Mualliflar

  • Oynisa Omonboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57745

Kalit so‘zlar:

dolzarb muammolar xorijiy tillar yechimlar metodikalar grammatika test talaffuz o’quv ko’rgazmalar fan tanqid baholash tizimi og’izaki nutq.

Annotasiya

Ushbu maqolada 7 va 8 yoshdagi bollarga xorijiy til (ingliz tilini) o’rgatish mobaynida yuzga keladigan muammolar, ularni til o’rganishga qiziqtirish. 16 va 17 yoshdagi o’quvchilar bilan 7 va 8 yosh òrtasidagi o’quvchilarning til o’rganishga bo’lgan layoqatlari qandayligi aniqlangan. Tadqiqot metodi ushbu yoshdagi òquvchilarning  òzlashtirishlari kuzatishlar orqali aniqlangan. Shu bilan bir qatorda xorijiy til òqitishda yo’l qo’yadigan  xatolar va bularga samarali metodika va  qiziqarli o’yinlar orqali  yechimlar keltirib o’tilgan. Tadqiqot natijalari darsda òquvchilarni zeriktimasdan , qiziqarli tarzda til òrgatish mumkinligi kuzatilgan. Xulosa qilib aytganda , til òrgatish murakkab jarayon, lekin turli xildagi metodlar orqali samarali òrgatish mumkinligi bayon etilgan.


background image

489

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

1-SINFLARDA XORIJIY TILLARNI O’QITISHDAGI DOLZARB

MUAMMOLAR VA ULARGA SAMARALI YECHIMLAR.

Namangan davlat pedagogika instituti

Pedagogika Fakulteti

Pedagogika nazariyasi va tarixi yo’nalishi

1-bosqich magistranti

Omonboyeva Oynisa Rasuljon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada 7 va 8 yoshdagi bollarga xorijiy til (ingliz tilini)
o’rgatish mobaynida yuzga keladigan muammolar, ularni til o’rganishga
qiziqtirish. 16 va 17 yoshdagi o’quvchilar bilan 7 va 8 yosh òrtasidagi
o’quvchilarning til o’rganishga bo’lgan layoqatlari qandayligi aniqlangan.
Tadqiqot metodi ushbu yoshdagi òquvchilarning òzlashtirishlari kuzatishlar orqali
aniqlangan. Shu bilan bir qatorda xorijiy til òqitishda yo’l qo’yadigan xatolar va
bularga samarali metodika va qiziqarli o’yinlar orqali yechimlar keltirib o’tilgan

.

Tadqiqot natijalari darsda òquvchilarni zeriktimasdan , qiziqarli tarzda til òrgatish
mumkinligi kuzatilgan. Xulosa qilib aytganda , til òrgatish murakkab jarayon, lekin
turli xildagi metodlar orqali samarali òrgatish mumkinligi bayon etilgan.
Kalit so’zlar: dolzarb muammolar , xorijiy tillar , yechimlar, metodikalar,
grammatika, test, talaffuz, o’quv ko’rgazmalar, fan , tanqid, baholash tizimi,
og’izaki nutq.

Bugungi kunda mamlakatimizda juda ko‘plab islohotlar olib borilmoqda.
Ta'lim, iqtisod, siyosat va boshqa sahalarda bu islohotlar o‘z aksini topgan. Aholiga
xorijiy tillarni o‘rgatish, dunyo talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlash
bugungi kunning dolzarb masalasiga aylangani ayni haqiqatdir.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 34-sonli "Xorijiy tillarni
o’rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida" gi
qaroriga muvofiq xorijiy tillarni samarali o’qitish uchun turli xildagi loyihalar,
metodikalar ishlab chiqish bugungi kun talabidir.[1] Ushbu qarorga asoslangan
holda xorijiy tillarni o’qitishda juda kòplab muammolarga duch kelinmoqda va
bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
Kòplab rivojlangan mamlakatlar tajribalariga asoslangan holda ingliz tilini
bolaning yoshligidan òrgatish samaraliroq natijalar kòrsatgan. Ammo kichik
yoshdagi bolalarga ingliz tilini òrgatish juda murakkab jarayon hisoblanadi.
O’zbekistondagi 1-sinf o’quvchilari asosan 6 - 7 yoshli bolalarni o’z ichiga oladi.
Ayni bu yoshdagi bolalar o’z ona tillarida yaxshi o’qib yoza olishmaydi. Ammo
ularning nutqlari yaxshi shakllangan bòlib rivojlanish bosqichida bòladi.

Ko’pincha ushbu yoshdagi bolalarga ikkinchi til sifatida ingliz tili o’rgatilsa,

o’z ona tilini bilish darajasiga e'tibor berish lozim. Ya'ni u o’qish, yozish, tinglash,
gapirish kabi qobilyatlaridan ayni vaqtda qay birini shakllantira oladi degan savolni
qo’yish lozim.

AQSHning Massachusets texnologik universiteti neyro-kognitiv fanlar

markazi mutaxassislari xorijiy tillarni o

ʻ

rganishni boshlash uchun eng yaxshi yoshni


background image

490

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

ma

ʼ

lum qilishgan. Natijada xorijiy tilni o

ʻ

sha tilda so

ʻ

zlashuvchilar kabi mukammal

egallashda eng katta imkoniyatlarga tilni o

ʻ

rganishni 10 yoshgacha boshlaganlar

egaligi aniqlangan. 18 yoshdan keyin ham tilni tez o

ʻ

rganishga layoqat saqlanib

qoladi, biroq uni mukammal egallash ancha qiyinroq bo

ʻ

lar ekan. [2].

Yuqoridagi fikrlar tog’ri ekanligini isbotlash va bizning o’zbek tilida ta'lim-

tarbiya ishlarini olib boruvchi maktablarda chet tili(ingliz tilini) o’rganishi qay
holatda davom etishini kuzatish uchun Namangan viloyati, Yangiqo’r

ģ

on tumanida

joylashgan 20-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi 10"A" va 1"B" sinflarni kuzatdim.
10-sinf o’quvchilarining yoshi 17 va 16 yoshlilarni o’z ichiga oladi . Demak, tajriba
7, 8, 17, 16, yoshli o’quvchilar orasida kuzatilgan. 16, 17 yoshli o’quvchilar so’z
yodlashga qiynalishadi va ular asosan yozma nutqda faol ammo grammatika test va
yozish bo’yicha juda ham yuqori natijlar ko’rsatishadi. Ushbu yoshdagi o’quvchilar
mustaqil o’qiy oladi. Ammo ular orasida 10 yoshigacha ingliz tilini o’rganish uchun
so’zlar yodlagan va alohida shug’ullanganlari kam qiyinchilikka duch kelishadi.
Deyarli ularning ingliz tilidagi so’zlarni talaffuz qilishda xatoliklar uchramaydi.

Endi 7 va 8 yoshli o’quvchilar o’zlari mustaqil ravishda o’rgana olmaydilar.

Ularga so’z yodlatish, yozish va gapirishni har bir bosqichda yelkadosh bo’lib turish
zarur. Boshida kichik yoshdagi bollarni o’qitish juda murakkabdek ko’rinadi. Ularni
o'qitish uchun zarur va foydali bo’lgan metodikalar juda zarur. Ayniqsa ko’plab
o’qituvchilar o’quvchilarning ko’p shovqin qilishlari, bir joyda ko’p o’tira
olmasligidan yoki belgilangan vaqt yetmayotganidan shikoyat qilishadi. Lekin 7 va
8 yoshdagi bolalar harakati boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda tezroq va
ko’proqligi til o’rgatishda ayni muaddao bo’ladi. Ammo ushbu yoshdagi bolalarga
har bir so’zni imkon qadar eng to’gri talaffuzini yodlatish zarur. Chunki bola bir
marta o’rgangan so’zini doimiy ravishda o’sha holatda talaffuz qiladi, keyinchalik
xato bo’lsa ham o’shandek talaffuz qilishga moslashgan va o’zgartirish qiyinroq.

O’qituvchi kichik yoshdagi bolalarni o’qitmoqchi ekan eng avvalo o’z oldiga

nimani o'qitish kerakligi haqida maqsad qo’yib olishi lozim va bu belgilangan vaqtga
mos bo’lishi kerak. Maktablarda har bir fan mashg'ulotlari uchun 45 minut vaqt
belgilab qo’yilgan. Asosan 1-sinf o’quvchilariga mevalar, hayvonlar, qarindoshlar
nomlarini qanday atash, sanash shu kabi mavzular o’rgatiladi. Kichik bolalar bir
xillikni yoqtirmaganligi tufayli har dars o’tishim mobaynida xilma-xillikdan
foydalanaman.

Eng avvalo bugungi darsda nima o’rgatmoqchisiz shuni bilib oling. Shunga

moslab turli xildagi o’quv ko’rgazmalar tayyorlash kerak. Masalan bugun uy
hayvonlarini va yovvoyi hayvonlarni o’quvchilarga o’rgatilishi kerak. Birinchi uy
va yovvoyihayvonlarni rasmlarini chizish, yoki ularni rasmlarini yig’ib, ikki
guruhga ajratib olinadi va buni kattakon oq qog’ozga ikki qismga bo’lgan holda
yopishtiriladi. Ya'ni Domestic animals(uy hayvonlari) va Wild(animal) yovvoyi
hayvonlar va albatta har bir jonivorlarni bolalarini ham yopishtirish esdan
chiqmasin.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar so‘zlarning oldiga rasm qo‘yib

yodlasangiz, eslab qolish ehtimoli oshar ekan. [3] Shuning uchun rasmlardan
foydalangan ma'qul. Va bunga qo’shimcha tarzda bir o’yin ham topib qo’yish kerak.


background image

491

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Demak birinchi navbatda, dars boshlashdan oldin noan'anaviy tarzda salomlashing.
Misol uchun hamma o’quvchilarni bir qator qilib turgizib, birinchi o’zingiz
ko’rsatib bering. O’ng qo’lni ko’tarib

Hello, how are you

deb silkiting. Bu

gaplaringiz qo’shiq kabi chiqsin va chap qo’lingizni ko’tarib,

Hello, I am fine thank

you

deng. Keyin o’quvchilarni barchasi bu so’zlarni ortingizdan qaytarishiga

undang. So’ngra barchani o’tiring dengda bugungi mavzuni e'lon qiling. Siz
tayyorlagan rasmlarni barchaga ko’rinarli joyga iling va biz bugun shu jonivorlarni
o’rganimiz deng va ularga savol bering kimni qanday jonivori bor va qaysi jonivor
sizga yoqadi deb navbatma-navbat so’rang. Chunki bu tayyorlagan o’yinimiz uchun
zarur. So’rab bo’lgandan keyin, har bir hayvonni ingliz tilida qanday aytilishini
aytib bering albatta ikki guruhga ajratgan holda va birgalikda bir necha marotaba
takrorlang. Ularni yodida qolganiga ishonch hosil qilgach, o’yinni boshlang. Bu
o’yinni nomi

"Bu hayvon qaysi"

deb nomlanadi. Bitta ixtiyoriy o’quvchini tanlaysiz

va uni xonadan tashqariga chiqarasiz va sinfdagi o’quvchilarga shartni
tushuntirasiz. Hozir sinfdoshingiz qaysidir hayvonga taqlid qiladi va siz uni ingliz
tilida o’zi va bolasining qanday atalishini topasiz deysiz. Keyin siz ham sinf
xonasidan chiqib tanlab olingan o’quvchiga shartini tushuntirasiz va undan o’zi
yoqtirgan hayvoning harakatlariga taqlid qilishini so’raysiz.

Shunday qilib, kim topsa o’sha o’quvchini aktyorlik lavozimiga olasiz. Bu

o’yin ham qiziqarli ham so’zlarni eslab qolishga katta yordam beradi.

Yuqorida aytib o’tilgan xilma xillik shunday bo’lishi kerak. O’qituvchilar

ham shu kabi maqsadlarni o’z oldiga qo’yish kerak. Ingliz tili qandaydir murakkab
fan emas. Uni qiziqarli va eng yaxshi metodlar orqali o’qitiladi. Men ana shunday
metodlar qo’llaganim tufayli eng past o’zlashtirayorgan o’quvchilar ham endi so’z
yodlashda qiyinchilikka duch kelishmayapti.

Ko’plab ustozlarning yo’l qo’yadigan yana bir xatosi o’quvchilar uchun

berilgan kitoblarga yopishib olishidir. Afsuski, maktabdagi ingliz tili kitoblari
qaysidir mavzuni yoritish uchun emas, siz darsingini rejalashirish va o‘quvchilarga
mavzuni to‘liqroq tushunish, mustahkamlash uchun beriladi. Masalan, 1-sinflar
uchun berilgan ingliz tili kitobida ranglar mavzusi berilgan, va o’qituvchi avval
ranglar qanday atalishini haqida aslida o’quvchi o’z ona tilisida ranglarni ajrata
oladimi bu kabi masalalarga e'tibor qaratish kerak bo’ladi. Avval o’zbek tilida
ranglarni ko’rsatib bu qaysi, bu qanday rang kabi savollarni bering. Agar
o’quvchilar o’z tilida ushbu ranglarni farqlay olsagina, keyin ingliz tilida o’rgating.

Kichik yoshdagi bolalar xorijiy tillarni yaxshi o’zlashtirishadi faqatgina

og’izaki nutqda va tinglash orqali . Shu sababli ham ularga ko’proq so’zlarni
yodlatish va buning uchun rasmlar, turli xildagi videolar, qiziqarli foydalanish
zarur. Bu kabi omillar òquvchilarning yaxshi òzlashtirishi, til òrganishga bòlgan
qiziqishini oshirishga zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://lex.uz

2.

https://oyina.uz

3.

https://prep.uz

4.

https://gigafox.ru

Bibliografik manbalar