishi yo’llari:
1. Ijodkorlikni takomillashtirish.
2. Innovatsiya va ilg’or texnologiyalardan foydalanish
3. Talabalarni yangi nazariy bilimlar bilan boyitish.
4. Talabalarning tabiati, qobiliyati, ehtiyoji va moyilligiga moslashish.
5. Ijodkor shaxsga yo’naltirilgan ta‘limni yo’lga qo’yish.
6. Intensiv-ekstinsiv ta‘limni yo’lga qo’yish.
7. Ijodkorlikni modullashtirish, loyihalashtirish, algoritmlash, faollashtirish
asosida texnologiyalashtirish.
8. Ijodkorlik darslari va to’garak ishlarini takomillashtirish.
Ijodkorlik belgisi avvalo har bir soha, mutaxassislik yoki fan bo’yicha
mutasaddi murabbiylar tomonidan aniqlab olinadi. Bunda bitta «qolip»ga
tushadigan mezon yoki o’lchov bo’lishi mumkin emas. Bu yerda ijodkorlikni
aniqlash individual imkoniyatlarni hisobga olish tamoyiliga asoslangan bo’lishi
muhim hisoblanadi.
580
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Bu jarayon
birinchi bosqichda
shaxsni ijodkor deb tan olishni belgilovchi
sifatlarning eng muhimlari ro’yxatini tuzib olishni talab qiladi.
Ikkinchi bosqichda
esa ana shu belgilarni takomillashtirish va rivojlantirish
sharoitlari muvofiqligini ta‘minlovchi vazifalarni shakllantirish va uni hal qilish
yo’nalishini to’g’ri belgilab olish zarur.
Uchinchi bosqichda
shaxsni tavsiflovchi ijodkorlik belgilarining qay
darajada rivojlanib, takomillashib borayotganligini baholash ishlari amalga
oshiriladi.
To’rtinchi bosqichda
talabaning ijodkorligini belgilovchi kuchli va
kuchsiz tomonlari ro’yxati tuzilib, qaytadan takomillashtirish rejasi ishlab
chiqiladi.
Beshinchi bosqichda
belgilangan muddatda takomillashtirish zarur
bo’lgan ijodkorlik belgilari holati natijalari tahlil qilinadi.
Ijodkorlikning barcha belgi va sifatlarini umumiy holda ikkita guruhga
bo’lish mumkin:
I.
Har tomonlama aloqador sifatlarini belgilovchi («kommunikativ»)
xususiyatlari guruhi:
1. O’ziga bo’lgan ishonchi;
2. Tanqidga, o’ziga bildirilgan salbiy fikrlarga munosabati;
3. Ishni batartib bajarish qobiliyati (taktikaliligi);
4. Uddaburonliligi;
5. Jonkuyarligi;
6. Umum insoniy fazilati;
7. Kishilarga yoqimliligi, yaqinligi va hokazo.
II. «Ishchi» xususiyatlari guruhi:
►
Maqsad sari intiluvchanligi;
►
Mohirligi va sifatlilikka moyilligi;
►
Fikrida qat‘iyligi;
►
Vaziyatni tez va chuqur anglay olishi;
►
Mustaqilligi;
►
Harakatchanligi;
►
Tashabbuskorliligi va hokazolar.
Mazkur belgilanishlar yetarli bo’lmasa uni sharoitdan kelib chiqib,
o’zgartirish (kengaytirish) ham mumkin.
Texnik ijodkorlik jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Bizning asrimiz fan-texnika yutuqlarining mislsiz darajada taraqqiy etishi, hamda
bu taraqqiyot natijalarining oddiy insonlar hayotiga juda qisqa muddatlarda keng
kirib kelayotganligi bilan tavsiflanadi. Mana shunday taraqqiyot omillaridan biri
bu, shubhasiz, yangi axborot texnologiyalaridir. Bugungi kunda hayotimizning
hech bir sohasini, jumladan, ta’lim tizimini ham yangi axborot texnologiyalari
hamda uning asosi bo’lgan kompyuterlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Axborotlarni
qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug’ullanuvchi
texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini
amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish
majmuasi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborotlar davri hisoblangan
581
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
bugungi kunda tarixda birinchi marotaba insoniyat faoliyatining ko’plab sohalari
moddiy buyumlar bilan emas, balki axborotlarni qayta ishlash bilan bog’liq
bo’lmoqda. Shu sababli, bugungi kunda yoshlarni axborot davrida yashash va
ishlashga o’rgatish, ularda axborotlarni yig’ish, tartibga solish va tahlil qilish, uni
uzatish ko’nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bular o’z
navbatida talabalarning turli qobiliyatlari qatorida ixtirochilik qobiliyatlarini
rivojlantirishda ham muhim asos vazifasini o’taydi, chunki har qanday yangi
g’oyani taklif qilishdan oldin qaralayotgan sohani batafsil o’rganib chiqish, yangi
axborotlarni topish va uni tavsiya etilayotgan yechim bilan bog’lashni o’rganish
lozim bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun albatta oddiy inson xotirasida
saqlab bo’lmaydigan darajada katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab
etiladi. Yangi axborot texnologiyasi imkoniyatlari ushbu muammoni
avtomatlashgan o’quv-axborot tizimlari, bilimlar banki va Ma’lumotlar banklari
vositasida oson va samarali hal qilish imkoniyatlarini yaratadi. Shu munosabat
bilan keyingi paytda respublikamizda bu sohaga e’tibor kuchayib bormoqda,
keyingi besh yil mobaynida mavjud kompyuterlar parki bo’yicha vatanimiz jahon
ko’rsatkichlariga yaqinlashib qoldi. Biroq, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot
texnikalarini, jumladan, shaxsiy kompyuterlarning qo’llanishi uchun zarur nazariy
va amaliy, ilmiy-metodik asoslarning ishlab chiqilmaganligi ayniqsa ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog’liq qator muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Hozirgi paytda o’quv dasturlariga xalq xo’jaligida yangi axborot
texnologiyalari va kompyuter texnikalarining qo’llanilish sohalari bilan
tanishtiruvchi ko’plab fanlar kiritilgan. Ularni o’zlashtirish davomida talabalar
kompyuterlarning ta’lim, iqtisod va muhandislik ishlarida qo’llanilishi, matematik
modellashtirish, avtomatlashgan o’quv-axborot tizimlari hamda ish o’rinlarida
foydalanish tartibi, mehnat tavsifi va unumdorligini oshirishdagi ahamiyati bilan
tanishadilar. Bunda talabalar mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi faoliyatida
kompyuterlarni qo’llash tartibini ma’lum manoda o’zlashtirsalarda, uni bugungi
kun talabi darajasida deb bo’lmaydi. Demak, talabalarni yangi axborot
texnologiyalari bilan ishlash bilim va ko’nikmalarini jahon talablari darajasiga
ko’tarish uchun o’quv dasturidagi fanlar bilan birgalikda oliy o’quv yurtlaridagi
barcha ta’lim shakllari, jumladan, talabalar konstruktorlik byurolaridan ham
samarali foydalanish kerak. Bu o’rinda hal etilishi lozim bo’lgan asosiy vazifa
yangi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo’llashning didaktik imkoniyat
va shakllarini aniqlab olishdan iborat. Ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishda
kompyuterlarni qo’llashning shakl va usullarini belgilashda, avvalo ular
yordamida talabaning ixtiro qilishni emas, balki yangi texnik yechimni
yaratishdagi axborotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish va uni amalga oshirishning
samarali yo’llarini ishlab chiqishda foydalanishni e’tiborga olish lozim. Bundan
kelib chiqqan holda ixtirochilik ijodkorligini takomillashtirishdagi vazifalar tahlili
asosida, bu jarayonda kompyuterlarni qo’llashning quyidagi asosiy yo’nalishlarga
amal qilinadi:
1. Ta’lim jarayonini aniq masalalarini hal qilishga yordam beruvchi
didaktik vosita sifatida;
582
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
2. Talabalar ilmiy-texnik ijodkorligining axborot bilan ta’minlanganlik
darajasini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita sifatida;
3. O’qituvchilarni tayyorlashda politexnik yo’nalishni amalga oshirishni
ta’minlovchi vosita sifatida.
Ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishning asosi sifatida kompyuterlar
vositasida amalga oshiriladigan dasturlashtirilgan. Bunga ko’ra talabalar
ixtirochilik ijodkorligiga oid bilimlarini kompyuter axborot kadrlari orqali
o’rganadilar va operatsion kadrlar vositasida sinab ko’radilar. Dasturlashtirilgan
ta’limni amalga oshirishda kompyuterlardan foydalanishning yana bir afzalligi
test savoliga noto’g’ri javob berilgan holda, talabada ishlab chiqilgan bilimlar
bankidan qo’shimcha ma’lumotlar olib vazifani bajarishga qayta kirishish
imkoniyatining mavjudligidir. Bundan tashqari, displeyda shaklni chizishni
mustaqil bajarish talabaning chizmachilik elementlari, masshtab, o’lcham,
koordinata to’g’risidagi tushunchalarni mukammal o’zlashtirishiga xizmat qiladi.
Ixtirochilik ijodkorligini amalga oshirishdagi asosiy vazifalardan biri axborotlarni
topish va qayta ishlash bilan bog’liq bo’lganligi sababli kompyuterlarning axborot
bilan ta’minlovchi didaktik vosita sifatida qo’llanishi alohida dolzarblik kasb
etadi. Ma`lumki, kompyuterlar axborotlarni yig’uvchi, saqlovchi va uzatuvchi
qurilma sifatida ishlaydi. Ma’lumotlar talab darajasida qayta ishlanib, hajm
jihatidan qanchalik keng, aniq, asosli va foydalanish uchun qulay shaklga
keltirilsa, ilmiy imkoniyatlardan foydalanish samaradorligi va erishiladigan ijodiy
yutuqlar soni ham ortib boradi. Bu boradagi kompyuterlar imkoniyatlaridan
to’laroq foydalanish maqsadida talabalar ixtirochilik ijodkorligini amalga
oshirishning avtomatlashtirilgan o’quv-axborot tizimini ishlab chiqdik va joriy
qildik.. Mehnat va kasb ta’limi o’qituvchilarini tayyorlashning politexnik
yo’nalishini ta’minlashda kompyuterlarni qo’llashning imkoniyatlari uning ta’lim
sifatini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita bo’lishi bilan birga, talabalarda
ushbu texnika imkoniyatlari to’g’risidagi tushunchalarning tegishli masalalarni
yechish jarayonida hosil qilinishi bilan ham belgilanadi. Ushbu qarab chiqilgan
yo’nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda kompyuterlardan foydalanish
tartibini o’rgatuvchi, ko’nikma hosil qiluvchi va nazorat qiluvchi vazifani
bajarishdan iborat deb belgiladik. O’rgatuvchi tartibda ishlashda kompyuter
o’rgatuvchi dastur yordamida talabaning egallagan bilim darajasiga mos holda
yangi bilimlarni egallashiga xizmat qiladi. Ko’nikma hosil qilish tartibida
ishlashda kompyuter chizmalarni bajarish, ixtiro texnik yechimini tavsiflovchi
buyumni yasashning texnologik hujjatlarni ishlab chiqishni yengillashtiruvchi
vosita sifatida ishlaydi. Nazorat tartibida ishlashda kompyuter talabaning test
savollariga bergan javoblarini hisoblab, talaba va o’qituvchi bilan teskari aloqani
amalga oshirib boradi. Yo’l qo’yilgan xatoni tuzatish uchun talabani qo’shimcha
axborotlar bilan ta’minlaydi va qo’yiladigan masalalarni murakkablik darajasiga
ko’ra oddiydan murakkabga o’tib boruvchi ketma-ketlikda amalga oshirish
imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
583
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
1.Ubaydullayev S.Q.- Texnik ijodkorlik va dizayn. O’quv qo’llanma. –
Andijon: 2023 - yil
2.
Tolipov. O’., Sharipov.Sh., Islamov.I. O’quvchilar dizaynerlik ijodkorligi.
Monografiya. – Toshkent: Fan, 2006.
3.
Muslimov N va b.Texnologik ta’limi o‘qitish metodikasi. O‘quv
qo‘llanma. -T.: 2009.
4.. Ulukhanov, I., & Khusayinova, G. (2024). DIGITALIZED LEARNING
AND ITS EFFECTIVENESS IN TECHNOLOGICAL EDUCATION.
Science
and innovation
,
3
(B4), 236-243.
5.
Uluxanov, I. T. X. J., & Ubaydullaev, S. Q. (2021). O’QUVCHILARNING
KREATIV
KOMPETENTLIKINI
SHAKLLANTIRISH
MEZONLARI.
Scientific progress
,
2
(8), 814-822.
6.
Умурзақов
,
А
.
Х
.,
Улуханов
,
И
.
Т
., &
Инамидинова
,
Д
.
К
. (2022).
Талабаларда
ижодкорлик
қобилиятини
шаклланишида
умумтехник
фанлар
бўйича
тизимли
фикрлашнинг
ўрни
.
Механика
и
технология
,
2
(7), 192-194.
7.Tokhtakhojaevich, U. I., Abdurasulovna, K. G., & Kadirovich, U. S.
(2022). Pedagogical conditions for the formation of creative competence of
students.
8.
Uluxanov, I. T., & Sayfitdinov, A. SOLUTIONS TO CERTAIN ISSUES
OF EMERGENCY PROTECTION.
Mejdunarodn
ы
y nauchno-obrazovatel
ь
n
ы
y
elektronn
ы
y jurnal «OBRAZOVANIE I NAUKA
,
21
, 356-361.
9.Tokhtakhojaevich, U. I. (2023). FORMATION OF MATHEMATICAL
EXPRESSION
OF
AUTOMATIC
CONTROL
SYSTEMS
IN
STUDENTS.
World Bulletin of Social Sciences
,
26
, 67-71.
10.Khabibullayevich, A. S., Tokhtakhojaevich, U. I., Ogli, A. D. A., &
Zafarzhan, Q. Z. (2023). Spiritual Education of Students in Teaching Drawing
Geometry and Computer Graphics.
Global Scientific Review
,
16
, 1-4.
11.
Tokhtakhojaevich, U. I., Abdurasulovna, K. G., & Kadyrovich, U. S.
(2022). Pedagogical technologies in the formation of creative competence in the
educational process.
Journal of Pedagogical Inventions and Practices
,
5
, 22-28.
