Mualliflar

  • Dilnoza Mamasharipova
  • M.Nizamova M.Nizamova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57724

Kalit so‘zlar:

Reabilitatsiya kompleks nuqson rivojlanish ijtimoiy diagnostik psixik jismoniy intellektual tashxis skrinni defferensial defektolog nutq tasviriy faoliyat

Annotasiya

Maqolada rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni erta aniqlash ularga tashxis qo'yish, va nuqsonni erta bartaraf etish, bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida nutqini rivojlantirishning umumiy va maxsus didaktik tamoyillarini, shakli, mazmuni, metodlari haqida so'z boradi


background image

573

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalada tovushlar talaffuzida
uchraydigan kamchiliklarni korreksiyalash texnologiyasi

Namangan Davlat unversteti pedagogika fakulteti defektologiya yo’nalishi

4-bosqich talabasi Mamasharipova Dilnoza.

Ilmiy raxbar M.Nizamova

Annotatsiya:

Maqolada rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni erta aniqlash

ularga tashxis qo'yish, va nuqsonni erta bartaraf etish, bolalarni tasviriy faoliyat
jarayonida nutqini rivojlantirishning umumiy va maxsus didaktik tamoyillarini,
shakli, mazmuni, metodlari haqida so'z boradi.

Annotatsiya:

В

статье

говорится

об

общих

и

специальных

дидактических

принципах

,

форме

,

содержании

и

методах

раннего

выявления

и

диагностики

детей

с

пороками

развития

,

а

также

раннего

устранения

порока

,

развития

речи

детей

в

процессе

изобразительной

деятельности

.

Annotatsiya:

The article talks about the general and special didactic

principles, form, content, and methods of early detection and diagnosis of children
with developmental defects, and early elimination of the defect, development of
children's speech in the process of visual activity.

Kalit so'zlar

: Reabilitatsiya, kompleks, nuqson, rivojlanish, ijtimoiy,

diagnostik, psixik, jismoniy, intellektual, tashxis, skrinni, defferensial, defektolog,
nutq, tasviriy faoliyat , tashxis.

Kirish

:Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga samarali ta'lim, tarbiya

berish, ijtimoiy moslashuvini yaratish uchun uning rivojlanish imkoniyat va
xususiyatlarini to'g'ri baholay olishga bog'liqdir. Bu vazifani rivojlanish
nuqsonlarini kompleks psixologo-pedagogik diagnostika qilish orqali amalga
oshirish mumkin.

Psixologopedagogik diagnostika rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalaming

kamchiliklarini aniqlash, bolaning psixik-jismoniy xususiyatlarini e'tiborga olgan
holda

unga

individual

psixologo-pedagogik

yondashuvni

ta'minlaydi.

Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha va maktab ta'lim
muassasalari faoliyat ko'rsatadi. Ushbu bolalami psixik va jismoniy rivojlanishini
ta'minlovchi ta'lim sharoitlar yaratilgan. Bunday sharoitlardan awalo har bir
bolaning xususiyatlari e'tiborga olgan xolda yakka yondashuvni talab etadi. Ushbu
yondashuv maxsus dastur, metod, keraqli maxsus texnik vositalami, maxsus
tayyorgarlikga ega pedagog, psixolog, defektolog va boshqalar bilan birgalikda
kerakli tibbiy -profilaktik hamda davolov tadbirlarini, maxsus ijtimoiy yordamni,
maxsus ta'lim muassasalarini texnik va ilmiy-metodik jihatdan ta'minlashni o'z
ichiga oladi. Hozirgi kunda turli xil maxsus ta'lim muassasalari mavjud. Bolalar
puxta saralash natijasida qabul qilinishi mo'ljalangan va O'zbekiston respublikasi
xalq ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus ta'lim dasturlarini amalga


background image

574

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

oshiradigan maxsus ta'lim muassasalar bilan bir qatorda turlireabilitatsiya
markazlari, rivojlantirish markazlari, aralash guruhlar ochilgan. Shuningdek,
umuta'lim maktabgacha ta'lim muassasalarida, umumta'lim maktablarda psixik va
jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni uchratish mumkin.Ushbu
nuqsonlarning ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Son jihatdan yirik bo'lgan guruhni
harakatlanish, sensor yoki intellektual sohalarda nuqsonlari aniq ifodalanmagan:
eshitishda, ko'rishida, fazoviy-idrok tassavurlarida, harakat-tayanch apparatida,
fonematik idrokida nuqsoni bo'lgan, hissiy-irodaviy buzilishli, nutqiy rivojlanishida
kamchiliklarga ega, xulq buzilishlariga ega, psixik rivojlanishi orqada qolgan,
somatik sust bolalar tashkil etadi. Yaqqol ifodalangan psixik yoki jismoniy
rivojlanishdagi nuqsonlar maktabgacha yoshda aniqlansa, yengil nuqsonlar uzoq
vaqt mobaynida e 'tiborsiz qoladi.

Adabiyotlar taxlili va metadologiyasi:

Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxis

qilish uch bosqichni o'z ichiga oladi: Birinchi bosqich - skrining nomini olgan.
Ushbu bosqichda bola rivojlanishidagi orqada qolish, psixik-jismoniy kamchiliklari
aniqlanadi, lekin ularning xarakteri va chuqurligi belgilash murakkab bo'ladi.

Ikkinchi bosqich - rivojlanishdagi nuqsonlarni differensial tashxis qilish.

Ushbu bosqichning maqsadi rivojlanish nuqsonini turini (xil, toifasini) aniqlash.
Uning natijalariga ko'ra bolaning imkoniyat va xususiyatlarini hisobga olgan xolda,
ularning ta'lim olishlari uchun ta'lim muassasasini turi va dasturi, optimal pedagogik
yo'llanmasi

aniqlanadi.Psixologo-tibbiy-pedagogik

komissiyaning

faoliyati

differensial diagnostikada yetakchi rolni egallaydi.

Uchinchi

bosqich-fenomenologik.Uning

maqsadi-bolaning

individual

xususiyatlari, ya'ni tafakkur faoliyatining xarakteristikasi, hissiy-iroda doirasi,
ishchanlik qobiliyati, shaxsi o'rganilib u bilan ishlash bo'yicha korreksion
rivojlantiruvchi individual shart-sharoitni tashkillashtirishdir.

Ma'lumki, nutq-odamlarning til vositasi bilan aloqa bog'lashlaridir. Odam

nutq orqali munosabatga kirishib, o'zining bilimlarini faqat yakka tajriba hisobiga
emas, balki juda ko'p avlod-ajdodlar tomonidan to'plangan ijtimoiy tarixiy tajriba
hisobidan ham boyitadi. Nutq barcha aks ettirish jarayonlari kabi har bir odamning
yakka hayoti davomida o'zlashtiriladi. Bola dastlabki nutqni egallayotgan davrda
uning nutqi tovushlarga bo'lgan reaktsiyasi juda umumlashgan xarakterga ega
bo'ladi. Bolani nutqi rivojlanayotganda, u atrofdagi odamlar muloqoti ta'siri ostida
rivojlanib boradi. Kar va zaif eshituvchi bolalar nutqi, lug'at boyligi oshishida va
rivojlanishida bir qator qiyinchiliklarb yuzaga keladi. ENB bolalar eshitish
analizatori turqun pasayganligi tufayli ulaming nutqida ko'pgina kamchiliklar
kuzatiladi, lug'atining kambag'al bo'lishi, gramatik komponent rivojlanmagan, gap
ichida so'zlarni tashlab ketishi, so'zlardagi tovushlarni tushirib talaffuz etish,
so'zlarni o'zaro boqlay olmaslik, kelishik, so'z yasovchilarni, so'z o'zgartiruvchi
qo'shimchalarni ishlata olmaslik, o'xshash jarangli va jarangsiz undoshlarni bir-biri
bilan adashtirish shular jumlasidandir. ENB bolalar maktabida ta'lim tizimining bosh
maqsadlaridan birini yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etgan xolda nutqini muloqot


background image

575

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

quroli sifatida shakllantirishdir. Nutqini shakllantirish va nutqini logik idrok eta
olishni faqatgina nutq o'stirish darslarida emas, balki har bir darslarda, to'garaklarda
lug'at boyligi oshirib boriladi. Birinchi sinfda o'quvchilarga qoyiladigan talab,
nutqiy materialni og'zaki daktilda talaffuz qilish orqali lug'at boyligi oshiriladi.
Muloqot malakasini xosil qilish asta-sekin nutq materialini atrofdagi odamlar bilan
o'zaro bir-birlarini tushunish uchun zarur. Har bir chorak uchun mavzudan kelib
chiqqan tholda nutqiy material beriladi. S.A.Zikovning ta'kidlashicha, kar bolalarni
tilga o'rgatish ishining maqsadga muvofiq sistemasini kommunikativ funktsiyasini
amalga oshirish kerakdir. Bunda har bir yil uchun tuzilgan reja, dastur
o'quvchilarning nutq egallashlari amal qilgan holda o'zlashtiriladi. Har bir so'z va
so'z birikmasi o'zida kommunikativlik ma'suliyatini olgan bo'ladi.

Surdopedagog o'quv jarayoniga asosiy ta'sir etuvchi shaxsdir, u o'qitishning

har bir bosqichida dastur talabiga asoslangan holda o'quv jarayonlarini tashkil etadi.
Ularga rahbarlik qiladi. Sog'lom bolalar kabi kar va zaif eshituvchi bolalar nutqini
egallashni, o'z atrofdagi odamlarga taqlid qilishdan boshlaydilar. Kar bolalarni
taqlidi nutq organlarini xarakatini ko'rish orqali egallashlariga asoslanadi. Zaif
eshituvchi bolalarni nutqga o'rgatishda ularning atrofdagilardan eshitgan so'zlaridan
foydalanadilar. Shuning uchun surdopedagog o'zining nutqiga talabchan bo'lishi
kerak. Lekin o'quvchilarning imkoniyatiga qarab so'zlarni qisqartirish, birlashtirish
mumkin emas. Bu talablar nutqiy malakani oshirishning hamma turlari uchun
qo'llaniladi. Tasviriy faoliyat darslarida kar va zaif eshituvchi o'quvchilar qanday
faoliyatga kirishsalar, qanday predmetni chizishlari va qaysi o'quv qurollaridan
foydalanish bosqichlari albatta surdopedagog tomonidan nutqiy boshqarilib boriladi.
Har qanday faoliyat ENB bolalarni nutqini aktivlashtirish, shakllantirishga, lug'atini
boyitishga qaratilgan. O'qituvchi har bir dars uchun lug'at tanlashi kerak. Lug'at
tuzishdan oldin o'qituvchi sinfdagi o'quvchilarni eshitish darajasini xisobga olishi
kerak. Lug'at boyligini oshirish quyidagicha amalga oshiriladi. Nutqni rivojlantirish
surdopedagog

tomonidan

bolalarda

predmetning

katta-kichikligi,

shakli

tushunchalari shakllanadi.

Tasviriy faoliyatda esa bolalar vazifani amaliy bajarib olingan tushunchalar

kengaytiriladi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Har qanday faoliyat bolalar
nutqini aktivlashtirishga, shakllantirishga, lug'atni boyitishga va nutqini
mustahkamlashga qaratilgan.

O'qituvchi har bir dars uchun to'g'ri lug'at tanlashi kerak. Lug'atga 4 qismdan

iborat so'z va iboralarni kiritish mumkin:

1) So'z va ibora, bajarilayotgan ish faoliyatiga boqliq ishlatiladigan materialning
nomi (loy, qog'oz, boyoq, yelim, ....) bajarilayotgan faoliyat (lepka, rasm chizish,
byoyash, yopishtirish, shtrixlash, ...) ish qu

г

olla

г

ining nomi (qalam, boyoq qalam,

qaychi, bolg'a).

2) So'z-predmetning nomi va iborasi, bolalar tasvirlayotgan predmet (shar, archa,
qo'qirchoq,…)


background image

576

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

3) So'z va ibora, bolalarning idrok qilishlari uchun yo'naltirilgan harakat (kuzatib
chiq, barmoqing bilan aylantirib kuzatib chiq, paypaslab ko'rib chiq)

4) So'z va ibora, idrok qilish orqali mustahkamlash (rangning nomi, geometrik
shakli, hajmini belgilab olish). Birinchi gruppadagi so'zlarni tasviriy faoliyatda
sekin-asta o'zlashtirib boriladi. Ikkinchi gruppa so'z (so'z-predmetning nomi) - tartib
boyicha bolalar topish. Tasviriy san'at faoliyatida so'zlar predmet bilan yangicha
boqlanishi. Uchinchi va to'rtinchi guruhdagi so'zlarga alohida ahamiyat beriladi.
Bolalarning diqqatini predmetga va uning xususiyatiga qaratiladi. So'ngra esa
bolalar idrok qilgan obrazi mustahkamlanadi. Masalan: Tasviriy faoliyatda olma
rasmini tasavvur orqali chizish jarayonida o'qituvchi "Olma sha

г

shakliga o'xshaydi.

Yuqorisida chuqurchasi bo^ chuqu

г

chasida dumchasi bof'. Aytilayotgan so'zlar

qoyiladigan cho'ntakchaga quyiladi. Mashg'ulot uchun olingan lug'at aniq
ko'rsatilishi lozim. Tasviriy faoliyatda foydalanilayotgan nutq materialining ko'p
qismi bolalarga tanish bo'lishi lozim. O'qitishning 1-2 yilida tartibli har bir
Mashg'ulotga ikkitadan ortiq yangi so'z berish mumkin emas. O'qitishning keyingi
yillarida 3-4 tadan ortiq yangi so'z berish mumkin emas. Rivojlanishda orqada
qolayotgan bolalar tasviriy faoliyatida o'quvchilarning lug'ati ortadi, nutqi
aktivlashtiriladi. Rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar shaxs sifatida
shakllanishlarida nutqning rivojlanish ahamiyati katta. Shunday ekan yuqorida aytib
o'tganimizdek, har bir faoliyatda bolalar nutqini rivojlantiriladi. Har bir tasviriy
faoliyat darsida, chizishdan oldin mavzudan kelib chiqqan holda suxbat, savol javob
o'tkaziladi. O'qituvchi sinfda bolalar soni kamligi tufayli, har bita bola bilan og'zaki
muloqotga kirishish, imkoniyatiga ega. O'quvchilar rasm chizishda analiz-sintez
qilishga, rasmlarni ajratishga o'rgatiladi.

O'quvchilar yuqorida, pastda, oldinda, orqada, uzun qisqa kabi tushunchalarga

ega bo'ladilar.

Mavzudan kelib chiqqan holda har bir darsda yangi lug'at va tushunchalarga

ega bo'ladilar. Chizish jarayonida ham, o'qituvchi bolalarni savolga tutadi, sen
nimani rasmini chizyapsan? Rangi qanaqa? Nimaga o'xshaydi?... shu kabi savolar
bilan murojat etib, bolalarni og'zaki nutqini tekshiradi va rivojlantiradi. Ayrim
Rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar so'zlari va gaplari bir biriga bog'lanmagan
holda, so'z yasovchi, so'z o'zgartiruvchi, kelishik qo'shimchalarini tashlab
gapirishadi, shunda o'qituvchi bolalar nutqini to'g'rilab gapirishga, to'liq gapirishga
o'rgatadi.

Rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning nutqini rivojlantirishda tasviriy

faoliyatning o'rni katta. Bolalar tasvirlashga qiziqishlari yuqori bo'lganligi sababli
biror buyum yoki narsani tasvirlash jarayonida nomini qayta qayta takrorlash,
tasvirlanish va nomlanishi murakkab buyum va narsalardan boshlamaslik kerak.
Ba'zi bir xolatlarda nutqida muammosi bor bolalar bilan shug'ullanishning o'zi katta
samara bermaydi.

Bolani erta tashxis qilib o'rganishning muhimligi shundaki, u orqali bolani

korreksion ta'limga vaqtida yo'naltirib, ikkilamchi nuqsonlami paydo bo'lishini


background image

577

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

oldini olish mumkin. Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlariga korreksion va diagnostik
yordam. Bola imkoniyatlariga baho berish hamda psixik rivojlanishini aniqlash
orqali korreksion pedagogik ishning vazifalarini xal etish mumkin.

Adabiyotlar

:

1. D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova "Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar

diagnostikasi". Toshkent 2016 —yil.

2. Sarimsoqova, M.O,& Nizamova , M.N.(2022, December).DUDUQLANISH.

DUDUQLANUVCHI O`SMIR VA KATTALAR BILAN OLIB BORILADIGAN
ISHLAR METODIKASI. INTERNATIONAL CONFERENCE DEDICATED TO
THE ROLE AND IMPORTANGE OF INNOVATIVE EDUCATIONIN THE 21st
CENTURY (Vol/ 1,No. 10, pp.44-48).

3. NURIDDINOVNA,N,M(2022).

NUTQNI

TO`LIQ

RIVOJLANMAGANLIGINI BARTARAF ETISHDA KORREKSUON ISHLAR
TIZIMI. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(25),19-22

4. NURIDDINOVNA.N.M BOLA SHAXSINING SHAKLLANISHIDA

PSIXOLOGNING O`RNI. TALIM VA RIVOJLANISHTAHLILI ONLEIN ILMIY
JURNALI, 2(4), 61-63.

5. NAVOI, A,&BABUR, Z,M (2022). RESEARCH AND EDUCATION
6. NIZAMOVA,

N,M

&MANSUROVA,

S.(2024)BOLAGA

NECHA

YOSHDAN CHET TILLARNI O`RGATISH MUMKIN? OTA ONALARNI
QIZIQTIRGAN

SAVOLLARGA

MUTAXASIS

JAVOBI

БЮЛЛЕТЕНЬ

СТУДЕНТОВ

НОВОГО

УЗБЕКИСТАНА

,2(1), 46-49

Bibliografik manbalar

D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova "Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar diagnostikasi". Toshkent 2016 —yil.

Sarimsoqova, M.O,& Nizamova , M.N.(2022, December).DUDUQLANISH. DUDUQLANUVCHI O`SMIR VA KATTALAR BILAN OLIB BORILADIGAN ISHLAR METODIKASI. INTERNATIONAL CONFERENCE DEDICATED TO THE ROLE AND IMPORTANGE OF INNOVATIVE EDUCATIONIN THE 21st CENTURY (Vol/ 1,No. 10, pp.44-48).

NURIDDINOVNA,N,M(2022). NUTQNI TO`LIQ RIVOJLANMAGANLIGINI BARTARAF ETISHDA KORREKSUON ISHLAR TIZIMI. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(25),19-22

NURIDDINOVNA.N.M BOLA SHAXSINING SHAKLLANISHIDA PSIXOLOGNING O`RNI. TALIM VA RIVOJLANISHTAHLILI ONLEIN ILMIY JURNALI, 2(4), 61-63.

NAVOI, A,&BABUR, Z,M (2022). RESEARCH AND EDUCATION

NIZAMOVA, N,M &MANSUROVA, S.(2024)BOLAGA NECHA YOSHDAN CHET TILLARNI O`RGATISH MUMKIN? OTA ONALARNI QIZIQTIRGAN SAVOLLARGA MUTAXASIS JAVOBI БЮЛЛЕТЕНЬ СТУДЕНТОВ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА ,2(1), 46-49