322
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
TEXNOLOGIYA FANIDAN “FARTUK TIKISH” MAVZUSINI
STEAM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TASHKIL ETISH.
NamDPI, Aniq fanlar kafedrasi mudiri
Dotsent Matkarimov Abduraxim Muxammadjanovich
Texnologik ta’lim yo’nalishi
2-bosqich talabasi Qahharova Husnida Dilmurod qizi.
Hozirgi zamon ta’limida innovatsion texnologiyalarni joriy etish va
STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvini
qo‘llash ta'lim sifatini oshirishga yordam beradi. Ushbu yondashuv orqali
o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtiradi, balki amaliy ko‘nikmalarni
ham rivojlantiradi. STEAM dasturining asoslari shundaki STEAM tizimi
an’anaviy ta’lim metodlaridan farqli o‘laroq, o‘quvchilarni masalalar yechishga
kompleks
yondashishga
undaydi.
Ushbu
yondashuv
o‘quvchilarning
muammolarni mustaqil tahlil qilish, ijodiy fikrlash, jamoada ishlash va o‘z
g‘oyalarini amalga oshirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
STEAMning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
1. Integratsiya – turli fanlarni o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish.
2. Innovatsiya – texnologiya va san’atni amaliyotda qo‘llash.
3. Ijodiy fikrlashni rivojlantirish – muammolarga noodatiy yondashuvni
shakllantirish.
4. Ko‘nikmalarni rivojlantirish – muhandislik, matematik va texnik
bilimlarni qo‘llash orqali amaliy natijalarga erishish.
STEAM dasturi doirasida fartuk texnologiyasini tikish jarayonini o‘qitishga
bag‘ishlangan bo‘lib, bu orqali talabalarning texnik va ijodiy ko‘nikmalarini
rivojlantirish
imkoniyatlari
o‘rganiladi.
STEAM
yondashuvi
fartuk
texnologiyasini o‘rganishda juda samarali, chunki bu jarayon ilm-fan, texnologiya
va san’atni o‘z ichiga oladi.
Fartuk texnologiyasini tikishda STEAM yondashuvini ko'rib chiqadigon
bo'lsak, fartuk tikish texnologiyasini o‘rganishda STEAMning barcha
elementlarini tatbiq etish imkoniyati mavjud. Fartuk–bu ish yoki maishiy
faoliyatda ishlatiladigan amaliy kiyim turi bo‘lib, u o‘ziga xos texnologik
jarayonni talab qiladi. Tikish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Science (Fan)–Material xususiyatlarini tahlil qilish
Fartuk tikish uchun tanlanadigan matoning fizik va kimyoviy xususiyatlari
muhim hisoblanadi. Matoning mustahkamligi, elastikligi, chidamliligi tahlil
qilinadi. Mato tarkibi (paxta, sintetik yoki aralash matolar) o‘quvchilar bilan birga
o‘rganiladi. Fartukning amaliy vazifasiga qarab, unga mos matolar tanlanadi
(ishlab chiqarish, pazandachilik yoki san’at uchun fartuk).
2. Technology (Texnologiya)–Zamonaviy uskunalar qo‘llanilishi hamda
tikuv mashinalarining zamonaviy modellaridan foydalanish (electron va
kompyuterlashtirilgan tikuv mashinalari). Lazer yordamida matolarni kesish
texnologiyasini ko‘rsatish. Qirralarni choklash va sifat nazorati uchun innovatsion
qurilmalardan foydalanish.
323
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
3. Engineering (Muhandislik)–Konstruktsiya yaratish. Fartuk shakli va
konstruksiyasi chizmalar orqali ishlab chiqiladi. Texnologik jarayonning har bir
bosqichi–qirqish, biriktirish va choklash texnik jihatdan aniq bajariladi. Mahsulot
qulayligini ta’minlash uchun loyihalash standartlariga rioya qilinadi.
4. Art (San’at)–Estetik dizayn fartuk dizaynida ranglar uyg‘unligi va
bezaklarni tanlash. Milliy naqshlar, zamonaviy grafik elementlar yoki bezaklarni
qo‘llash.Bezash uchun kashta, termoplast, bosma naqsh kabi texnikalar
qo‘llaniladi.
5. Mathematics (Matematika)–O‘lcham va hisob-kitoblar va fartuk uchun
andozalar yaratishda matematik formulalar qo‘llaniladi. Matoning sarfi, chok
joylarining aniq joylashuvi hisob-kitob qilinadi. Andoza qirqimlarini
optimallashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
STEAMning fartuk texnologiyasidagi amaliy qo‘llanilishiga ham e'tibor
beradigon bo'lsak, fartuk tikish jarayoni o‘quvchilarga nafaqat bir sohani, balki
fanlararo bog‘liqlikni tushunishga yordam beradi. Buni quyidagi loyiha misolida
ko'rishimiz mumkin.
O'quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, fartuk uchun, mato hamda fason
tanlash va tikish jarayonlarini mustaqil amalga oshirish ko'nikmasini
rivojlantiradi.
Amaliyot jarayoni:
fartuk tikish jarayonida kerak bo'ladigan asbob-
uskunalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni olib borish va amalda
bajarish. Fartukni sifatini yanada oshirish uchun yangi material va yangi usullarni
qo‘llash maqsadga muvofiq (masalan, suvga chidamli qoplamala).
Buni quyidagi loyiha misolida ko'rishimiz mumkin. “Zamonaviy
pazandachilik fartukni takomillashtirish”.Ushbu loyiha bosqichma-bosqich
amalga oshirib boriladi.
1. Loyihadan maqsadi shuki ish jarayonida zamonaviy pazandachilik
fartukni mustaqil ravishda amalda bajarishdan iborat.
2. Bosqichlar: Matoni tanlash va mato mos ravishda turli fasondagi fartukni
yaratish.Fartukni chizmada tasvirlash va matoga joylashtirish. Matoni qirqish va
qirqilgan bo'laklarni to'g'ri baxiya chok bilan (1sm dan 2 sm gacha) tikish
324
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
jarayonini bajarish. Yarim tayyor fartukni hohish istakka qarab bezash, uni
modellashtirish va pardozlash jarayoni bilan yakunlash. Tayyor mahsulotni
namoyish qilish va kamchiliklarni bartaraf etish lozim.
3. Natija: O‘quvchilar ushbu loyihani amalga oshirish orqali o'zlarida
amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishga yordam beradi .
STEAM dasturi asosida fartuk texnologiyasini tikishni o‘qitish orqali
o‘quvchilar nazariy va amaliy bilimlarni birgalikda o‘zlashtiradi. Bu yondashuv
ta’lim jarayonini samarali, qiziqarli va foydali qiladi. STEAM yondashuvini
tikuvchilik texnologiyasi kabi fanlarga joriy etish ta’lim tizimining innovatsion
rivojlanishida muhim qadamlardan biri deb hisoblashimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. A. Abduqodirov, R. Ishmuhammedov. “Ta’limda innovatsion
texnologiyalar” T.: 2008. – 128 b.
2. A. Mavlonov va boshqalar. O’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda ta’lim
texnologiyalari. O’quv qo’llanma. «Tafakkur bo’stoni» nashriyoti, Toshkent,
2013. - 142 bet.
3. Djuraev, A., & Sh, K. (2019). Analysis of the results of an experiment to
determine the bending of the shaft of a gin saw cylinder.
International Journal of
Advanced Research in Science, Engineering and Technology (Indiya)
,
6
(9),
10666-10670.
4. B.X.Raximov., A.Mavlyanov., V.CHoriev. va boshqalar. Pedagogik
texnologiyalar sxemalarda. O’quv qo’llanma.–T.: Fan va texnologiyalar., 2009-
124 b.
5.
Худайкулов
Ш
.
и
др
.
ОБУЧЕНИЕ
СТУДЕНТОВ
ИЗГОТОВЛЕНИЮ
КАРТИН
ГРАФИЧЕСКИМ
СПОСОБОМ
ИЗОНИТОВЫХ
НИТЕЙ
//International Journal of Formal Education. – 2023. –
Т
. 2. –
№
. 5. –
С
. 295-300.
6. N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
O‘quv qo‘llanma.Toshkent 2006 y. 159 b.
7.
Xomidova, R., & Xudayqulov, S. S. (2024, May). STEAM
TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TEXNOLOGIYA FANINI O'QITISH
SAMARADORLIGI. In
Past and Future of Medicine: International Scientific
and Practical Conference
(Vol. 5, pp. 14-16).
8.
Ziyamova Gulbaxor To'laboyevna. Texnologiya fanidan amaliy
mashg’ulotlarni tashkil etish hamda samaradoligini oshirishda grafik organayzer
texnologiyasidan foydalanish. Journal of Universal Science Research. ISSN (E):
2181-4570 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-11.
9. Juraev, N. N., & Djuraev, A. (2019). Khudaykulov Sh. Vertical
oscillationns of the working div installed on an elastic bearing
support.
International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and
Technology (Indiya)
,
6
(12), 12135-12138.
325
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
10. Abdugaffor Khurmamatov, Abdurahim Matkarimov, Alisher Auesbaev,
Usnatdin Utegenov
Results Of Experiments On Studying The Composition And
Purification Of Technical Water Of Oil And Gas Processing Plant //
Processes of
Petrochemistry and Oil Refining 2023
.-
№
4
11.
А
.
Маткаримов
Применение
технологии
проблемного
обучения
в
преподавании
основ
безопасности
жизнедеятельности
.
Проблемы
науки
2017
.-
№
7 (20)
12.
А
.
Маткаримов
Измерение
и
контроль
вибраций
при
производственном
процессе
.
Достижения
науки
и
образования
2017.
-
№
5
(18)
13.
А
.
Маткаримов
Проблема
охраны
труда
и
промышленная
безопасность
на
опасных
производственных
объектах
.
Достижения
науки
и
образования
2017.
-
№
6 (19)
