352
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
FIZIKA FANINI O‘QITISHDA MUSTAQIL TA’LIM
MAVZULARI TANLOVINING AHAMIYATI
S.A.Fazilova
Guliston Davlat Pedagogika Instituti katta o‘qituvchisi
fazilovasurayyo4@gmail.com
Davlat ta'lim standartida talabalarning mustaqil ishlariga ajratilgan o'quv
soatlari ulushining yetarli darajada ortishi mustaqil ta’limni tashkil etishning
mazmunini,
uslublarini
va
didaktik
qo'llab-quvvatlash
vositalarini
zamonaviylashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ushbu talablar barcha fanlar qatori
“Fizika” fanidan ham mustaqil ishlar mazmunini, uning turlarini, vazifalarga
qo'yiladigan talablarni aniqlash muammolarini yuzaga keltiradi.
Kalit so‘zlar:
mustaqil ta’lim, ijodiy qobiliyat, “o‘rganishni o‘rgatish”
fanlararo yondoshuvlar, loyihaga asoslangan ta’lim
The sufficient increase in the share of study hours allocated to independent
work of students in the state educational standard indicates the need to modernize
the content, methods and means of didactic support for independent education.
These requirements create the problems of determining the content of independent
work, its types, requirements for tasks, as well as for all sciences.
Key words:
self-directed learning, creativity, "teaching to learn",
interdisciplinary approaches, project-based learning
Увеличение
доли
учебных
часов
,
отведенных
на
самостоятельную
работу
обучающихся
в
государственном
образовательном
стандарте
,
свидетельствует
о
необходимости
модернизации
содержания
,
методов
и
средств
дидактического
обеспечения
самостоятельного
образования
.
Эти
требования
создают
проблемы
определения
содержания
самостоятельной
работы
,
ее
видов
,
требований
к
заданиям
,
как
по
физики
и
по
всем
наукам
.
Ключевые
слова
:
самостоятельное
обучение
,
креативность
,
междисциплинарные
подходы
«
учить
обучаться
»,
проектное
обучение
.
Ma’lumki malakali kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri kadrlar
tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishdir. Ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishda ta’limning zamonaviy uslub, shakl va vositalari bilan bir qatorda
hozirgi kunda mustaqil ta’lim muhim o‘rin tutadi. Bu esa o‘z navbatid oliy ta’lim
muassasalarida talabalarning mustaqil ta’lim mazmunini rivojlantirish, uni tashkil
etish va amalga oshirish uslublarini takomillashtirish bo‘yicha chuqur ilmiy-
pedagogik izlanishlar olib borishni taqozo etadi.
Hozirgi kunda mustaqil ta'limni rivojlantirish uchun eng asosiy
strategiyalaridan biri bu aniq fanlarni xususan fizika fanini talabalarga qanday
o'rganishni o'rgatishdir. “O‘rganishni o‘rgatish” prinsipini loyihaga asoslangan
mustaqil ta'limda qo‘llash juda samaralir.
Fanni o‘rganishda o‘z-o‘zini rivojlantirish maksimal foyda keltirishi uchun
axborot bilan to'g'ri ishlashni chuqur o'rganish muhimdir; ko'proq yangi narsalarni
353
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
o'rganish kerakligini, shuningdek, yangi bilimlarni amaliyotda samarali qo'llashga
nima yordam berishini tushunish zarur. Buning uchun talabalardan turli qiziqarli
mavzularda taqdimotlar va reportajlar qilish talab qilinishi yuqori samara beradi.
Gap shundaki, o‘rganilayotgan materialni qayta ishlash va qayta aytib berish
orqali talabalar uni yaxshiroq o'zlashtiradilar. Talaba yangi bilimlarni mustaqil
o‘zlashtirib olishi, kerakli ma’lumotlarni izlashning qulay usul va vositalarini
bilishi, manbalardan unumli foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi muhim
ahamiyatga ega. Bunda an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar,
elektron o‘quv adabiyotlari va ma’lumotlar banki bilan ishlash ko‘nikmalariga ega
bo‘lish va bu jarayonda talaba o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarning oqilona
yechimini topishi zarur. Albatta, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy
yondashuv muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g'oya
ustoz va talabalar jamoasida asoslanishi va himoya qilinishi kerak bo'ladi.
Ma’lumki talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun o‘quv rejasida
ajratilgan vaqtga muvofiq, mustaqil ta’limning tashkiliy shakllari, topshiriq
variantlari har bir fan bo‘yicha tegishli kafedralarda ishlab chiqiladi va kafedra
majlislarida tasdiqlanadi.
Ushbu maqolaning maqsadi oliy ta’lim sohasida talabalarning ijodiy fikrlash
doirasini kengaytirishda, ularda kelajakda mustaqil faoliyat yurita bilish
ko’nikmalarini uyg‘otishda, bo'lajak mutaxassis sifatida o‘z kasbiy mahoratini
doimiy shakllantirishda mustaqil ta’limning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib
berishdir.
Mutaxassisning kasbiy rivojlanishi asosan tashqi ta'sirlar bilan belgilanishiga
qaramay, shaxsiy va kasbiy rivojlanishning asosiy omili shaxsning o'zi bo'lib
qoladi. Bu shuni anglatadiki, talaba universitetda o'qish jarayonida o'zi shakllanish
sub'ektiga aylanishi kerak. Buning uchun ta'lim jarayoni shunday tashkil etilishi
kerakki, ta'lim faoliyati talaba tomonidan oddiygina qabul qilinmasdan, balki
uning tashabbusi bilan amalga oshiriladi, bu mustaqil o'quv faoliyati jarayonida
mumkin bo'ladi [1].
Mustaqil ta’limning asosiy vazifasi - ta'lim faoliyatini mustaqil amalga
oshirish uchun bilim, ko'nikmalarni, keyinchalik esa kelajakdagi kasbiy faoliyat
ko'nikmalarni, kelajak maqsadlarni belgilash va ularga erishish qobiliyatini
shakllantirishdir [2].
Ko‘plab pedagogik izlanishlarda talabalarning ta'lim darajasini doimiy
ravishda oshirish muammosini tahlil qilish asosida ta'lim va o'z-o'zini
tarbiyalashning asosiy vositalari, ularning dialektik munosabatlari ko'rib
chiqiladi.Shu bilan birga, talabalarning mustaqil ishi o'z-o'zini tarbiyalashning
paydo bo'lishining omili sifatida qaraladi, tashkil etilgan ta'lim va o'z-o'zini
tarbiyalashning birligini ta'minlaydi [3].
Mustaqil ish har doim talabalar, ayniqsa, birinchi kurs talabalari uchun bir
qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Asosiy qiyinchilik ishingizni mustaqil
ravishda tashkil qilish zarurati bilan bog'liq. Ko'pgina birinchi kurs talabalari tahlil
qilish, qayd qilish, asosiy manbalar bilan ishlash, o'z fikrlarini aniq ifodalash,
vaqtni rejalashtirish, aqliy faoliyatining individual xususiyatlarini hisobga olish
354
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
va boshqalar bilan ishlash ko'nikmalarining yetishmasligi bilan bog'liq bo‘lgan,
shuningdek fiziologik imkoniyatlar, mustaqil ishlashga psixologik tayyorlikning
deyarli to'liq yo'qligi va uni tashkil etishning umumiy qoidalarini bilmaslik kabi
qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shuning uchun ham o‘qituvchining asosiy
vazifalaridan biri o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda yordam
berishdir. Talabalarning mustaqil ishi darsda ham, undan tashqarida ham bo'lishi
mumkin. Har qanday o'quv jarayoni kabi mustaqil ish quyidagi funktsiyalarni
bajaradi: ta’limiy (bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish, ularni tizimlashtirish va
mustahkamlash), rivojlantiruvchi (xotira, fikrlash, nutqni rivojlantirish),
tarbiyaviy (o'quv faoliyati uchun barqaror motivlarni tarbiyalash, aqliy mehnat
madaniyati, o'zini o'zi tashkil etish va o'zini o'zi nazorat qilish ko'nikmalari, bir
qator shaxsiy fazilatlar - mehnatsevarlik, o'ziga talabchanlik, mustaqillik va
boshqalar) [3, 4].
Mustaqil ta’lim tizimi uchun hozirda jahonning ko‘plab davlatlari tajribasida
bir qancha strategiyalar qo‘llaniladi. Ular:
-faol o'rganish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun ochiq savollar
berish;
-o'quv materiallari va mashg'ulotlarini talabalar uchun mustaqil tanlov
imkoniyatini yaratish;
-notanish muammolar ustida ishlash malakasini shakllantirish ya’ni fikrlash
jarayonlarini modellashtirish;
-talabalarga xatolarini tushunishi va yaxshilashi uchun fikr-mulohaza
bildirish orqali konstruktiv tanqid;
-hamkorlikda va tartibli ish yuritish uchun ochiq muhitning yaratilishi;
-
o'z ta'lim uslublari asosida talabalarga darslarni tashkil etishga imkoniyat
yaratish va ko'rsatmalar berish;
-talabalarning
bir-birlarini
qo'llab-quvvatlashi
va
o'rganishni
rivojlantirishiga yordam beruvchi kichik guruhlarda i
shlash;
-mustaqillik, ishtirok etish va o‘zaro muloqotni rag‘batlantiruvchi baholash
tizimidan foydalanish;
-qaror qabul qilish ko'nikmalarini rivojlantirish, qat'iyatlilik va chidamlilikni
rivojlantirishga
uchun
talabalarga
yordam
beruvchi
o‘sish
tafakkuri
mashg‘ulotlari kitobini yuritish .
Fizika eng qiyin fanlardan biridir, chunki u matematikani yaxshi bilishni,
laboratoriya ko'nikmalarini va fizikaviy jarayonlarni kuzatish uchun o'z qo'llari
bilan tajribalar o‘tkazish qobiliyatini talab qiladi. Ammo fizika ham loyihalar
yordamida o'rganish uchun juda yaxshi fan! Fizikani o‘qitishda mustaqil ta’limni
shakllantirish fanlararo yondashuvlarni va loyihaga asoslangan ta’limni o‘z
ichiga olishi, mustaqil ta’lim mavzulari ancha dolzarb va qiziqarli bo'lishiga
erishiladi va talabalarga kelajak rejalari uchun yetarli motivatsiyalar beradi.
Nazariy bilimlarning bunday real dunyoda qo'llanilishi fizikani muhandislik yoki
atrof-muhit loyihalari bilan birlashtirish orqali ko'rsatilishi mumkin. Ushbu
strategiya nafaqat qiziqish uyg'otadi, balki tahlil qilish va muammolarni hal
qilishga undaydi.
355
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Fanlararo aloqalar bo’yicha ko‘plab mavzularni - fizika (energiya, energiya
transporti, elektromagnit nurlanish), geografiya (atrof-muhit, gidrologik sikl),
kimyo (fotosintez), biologiya (o'simliklar va biomassa), geologiya (suv, mineral
resurlar qidiruvi), axborot komminkatsiya texnologiyasi - quvvat nuqtasi
taqdimoti kabi misollarni keltirish mumkin.
Dolzarb mavzulardan : quyosh radiatsiyasi - energiyasidan foydalanish,
shamol - quyosh energiyasining o'zgarishi, biomassa – tushunchalari va undan
foydalanishning dunyo tajribalari kabi mavzularni; shuningdek fizikaviy
materialshunoslikning ko‘plab qiziqarli ob’yektlarini shunday tanlay bilish
kerakki, tanlangan tadqiqot ob’yekti uning foydalanish va qo‘llanilish sohalariga
ko‘ra talabalarda chuqur o‘rganishga qiziqishlar uyg‘otsin , chunki hayotimizning
har bir sohasini yaratilayotgan yangi materiallarsiz va texnologiyalarsiz tasavvur
etib bo‘lmaydi.
Hozirgi umumiy fizika kursi o‘quv dasturi mustaqil ta’lim mavzularidan biri
bo‘lgan “Atmosferadagi issiqlik muvozanati o’zgarishining sayyora iqlimiga
ta’siri, parnik effekti” ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Bu mavzu bo‘yicha talaba ma’lumotlar resurslari bilan tanisha boshlar ekan,
izlanishlar orqali juda ko‘plab ma’lumotlarni, xususan “iqlim o‘zgarishlariga
adaptatsiya” degan tushunchalar bilan tanishadi, ekologiya o‘zgarishlarini
fizikaga bog‘liqlik jihatdan qarab chiqadi.
Hozirgi kunnnig yana bir dolzarb mavzularidan biri
“Shamol generatori –
muqobil energiya manbai: ishlab chiqish va tadqiqot” ishi talabalar uchun juda
ham qiziqish uyg‘otib, fizika va energetika sohasiga uyg‘unlashgan tadqiqotlar
o‘tkazishga boshlaydi, fanning bu sohaga tegishli bo’limi bo’yicha bilimlarini
kengaytiradi.
Bunday misollarni fizikaning har bir bo‘limi uchun ko‘plab keltirish
mumkin.
Fizikadan ba'zi amaliy mashg'ulotlar ishbilarmonlik o'yini shaklida
o'tkazilishi mumkin, masalan, ijodiy dizayn ishlarini bajarish ("Qarshilik sinovi",
"Insoniyatning energiya muammolari va ularni quyosh energiyasi misolida hal
qilish yo'llari" va boshqalar). Bunda o'quvchilarning mustaqil ishi individual yoki
guruh bo'lishi mumkin. O'z loyihasini jamoatchilik muhokamasi va himoyasi
o'quvchilarning mustaqil ishlarining rolini oshiradi va uni sifatli amalga oshirish
istagini kuchaytiradi.
Fizika bo'yicha ijodiy loyihalar talabalarning bilim faolligini maksimal
darajada oshirishga imkon beradi, ma'lumotlarni dastlabki qayta ishlash, hujjatlar
bilan ishlash, olingan ma'lumotlarni umumlashtirish va birlashtirish qobiliyatini
samarali rivojlantirishga yordam beradi.
XULOSA
Shunday qilib, loyihalarga asoslangan ta’lim va fanlararo yondoshuvlar -
talabalarning fizikani o'rganishga qiziqishini oshirishning va kelajakda kasbiy
yo‘nalishlarining qiziqishlarga asoslangan holda aniq tahlanishining samarali
usullaridan biridir. Loyiha usuli mustaqil ravishda ham, boshqa pedagogik
texnologiyalar bilan birgalikda ham qo'llanilishi mumkin, uni kompleks qo'llash
356
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
talabalarning fizikani o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish, mustaqil tadqiqot
ishlarini bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, o'quv jarayonini
yetarlicha individuallashtirish va uni iloji boricha talabalarga yo'naltirish imkonini
beradi.
Muhimi fizika fanining mustaqil ta’limida uni boshqa fanlar bilan
uyg‘unlashtirilgan holda kichik loyihalar uchun mavzularni o‘quv dasturlari
uchun tanlay bilish- talabalarga murakkab bo‘lgan fizik qonuniyatlarni
tushunishga qiziqtirish va ularni chuqurroq “o‘rganishni o‘rgatish” imkonini
beradi.
Adabiyotlar:
[1] Shklyar N.V. Hududiy oliy o ‘quv yurtlarida psixologik-pedagogik kadrlarni
tayyorlash va qayta tayyorlash. //Rossiyada oliy ta'lim. 2015 yil, 3-son, 120-127.
[2] Gutman V.V., Shklyar N.V. Mustaqil ta'lim faoliyati talabalarning kasbiy-
pedagogik vakolatlarini rivojlantirish sharti sifatida. Kareliya ilmiy jurnali.
2016.
Т
.5,
№
1(14), 18-21b.
[3] Talabalarning fizika fanidan mustaqil ishi: Ulyanovsk davlat texnika
universiteti talabalari uchun ko'rsatmalar / E. R. Riger, Yu R. Gilmanov, R. K.
Luks, V. V. Efimov. – Ulyanovsk: Ulyanovsk davlat texnika universiteti, 2008. –
38 b.
[4] Tropin, V. V. "Fizika" fanini o'rganishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil
etish bo'yicha amaliy qo'llanma: kunduzgi va sirtqi bo'lim talabalari uchun uslubiy
ishlanma / V. V. Tropin, V. V. Fomin, T. P. Kolesnikova, O. N. Raznovan, L. A.
Daibova. – Krasnodar, 2006. – 53 b.
