Mualliflar

  • Dilafro‘z Qayumova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57746

Kalit so‘zlar:

innovatsion yondoshuv neogen faktologik konseptual

Annotasiya

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishda neogen savollardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan va tahlil qilingan


background image

486

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Bo’lajak o’qituvchilarda ijodiy kommunikativ qobiliyatlarni

rivojlantirishga oid innovatsion yondashuv

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika Fakulteti

Pedagogika nazariyasi va tarixi yo’nalishi 1-bosqich magistranti

Qayumova Dilafro‘z Dilmurod qizi

Annotatsiya.

Mazkur

maqolada

bo‘lajak

o‘qituvchilarda

ijodiy

kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishda neogen savollardan foydalanishning
o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan va tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

innovatsion yondoshuv, neogen, faktologik, konseptual.

Аннотация

:.

В

данной

статье

рассматривается

и

проанализированы

особенности

использования

вопросов

неогена

в

развитии

творческих

коммуникативных

навыков

у

будущих

учителей

.

Ключевые

слова

:

иннов

a

ционный

подход

,

неоген

,

фактический

,

концептуальный

.

Annotation.

This article discusses and analyzes the features of the use of

Neogene questions in the development of creative communication skills in future
teachers.

Keywords:

innovative approach, neogene, factual, conceptual.

Ta’limdagi yangilanish ta’lim jarayoni orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘z

kelajagini yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o‘z taqdiri va o‘z shaxsiga
ongli munosabatda bo‘lib, turli faoliyatlarda o‘zini-o‘zi rivojlantira oladigan
erkin faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Mustaqillik tufayli
o‘z taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan,
bo‘layotgan voqea-hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy
mushohada yuritadigan muloqotning sir asrorlarini o‘rgangan yoshlarni
tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Bu borada bo‘lajak
o‘qituvchilarda ijodiy kommunikativlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb
etadi. Ijodiy kommunikatsiyaning motivli tizimi motivatsion tarkibiy qism va
kommunikatsiyalar va o‘zaro munosabat paritetligini o‘rnatishga qaratilgan
maqsadli orientirlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ichki motivatorlar ushbu
jarayonnini amaliyotga tatbiq etish chog‘ida rol o‘ynaydi, biroq bo‘lajak
o‘qituvchilarning individual xususiyatlariga asoslanadi: ijodiy qobiliyatlarning
rivojlanganlik darajasi, kommunikatsiyalarni o‘rnatish va yaxshi saqlashga
intilish (kommunikativ imkoniyatlar), pedagogik ijodkorlik qobiliyati (pedagogik
vaziyatlarda kreativ yechim topish) va boshqalar.

Shuningdek,

bo‘lajak

o‘qituvchilarda

ijodiy

kommunikativlikni

rivojlantirishda pedagogik ta’sir etish muhim omili sanalib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
pedagogik ta’sir etish

metodlari

sifatida quyidagilar maydonga chiqadi:

-o‘qituvchining shaxsiy namuna ko‘rsatishi;
-tushuntirish, bo‘lajak o‘qituvchilarning qadriyatlariga va ularning shaxsiy

qiziqishlari doirasiga murojaat qilish;

- ishbilarmonlik o‘yini va boshqalar.


background image

487

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Vositalar

sifatida biz yaqqol ko‘ringan materiallar, pedagoglar tomonidan

ishlab chiqilgan qo‘llanmalar, istiqbollar xarakteristikasini, musobaqa va
boshqalar.

Muhim

shakllar

bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: muloqot, faoliyat, ijodiy

hamkorlik va boshqalar.

Tashqi motivatsiya jarayonning bosqichlari quyidagilardan iborat bo‘ldi: 1)

bo‘lajak kasbiy faoliyatda ijod qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishish;
2) kommunikatsiyalar zaruratini qo‘llab-quvvatlash; o‘zaro munosabatda
ijodkorlikni namoyish etishni rag‘batlantirish. Ushbu bosqichlar

tashqi

(o‘qituvchi shaxsi, o‘quv axboroti mazmuni, jamoa, oliy o‘quv yurtidagi ta’lim
jarayoni sharoitlari va boshqalar) hamda

ichki

(talabalarning individual sifatlari,

kommunikatsiyalarni o‘rnatish va rivojlantirishga intilish, pedagogik ijodkorlik
qobiliyati, o‘qituvchi kasbiga mehr va boshqalar) motivatorlar ta’siri asosida ichki
motivatsiya stadiyasiga o‘tadi: 1) bo‘lajak pedagoglarda birlamchi motivning
vujudga kelishi; 2) muammo yechimini izlashda ijodiy faollik ko‘rsatish; 3)
bo‘lajak kasbda konkret maqsadni tanlash. Aynan ana shu bosqichma- bosqich
harakat talabalarda ijodiy kommunikativlikni rivojlantirishdan ushbu jarayonni
mustaqil olib borish, ya’ni ushbu sifatni o‘zida erkin rivojlantirishga o‘tishga
imkon beradi. Shu bilan birga bo‘lg‘usi pedagoglar tomonidan motivatsiyani
shakllantirishda bo‘lajak pedagoglarga beriladigan savollarning mazmuniga ham
e’tibor qaratish maqsadga muofiq. Mazkur jarayonga innovatsion yondashish
muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim jarayonida savol va topshiriqlar mohiyatiga ko‘ra
a) faktologik;
b) konseptual kabi ikki turga ajratiladi.
Faktologik savollar asosan o‘qituvchi bo‘lajak o‘qituvchilarga so‘zlab

bergan faktlarni qayta so‘zlab berishni ko‘zlaydi. Bunday savollar ustuvor
bo‘lgan o‘quv-biluv jarayonida talaba fikrlamaydi, matn ustida izlanmaydi.
Chunki ularning javoblari majmua yoki darslikning o‘zida berilgan, faqat birrov
o‘qib topib olinsa bas. Ko‘pincha amaliyotda talabalar darslikdagi savollarga
javob topish uyga topshiriq qilib berilganda, darslik sahifalarining chetiga
javoblari bayon etilgan o‘rinlarga shu savol raqamlarini qo‘yib chiqishadi. Eng
achinarlisi, ba’zan topshiriqni shu tarzda bajarishni pedagoglarning o‘zlari
ko‘rsatib beradilar. Bir qarashda bu hamma uchun qulay. Ammo bu holat
bo‘lajak pedagog uchun qimmatga tushadi. Oqibatda badiiy so‘zni his qilishdan
mahrum, badiiy asar tahlili bo‘yicha ko‘nikma va malakasi shakllanmagan,
mutolaadan zavq tuymaydigan bitiruvchilarga ega bo‘linmoqda.

Konseptual savol va topshiriqlar esa bo‘lajak pedagogni o‘ylashga,

mustaqil fikrlashga, izlanishga chorlaydi, asar badiiyati, uning mazmuniga
mustaqil nazar tashlash, o‘ziga xosliklarini, farqli jihatlarini topishga yo‘llashi
jihatidan g‘oyat muhim metodik apparat sanaladi. Kitobdan ularga chaynalgan
luqma kabi tayyor javoblar topilmaydi, har bir savolga tayyorlanish, matnni
sinchkovlik bilan o‘qish, qahramonlarning ruhiy kechinmalarini o‘z qalbidan
o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Javob topish yo‘lidagi aqliy, ruhiy zo‘riqishlar


background image

488

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

avvaliga qiyin tuyulsa-da, keyinchalik izlab topilgan haqiqatlar, kashf etilgan
go‘zalliklar talabalar uchun zavqli kechadi. Bu kabi savollar bo‘lajak
pedagoglarda motiv o‘yg‘otib, ularda maqsad sari harakatni yuzaga keltiradi.
Shuningdek, bo‘lajak pedagoglarda kommunikativ jarayonga qiziqtirish bilan
birga kommunikativ -kreativligini ham rivojlantirishga imkon yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdullayev S.X., Kirgizova N.H. O’quvchilar kreativligini ergonomik

yondashuv asosida texnologiya fanidan to’garak mashg’ulotlari jarayonida
takomillashtirish// Zamonaviy ta’limi jurnali. – Toshkent, 2023. –

4(125). – 29 –

40-b.

2. Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva

M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. – T.: “Sano standart” nashri

ѐ

ti, 2015. – 150

b.

3. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.:

O‘qituvchi, 2004.

Bibliografik manbalar

Abdullayev S.X., Kirgizova N.H. O’quvchilar kreativligini ergonomik yondashuv asosida texnologiya fanidan to’garak mashg’ulotlari jarayonida takomillashtirish// Zamonaviy ta’limi jurnali. – Toshkent, 2023. – №4(125). – 29 – 40-b.

Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. – T.: “Sano standart” nashriѐti, 2015. – 150 b.

Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: O‘qituvchi, 2004.