Mualliflar

  • Munojatxon Asranbayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57740

Kalit so‘zlar:

adekvatlik mustaqil ta’lim kompleks ustanovka taraqqiyot

Annotasiya

Ushbu maqolada talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish, mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari, talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirishiga yo’naltirilgan tizimli o’quv-izlanishli faoliyat haqida fikr yuritilgan. Maqola talabalar, pedagoglar, psixologlar va mustaqil ta’lim muammosi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan


background image

505

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

MUSTAQIL TA’LIM O’QUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI

OSHIRISH OMILI SIFATIDA

Asranbayeva Munojatxon Halimjanovna

NamDPI dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya:

Ushbu maqolada talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish,

mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari, talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati
va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirishiga
yo’naltirilgan tizimli o’quv-izlanishli faoliyat haqida fikr yuritilgan. Maqola
talabalar, pedagoglar, psixologlar va mustaqil ta’lim muammosi bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Kalit so‘zlar:

adekvatlik, mustaqil ta’lim, kompleks, ustanovka, taraqqiyot

Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida jamiyatning rivojlanishi,

iqtisodiy barqarorlik darajasi, yangi texnika, usullar va zamonaviy
texnologiyalarni takomillashtirish ta’lim sohasining rivojlanganlik darajasi va
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘z professional ko‘nikmalarini amaliyot orqali
rivojlantirishga ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Shu bilan birga ta’lim muassasalarida mustaqil ta’lim talabalarning
ijodiy qobiliyatlari, kreativligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga
alohida e’tibor berilmoqda.

Talabaning mustaqil ishi – muayyan fan o’quv dasturida belgilangan bilim,

ko’nikma va malakalarning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi
maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida
o’zlashtirishiga yo’naltirilgan tizimli o’quv-izlanishli faoliyatdir [1].

Mustaqil ishni bajarish professor-o’qituvchilarining bevosita rahbarligi va

nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz o’rganishini tashkil
etish, olingan bilim va ko’nikmalarni yanada mustahkamlash, kelgusidagi
darslarga tayyorgarlik ko’rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni
mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirish hamda ushbu tariqa
universitetda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.

Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik

darajasi semestrdan–semestrga ko’nikmalar hosil bo’lishiga muvofiq ravishda
o’zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi
mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli
va ijodiy yondoshishga o’rganib borishi kerak.

“Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o’zlashtirish

darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish
mumkin [2]:

·

fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil

o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash;

·

seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib borish;

·

belgilangan mavzular bo’yicha referat tayyorlash;

·

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarini mustaqil o’rganish;


background image

506

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

·

O’zbekiston Resublikasining qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar

Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish;

·

mavzuga doir test topshiriqlari ishlab chiqish;

·

sohaga oid muammoning yechimini topish bo’yicha keyslar yechish;

·

munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko’rish;

·

fan to’garaklarida ishtirok etish;

·

ko’rgazmali vositalar tayyorlash;

·

ilmiy tezislar, maqola, va ma’ruza matnlarini tayyorlash;

·

“talaba-o’qituvchi-kutubxona” kunida fan bo’yicha yangi o’quv adabiyotlari

sharhini o’qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash;

·

axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo’yicha nazariy, amaliy va

statistik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish;

·

belgilangan mavzular bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida

taqdimot materiallari tayyorlash;

·

talabalar yotoqxonasidagi ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot

texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o’qish
jarayonlarida ishtirok etish;

·

ilmiy-nazariy anjumanlar va ilmiy seminarlarda ishtirok etish;

·

kafedralarning ilmiy, o’quv-uslubiy faoliyatida ishtirok etish va boshqalar.

Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga

bo’ysundirilganki, butun o’quv jarayoni to’laligicha talabalar tomonidan faol, ongli,
puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o’zlashtirish va ularda iqtisodiy
dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va
shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal
qilinishi mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Mavzuni mustaqil o’zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim

darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular
talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning
asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar,
mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy
adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim [3].

Topshiriqni

bajarish jarayonida

talabalar

mustaqil

ravishda

o’quv

adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch
iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob
tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa,
adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k) o’qituvchidan
maslahatlar oladilar. Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan
ma’lumotlar, tarqatma materiallar, taqdimotlar, mavzu yuzasidan tayyorlangan
tayanch so’zlar, test topshiriqlari o’qituvchiga himoya qilish orqali topshiriladi.

O’quv jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan bolalar psixologiyasi va

psixodiagnostikasi fani bo’yicha mustaqil ishlar ko’proq referatlar ko’rinishida
bo’lib kelmoqda. Referat talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining birinchi shakli
sanaladi. Talabalarning mustaqil ravishda amalga oshirgan ilmiy-ijodiy faoliyati,


background image

507

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

mustaqil ta’limning bir shakli sifatida o’quv vazifalarini bajarishda o’z
xususiyatlariga ega [4].

Agar referat tayyorlashning darslik bo’yicha tayyorlangan seminar

mashg’ulotidagi chiqishga qaraganda mazmun va sifat jihatdan yuqoriligi hisobga
olinsa, referat shubhasiz katta foyda keltiradi. Talaba auditoriya oldida referatda
bayon qilingan fikrlarni himoya qilishga tayyorlanishi kerak, bolalar psixologiyasi
va psixodiagnostikasini o’rganishda bu muhim ahamiyatga ega.

Referat - talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur

shakl talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar
mazmunini oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning
barcha bosqichlarida kafedra professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami
va maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin [5].

Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish

va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar
tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga
ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning shakli va
mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha
bir necha talabaga yoki talabalar guruhiga topshirish ham mumkin.

Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Talabalarga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik

darajasi har xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan
savollar tuzish vazifasi topshiriladi.

Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni tuzish

qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar
tuzishda mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni
tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi.

Ilmiy tezislar, maqolalar va matnlar tayyorlash. Talabaga biron-bir mavzu

bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi ham tanlashi mumkin) ilmiy tezis, maqola, yoki
ma’ruza matni tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari,
ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa
axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi [7].

Mavzuga doir tayanch so’zlar va taqdimotlar tayyorlash. Talabalarga mavzuga

doir tayanch so’zlarni ajratish va izohlash topshirig’i berilganda, har bir alohida
olingan mavzuning asosiy tushunchalari haqida mustaqil fikr yuritish imkoniyati
paydo bo’ladi, mavzuni o’zlashtirish ko’nikmasi mustahkamlanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo;lsak, talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda

“Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish” bo’yicha yo’riqnomada
belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:

1.Talabalar mustaqil ishlarini ikkita ko’rinishda – auditoriyada va

auditoriyadan tashqarida tashkil etish.

2.Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich,

oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash.

Mavzu yuzasidan taqdimotlar yaratish, talabalarda yangi mazmundagi axborot

olish, internet tarmog’idan samarali foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirish,


background image

508

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

mavzuni yangi ma’lumotlar orqali yanada boyitish, yangicha yondashish, olingan
materiallarni saralash, qayta ishlash va tahlil qilish imkonini beradi.

F

О

YD

А

L

А

NILG

А

N

А

D

А

BIYOTL

А

R

1. Muslimov N.A. Bo'lajak kasb ta`limi o'qituvchilarini kasbiy

shakllantirish. Monografiya. -Toshkent: FAN, 2004. 130 b.

2. Muslimov N.A., Mullaxmetov R.G. Kasb tanlashga yo'llash. O'quv

qo'llanma. -Toshkent: OO'MTV, 2007. 173 b.

3. Nishonaliev U.N., SHodiev N.SH., Muslimov N.A. Mehnat ta`limidan

"Kasbga yo'naltirish asoslari" kursi bo'yicha metodik qo'llanma. -Toshkent, 2004.
12 b.

4.

Асранбоева

,

М

.

Х

. (2016).

Формирование

стрессоустойчивости

у

учащейся

молодёжи

вузов

. NovaInfo. Ru, 2(42), 257-260

5. Xalimjanovna, A. M. (2022). EDUCATION OF CHILDREN IN THE

WORKS OF OUR GREAT SCIENTISTS. American Journal of Interdisciplinary
Research and Development, 4, 45-49.

6.

Асранбоева

,

М

.

Х

.

ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ

ВЛИЯНИЕ

РОДИТЕЛЬСКИХ

ОТНОШЕНИЙ

В

СЕМЬЕ

НА

ОБРАЗОВАНИЕ

ДЕТЕЙ

.

ВЕСТНИК

ИНТЕГРАТИВНОЙ

ПСИХОЛОГИИ

, 14.

7. Asranboyeva, M. (2024). BOSHLANG’ICH TA’LIMDA MODULLI

TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING ILMIY-PEDAGOGIK
ASOSLARI. Research and Implementation.

Bibliografik manbalar

Muslimov N.A. Bo'lajak kasb ta`limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish. Monografiya. -Toshkent: FAN, 2004. 130 b.

Muslimov N.A., Mullaxmetov R.G. Kasb tanlashga yo'llash. O'quv qo'llanma. -Toshkent: OO'MTV, 2007. 173 b.

Nishonaliev U.N., SHodiev N.SH., Muslimov N.A. Mehnat ta`limidan "Kasbga yo'naltirish asoslari" kursi bo'yicha metodik qo'llanma. -Toshkent, 2004. 12 b.

Асранбоева, М. Х. (2016). Формирование стрессоустойчивости у учащейся молодёжи вузов. NovaInfo. Ru, 2(42), 257-260

Xalimjanovna, A. M. (2022). EDUCATION OF CHILDREN IN THE WORKS OF OUR GREAT SCIENTISTS. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 4, 45-49.

Асранбоева, М. Х. ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ВЛИЯНИЕ РОДИТЕЛЬСКИХ ОТНОШЕНИЙ В СЕМЬЕ НА ОБРАЗОВАНИЕ ДЕТЕЙ. ВЕСТНИК ИНТЕГРАТИВНОЙ ПСИХОЛОГИИ, 14.

Asranboyeva, M. (2024). BOSHLANG’ICH TA’LIMDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI. Research and Implementation.