Mualliflar

  • Turg‘unpo‘lat Ismanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57743

Kalit so‘zlar:

mustaqil ta’lim energiya samaradorligi vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ta’lim integratsiyasi

Annotasiya

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarida mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘quvchilarning mustaqil ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda izlanish va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, qayta tiklanmaydigan energiya resurslarni tejashga asoslangan ta’lim tizimini qo‘llashning amaliy jihatlari bayon qilinadi.


background image

496

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Maktab o‘quvchilarida mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish

va energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan metodik

yondashuvlar.

Ismanov Turg‘unpo‘lat To‘lqinboyevich

Namangan davlat pedagogika instituti tyuteri

ismanovt1985@gmal.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarida mustaqil ta’lim

ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonida energiya samaradorligini
oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘quvchilarning
mustaqil ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda izlanish va ijodkorlik
qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, qayta tiklanmaydigan energiya
resurslarni tejashga asoslangan ta’lim tizimini qo‘llashning amaliy jihatlari bayon
qilinadi.

Kalit so‘zlar:

mustaqil ta’lim, energiya samaradorligi, vaqtni to‘g‘ri

taqsimlash, ta’lim integratsiyasi.

Kirish

Hozirgi global rivojlanish sharoitida, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning

mustaqil bilim olish qobiliyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu
jarayon o‘quvchilarni faqatgina nazariy bilim bilan ta’minlashdan ko‘ra, ularning
shaxsiy, ijtimoiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil
ta’lim topshiriqlari ham berib borilishi kerak bo‘ladi. Bunda, energiya
samaradorligi tushunchasini ta’lim jarayonining uzviy qismi sifatida bayon etib
borilishi orqali o‘quvchilar ongida qayta tiklanmaydiagan energiya resurslarin
tejash ko‘nikmasi shakllantirilib boriladi.

1. Mustaqil ta’limni tashkil etish asoslari
1.1. Maqsad va reja tuzish
Mustaqil ta’lim jarayonida o‘quvchilarni maqsadli ravishda tayyorlash,

ularga o‘qish rejasini tuzishni o‘rgatish muhimdir. Bu jarayonda:

O‘quvchilarga aniq maqsad va vazifalarni belgilash;
Vaqtni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish;
Mavzularni o‘rganishda tadqiqotga yo‘naltirish;
Mavzularni mustaqil ravishda o‘zlashtirishni ahamiyatli jihatlari bayon etib

boriladi.

1.2. O‘zi mustaqil ravishda o‘rganish ko‘nikmalarini shaklantirish
O‘quvchilarga alohida mavzular bo‘yicha savollar berish va ularni mustaqil

ravishda topishga harakat qilishga undab borish va mustaqil ishlashlariga
imkoniyatini yaratish zarur. Bunda onlayn resurslardan foydalanish ham muhim
ahamiyatga kasb etadi.

2. Internet va raqamli manbalardan foydalanish
2.1. Onlayn platformalar
O‘quvchilarga videodarslar orqali topshiriq berib borish o‘quvchilarda

mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirib boradi, dars yakunida esa o‘ranilgan
mavzular bo‘yicha onlayn testlar olinadi hamda natija e’lon qilinadi. Shu kabi
elektron kitoblardan samarali foydalanishni o‘rgatish ularning o‘qish jarayonini


background image

497

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

yangi bosqichga ko‘taradi. Masalan, interaktiv ta’lim platformalarini qo‘llash
orqali:

Mavzularni tez va samarali o‘rganish;
O‘quv materiallarini raqamli formatda taqdim qilish imkoniyati yaratiladi.
2.2. Raqamli qurilmalardan foydalanish
Mustaqil ta’lim jarayonida kompyuterlar, planshetlar, mobil qurilmalari va

maxsus dasturiy ta’minotlardan foydalanish o‘quvchilarning bilim olish
jarayonini yengillashtiradi. Buni afzalligi shundaki, o‘quvchiga aloxida vaqt
rejalashtirilmaydi, o‘quvchi istalgan bo‘sh vaqitda mavzuni o‘qib, tinglab
o‘rganib olishi mumkin bo‘ladi.

3. Muammo yechish va izlanish qobiliyatini rivojlantirish
3.1. Muammoli vaziyatlar yaratish
O‘quvchilarga hayotiy va ilmiy muammolarni taqdim etish orqali ularning

fikrlash qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Masalan:

Quyosh energiyasidan foydalanishning samaradorligini hisoblash bo‘yicha

masalalar;

Ekologik muammolarga yechim topish bo‘yicha tadqiqotlar;
Shamol energiyasidan foydalanish afzalliklari va muammolari;
Tejamkor isitkich qurilmalarining oddiy isitish pechlaridan afzalliklari, v.h.
3.2. Amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilish
O‘quvchilarni nazariy bilimlarni amalda qo‘llashga yo‘naltirish uchun

loyihaviy faoliyatlarni tashkil etish muhimdir. Buning uchun o‘quvchiga biror bir
energiya olish qurilmasini mustaqil ravishda tayyorlab kelish topshirig‘i beriladi,
hamda uni yo‘naltirib boriladi.

4. Energiya samaradorligini o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish
4.1. Amaliy misollar orqali o‘rgatish
Energiyani tejash texnologiyalari, masalan, quyosh panellari va energiya

tejamkor lampalar haqida bilim berish o‘quvchilarning kundalik hayotida amaliy
qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiradi.

4.2. Raqamli materiallardan foydalanish
Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish, qog‘oz sarfini

kamaytirish va barqaror resurslardan foydalanish orqali energiya samaradorligini
ta’minlash mumkin.

5. Shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishga yordam berish
5.1. Shaxsiy mas’uliyatni oshirish
O‘quvchilarning o‘z vazifalariga mas’ullik bilan yondashishi, ularda

mustaqillik hissini rivojlantiradi. Biror mavzuga tayyorlanib kelib uni namoyish
qilish o‘quvchida mas’uliyat bilan yondashish xarakterini shaklalntiradi.

5.2. Guruhlarda ishlashga yo‘naltirish
Guruhli loyihalar orqali ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish ularning

jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantiradi. Bir loyihani guruh-guruh qilib bir
nechta o‘quvchiga berish mumkin bo‘ladi.

Xulosa


background image

498

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Mustaqil ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish, o‘quvchilarda nafaqat

bilim olishga, balki ularning ijtimoiy mas’uliyati va ijodiy qobiliyatini oshirishga
xizmat qiladi. Energiya samaradorligini ta’limga integratsiya qilish, zamonaviy
ekologik va iqtisodiy muammolarni yechishga yo‘naltirilgan yosh avlodni
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Kelgusi tadqiqotlar uchun tavsiyalar: Mustaqil ta’limda innovatsion

texnologiyalardan keng foydalanish va ularni energiya samaradorligi bilan
uyg‘unlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha metodik tadqiqotlarni amalga oshirish
zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Effect of integrating physics education technology simulations on students'

conceptual

understanding in physics Phys. Rev. Phys. Educ. Res., 2021
2. Teaching Secondary Physics: Energy stores and pathways Science

Education Group,

2014.
3. Active Learning Methods in Physics Education Springer, 2020.
4. Investigative Science Learning Environment (ISLE). Springer, 2016

Bibliografik manbalar

Effect of integrating physics education technology simulations on students' conceptual

understanding in physics Phys. Rev. Phys. Educ. Res., 2021

Teaching Secondary Physics: Energy stores and pathways Science Education Group,

Active Learning Methods in Physics Education Springer, 2020.

Investigative Science Learning Environment (ISLE). Springer, 2016